13.05.2019 yildagi PF-5715-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016 — 2018-yillarda ipoteka krediti amaliyotining kengayishi 82 mingdan ortiq uy-joylarning foydalanishga topshirilishini ta’minladi, buning natijasida mamlakatimizning barcha hududlaridagi 400 mingga yaqin fuqarolar turar joy sharoitlarini yaxshilashga erishdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq joylarda arzon uy-joylar va shaharlarda ko‘p qavatli uylar, yosh oilalarga, harbiy xizmatchilarga, budjet tashkilotlari xodimlari va aholining boshqa toifalari uchun uy-joylar qurish bo‘yicha davlat maqsadli dasturlarini (keyingi o‘rinlarda — maqsadli dasturlar) izchil amalga oshirish davom etmoqda. Mazkur maqsadlar uchun respublikaning tijorat banklari tomonidan jami 10 trillion so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mamlakatimiz uy-joy sektorini rivojlantirish zarurati ipoteka kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining barcha qatlamlari uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining turmush darajasini izchil oshirish, ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va kengaytirish, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati va qurilish industriyasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va rag‘batlar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — OTB) bilan birgalikda O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilganligi, uning doirasida bozor tamoyillari asosida uzoq muddatli barqaror ipoteka moliyalashtirish tizimini yaratish uchun OTB tomonidan 200 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘lari ajratish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy banki va tijorat banklarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan boshlang‘ich ustav kapitali miqdori 25 mlrd so‘m bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) ta’sis etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika tijorat banklari va boshqa yuridik shaxslarga ixtiyoriy ravishda Kompaniyaning ta’sischilari bo‘lish huquqini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Kompaniya ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari bo‘yicha aksiyador huquqini amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — XMI va XHMT) mablag‘larini jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining arzon uy-joylarga o‘sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu jumladan ipoteka qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va ularni investorlar orasida joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish, ipoteka bozorini rivojlantirishning zamonaviy uslublari va vositalarini tatbiq etish, ipoteka krediti va ipoteka qimmatli qog‘ozlar bozorida xavflarni kamaytirish va likvidlikni oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti va qayta moliyalashtirish sohasida, shu jumladan xorijiy ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda metodologik va normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch oy muddatda Kompaniya faoliyatini tashkil etishga texnik ko‘maklashish (grant) mablag‘larini ajratish masalasini OTB bilan ko‘rib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki, Kompaniya tomonidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Kompaniya aksiyadorlar mablag‘larini hamda XMI va XHMTning qarz mablag‘larini, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali mahalliy va xalqaro kapital bozorlaridagi uzoq muddatli resurs mablag‘larni jalb etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Kompaniya jalb qilingan mablag‘larni Kompaniya tomonidan o‘rnatiladigan malakaviy talablarga mos keluvchi tijorat banklariga kredit resurslarini ajratish yo‘li bilan qayta moliyalashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tijorat banklari Kompaniya tomonidan belgilangan shartlarda qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tijorat banklari ipoteka kreditlari, ipoteka shartnomalari bo‘yicha talab huquqlaridan yoki garov xatlari bo‘yicha huquqlardan Kompaniya foydasiga voz kechadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Kompaniya tijorat banklari bilan huquqlari avval Kompaniyaga o‘tkazib berilgan ipoteka kreditiga xizmat ko‘rsatish shartnomasini yoki garov xatlarini ishonchli boshqaruvga berish shartnomasini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tijorat banklari qarz oluvchilar va ipoteka beruvchilar tomonidan kredit shartnomalari va ipoteka shartnomalarining Kompaniya foydasiga lozim darajada bajarilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompaniya tomonidan ipotekani qayta moliyalashtirishning qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shakllari ham tatbiq etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasida 2019 — 2021-yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil maqsadli dasturlar ijrosi doirasida quyidagilar nazarda tutilgan yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratish:
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi banklarga ajratilayotgan kredit resurslari hamda aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davrni 1 yilgacha qisqartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilash;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka kreditlari foizlarini annunitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibini tatbiq etish (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari sonini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylar va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylarni xarid qilishga talabgor jismoniy shaxslarni uy xo‘jaliklarining daromadi, qurilish maydoni, ko‘chmas mulk qiymati narxlari va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda tanlab olishning yangilangan tartibi va mezonlarini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2020-yil 1-yanvardan boshlab 2020-yil va kelgusi yillarda maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i (shu jumladan importda) bo‘yicha amaldagi imtiyozlar bekor qilinsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-dekabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish samaradorligini har tomonlama baholash hamda keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilarning amal qilishini bekor qilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh pudrat tashkilotlari, pudrat tashkilotlari va subpudrat tashkilotlariga, qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransporti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, shuningdek, ularni tashishda qatnashadigan tashkilotlar, ishlar (xizmat) ko‘rsatish korxonalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, transport korxonalari, “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ, “O‘zshahar qurilish invest” IK, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ, “O‘zsanoateksport” AJ hamda “Toshkent qishloq qurilish servis” MChJga berilgan soliq imtiyozlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonning qiymati 300 million so‘mdan oshmagan taqdirda, olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltiriladigan va soliq solinadigan jismoniy shaxslar va ular oila a’zolarining (birga qarz oluvchilar) jami 15 million so‘mgacha bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari summasi soliq davri davomida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni o‘rnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bekor qilinayotgan soliq imtiyozlari o‘rniga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslar va qonun bilan belgilanadigan fuqarolarning boshqa toifalariga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarni to‘lash uchun subsidiyalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari G.K. Saidova media-rejani tasdiqlasin va aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini, xususan ipoteka kreditlari berishning yangi shartlari hamda mazkur Farmonda ko‘rsatilgan boshqa masalalarni yoritish bo‘yicha mavzuga oid studiyadagi va sayyor turkum teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkillashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining 12 ta shtat birligini qo‘shimcha ajratgan holda Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti tashkil etilsin.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadli dasturlar ijrosi samaradorligini tahlil qilish va monitoringida ishtirok etish, ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadli dasturlarni amalga oshirish tadbirlarini moliyalashtirishni ta’minlash, ipoteka krediti bozorini rivojlantirishga XMI va XHMT mablag‘larini jalb etishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ipoteka qimmatli qog‘ozlarni va moliyaviy vositalarni tartibga solish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan ilg‘or jahon tajribasini va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlash;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, belgilangan tartib-taomillar va qo‘llanilayotgan mexanizmlar to‘g‘risida jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 2019-yil 1-yanvarga qadar qurilishga ruxsat etilgan uy-joy fondi obyektlarini (2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturiga, 2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilgan obyektlar bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozorida realizatsiya qilish oboroti 2019-yil 1-yanvardan 2020-yilning 1-yanvariga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son— 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilansinki, ushbu Farmonning 2-ilovasi 3-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan o‘zgartirish 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 13-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5715-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida 2019 — 2021-yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ipotekani qayta moliyalashtirish bo‘yicha kompaniya tuzish va uning faoliyatini tashkil qilish

1.

Aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) faoliyatini tashkil qilish choralarini ko‘rish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil 1-avgustgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

2.

Kompaniyaning ichki siyosati va hujjatlarini, shu jumladan qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda yordam ko‘rsatish.

Kompaniyaning ichki hujjatlari

2019-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

3.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmini ko‘zda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2019-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari ishtirokida O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-noyabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov)

5.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi, shu jumladan ular uchun iqtisodiy va boshqa majburiy normalarni (kapital yetarliligi, likvidlik va boshqalar bo‘yicha talablar) belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov)

II. Ipoteka krediti bozorini va ushbu sohaning moliyaviy vositalarini rivojlantirish

6.

Ipoteka qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, emissiya qilish, taqdim etish va muomalasida yuzaga keluvchi munosabatlarni, shuningdek, qayd etilgan ipoteka qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qoidalarini tartibga soluvchi “Ipoteka qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2020-yil 1-yanvargacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

7.

Garov shartnomasi va garov xati bo‘yicha huquqlarni rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish va boshqaga berish, shuningdek, ijobiy jahon amaliyotini hisobga olgan holda garovga qo‘yilgan mulkni undiruvga qaratish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadigan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2020-yil 1-yanvargacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Xaydarov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov), “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev)

8.

Qimmatli qog‘oz chiqaruvchining o‘z kapitali doirasida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish cheklovlarini bekor qilishni nazarda tutgan holda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-avgustgacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

9.

Yetakchi xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda ipoteka krediti sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar davomida

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

10.

Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri va garov reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-sentabrgacha

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev), Markaziy bank (Nurmuratov)

11.

Institutsional investor (pensiya jamg‘armalari, sug‘urta kompaniyalari va boshqalar) tomonidan qimmatli qarz qog‘ozlariga, shu jumladan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar tartibini boshqarishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2020-yil 1-iyungacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov)

12.

Seriyali obligatsiyalar chiqarilishini oldindan ro‘yxatga olish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-iyungacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

III. Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish

13.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan uni malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

14.

Bank yoki boshqa qonun bilan himoyalangan ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlaydigan, konsolidatsiyalashgan qarz oluvchilar, ipoteka kreditlarining soni, turi, hajmi, garovga qo‘yilgan mulkning narxi, kreditlar qiymati, kredit qarzlari to‘lanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ipoteka bozorining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Aholiga qulay shaklda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portalni ishlab chiqish:

ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar to‘lash tartibi;

uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, ular tomonidan qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni va joylashuvi;

ipoteka krediti olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-yanvargacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Markaziy bank(Nurmuratov)

16.

Xalqaro amaliyot va umumqabul qilingan standartlarga muvofiq ipoteka bozori holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni aks ettiruvchi yangicha hisobot shakllarini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-avgustgacha

Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

17.

Quyidagilar bo‘yicha yangi yondashuvni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:

uy xo‘jaliklari va uy-joy sektori daromadlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish;

uy xo‘jaliklari daromadlarini tegishli kichik toifalar kesimida, shuningdek, joriy uy-joy sharoitlari va aholi turmush darajasining boshqa jihatlaridan kelib chiqib taqsimlash;

yangi va mavjud ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi turar joy uylari narxlari bo‘yichama’lumotlarni yig‘ish va tarqatish hamda ilg‘or xalqaro amaliyotga muvofiq uy-joy narxlari indeksini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2020-yil 1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

18.

Yuridik shaxslarning arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashishi uchun malakaviy talablarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-oktabrgacha

Qurilish vazirligi (To‘xtayev), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

19.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarining ijrosi samaradorligini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish, shuningdek, ularni unifikatsiya va konsolidatsiya qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish:

aholining keng qatlamlari uchun uy-joylar va kvartiralarni xarid qilish imkoniyatlarini oshirish maqsadida kredit ajratish shartlarini qayta ko‘rib chiqish;

qurilish hajmlarini optimallashtirgan holda namunaviy loyihalar asosida mavjud ipoteka krediti dasturlarini amalga oshirishni bosqichma-bosqich yakunlash;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil 1-avgustgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Davlat statistika qo‘mitasi(Begalov), Qurilish vazirligi(Tuxtayev)

20.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida jismoniy shaxslarga uy-joy va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditini berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)

21.

Tijorat banklarining kreditlarini jalb qilgan holda qurilgan shaxsiy uy-joylar va ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarning aholiga sotilmagan qismini inventarizatsiya qilish va ulardan kelgusida samarali foydalanish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil 1-sentabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank(Nurmuratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

“Qishloq qurilish invest” IK va “O‘zshahar qurilish invest” MChJ faoliyati samaradorligini o‘rganish va uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqib, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli o‘zgartirilishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar birlashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ushbu bandlar uchun o‘rnatilgan eng uzoq muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2639-son qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12. 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil 1-yanvargacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudrat tashkilotlari — “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv ta’minoti obyektlari va avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha ishlar hajmlari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar — foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish loyiha” MChJ — “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha bajarilgan loyiha-qidiruv ishlari hajmlari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zsanoateksport” AJ — 7-ilovaga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan yog‘och-taxta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha boshqa qurilish materiallari uchun, shu jumladan ular “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga sotilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent qishloq qurilish servis” MChJ va transport korxonalari — metall listlarni qayta ishlash va ularni “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga yetkazib berish bo‘yicha ishlar hajmlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2022-yil 1-yanvargacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudrat tashkilotlari — “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv ta’minoti obyektlari va avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha ishlar hajmlari uchun soliqlar to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subpudrat tashkilotlari — massivlarda uylar, suv ta’minoti obyektlari va avtomobil yo‘llari qurishga “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar bo‘yicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmlari uchun yagona soliq to‘lovi to‘lashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar — foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun yagona soliq to‘lovi to‘lashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ — soliqlar to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zsanoateksport” AJ — 7-ilovaga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan yog‘och-taxta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha boshqa qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent qishloq qurilish servis” MChJ va transport korxonalari — metall listlarni qayta ishlash va ularni “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga yetkazib berish bo‘yicha ishlar hajmlari uchun yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2660-son qarorining rus tilidagi matnining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“17. Osvobodit, v ramkax realizatsii Programmi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fizicheskix lits (zayemshikov) ot uplati naloga na imushestvo po priobretennim kvartiram do pogasheniya imi ipotechnogo kredita, predostavlennogo AKIB “Ipoteka bank”, AKB “Uzpromstroybank“ i AKB “Asaka bank”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) srokom do 1-yanvarya 2020 goda ot uplati naloga na dobavlennuyu stoimost:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
generalnie podryadnie i subpodryadnie organizatsii — v chasti obyemov rabot, osushestvlyayemix imi po stroitelstvu i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov na usloviyax “pod klyuch”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
organizatsii-proizvoditeley stroitelnix materialov, oborudovaniya, stroitelnoy texniki i avtotransporta (na territorii respubliki) — v chasti realizuyemix IK “Uzshaxar kurilish invest” i podryadnim organizatsiyam obyemov stroitelnix materialov, oborudovaniya, stroitelnoy texniki i avtotransporta dlya stroitelstva i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov na usloviyax “pod klyuch”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
generalnie podryadnie organizatsii — za vvozimie dlya stroitelstva i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov sirye, izdeliya, uzli, konstruksii, stroitelnie materiali, stroitelnuyu texniku i oborudovaniye, a takje zapasnie chasti k nim, avtotransportnie sredstva, vklyuchaya dorojno-stroitelnuyu texniku, po perechnyam, utverjdayemim v ustanovlennom poryadke;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
organizatsii-importerov — za importiruyemie stroitelnie materiali, sirye, izdeliya, uzli i konstruksii, vklyuchaya pilomateriali i krovelnie metallicheskiye listi, passajirskiye lifti, individualnie kotli, oborudovaniye i zapasnie chasti k nim, v tom chisle komplektuyushiye detali i materiali dlya ix proizvodstva (ili sborki), a takje v chasti postavok importiruyemix tovarov v adres IK “Uzshaxar kurilish invest” i generalnix podryadnix organizatsiy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
organizatsii, vipolnyayushiye raboti (uslugi), vklyuchaya nerezidentov Respubliki Uzbekistan, — v chasti, svyazannoy s realizatsiyey Programmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IK “O‘zshahar qurilish invest”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) srokom do 1-aprelya 2021 goda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
generalnie podryadnie i subpodryadnie organizatsii — ot uplati nalogov (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost) v chasti obyemov rabot, osushestvlyayemix imi po stroitelstvu i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov na usloviyax “pod klyuch”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
organizatsii-proizvoditeley stroitelnix materialov, oborudovaniya, stroitelnoy texniki i avtotransporta (na territorii respubliki) — ot uplati yedinogo nalogovogo plateja v chasti realizuyemix IK “Uzshaxar kurilish invest” i podryadnim organizatsiyam obyemov stroitelnix materialov, oborudovaniya, stroitelnoy texniki i avtotransporta dlya stroitelstva i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov na usloviyax “pod klyuch”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IK “O‘zshahar qurilish invest” i generalnie podryadnie organizatsii – ot uplati tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i tamojennix sborov) za vvozimie dlya stroitelstva i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov sirye, izdeliya, uzli, konstruksii, stroitelnie materiali, stroitelnuyu texniku i oborudovaniye, a takje zapasnie chasti k nim, avtotransportnie sredstva, vklyuchaya dorojno-stroitelnuyu texniku, po perechnyam, utverjdayemim v ustanovlennom poryadke;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
organizatsii-importerov — ot uplati tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i tamojennix sborov) za importiruyemie stroitelnie materiali, sirye, izdeliya, uzli i konstruksii, vklyuchaya pilomateriali i krovelnie metallicheskiye listi, passajirskiye lifti, individualnie kotli, oborudovaniye i zapasnie chasti k nim, v tom chisle komplektuyushiye detali i materiali dlya ix proizvodstva (ili sborki), a takje yedinogo nalogovogo plateja v chasti postavok importiruyemix tovarov v adres IK “Uzshaxar kurilish invest” i generalnix podryadnix organizatsiy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
organizatsii, vipolnyayushiye raboti (uslugi), vklyuchaya nerezidentov Respubliki Uzbekistan, — ot uplati yedinogo nalogovogo plateja v chasti, svyazannoy s realizatsiyey Programmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IK “O‘zshahar qurilish invest” — ot uplati nalogov (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost)”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10. “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga yog‘och-taxta materiallari, tom yopish uchun temir listlar va temir yassi prokatining eng yaxshilarini tanlab olish natijalari bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazmasdan import kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan o‘tkazgan holda ishlab chiqaruvchilardan mustaqil sotib olish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yog‘och-taxta materiallari, tom yopish uchun metall listlar va temir yassi prokatini import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2020-yil 1-yanvargacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish doirasida bosh pudrat tashkilotlariga yog‘och-taxta va tom yopish uchun metall listlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yog‘och-taxta va temir yassi prokatini realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ tomonidan yog‘och-taxta materiallari, tom yopish uchun metall listlar va temir yassi prokatini bosh pudrat tashkilotlariga, shuningdek, “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilish rentabelligi 5 foizdan oshmagan narxda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Qishloq qurilish bank” ATB bilan birgalikda o‘n kun muddatda yog‘och-taxta materiallari va tom yopish uchun metall listlar importini moliyalashtirish manbalari va mexanizmlari bo‘yicha takliflar kiritsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-ilovaning 1-bandidagi “Sement, shu jumladan, sement klinkeri” so‘zlari “Sement klinkeri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5715/3133-son, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son)