07.05.2019 yildagi 381-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.03.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi” DUKning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash, qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish boʻyicha vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyulga qadar arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalarni ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-yanvarga qadar qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. Toʻxtayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 7-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
381-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son qaroriga
2-ILOVA

Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom obyektlarni qurish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda akkreditatsiyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi va qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqiga guvohnomalar (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish faoliyati bilan ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilangan tartibda guvohnoma olgan yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha hujjatlari boʻyicha berilgan ekspert xulosasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi Ekspert xulosalarining yagona “reyestri”ga majburiy ravishda kiritib boriladi, davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat xizmatlari markazlari va akkreditatsiyalovchi organ oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Akkreditatsiya qilish talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar akkreditatsiya qilish talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qonun hujjatlari, davlat standartlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) muassislar va (yoki) ekspertiza organlari benefitsiarlari tarkibida davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari va (yoki) ularning affillangan shaxslarining boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mulkiy huquq yoki boshqa ashyoviy huquq asosida, ekspertiza organi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, tegishli binolar va inshootlar, texnik-texnologik va apparat-dasturiy vositalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) talabgorning shtatida qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha tegishli kasbiy maʼlumotga va loyihalash ishlari boʻyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan beshtadan kam boʻlmagan mutaxassislarning (arxitektorlar, shaharsozlikni rejalashtirish hamda qurish boʻyicha mutaxassislar, konstruktorlar, texnologlar, muhandislik uskunalari, tarmoqlar va tizimlar, transport hamda loyihaning maxsus boʻlimlari boʻyicha mutaxassislarning) mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Akkreditatsiya qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Talabgor guvohnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa talabgor mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk huquqi bilan ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislar diplomlari nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Akkreditatsiyalovchi organ guvohnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-band ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilgandan va soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng talabgor uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERIsi bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Guvohnoma olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari koʻrsatilganda yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:

20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;

qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
(11-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Talabgor berilgan soʻrovnomadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorga guvohnoma berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida guvohnomani olish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, guvohnoma olish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni akkreditatsiyalovchi organga yuboradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda akkreditatsiyalovchi organga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Akkreditatsiyalovchi organ soʻrovnoma tushganidan soʻng yetti ish kuni mobaynida soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi va talabgorga guvohnoma berish uchun hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorda yigʻim qiymatini koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki guvohnoma talabgoriga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda uni yuborishni rad etadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazi hisobvaraq-faktura tushganidan boshlab bir soat mobaynida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali talabgorni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Talabgor hisobvaraq-faktura tushganidan soʻng bir oy mobaynida hisobvaraq-fakturada qayd etilgan yigʻimni toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma berish uchun yigʻim toʻliq toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddatda tegishli yigʻim toʻlanmasligi guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi. Ushbu holatlarda talabgor umumiy tartibda davlat xizmati olish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yigʻim quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
(17-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishilgan shakl boʻyicha elektron shaklda rasmiylashtiriladi va Akkreditatsiyalovchi organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiyalovchi organ guvohnoma uchun yigʻim toʻliq tushganidan soʻng bir ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnomani elektron shaklda rasmiylashtiradi va tegishli Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat xizmatlari markazi guvohnoma tushganidan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi talabgorning soʻroviga koʻra unga guvohnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Quyidagilar guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, guvohnoma berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan guvohnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Guvohnoma subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, guvohnoma subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin bir oy muddatda Akkreditatsiyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida soʻrovnoma berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Guvohnomalarni qayta rasmiylashtirishda talabgorning guvohnoma berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, yigʻim miqdori ushbu Nizomning 12-bandi talablari asosida taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda Akkreditatsiyalovchi organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya subyekti akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiruvlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga guvohnoma subyekti tomonidan rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning qaroriga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha akkreditatsiya subyektidan zarur maʼlumotlarni talab qilish va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruv natijalari asosida akkreditatsiya subyekti yoʻl qoʻygan akkreditatsiya qilish talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya subyektiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiyalovchi organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish vaqtida Akkreditatsiyalovchi organning masʼul xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi akkreditatsiya subyektiga beriladi, ikkinchi nusxasi Akkreditatsiyalovchi organda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va guvohnomani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va guvohnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Akkreditatsiyalovchi organning guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Bunday qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, akkreditatsiyalovchi organ guvohnoma subyekti oldida akkreditatsiya subyekti koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Guvohnoma reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspertiza organlari toʻgʻrisidagi axborot kiritiladigan Reyestrni, shuningdek, akkreditatsiya guvohnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash hamda akkreditatsiya guvohnomalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Akkreditatsiyalovchi organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnoma raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnoma berilgan kun, oy, yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya subyektining davlat tilidagi toʻliq, qisqartirilgan (agar boʻlsa) firma nomi. Agar taʼsis hujjatlarida nomi xorijiy tilda koʻrsatilgan boʻlsa, Reyestrga koʻrsatilgan tildagi nomi ham kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya subyektining tashkiliy-huquqiy shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya subyektining ish telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi, veb-sayti, veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt manzillari (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchi — akkreditatsiya subyektining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya subyekti joylashgan manzil (pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya subyekti faoliyat yuritish joyining manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish va qayta tiklash hamda amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi (kun, oy, yil).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish vazirligi rasmiy veb-saytida akkreditatsiya obyektlari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar joylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Davlat xizmatlari markazlari va Akkreditatsiyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan akkreditatsiya subyekti haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

__________________

(sana)

________________

(raqam)

Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni

akkreditatsiya qilish davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. toʻliq nomi:

2. STIR:

3. MFO:

4. IFUT:

5. hisob raqami:

6. xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi:

7. yuridik manzili:

8. telefon raqami:

9. elektron pochta manzili:

yangi guvohnomani rasmiylashtirish

guvohnomani qayta rasmiylashtirish

guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish

guvohnomani bekor qilish

II. Yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi maʼlumotlar:

F.I.O

Lavozimi

Mutaxassisligi boʻyicha ish staji

Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi (diplom boʻyicha)

Ekspertiza qilishda ishtirok etgan asosiy obyektlar roʻyxati (mavjud boʻlsa)

1.

2.

3.

4.

5.

6....

III. Soʻrovnomaga ilova:

1. Mulk huquqi bilan ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari

2. Mutaxassislar diplomlarini nusxalari

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2019-y., 09/19/381/3101-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)