25.04.2019 yildagi 355-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3894-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash, respublika sogʻliqni saqlash sohasini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (keyingi oʻrinlarda Milliy palata deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palataning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining (texnik xodimlar bundan mustasno) cheklangan umumiy soni 265 nafarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati va uning hududiy idoralari xodimlari uchun nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy palata Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy koʻchasi, 197-uy manzili boʻyicha bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha Milliy palata va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tarkibiy boʻlinmalarini saqlash uchun zarur mablagʻlarni, shuningdek, yetakchi xorijiy tashkilotlar vakillarini ekspert jihatidan qoʻllab-quvvatlash uchun jalb etish boʻyicha Milliy palata xarajatlari moliyalashtirilishini nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda oʻtkazilgan ekspertizasi va Milliy palataning asoslangan hisob-kitoblari asosida binoni kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va Milliy palatani kompyuter va boshqa texnika, mebel, inventar bilan birlamchi jihozlashga zarur budjet mablagʻlari ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Milliy palata raisi bir oy muddatda ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqib Milliy palata tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini va ular toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishiga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi R.Sh. Izamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 25-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
355-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 355-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining (keyingi oʻrinlarda Milliy palata deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy palata respublika sogʻliqni saqlashini boshqarishga innovatsion modellar joriy etilishi uchun masʼul boʻlgan respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini birlashtiruvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy palata oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Milliy palata oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash masalalariga taalluqli boʻlgan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Milliy palatada majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Milliy palataning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining boʻlinmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Milliy palataning rasmiy nomi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, qisqartirilgan nomi — Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ingliz tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — National Chamber of Innovative Nealthcare of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — UzNealth;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) rus tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — Natsionalnaya palata innovatsionnogo zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Natsionalnaya palata innovatsionnogo zdravooxraneniya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Milliy palata yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida milliy valyutada shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, tijorat banklarida valyuta hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhriga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Milliy palataning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Milliy palataning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika sogʻliqni saqlashini rivojlantirish strategiyasini, ilgʻor xalqaro standartlar va eng yaxshi jahon amaliyotini hisobga olgan holda sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modellarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy klinik qoʻllanmalar va bayonnomalar, tashxis qoʻyish va davolash sifat standartlari, shuningdek, moddiy-texnik jihozlash standartlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning oʻz vaqtida joriy etilishi ustidan monitoring olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot statistikasini toʻplash va tahlil qilish tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, shuningdek, zarur statistik maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida notoʻgʻri statistik koʻrsatgichlardan foydalanish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaydigan xalqaro standartlar va usullarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vrachlari va provizorlarini roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish, shuningdek, maʼlumotlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlarga javob beradigan sogʻliqni saqlash infratuzilmasini tashkil etishga, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun moliyaviy mablagʻlarni jalb etishga hamda sogʻliqni saqlash sohasida yangi tashkilotlarni tashkil etishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlarining nufuzini va mamlakat sogʻliqni saqlash tizimiga boʻlgan ishonchni oshirish, tibbiyot xodimlariga odob-axloq qoidalarini singdirish, korrupsiya namoyon boʻlishiga barham berish va uning oldini olish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasi darajasi, shuningdek, ular faoliyati yakka tartibda litsenziyalanishini joriy etish orqali koʻnikmalarining zamonaviy talablarga va eng yaxshi jahon amaliyotlariga muvofiqligi monitoringini olib borishning amaliy tizimini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ushbu sohaga zamonaviy standartlarni joriy etish, shuningdek, mamlakatga sogʻliqni saqlash sohasidagi yuqori malakali xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni faol jalb qilish, mamlakat mutaxassislari va ekspertlarining chet elda stajirovkadan oʻtishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vrach (tibbiyot)ning xatolari, notoʻgʻri tashxis qoʻyish holatlarini kamaytirish va mamlakatimizdagi tibbiyot tashkilotlari faoliyatini va ushbu sohada eng yaxshi jahon amaliyotlarini chuqur oʻrganish asosida kasalliklarni davolash boʻyicha amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu jumladan, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish masalalarida eng yaxshi xorijiy amaliyotni mamlakat sogʻliqni saqlashini boshqarish tizimiga moslashtirib joriy etish, shuningdek, fuqarolarning tibbiy sugʻurtalanishini joriy etish borasidagi tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakat sogʻliqni saqlashiga joriy etish, shuningdek, xususiy sogʻliqni saqlash tizimini jadal rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha xorijiy (xalqaro) tibbiyot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, respublika sogʻliqni saqlash tizimiga grant, kredit, donorlik va boshqa mablagʻlarni jalb qilish maqsadida uchrashuvlar, muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu jumladan, biznes rejalarni ishlab chiqish yoʻli bilan respublika sogʻliqni saqlashining xususiy tizimini rivojlantirishga investitsiya qoʻyish masalalari boʻyicha potensial investorlarga, ayniqsa xorijiy investorlarga axborot, maslahat, huquqiy va boshqa yordam koʻrsatish, tashabbus koʻrsatiladigan loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Milliy palata oʻziga yuklangan vazifalarni quyidagi funksiyalarni amalga oshirish yoʻli bilan bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) respublika sogʻliqni saqlashini rivojlantirish strategiyasini, ilgʻor xalqaro standartlar va eng yaxshi jahon amaliyotini hisobga olgan holda sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modellarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xalqaro tajribani va eng yaxshi jahon amaliyotlarini oʻrganadi va respublika sogʻliqni saqlashini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari boʻyicha takliflar, rivojlantirish dasturlari, loyihalarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlashni rivojlantirish strategiyalari va dasturlarini amalga oshirish boʻyicha indikatorlar, koʻrsatkichlar, usullarni, metodologiyalarni oʻrganadi va joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida ilmiy innovatsion ishlar va loyihalarni oʻrganadi va samaradorligini tahlil qiladi, sogʻliqni saqlash sohasida ilmiy va innovatsion faoliyatning dolzarb, istiqbolli va strategik yoʻnalishlari boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor tajribani oʻrganish va respublika sogʻliqni saqlash sohasiga joriy etish boʻyicha ilmiy, ilmiy-amaliy, oʻquv, ishchi va boshqa tadbirlarni (simpoziumlar, konferensiyalar, koʻrgazmalar, ishchi yigʻilishlar, davra suhbatlari va shu kabilarni) oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-metodik, oʻquv adabiyotlari, statistik materiallar va shakllar, axborot broshyuralari, koʻrgazmali qoʻllanmalar, tarqatma materiallar va boshqa axborot-bosma materiallar, shuningdek, davriy mahsulotlarni nashr qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) zamonaviy klinik qoʻllanmalar va bayonnomalar, tashxis qoʻyish va davolash sifat standartlari, shuningdek, moddiy-texnik jihozlash standartlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning oʻz vaqtida joriy etilishi ustidan monitoring olib borish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tibbiy standartlashtirishning normativ-metodik va tashkiliy asoslarini, shu jumladan, klinik qoʻllanmalar va bayonnomalar, klinik-tashkiliy, klinik-iqtisodiy standartlar, sifat menejmenti standartlari, sifatni boshqarish, xavfsizlikni, moddiy-texnik jihozlash tizimini, tibbiyot hujjatlarini va shu kabilarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot standartlari va normativlarini joriy etishda ishtirok etadi, tashkiliy-metodik yordam beradi, konsalting xizmatlari koʻrsatadi, tibbiyot standartlari va normativlarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa zarur tadbirlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim standartlar va normativlar samaradorligini tahlil qiladi, ularni bekor qilish, almashtirish yoki ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi haqida xulosalar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlar va talablarga muvofiq sogʻliqni saqlash muassasalarida sifatni boshqarish tizimlari ekspertizasini joriy etadi va oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv dasturlari va materiallarni ishlab chiqishda va joriy etishda, shuningdek, tibbiyot valeologiyasi va klinik standartlashtirish masalalari boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlashning turli jihatlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan tadqiqotlar oʻtkazadi, tahliliy sharhlar va maʼruzalar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot standartlari va normativlari, klinik qoʻllanmalar va bayonnomalarning elektron bazasini yaratishni, joriy etishni va uning doimiy yangilanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tibbiyot statistikasini toʻplash va tahlil qilish tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, shuningdek, zarur statistik maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida notoʻgʻri statistik koʻrsatgichlardan foydalanish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaydigan xalqaro standartlar va usullarni joriy etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlar va metodikalarni hisobga olgan holda ishonchli tibbiy-statistik maʼlumotlar toʻplash imkoniyatini taʼminlaydigan tibbiyot statistikasi va hujjatlarining ilmiy-metodik, tashkiliy va amaliy asoslarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor organlar bilan birgalikda tibbiy-iqtisodiy maʼlumotlarni toʻplash, tahlil va nazorat qilishni tashkil qilish uchun axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Milliy palataga sogʻliqni saqlash sohasidagi zarur statistik maʼlumotlar taqdim qilinishi tartibini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari bilan birgalikda sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiyot hujjatlarining zamonaviy interfaol shakllari joriy etilishini, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar barcha subyektlar tomonidan ularning yuritilishi sifati ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hujjatlar aylanishi va sogʻliqni saqlashning milliy maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot hujjatlari, tibbiyot statistikasi, tibbiy-iqtisodiy hujjatlar aylanishi va statistika, raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻquv dasturlari, oʻquv va metodik adabiyotlar, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasida boshqa oʻqitish metodikalarining boshqa turlari va dasturlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida zarur statistik maʼlumotlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ularning soʻrovlariga koʻra taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) respublika vrachlari va provizorlarini roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish, shuningdek, maʼlumotlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va yuritish sohasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan birgalikda vrachlar va provizorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning normativ-huquqiy va tashkiliy asoslarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vrachlari va provizorlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida mutaxassislarning milliy reyestrini (maʼlumotlar bazasini) ishlab chiqadi va ularning yuritilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli toifalardagi foydalanuvchilar uchun sogʻliqni saqlash sohasida milliy reyestrdan (maʼlumotlar bazasidan) foydalanish reglamentlarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xalqaro standartlarga javob beradigan sogʻliqni saqlash infratuzilmasini tashkil etishga, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun moliyaviy mablagʻlarni jalb etishga hamda sogʻliqni saqlash sohasida yangi tashkilotlarni tashkil etishga koʻmaklashish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot infratuzilmasini tashkil etish va sogʻliqni saqlash muassasalari faoliyatini tashkil etish yuzasidan sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning jahon tendensiyalarini tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash muassasalari tizimlari (tarmoqlari)ni, mulkchilikning barcha shakllaridagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini, ularning jihozlanganlik holatini, turli tibbiyot xizmatlariga, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini tashkil etish, davlat va xususiy muassasalar oʻrtasida tibbiy xizmatlarni alohida hududlarda oqilona taqsimlash, jahon tendensiyalari va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda raqobat muhitini rivojlantirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ham tibbiyot maqsadlarida, ham sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻllaniladigan toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha texnologiyalar joriy etilishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasiga samarali investitsiya qoʻyilishi boʻyicha tavsiyalarni taqdim qiladi, shuningdek, turli dolzarb va talab qilinadigan ixtisosliklar boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasida mustaqil tashkilotlarni, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosidagi oʻrta va oliy tibbiyot taʼlim muassasalarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot, farmatsevtika tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni taʼsis etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda bolalar, oʻsmirlar va imkoniyati cheklangan shaxslarning taʼlim olishini yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va dasturlarda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tibbiyot xodimlarining nufuzini va mamlakat sogʻliqni saqlash tizimiga boʻlgan ishonchni oshirish, tibbiyot xodimlariga odob-axloq qoidalarini singdirish, korrupsiya namoyon boʻlishiga barham berish va uning oldini olish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash choralarini koʻrish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar tibbiyot tashkilotlari va tibbiyot xodimlarining faoliyatini oʻrganadi (moliya-xoʻjalik faoliyatidan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan birgalikda sogʻliqni saqlash xodimlarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va kasb darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika davlat tibbiyot tashkilotlari reytingi natijalarini Milliy palataning rasmiy veb-saytida muntazam ravishda eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasi darajasi, shuningdek, ular faoliyati yakka tartibda litsenziyalanishini joriy etish orqali koʻnikmalarining zamonaviy talablarga va eng yaxshi jahon amaliyotlariga muvofiqligi monitoringini olib borishning amaliy tizimini yoʻlga qoʻyish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida mutaxassislarga qoʻyiladigan amaldagi talablarni tahlil qiladi va zamonaviy malakaviy, litsenzion talablarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida mutaxassislarni litsenziyalashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy talablar va eng yaxshi dunyo amaliyotlariga binoan sogʻliqni saqlash sohasida mutaxassislarning yangi kasb faoliyati standartlari va klinik standartlarni ishlab chiqadi, amaldagilarini tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ushbu sohaga zamonaviy standartlarni joriy etish, shuningdek, mamlakatga sogʻliqni saqlash sohasidagi yuqori malakali xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni faol jalb qilish, mamlakat mutaxassislari va ekspertlarining chet elda stajirovkadan oʻtishini tashkil qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha muassasalar va boʻlinmalar tizimini (tarmogʻini) tahlil qiladi va ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha metodikalar va tavsiyalarni ishlab chiqadi va ularning joriy etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida mutaxassislarni chet elda malakasini oshirish va qayta tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida manfaatdor tashkilotlar va ekspertlar bilan birgalikda, shu jumladan, xorijiy ekspertlar bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish maqsadlarida chet elga chiqadigan mutaxassislarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi, ishtirokchilar tarkibini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda sogʻliqni saqlash sohasida yuqori malakali xorijiy ekspertlar va mutaxassislar reyestrini shakllantiradi, respublikaning tibbiyot tashkilotlari va taʼlim muassasalarida faoliyatni amalga oshirish uchun xorijiy mutaxassislarni tanlaydi va taklif qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar salohiyatini rivojlantirish tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etadi, toʻlov-kontrakt asosida sogʻliqni saqlash sohasida turli ixtisoslikdagi mutaxassislarni, shuningdek, boshqa sohalar va tarmoqlarning ixtisosli mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) vrach (tibbiyot)ning xatolari, notoʻgʻri tashxis qoʻyish holatlarini kamaytirish va mamlakatimizdagi tibbiyot tashkilotlari faoliyatini va ushbu sohada eng yaxshi jahon amaliyotlarini chuqur oʻrganish asosida kasalliklarni davolash boʻyicha amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vrach (tibbiyot) xatolarini aniqlaydi va ularni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish ishlarini tahlil qiladi, tavsiyalar, professional standartlar, oʻquv va metodik materiallarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlarining professional javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tizimini joriy etish yoʻli bilan vrach (tibbiyot) xatolari natijasida mijozlarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) shu jumladan, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish masalalarida eng yaxshi xorijiy amaliyotni mamlakat sogʻliqni saqlashini boshqarish tizimiga moslashtirib joriy etish, shuningdek, fuqarolarning tibbiy sugʻurtalanishini joriy etish borasidagi tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlashni boshqarish va tashkil etish tizimidagi ilgʻor tajriba va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarning tibbiyot tashkilotlari menejmentini oʻrganadi, tahlil qiladi va moslashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda va takomillashtirishda ishtirok etadi, sogʻliqni saqlashni tashkil etish va tibbiyot tashkilotlari menejmenti, shu jumladan, xalqaro standartlar asosida tibbiyot tashkilotlarining sifatni boshqarish tizimlarini yaratish va joriy etish masalalari boʻyicha konsalting faoliyatini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot standartlari va normativlarini joriy etish yuzasidan tibbiyot tashkilotlari faoliyatini, sifatni boshqarish tizimlarini, sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish boʻyicha yangi modellarni, shu jumladan, majburiy va ixtiyoriy tibbiy sugʻurta qilish tizimlari joriy etilishini nazorat qilish va auditdan oʻtkazishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy va ixtiyoriy tibbiy sugʻurtani joriy etishda sogʻliqni saqlashni boshqarish organlariga koʻmaklashadi, majburiy tibbiy sugʻurtani bosqichma-bosqich joriy etish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xorijiy tajriba asosida bepul tibbiy yordam koʻrsatishning kafolatlangan hajmi doirasida tibbiy yordam koʻrsatuvchi barcha darajalardagi tibbiyot tashkilotlarini reyting baholash metodikasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, shuningdek, ushbu baholash doimiy asosda oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) xususiy xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakat sogʻliqni saqlashiga joriy etish, shuningdek, xususiy sogʻliqni saqlash tizimini jadal rivojlantirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik sohasida ilgʻor xorijiy va mahalliy tajribani oʻrganadi, uning huquqiy va metodik bazasini takomillashtirishda ishtirok etadi, xususiy tibbiyotni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida xususiy va davlat-xususiy tuzilmalar tarmogʻini rejalashtirishda va shakllantirishda, shu jumladan, tibbiy, servis va qoʻshimcha ishlarni boshqarishda (xizmatlarni koʻrsatishda) ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha xorijiy (xalqaro) tibbiyot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, respublika sogʻliqni saqlash tizimiga grant, kredit, donorlik va boshqa mablagʻlarni jalb qilish maqsadida uchrashuvlar, muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy sogʻliqni saqlash sohasida aholining sogʻligʻini muhofaza qilish va respublika aholisining farovonligini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi jahon reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi va respublika tibbiyot tashkilotlari ushbu reytinglarga kirishi yuzasidan ularga har tomonlama yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika sogʻliqni saqlash tizimiga grant, kredit, donorlik mablagʻlarini va boshqa mablagʻlarni jalb qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash sohasida, shu jumladan, loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha qoʻshma va xalqaro loyihalar amalga oshirilishini nazorat qilish va monitoring olib borish tadbirlarida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) shu jumladan, biznes rejalarni ishlab chiqish yoʻli bilan respublika sogʻliqni saqlashining xususiy tizimini rivojlantirishga investitsiya qoʻyish masalalari boʻyicha potensial investorlarga, ayniqsa xorijiy investorlarga axborot, maslahat, huquqiy va boshqa yordam koʻrsatish, tashabbus koʻrsatiladigan loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini jalb qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat asosida marketing tahlillari va tadqiqotlar olib boradi, konsalting faoliyatini amalga oshiradi, tashkilotlarga, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarga mahalliy tibbiyot va farmatsevtika bozorini tahlil qilish va oʻrganish boʻyicha axborot, huquqiy va boshqa turda yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida hududlardagi mavjud sogʻliqni saqlash muassasalari tarmogʻini, jahon va mamlakat sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish tendensiyalarini, mavjud kadrlar salohiyatini, mijozlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tijorat asosida davlat va nodavlat tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari uchun biznes-rejalarni ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Milliy palataning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Milliy palata oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Milliy palataga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata vakolatiga taalluqli masalalarni tahlil qilish va hal etish uchun zarur boʻlgan tahliliy, statistik va boshqa maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, taʼlim, ilmiy va axborot-tahlil muassasalaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tibbiyot tashkilotlari va tibbiy taʼlim muassasalarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini, tibbiy taʼlim turlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlar davlat taʼlim standartlariga, davlat talablariga va malaka talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hayʼati majlislarida va boshqa yigʻilishlarida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha idoraviy mansubligidan qatʼi nazar sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari rahbarlarini, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning vakillari va ekspertlarini jalb qilish va hisobotlarini eshitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash tizimini innovatsion rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata faoliyati sohasiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha tadbirlar oʻtkazish, tahliliy materiallarni tayyorlash uchun olimlar va mutaxassislarni, ilmiy va boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert guruhlari tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palataning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tarkibiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinmalar deb ataladi) rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida amaliy yigʻilishlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot, farmatsevtika va boshqa tashkilotlarning muassisi boʻlish; sogʻliqni saqlash sohasi xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida xizmatlarni va sogʻliqni saqlash sohasida boshqa oʻquv turlarini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha tibbiyot xodimlarini, boshqa soha va tarmoqlarning ixtisosli mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalariga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash, shu jumladan, Milliy palata vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo shartnomalar va bitimlar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xalqaro ilmiy-texnik dasturlar doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun grantlar, donorlik dasturlari olishga tanlovlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli moliyalashtirishini va qarz mablagʻlarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining ilmiy va innovatsion faoliyatini amalga oshirish jarayonida tashkil qilingan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining dekretirlangan guruhlari, shu jumladan, faoliyati oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish, bolalarni oʻqitish va tarbiyalash, aholiga kommunal va maishiy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar uchun ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenik oʻqitish boʻyicha pulli kurslar tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlarni ishlab chiqish va nusxasini koʻpaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida milliy valyutada shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shuningdek, tijorat banklarida valyuta hisob raqamlariga, tijorat banklarida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlashni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining milliy va xorijiy valyutalardagi hisob raqamlariga ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyati yoki boshqa faoliyat natijasida olingan, Milliy palataga tegishli boʻlgan mulkka, intellektual mahsulotlarga, daromadlarga, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda sotib olingan boshqa mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida bepul foydalanish huquqi bilan bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga belgilangan tartibda berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, davriy nashrlar chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata ushbu Nizomga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Milliy palata:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modeli joriy etilishining strategik maqsadlariga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarning kompleksliligi, asoslanganligi va amaliy ahamiyati uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata va uning mansabdor shaxslari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Milliy palata faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Milliy palataga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata raisi mehnat, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Milliy palata raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy va tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Milliy palatani ifodalaydi yoxud Milliy palata nomidan ishonchnomalar va vakolatlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning belgilangan soni doirasida shtat jadvalini, shuningdek, belgilangan tartibda Milliy palata xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palataning tarkibiy boʻlinmalari hamda ularning tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni va ularning javobgarligi darajasini taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palataning ish rejalari va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari talablariga muvofiq xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlab Milliy palata rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini amalga oshiradi va tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata nomidan shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, Milliy palata xodimlarini ishga qabul qiladi, boshqa lavozimlarga oʻtkazadi va ishdan boʻshatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata nomidan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar mablagʻlari jalb qilinishini nazarda tutuvchi shartnomalar va boshqa hujjatlarni, shuningdek, belgilangan tartibda sogʻliqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha investitsiya bitimlarini tuzadi va imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata xodimlarini faxriy yorliqlar bilan mukofotlash masalalarini belgilangan tartibda hal qiladi, Milliy palataning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish va davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qiladi, shu jumladan, ularning keyinchalik egallab turgan lavozimlarda qolishining maqsadga muvofiqligi haqidagi masalalarni hal qiladi, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata tizimi xodimlari tomonidan Milliy palata tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq Milliy palata faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Milliy palata raisining oʻrinbosari Milliy palata raisi tomonidan lavozimga tayninlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais oʻrinbosari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palataning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalariga bevosita rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha maslahat kengashi qarorlari, raisning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palataga yuklangan vazifalar va funksiyalarning unga biriktirilgan masalalar boʻyicha bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais vaqtincha boʻlmagan vaqtda uning vazifalarini bajarish raisning birinchi oʻrinbosariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Milliy palata huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha maslahat kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sogʻliqni saqlashni innovatsion rivojlantirish muammolarini har tomonlama ilmiy tahlil qilish maqsadida Milliy palata huzurida Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha maslahat kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashga Milliy palata raisi boshchilik qiladi va u sogʻliqni saqlash sohasidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash Milliy palataning sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha maslahat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning tarkibi, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibi Milliy palata raisi tomonidan tasdiqlanadigan Kengash haqidagi nizom bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Milliy palata huzuridagi Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Milliy palata huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda mablagʻlari tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalarda maxsus hisob raqamlarida jamlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlashni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jamgʻarma faoliyatini boshqarishni Milliy palata raisi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Rais Jamgʻarma faoliyatini boshqarishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyingi moliya yiliga jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlash uchun, shuningdek, ularga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi takliflarni Kengashga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma faoliyatini Jamgʻarmaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini belgilangan tartibda tekshirishni tashkil etadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarim yilda kamida bir marta Kengashga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilganligi haqida hisobot taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali foydalanish va tushumlarni oshirish, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Milliy palata belgilangan tartibda Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari yuzasidan alohida hisob va hisobot yuritadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanganligi haqida har chorakda hisobot taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik Milliy palata raisiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish davlat moliyaviy nazorati organlariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vrachlar va provizorlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi, shuningdek, ularning faoliyati litsenziyalanganligi uchun tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida pulli xizmatlar koʻrsatishdan va boshqa xoʻjalik faoliyati amalga oshirilganligi uchun tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlarga muvofiq ilgʻor tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, ularni zamonaviy uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy klinik qoʻllanmalar va bayonnomalar, tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlari, tibbiyot tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash standartlari ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmalarini qurish uchun qaytarib berish va imtiyozli asoslarda mablagʻlar berish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shu jumladan, lizing shartlarida jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini, shu jumladan, chet elda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, respublikada oʻqitish, malaka oshirish va tajriba almashishni tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vrachlari va provizorlarining yagona umum foydalanuvdagi elektron maʼlumotlar bazasini tashkil etish va yuritish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash sohasida xayr-ehson faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palataga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Milliy palata xodimlarini moddiy taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Milliy palata xodimlarini moddiy taʼminlash Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Milliy palata va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi hamda Milliy palata va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining lavozim maoshlariga ragʻbatlantiruvchi tusdagi har oylik ustama va qoʻshimcha haqlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Milliy palata xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari uchun, tegishli ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga Milliy palata va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga quyidagi toʻlovlar toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lavozim maoshiga muvofiq ish haqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari uchun nazarda tutilgan lavozim maoshiga har oylik 20 foizli ustama (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yilda bir marta mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravari miqdorida mukofot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yilda bir marta mehnatga haq toʻlash fondining bir oyligi miqdorida moddiy yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yillik mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida shakllantiriladigan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobiga shaxsiy ustamalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy palata va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy mukofotlash va ragʻbatlantirish boʻyicha boshqa xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Milliy palata raisi faoliyat samaradorligining eng yuqori koʻrsatkichlarini taʼminlovchi xodimlarga Milliy palatani taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobiga boʻshaydigan (foydanilmaydigan) mablagʻlar hisobiga ular lavozim maoshining ikki baravari miqdorda shaxsiy ustamalar belgilashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Milliy palataning hisobot berishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Milliy palata raisi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati Milliy palataga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha uning faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Milliy palata faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Monitoring va faoliyatni baholash yakunlariga koʻra Milliy palataning mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan yuklangan vazifalar vijdonan va oʻz vaqtida bajarilganligi uchun ragʻbatlantirish yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimdan ozod qilishgacha javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Milliy palatani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 355-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Islom Karimov nomida “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga 1-roʻyxatning 8-bandiga quyidagi mazmundagi 8.4-kichik band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8.4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga 1-roʻyxatning 5-bandiga quyidagi mazmundagi 5.17-kichik band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5.17. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 355-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 17-son, 206-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati toʻgʻrisida” 2017-yil 10-maydagi 266-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 19-son, 342-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati toʻgʻrisida” 2017-yil 10-maydagi 266-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida” 2017-yil 18-sentabrdagi 735-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qarori)” 2018-yil 14-fevraldagi 109-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori)” 2018-yil 13-martdagi 197-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2019-y., 09/19/355/3024-son)