O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish to‘g‘risida” 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
2. “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda, belgilangan tartibda:
xo‘jalik hisobidagi “Boshsuvoqova” bosh boshqarmasi va Xo‘jalik hisobidagi kommunal obyektlarni kapital qurish bosh boshqarmasi bazasida Mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish bosh direksiyasini tashkil etsin;
6-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni qayta tashkil etsin, yangi tashkil etilgan korxonalarni Mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish bosh direksiyasi tarkibiga kiritsin;
* 6-ilova berilmaydi.
xo‘jalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasini “Boshkommungaz” korxonasiga, uning tarkibiy bo‘linmalarini esa yuridik shaxs maqomi bilan shu’ba korxonalarga aylantirsin;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, kommunal maqsadlardagi barcha gaz quvurlari tarmoqlarining “Boshkommungaz” korxonasining shu’ba korxonalari balansiga bepul berilishini tashkil qilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
“O‘zkommunxizmat” agentligi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — Hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekgazqurilish” (Qarshi shahri), “Quvata’mirlashmexanika” va “Qo‘qon ishlab chiqarish kombinati” aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati tegishli ravishda Qashqadaryo va Farg‘ona viloyati hokimliklari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini qayta tashkil etish bo‘yicha maxsus komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi belgilangan tartibda ikki oy muddatda:
tugatiladigan “O‘zkommunissiqlikenergiyata’mirlash” boshqarmasining hamda “Kommunalchi” tajriba-eksperimental korxonasining mol-mulki bazasida “O‘zkommunissiqlikta’mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etsinlar;
“O‘zkommunmashta’minot” ishlab chiqarish birlashmasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirsinlar;
7-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini belgilangan tartibda tanlov asosida ishonchli boshqaruvga bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Agentlik tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari va tashkilotlari rahbarlari Agentlik Bosh direktori tomonidan, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlariga hamda Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasiga rahbarlik qilish, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi boshqaruv apparatlarining ta’minoti ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning har oydagi ajratmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
8. “O‘zkommunxizmat” agentligining belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida chiqargan normativ hujjatlarining barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy ekanligi belgilab qo‘yilsin.
9. “O‘zkommunxizmat” agentligi Toshkent shahar, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 1-uyga joylashtirilsin.
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O‘zkommunxizmat” agentligini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 21-dekabr,
493-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati
tuzilmasi
Tuman (shahar) kommunal-foydalanish boshqarmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati
TUZILMASI
Aksiyalarining davlat paketlari ishonchli boshqaruvga beriladigan aksiyadorlik jamiyatlari
RO‘YXATI
1. “Angrengazmash” OAJ, Angren sh.
2. “Farg‘ona gaz apparatlari zavodi” OAJ, Farg‘ona sh.
3. “Gazavtomatika” OAJ, Toshkent sh.
4. “Kommunalchi” OAJ, Samarqand sh.
5. “Kommunalsozlovchi” OAJ, Toshkent sh.
6. “O‘zbekgazsuvqurilish” OAJ, Toshkent sh.
7. “O‘zkommunmashta’minot” OAJ, Toshkent sh.
8. “O‘zkommunissiqlikta’mir” OAJ, Toshkent sh.
9. “O‘zbekgazqurilish” OAJ, Qarshi sh.
10. “Quvata’mirlashmexanika” OAJ, Quva sh.
11. “Qo‘qon ishlab chiqarish kombinati” OAJ, Qo‘qon sh.
Izoh. 1—8-tartib raqamlaridagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga berish “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan, 9—11-tartib raqamlaridagi aksiyadorlik jamiyatlariniki tegishli ravishda Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 19-son, 148-modda; 2003-y., 19-son, 179-modda; 2004-y., 10-son, 115-modda; 42-son, 446-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda)