02.04.2019 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti va Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etilganligi hamda u maktabgacha ta’lim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari bo‘yicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti etib belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda Injiniring kompaniyasi deb ataladi) tashkil etilganligi va unga maktabgacha ta’lim tizimi obyektlarini qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari yuklanganligi hamda kompaniya xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilar:

investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga moslashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarning loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish yo‘nalishini rivojlantirish, shuningdek, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalashtirish jarayonlariga xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori unumdorligi va sifatiga, energiya va resurslarni tejashga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga, shuningdek, ekologik talablarga javob beradigan ilg‘or texnologiyalar va asbob-uskunalar jahon bozorini chuqur tahlil qilish, respublikaga istiqbolsiz, ma’naviy va fizik eskirgan uskuna va texnologiyalar olib kirilishini istisno qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha va loyihaoldi ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari ilmiy-texnik va ekspert kengashlari bilan yaqin hamkorlik qilish Institutning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga kiradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, inventar bilan va texnik jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish;
(2-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash va qurilish-montaj ishlari bajarilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha ta’lim tashkilotlari va infrastruktura obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish prognozining bajarilishini ta’minlash;
(2-bandning “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha yechimlarining samaradorligini ta’minlash, arxitektura va shaharsozlik sohasidagi talablarga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, loyihalash davri muddatini qisqartirish Injiniring kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:

loyihalar buyurtmachilarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, loyiha-izlanish ishlarini amalga oshirishga, loyihalar amalga oshirilishini texnik qo‘llab-quvvatlashga shartnoma asosida ajratiladigan mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va xorijiy moliya institutlari, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institutni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, maktabgacha ta’lim tizimining ma’muriy binolarini va boshqa obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash qiymatidan ajratmalar;
(3-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va xorijiy moliya institutlari, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Injiniring kompaniyasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut va Injiniring kompaniyaning tuzilmalari va ustavlarini bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin va ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 2-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
274-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 09/19/274/2874-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)