Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 510-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 231-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga (roʻyxat raqami 510, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-fevral,
3/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2.1-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchilarga;”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 2.2-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vakolatxona tashkil etgan norezident — yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlari;”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 2.4-banddan uchinchi jumla chiqarib tashlansin.
4. 5.2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“doimiy muassasa tashkil etgan norezident — yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlari.”.
6. 6.2-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uyushgan savdolarda aksiyalarni sotib olishdan (sotishdan) tushgan mablagʻlar;”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/510-5/2815-son)