Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.04.1992 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA BUDJET HISOBIDAGI MUASSASALAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi muassasalar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1992-yil 26-martdagi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston davlat banki, tegishli tijorat banklari, respublika vazirliklari va idoralari tomonidan nafaqalar, stipendiyalar va ish haqining Farmon bilan belgilangan yangi miqdorlaridan kelib chiqib, avans toʻlovlar amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafaqalar eng kam miqdorining 1992-yil 16-martgacha amal qilgan qayta hisob-kitobini oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Pensiya fondi, Mehnat vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 10 kun muddat ichida yuqorida qayd qilingan Farmon bilan belgilangan eng kam miqdordan kelib chiqqan holda ish stajining davomiyligiga va fuqarolarning xizmatlariga bogʻliq ravishda mehnat va shaxsiy pensiyalarni tabaqalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mehnat vazirligi Moliya vazirligi hamda tegishli vazirliklar va idoralar, respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishib, tarif stavkalari va okladlarning — ish haqiga qoʻshimchalarning boshqa turlarini hisobga olgan holda — xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, fan, uy-joy-kommunal xoʻjaligi tarmoqlari (nomoddiy ishlab chiqarish sohalari) xodimlari mehnatining ragʻbatlantirilishini taʼminlaydigan yangi miqdorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2 va 3-bandlarda qayd etilgan aholi toifalari uchun 1992-yil budjetida nafaqalar, stipendiyalar va ish haqini oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutsin, bunda ushbu maqsadlar uchun budjetdan tashqari mablagʻlarni va boshqa manbalarni jalb etishni taʼminlash eʼtiborga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va xoʻjaliklar 1992-yilda va undan keyingi yillarda mehnat unumdorligining oʻsishi va ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) hajmini oshirish hisobiga ish haqining belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda ishlovchilarning ish haqi yanada oʻsishini taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston davlat banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzjamgʻarmabank”:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqi, stipendiyalar va nafaqalar toʻlash uchun respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini naqd pul bilan oʻz vaqtida taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar va tashkilotlar tomonidan respublika Pensiya fondiga sugʻurta badallarining oʻz vaqtida va toʻla oʻtkazilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Choʻl va suvsiz joylarda, baland togʻlarda va ogʻir tabiiy-iqlim ish sharoitlarida ishlaganligi uchun avval imtiyozlar joriy etilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlarining ish haqiga 1992-yil 1-apreldan boshlab 2500 soʻm miqdorida koeffitsiyentlar hisoblash uchun chegaralangan miqdor belgilansin, ish haqining 2500 soʻmdan oshuvchi qismiga esa koeffitsiyent hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koeffitsiyentlar hisoblash uchun chegaralangan miqdorning oshishi munosabati bilan ish haqiga sarf-xarajatlar korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hisobidan va ularning oʻzlarining mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 3 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatiga keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasida koʻrib chiqish uchun fuqarolardan soliq olishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilikka oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 22-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 11-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186-son