12.03.2019 yildagi PQ-4236-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etishni taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilish hamda ijro ishi yurituvida sansalorlikka chek qoʻyish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarini amalga oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2019-yil 1-apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya institutini joriy etish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish undiruvchining arizasi boʻyicha oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish uchun asos hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlar oʻrtasida ijro predmetiga doir kelishuvga kelmaslik, shuningdek, tomonlardan birining mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishi yoki uni amalga oshirish muddatining tugashi ijro ishi yuritishni qaytadan tiklash uchun asos hisoblanadi. Bunda, mediatsiya tartib-taomilini takroran amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlar oʻrtasida ijro ishining har qanday bosqichida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha ijro predmetiga doir kelishuv rasmiylashtirilgan hollarda, davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tugatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish jarayoniga davlat ijrochisi va davlatning boshqa organlari vakillarining aralashuvi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-iyundan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masala ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hal etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur harakatlar qarzdorning arizasiga yoki davlat ijrochisining oʻz tashabbusiga koʻra koʻpi bilan ikki marta kechiktiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro harakatlarini bajarishda yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — Majburiy ijro byurosi) Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasini (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron baza) yuritadi, unga tegishli maʼlumotlar bazasi tizimlari bilan integratsiya qilish yoʻli bilan quyidagilar kiritib boriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro organlari yurituviga kelib tushgan barcha ijro hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan solingan va undirilgan maʼmuriy jarimalar haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar)ning qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida ixtiyoriy tartibda bajarilmagan maʼmuriy jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari majburiy ijro etish uchun elektron hujjat koʻrinishida avtomatik ravishda Majburiy ijro byurosining axborot tizimiga yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ijro hujjatlarida undiruvchi yoki qarzdorning elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqami (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ (mansabdor shaxs)ga taqdim etilgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xabarnoma uning joʻnatilganligi va qabul qilinib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan xolda elektron pochtaga yoki mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) koʻrinishida yoʻllanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani va Navoiy shahri Majburiy ijro byurosi boʻlimlarida tajriba sifatida ijro hujjatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali davlat ijrochilari oʻrtasida avtomatlashtirilgan taqsimlash tartibi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2020-yil 1-martga qadar tajriba natijalariga koʻra mazkur amaliyotni Majburiy ijro byurosining boshqa boʻlinmalarida joriy etish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Majburiy ijro byurosi 2019-yil 1-oktabrdan oʻz rasmiy veb-saytida bepul asosda quyidagilarni nazarda tutuvchi ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha davlat interaktiv xizmati koʻrsatish tizimini joriy etsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir ijro hujjatiga maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlaydigan yagona identifikatsiya raqami (kodi)ni berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga ijro harakatlarini amalga oshirishning borishi va ijro ishi yuritishning barcha bosqichlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosi tomonidan koʻrilayotgan choralar hamda bajarilayotgan ijro harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy kiritib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻi orqali yagona identifikatsiya raqami (kodi)dan foydalangan holda undiruvchi va qarzdor tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishning borishini barcha bosqichlarda kuzatish, shuningdek, mavjud qarzni onlayn tarzda toʻlash va bir vaqtning oʻzida ijro hujjati talablarining bajarilganligini qayd etish imkoniyatini yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha davlat interaktiv xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ham koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Majburiy ijro byurosi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda shartnoma-vositachilik asoslarida sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-doʻkonlar orqali sotish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro ishi yuritish davomida xatlangan mol-mulkni sotishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3724-son qaroriga muvofiq Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan, tovarlar harakatini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etgan va tovarlarni xaridorga yetkazib berish uchun zarur logistika imkoniyatlariga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni mobil ilovalar va elektron toʻlov tizimlari orqali xarid qilish imkoniyatini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
undirish qaratilgan mol-mulk “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga qoʻyilgan paytdan boshlab sotilishigacha boʻlgan harakatini monitoring qilish imkonini beruvchi mol-mulk hisobini yuritishning yagona elektron axborot tizimini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xarid qilingan mol-mulk uchun elektron, shu jumladan xalqaro toʻlov tizimlaridan foydalangan holda onlayn toʻlov qilish imkoniyatini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ijro ishi yuritishda undiriladigan davlat bojlari, maʼmuriy jarimalar va boshqa toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlaridan foydalangan holda toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun YIDXPda alohida platformani yaratish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda Majburiy ijro byurosi xodimlarini operativ-qidiruv yoʻnalishida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha bepul asosda maxsus kurslar tashkil etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uch oy muddatda sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi, shuningdek, ularning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini taʼminlash borasidagi protsessual normalarni tizimlashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy ijro byurosiga jismoniy va yuridik shaxslardan “ishonch telefoni” orqali, shuningdek, elektron tarzda kelib tushadigan murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishi ustidan tizimli nazorat olib borishga qaratilgan dasturiy taʼminotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijrochilarining sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini majburiy ijro etishni taʼminlash boʻyicha samaradorlik va natijadorlikning asosiy koʻrsatkichlarini (KPI), shuningdek, ular faoliyatini baholash, xizmat boʻyicha koʻtarish, ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllashda ushbu koʻrsatkichlarni qoʻllash tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida tizimli ravishda davlat ijrochilarining malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqsin va joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda sud tomonidan maʼmuriy jarimaga tortish holatlaridan tashqari, jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda u qolgan summani toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi maʼmuriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, quyidagi holatlarda jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilmasligi nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ijro ishini yuritish holati toʻgʻrisida maʼlumot hamda soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Majburiy ijro byurosi va sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlarning grantlari, texnik koʻmak mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 12-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4236-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 07/19/4236/2762-son)