14.05.2018 yildagi PQ-3724-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda, shu jumladan elektron tijoratni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning toʻlaqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga toʻsiq boʻlayotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal surʼatlardagi oʻzgarishlariga mos kelmaydi va oʻz navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini taʼminlamaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda toʻliq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik toʻsiqlari saqlanib qolmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yoʻlga qoʻyilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining toʻxtab turishiga olib kelmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, mahalliy toʻlov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yoʻqligi, mamlakat tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan toʻliq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga taʼsir qilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat budjetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni ragʻbatlantirmaydi, bu esa Internet tarmogʻi orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni Internet tarmogʻi orqali realizatsiya qilish uchun zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar koʻrsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda toʻlovlar virtual terminallar (E-POS) orqali xaridorga naqd pulni qabul qilganligi toʻgʻrisida elektron chek yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburiy yuborgan hamda inkassatsiya qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda pul mablagʻlarini xizmat koʻrsatuvchi bankka topshirish sharti bilan naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijorat subyektlari savdo faoliyatini amalga oshirishda toʻlov terminallaridan foydalangan holda tadbirkorlik subyektlarining korporativ bank kartalari, shuningdek, elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlovlarni qabul qilish huquqiga egadirlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSH dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot yuritgan holda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari koʻrsatish qoidalariga muvofiq yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
virtual terminallar (E-POS) shu turdagi nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxslar (tovarlarni sotuvchilar) uchun toʻlovlarni keyinchalik ularni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish sharti bilan qabul qilish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar (xizmatlar) uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan toʻlov toʻlash talabi bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtomobil transportida Oʻzbekiston hududi boʻylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilish, faqat saqlash va yetkazib berishda ularning xavfsizligini taʼminlash tartibi va talablariga qatʼiy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda yetakchi xorijiy savdo maydonchalari (ebay, Amazon va boshqalar), toʻlov tizimlari (Paypal) bilan muzokaralar oʻtkazishni tashkil etsin va oʻtkazilgan muzokaralar yakuni boʻyicha mahalliy tadbirkorlik subyektlariga ushbu savdo maydonchalari va toʻlov tizimlari orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish va hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini yaratish boʻyicha aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni, ularni saqlash va yetkazib berish talablari va shartlarini inobatga olgan holda, realizatsiya qilish va yetkazib berish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda elektron tijorat sohasida davlat miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish mexanizmini inobatga olgan holda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni mobil aloqa raqamiga bogʻliq holda masofadan identifikatsiya qilish mexanizmining samarali ishlashini taʼminlash maqsadida 2018-yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmogʻi abonenti boshqa mobil aloqa tarmogʻiga oʻtganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda elektron dasturiy mahsulotlar, axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini rasmiylashtirish, shu jumladan “bulutli texnologiyalar” xizmatini xarid qilish va unga obuna boʻlishning buxgalteriya hisobini yuritish va bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank bilan birgalikda 2018-yil yakuniga qadar mobil telefonlar (planshetlar) qoʻllanilishini inobatga olgan holda bank kartalari va naqd pul toʻlovlarini qabul qiluvchi yagona qurilmalarni (E-POS terminal va onlayn NKM bir qurilmada) joriy etish boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestrini (keyingi oʻrinlarda Milliy reyestr deb yuritiladi) yaratish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy reyestrni yuritish elektron shaklda onlayn rejimda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda tovar (xizmat)larni elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu jumladan elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari, tovarlarni yetkazib berish, elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Milliy reyestrni shakllantirish, yuritish va kelgusida rivojlantirish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Milliy reyestrni yuritishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijorat ishtirokchilari toʻgʻrisidagi yagona elektron axborot bankini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirish holatining tizimli monitoringini olib borish va baholash, shu jumladan axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishning samaradorligini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun maqsadli tahlilini olib borish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 14-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3724-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA NORMATIV-HUQUQIY VA NORMATIV BAZANI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonunlariga oʻzgartirishlar kiritish, bunda quyidagilarni hisobga olish:

elektron tijoratda ishlatiladigan terminlarga aniq tushunchalar berish;

elektron tijorat subyektlari oʻrtasida hamkorlikning zamonaviy usullarini joriy etish imkoniyatlarini berish;

eletron tijoratda hujjatlarning elektron shakli va ularning yuridik kuchidan foydalanish masalalarini tartibga solish;

elektron tijoratda, biznes (V2V) kabi, yakuniy isteʼmolchi (V2S) uchun ham mahsulotlarni eksport va import qilish masalalarini tartibga solish;

elektron tijoratdan foydalangan holda raqamli tovarlar (dasturiy mahsulotlar, kontent mahsulotlar) va autsorsing xizmatlarini eksport va import qilish masalalarini tartibga solish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-aprelga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Elektron tijorat subyektlariga xizmat koʻrsatish, ularning manfaatlari va xorijiy tajribani hisobga olgan holda yetkazib berish xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan:

elektron shaklda (elektron chek) toʻlov qabul qilingani holatini fiskal roʻyxatdan oʻtkazish yoki kassa chekini sotuvchidan xaridorga yetkazib berish xizmati orqali yetkazish;

barcha tovarlar uchun sotuvchi/xaridor nomidan elektron tijoratda kelishuvlar boʻyicha tushiriladigan tovarlarni deklaratsiya qilishga yetkazib beruvchi xizmatlarining huquqini nazarda tutadigan tartibni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Elektron tijoratda tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi, xususan elektron tijorat yordamida import-eksportda sotiladigan va xarid qilinadigan tovarlarning (deklaratsiya qilinishi) bojxona rasmiylashtiruvi tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-yanvarga qadar

DSQ, DBQ, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

4.

Elektron tijorat ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish va aholining elektron tijoratga boʻlgan ishonchini oshirish maqsadida, eksport kelishuvlarini hisobga olgan holda elektron tijorat ishtirokchilari oʻrtasida maxsus tartib-taomillarga muvofiq kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish boʻyicha maxsus arbitraj joriy etish uchun normativ-huquqiy baza shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-iyulga qadar

Adliya vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

5.

Isteʼmolchilar, elektron tijorat subyektlari va boshqa ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish normalarini nazarda tutgan holda belgilangan elektron tijorat qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlikka doir Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-aprelga qadar

Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, DSQ, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullar aylanmasini huquqiy tartibga solish, shuningdek, ular tomonidan, shu jumladan xorijiy elektron karmonlar bilan elektron tijoratda toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha tartibni amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-yanvarga qadar

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, DSQ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Elektron tijoratda intelektual mulk obyektlarini (dasturiy mahsulotlar, axborot mahsulotlari) bojxona deklaratsiya qilinishi, oldi-sotdi va eksport/import qilinishi holatlarini buxgalterlik hisobiga olish, shuningdek, onlayn-xizmatlarga litsenzion bitimlar yoki obuna boʻlish asosida foydalanish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun normativ-huquqiy bazani shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Intelektual mulk agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, DBQ, DSQ

8.

Auksion savdolari orqali mazkur platformalar foydalanuvchilarining tovarlarini sotish boʻyicha onlayn-platformalarni yaratish imkoniyatini taqdim etish maqsadida elektron tijorat ishtirokchilari uchun internet-auksionlar oʻtkazish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-iyulga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ, Adliya vazirligi

II. ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLARNI YARATISH BOʻYICHA TASHKILIY-TEXNIK CHORA-TADBIRLAR

9.

Elektron savdo Milliy platformasini yaratish.

Texnik chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-iyulga qadar

Tashqi savdo vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

10.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasini tahlil qilish hamda ID-kartalar orqali aholini identifikatsiya qilish tizimini amalga oshirish bilan integratsiya qilinishini hisobga olgan holda Mobile-IDdan (sim-karta ichidagi elektron raqamli imzo) foydalangan holda identifikatsiya qilish tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,

DSQ, DPM, mobil aloqa operatorlari

11.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan elektron tijorat sohasida xizmat koʻrsatish, jumladan:

tadbirkorlik subyektlariga, oʻz faoliyatlarida elektron tijoratni joriy etishda konsultativ qoʻllab-quvvatlashda;

xizmatlarni, jumladan komissiya shartnomalari asosida elektron tijoratning xorijiy platformalarida tadbirkorlik subyektlarining tovarlari va xizmatlarini sotishni tashkil etishda;

Businessinfo.uz. onlayn portali orqali elektron tijoratni yuritish boʻyicha axborot xizmatlarini koʻrsatishda.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-oktabrga qadar

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi

III. ELEKTRON TIJORAT SOHASIDA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH VA XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

12.

HoReCa (Booking.com, Tripadvisor va boshqa tizimlar) xizmatlari segmenti xalqaro axborot tizimi orqali milliy turizm xizmatlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

dasturi

2018-yil
1-oktabrga qadar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

13.

Elektron tijorat sohasida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

SHHTga aʼzo davlatlarning elektron tijorat boʻyicha Savdo-sanoat assotsiatsiyasi;

elektron tijorat (ETID) boʻyicha JSTning ish dasturi;

Tariflar va savdo boʻyicha bosh bitim (GATT, JST tovarlarini sotish boʻyicha Kengash);

Xizmatlarni sotish boʻyicha bosh bitim (GATS, JST xizmatlarini sotish boʻyicha kengash);

Intellektual mulk aspektlari boʻyicha bitim (TRIPS, JST TRIPS boʻyicha Kengash).

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil
1-iyulga qadar

Tashqi savdo vazirligi, TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DBQ, DSQ, Adliya vazirligi

14.

Markaziy Osiyo mintaqasida elektron tijorat uchun maxsus sharoitlar joriy qilinishini hisobga olgan holda, qoʻshni mamlakatlar (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikiston) bilan trans chegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish.

Hukumatlararo bitim

2019-yil
1-yanvarga qadar

Tashqi savdo vazirligi, TIV, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, DBQ

IV. ELEKTRON TIJORATNING LOGISTIK INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH

15.

Elektron tijorat subyektlariga xizmat koʻrsatadigan yetkazib berish xizmatlarini ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, “Oʻzavtotrans” agentligi

16.

Elektron tijorat orqali tovarlarni yetkazib berishga ichki talabni qanoatlantirish boʻyicha respublika hududlarida logistika markazlarini shakllantirishni hisobga olgan holda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini joriy etishni hisobga olib logistika infratuzilmasini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-aprelga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻzavtotrans” agentligi,

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

17.

Elektron tijorat orqali tovarlarni eksport qilish hajmini oshirishga qaratilgan, Oʻzbekistonda logistika markazini barpo etish masalalarini yirik trans milliy logistika kompaniyalari (FedEx, UPS, DHLva boshqalar) bilan ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-iyulga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzavtotrans” agentligi

V. ELEKTRON TIJORAT SOHASIDA KADRLAR SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH

18.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida elektron tijorat boʻyicha bakalavr va magistratura taʼlim yoʻnalishlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-aprelga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

19.

Elektron tijoratning barcha ishtirokchilariga moʻljallangan, “Elektron akademiya” loyihasi doirasida elektron tijorat boʻyicha ixtisoslashtirilgan onlayn kurslarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

VI. AHOLI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI ORASIDA ELEKTRON TIJORATNI TARGʻIB QILISH VA OMMALASHTIRISH

20.

Har yili oʻtkaziladigan ICTWEEK Uzbekistan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida elektron tijoratni rivojlantirishga bagʻishlangan chora-tadbirlarni oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

21.

Oʻzbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni yoritishga doir teleradiokanallarda hamda bosma OAVda maxsus koʻrsatuvlar va ruknlar tashkil etish, mahalliy va xorijiy elektron savdo maydonchalarida tovar va xizmatlarni sotishga oid tadbirkorlar uchun tanishtiruv materiallari eʼlon qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

doimiy

MTRK, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

22.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari huzuridagi elektron tijorat boʻyicha bahs-munozara maydonchalarini yaratish hisobidan, unda seminarlar, koʻrgazmalar va forumlar oʻtkazishni oʻz ichiga olgan holda hududlarda elektron tijoratni kuchaytirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil

1-iyulga qadar

Savdo-sanoat palatasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari,

Oʻzbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3724/1261-son, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)