08.03.2019 yildagi 201-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoni)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, pul muomalasini mustahkamlash, naqd puldagi hisob-kitoblarni erkinlashtirish va inkassatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 8-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 201-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 39-modda) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni har kuni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan miqdordan kam naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda) 5-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki inkassatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorining (“Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 8-bandidagi “tovarlarni naqd pulga ulgurji sotishga yoʻl qoʻymaslikka, nazorat-kassa mashinalari mavjudligiga, naqd pul mablagʻlari oʻz vaqtida inkassatsiya qilinishiga” soʻzlari “nazorat-kassa mashinalari mavjudligiga va naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilinishiga (banklarga topshirilishiga)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10. Tovarlar tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda ulgurji sotilishi mumkin. Bunda, hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorigacha naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 19-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chakana savdo korxonalari (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga tovarlarni aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda va hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda sotishga ruxsat etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 48-modda) 18-bandidagi “inkassatsiya qilinadi” soʻzlari “qonunchilikda belgilangan tartibda inkassatsiya qilinadi (banklarga topshiriladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 187-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 9-band “d” kichik bandining beshinchi xatboshidagi “oʻz vaqtida va toʻliq hajmda inkassatsiya qilinishi” soʻzlari “inkassatsiya qilinishi (banklarga topshirilishi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 10-bandning 3 va 18-kichik bandlaridagi “oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish” soʻzlari “inkassatsiya qilish (banklarga topshirish)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)