Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2019 21.02.2019 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3300-son hamda “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatishni ta’minlovchi nazorat-kassa mashinalarini qo‘llashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-apreldagi PQ-3673-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) ishga tushirish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi ““Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” DUK sotilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) bo‘yicha realizatsiya vaqti va joyini ko‘rsatgan holda ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatishni ta’minlovchi zamonaviy nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi tushumlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish tizimining fiskal ma’lumotlar operatori (keyingi o‘rinlarda fiskal ma’lumotlar operatori deb ataladi) etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi onlayn nazorat-kassa mashinalarida foydalaniladigan fiskal modulga qo‘yiladigan texnik talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va fiskal ma’lumotlar operatori 2019-yil 1-martga qadar quyidagilarni ta’minlasinlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy kriptografik algoritmlar bazasi asosida axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullaridan foydalangan holda fiskal ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish operatsiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari uchun sarf-xarajatlarini maksimal darajada kamaytirgan holda fiskal modulni texnik jihatdan mos keladigan nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallari bilan integratsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat-kassa mashinalarining onlayn rejimida uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida zarur server va telekommunikatsiya uskunalarini hamda dasturiy ta’minotni belgilangan tartibda xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda olingan dastlabki ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga onlayn rejimida uzatish va qabul qilish hamda ularning to‘liq hajmda saqlanishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan mahsulotlar hamda ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha tahlil qilish, shuningdek, soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlash ehtimoli bo‘lgan holatlarni avtomatik ravishda aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba loyihasini amalga oshirishni, shuningdek, loyihani uslubiy qo‘llab-quvvatlashni va tajriba loyihasining barcha ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni tashkil qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini tatbiq etish va ishlatish to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirish va konsultatsiya ishlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlarining tajriba loyihasining amalga oshirilishida ixtiyoriy ishtiroki ularni nazorat-kassa mashinalari qo‘llashning qonunchilikda belgilangan tartibiga rioya etishdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tajriba loyihasi natijasi bo‘yicha axborotni, shuningdek, onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha aniq takliflarni 2019-yil 1-iyulga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Ko‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 21-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
150-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-fevraldagi 150-son qaroriga
1-ILOVA

Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn rejimida uzatishni ta’minlovchi onlayn nazorat kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini (keyingi o‘rinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tajriba loyihasida ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi. Savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari fiskal modulni, mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazganidan so‘ng, tajriba loyihasida ishtirok etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn nazorat-kassa mashinalari (keyingi o‘rinlarda NKM deb ataladi) — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda DSQ deb ataladi) onlayn rejimida uzatishni ta’minlovchi va qog‘ozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal ma’lumotlar operatori (keyingi o‘rinlarda operator deb ataladi) — onlayn rejimida qabul qilingan fiskal ma’lumotlarni mustaqil va doimiy ravishda qabul qilish, qayta ishlash va saqlash ishlarini bajaruvchi DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi DUK. Tajriba loyihasini amalga oshirish uchun operator boshqa xo‘jalik subyektlarini pudrat va subpudrat ishlariga jalb qilishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti (keyingi o‘rinlarda shaxsiy kabinet deb ataladi) — soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining (DSXO) soliq qonunchiligida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan hamda DSQning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilar — tadbirkorlik subyektlari — savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatida NKM foydalanuvchilari bo‘lgan tajriba loyihasi ishtirokchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchilar — NKMlarni, ularning butlovchi qismlarini va (yoki) dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba loyihasi ishtirokchilari — DSQ, operator, NKMdan foydalanuvchilar va ularni ishlab chiqaruvchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal modul (keyin o‘rinlarda FM deb ataladi) — o‘zi ulangan qurilmaning hisoblash quvvatini va dasturiy mahsulotini ishlatmagan holda fiskal ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda milliy standartlar asosida kriptografik himoyasini ta’minlovchi fiskal xotira vazifasini bajaruvchi ixtisoslashtirilgan fizik qurilma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Operator quyidagilarni ta’minlashga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘larini jalb qilmagan holda, o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NKM foydalanuvchilariga fiskal modulni zarur dasturiy va texnik resurslar bilan birga beg‘araz taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NKMdan olingan dastlabki ma’lumotlarni to‘liq hajmda DSQga onlayn rejimida uzatilishini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn rejimida qabul qilingan fiskal ma’lumotlarni, shuningdek, elektron fiskal hujjatlarni kechayu kunduz avtomatlashtirilgan rejimda va doimiy qabul qilish, qayta ishlash va to‘g‘rilab bo‘lmaydigan saqlashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DSQga fiskal ma’lumotlardan onlayn rejimda foydalanish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FM foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NKM kassa chekining haqqoniyligini QR-kod orqali tekshirish imkoninini beradigan hamda FM va NKM orasida ma’lumotlarni almashish protokoli joylashtirilgan butunjahon internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plastik kartalar orqali to‘lovlarni qabul qilishda NKMlardan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. DSQ quyidagilarni ta’minlashga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NKMdan kiruvchi ma’lumotlarni onlayn rejimida qabul qilish va dastlabki ma’lumotlarni to‘liq hajmda saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilarni mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zining rasmiy veb-saytida tajriba loyihasi ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NKM kassa chekining haqqoniyligini QR-kod orqali kechayu kunduz avtomatlashtirilgan rejimda tekshirish imkonini beradigan butunjahon internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytini ishlatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblarni o‘z vaqtida va qonunchilikda belgilangan muddatlarda joylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Foydalanuvchilar quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalaniladigan FMni foydalanuvchining shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba loyihasi davrida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida pulli hisob-kitoblarni shu jumladan NKM orqali ham amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NKM ishdan chiqqanda va (yoki) foydalanishdan olinganda bu haqda operatorga va DSXOlariga bir sutka ichida xabar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NKMning internet tarmog‘iga uzluksiz ulanishini ta’minlash bo‘yicha o‘zi tomonidan barcha choralarni ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ishlab chiqaruvchilar quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fiskal ma’lumotlarni modifikatsiyalash (korrektirovka qilish), shaxsini ko‘rsatmaslik, to‘sish, o‘chirish va yo‘q qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) NKM bilan ishlashda o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va yuzaga keladigan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) kassa chekining alohida ajratilgan maydonida tekshiruvi kodlangan shakldagi rekvizitlarini o‘z ichiga olgan kassa cheki (hisob-kitob amalga oshirilgan sana va vaqt, fiskal hujjatning tartib raqami, hisoblash belgisi, hisob-kitob miqdori, FM zavod ishlab chiqarish raqami) kamida 20x20 mm o‘lchamdagi QR-kodi yordamida kassa cheki haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini beradigan, butunjahon internet tarmog‘idagi veb-sayti belgisi ko‘rsatilgan yoki boshqa vositalar (masalan, mobil applikatsiya) orqali QR-kod shakllanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) kassa cheklarida va avtomatlashtirilgan holda uzatishda quyidagi ma’lumotlar aks etishini ta’minlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chekning tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining indentifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar/xizmat nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar/xizmatning qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar/xizmatning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov shakli: naqd yoki plastik karta yordamida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lovning jami summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov sanasi va vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal modulning unikal raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. FMni shaxsiy kabinet orqali ro‘yxatdan o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. DSQ tomonidan yuritiladigan FM yagona reyestriga kiritilgan FMlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan FMni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar DSXOlar tomonidan shaxsiy kabinet orqali qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. FMni ro‘yxatga olish ushbu Vaqtinchalik nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. FMni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyekti Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasiga muvofiq FMni ro‘yxatga olish arizasini to‘ldiradi va shaxsiy kabineti orqali yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FMni ro‘yxatdan o‘tkazish arizasini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektiga besh ish kunidan kechiktirmagan holda shaxsiy kabinetiga ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-ilovasiga muvofiq FMni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. FM yagona reyestrida FMning mavjud emasligi ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tadbirkorlik subyekti mazkur Vaqtinchalik nizomning 4 va 5-bandlaridagi xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatmaslik yoki mas’ul mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizomga

Fiskal modulni olish, ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘rnatish va undan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali belgilangan shakl bo‘yicha arizani yuborish.

Murojaatchining xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Tadbirkorlik subyektiga shaxsiy kabineti orqali fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tganligi haqida belgilangan shakldagi xabarnomani yuborish.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati organlaridan fiskal modulni bepul olish.

Besh ish kuni ichida

4-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Fiskal modulni elektron hisoblash mashinalariga, boshqa qurilmalarga o‘rnatish va FMOga bog‘lanishni sozlash (zarurat bo‘lganda, FMOning texnik ko‘magi bilan)

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Fiskal ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga yuborishni ta’minlash.

Doimo

(tajriba loyihasini amalga oshirish davrida)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

‎‎________________________ DSI boshlig‘iga
‎_____________________________________
‎(Tadbirkorlik subyektining nomi)
‎_____________________________tomonidan

‎‎(tadbirkorlik subyekti
‎rahbari, F.I.O.)

‎‎Fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida
‎ARIZA

‎‎__________-son

‎‎___________________ sanadagi

‎‎Onlayn nazorat-kassa mashinasi tarkibida kelgusida foydalanish uchun quyidagi ma’lumotlar asosida fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman:

‎Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

‎‎Tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

‎‎Tadbirkorlik subyektining nomi:
‎STIR:
‎Asosiy hisob raqami ochilgan bank MFOsi:
‎Tadbirkorlik subyektining rahbari F.I.O.:
‎Onlayn nazorat-kassa mashinasi o‘rnatilgan obyektning turi:

‎‎_______________________________________________‎‎
‎_______________________________________________‎‎
‎_______________________________________________
‎‎‎_______________________________________________‎‎

‎‎Onlayn nazorat-kassa mashinasi o‘rnatilgan joy haqidagi ma’lumotlar:

‎‎Viloyat (shahar):
‎Tuman:
‎Ko‘cha:
‎Uy:
‎Xonadon:
‎O‘rnatilgan joy:
‎Savdo kompleksi /bozor:
‎Savdo shaxobchasining nomi /xizmatlar ko‘rsatish shaxobchasi:
‎Faoliyat yo‘nalishi:
‎Faoliyat turi:

‎‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________

‎‎_______________________________________________
‎‎_______________________________________________
‎_______________________________________________

‎‎Xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish shartnomasi haqidagi yoki xizmat ko‘rsatuvchi bankda hisobvaraq mavjudligi hamda shartnomasi haqidagi ma’lumotlar:

‎‎Raqami:
‎Sana:
‎Bank MFOsi:
‎‎_______________________________________________
‎‎‎_______________________________________________‎‎
‎_______________________________________________

‎‎Fiskal modul haqidagi ma’lumotlar:

‎‎Fiskal modulning ID raqami:
‎‎_______________________________________________
‎‎Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlayman

‎‎___________________________
‎(F.I.O.)

________
‎(imzo)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Fiskal modulning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida
‎XABARNOMA

‎‎Ushbu xabarnoma _________________________________________________________________ga shu haqda berildiki,
‎(tadbirkorlik subyekti nomi)

‎‎mazkur fiskal modul _______________________________________________________________ faoliyatini amalga oshirish maqsadida __________________________________________________________________________ manzili bo‘yicha “___”_________ 20__ yilda _________________ raqam bilan ro‘yxatga olingan.

‎‎

‎____________ tumani (shahar) DSI boshlig‘i

‎‎‎______________________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-fevraldagi 150-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi onlayn nazorat-kassa mashinalarida foydalaniladigan fiskal modulga qo‘yiladigan texnik talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fiskal modul zavodda ishlab chiqarilgan holatda xarid qilinadi, ya’ni bunda identifikatsiya qilinadigan ma’lumotlarning ham ichki, ham vizual ko‘rinishda bo‘lmasligini anglatadi. Tegishli kelishuvlarga ko‘ra qurilmaga dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar tomonidan yozilgan bo‘lishi yoki fiskal modul operatori (keyingi o‘rinlarda FMO deb ataladi) tomonidan fiskal modulni ishga tayyorlash jarayonida o‘rnatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fiskal modullarni ishlab chiqarish jarayoni mos infratuzilmadan foydalangan holda quyidagi harakatlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fiskal ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish ishlarini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot (applet)ni yozish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) unikal raqam berish, ochiq va yopiq kalitlarni yaratish va ochiq kalitni ma’lumot tashuvchiga uzatish (tajriba loyihasi vaqtida — ma’lumotlar bazasiga, to‘liq loyiha vaqtida — NSM xavfsizligi moduliga). Yopiq kalit faqat fiskal modulda saqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) vizual ma’lumotlarni yozish — modul identifikatsiya raqami, mos shtrix kodi, logotiplar va boshqa zarur vizual ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qayta ishlangan fiskal modul o‘zining unikal identifikatoriga ega bo‘ladi, bu haqdagi ma’lumotlar FMO tizimida va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Fiskal modulning fizik parametrlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fiskal modul sifatida smart-karta yoki USB-kaliti ko‘rinishidagi qurilmalardan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Fiskal modul Infineon SLE77CLFX2400PM kontrolleri bilan ta’minlangan bo‘lishi yoki nisbatan yangi versiyasi bilan mos kelishi lozim. Bundan tashqari, karta T=0 va T=1 aloqa protokollarini hamda GOST 28147-89, UZDST1106-2009, UZDST1092-2009, 3DES, AES, RSA, SNA-1, SNA-224, SNA-256, ECC over GF(p) va Random number generation kriptografik algoritmlar va shifrlash funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida Java Card 2.2.2 va Global Platform 2.1.1 sanoat standartlarini yoki uning nisbatan yangi talqinlaridan foydalanish nazarda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Fiskal modul dasturiy ta’minotiga qo‘yiladigan funksional talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Buyruqlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal modulning dasturiy ta’minoti quyidagi buyruqlarning bajarilishini ta’minlashi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Buyruq

Izoh

REQUEST CARD ACTIVATE

Bu buyruq fiskal modulni faollashtirishning birinchi bosqichi bo‘lib, kriptogrammalar hosil qilishni nazarda tutadi. Mazkur kriptogramma nazorat-kassa mashinasiga (NKMga) uzatilishi, u esa, o‘z navbatida, FMO axborot tizimiga yuborishi lozim.

ACTIVATE CARD

Fiskal modulni faollashtirishning ikkinchi bosqichi NKMga FMO axborot tizimidan javob olish va uni ACTIVATE CARD buyrug‘i parametrlaridan biri sifatida foydalanish uchun fiskal modul appletiga uzatish. Buyruq bajarilishi natijasida serverdan olingan kalitlar va fiskal modulda saqlangan kalitlar solishtiriladi hamda bir-biriga mos kelgan taqdirda fiskal modul faol holatga o‘tadi.

DEACTIVATE CARD

Ushbu buyruq fiskal modulni bekor qilishda foydalaniladi. Bekor qilish jarayoni qator cheklovlarga ega, ulardan biri appletda saqlanadigan barcha majburiy jo‘natma va FMOga yuborilmagan “Z-hisobot”lar hisoblanadi.

GET MODULE INFO

Buyruq so‘rov amalga oshirilganda barcha o‘zgaruvchilar holatini qaytaradi.

GET BATCN

Buyruq aniq bir “Z-hisobot” mazmunini qaytaradi.

REGISTER

TRANSACTION

NKM qurilmasining dasturiy ta’minoti umumiy narxni oladi. Mazkur parametr o‘zgaruvchan bo‘lib, soliq qonunchiligi talablariga bog‘liq.

NKM fiskal modulda REGISTER TRANSACTION funksiyasini chaqiradi va quyidagilarni uzatadi: o‘tkazma turi, summasi va sanasi/vaqti. Fiskal modul o‘tkazma muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda quyidagilarni qaytaradi: o‘zining (modulning) unikal raqami, o‘tkazmaning oshuvchi unikal raqami (fiskal modul holati o‘zgarishig� olib keladigan ixtiyoriy o‘tkazmada raqam oshib boradi), mazkur o‘tkazma turining oshib boruvchi raqami, o‘tkazma o‘tadigan “Z-hisobot” raqami, boshqa qo‘shimcha axborotlar
va raqamli imzo.

Soliq to‘lovchining xo‘jalikni boshqarish shakliga ko‘ra, ro‘yxat tuzilmasi imkoniyatlari va parametrlar zaruriyatidan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak.

GET LAST

TRANSACTION

Buyruq FMO axborot tizimida oxirgi ro‘yxatga olingan o‘tkazma ma’lumotlarini qaytaradi.

Ushbu buyruqdan texnik sabablarga ko‘ra o‘tkazma muvaffaqiyatli amalga oshganligi haqidagi javob bo‘lmagan taqdirda foydalaniladi.

CLOSE BATCN

Buyruq fiskal modul appletida “Z-hisobot” yopilishini ta’minlaydi.

“Z-hisobot” yopilishi vaqtida fiskal modulga tegishli davr mobaynida amalga oshirilgan barcha amallar haqidagi ma’lumotlar yoziladi. Axborotlar raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

GET BATCN

Qo‘mitaga keyingi jo‘nat�alar uchun fiskal modul appletida “Z-hisobot” ma’lumotlarini tasdiqlangan kalit bilan olish uchun NKMga jo‘natiladigan buyruq.

BATCN REGISTERED

FMOga “Z-hisobot” jo‘natilgandan so‘ng NKMga ro‘yxatga olinganlik haqidagi xabar qaytariladi. Bu xabar ko‘rib chiqilayotgan buyruq parametri sifatida “Z-hisobot” muvaffaqiyatli ro‘yxatga olinganligini tekshirish uchun NKMdan fiskal modul appletiga uzatiladi. Fiskal modul raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirishni ta’minlaydi, natijada markaziy xavfsizlik modulida muvaffaqiyatli yuborilganlikni qayd etadi, bu hisobotni o‘z xotirasidan o‘chiradi va yuborilmagan hisobotlarning sonini kamaytiradi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Saqlanadigan ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydalanish muddati mobaynida (fiskal modulning faol holati saqlab turilganda) fiskal modulda quyidagi axborotlar saqlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) global miqyosda fiskal modulning barcha faol davrlarida o‘tkazmaning har bir turi bo‘yicha jami qancha o‘tkazma amalga oshirilganligi va bu o‘tkazmalar bo‘yicha tegishli miqdorlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) har bir aniq “Z-hisobot” bo‘yicha qancha o‘tkazma, qanday turdagi va qancha summa hisobiga amalga oshirilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) uzatilmagan “Z-hisobot”larning cheklangan soni. Bu parametr mos talablardan kelib chiqib shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir o‘tkazma haqidagi batafsil ma’lumot fiskal modulda, FMOdan o‘tkazma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabar olingunga qadar saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘tkazmalarni raqamlash mexanizmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal modul appletida o‘tkazmalarning qayta ishlanishi natijasida o‘tkazmaning ikkita raqami berilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uning turidan qat’i nazar o‘tkazmaning doimiy oshuvchi raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) aniq turdagi (debet, kredit, naqdsiz debet, naqdsiz kredit) o‘tkazmaning doimiy oshuvchi raqami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘tkazmani raqamlash mexanizmi, barcha o‘tkazmalar nazorati Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘mita markaziy xavfsizlik moduliga uzatiladigan o‘tkazmalar soni o‘zgargan taqdirda, bunday ruxsat etilmagan harakatlarni raqamlash mexanizmidan foydalangan holda osongina aniqlash mumkin. Serverda “Z-hisobot” ma’lumotlariga mos keluvchi raqamlangan o‘tkazmalar, jami miqdor va summa saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Z-hisobot” bo‘yicha cheklovlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FMO har bir soliq to‘lovchi uchun bitta “Z-hisobot”dagi o‘tkazmalarning maksimal soni va umumiy summasi bo‘yicha cheklovlarni belgilaydi. Maksimal son va umumiy summaga yetganda fiskal modul “Z-hisobot”ni yopish talabiga binoan keyingi o‘tkazmalarni ro‘yxatga olishni rad etishi va navbatdagi amallarni bajarmasligi lozim. Biroq “Z-hisobot”ning yopilishi uning markaziy xavfsizlik moduliga darhol jo‘natilishini anglatmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuborilmagan “Z-hisobot”lar soni FMO tomonidan ham tartibga solinadi. Maksimal miqdorga erishilganda soliq to‘lovchi barcha to‘plangan hisobotlarni markaziy xavfsizlik moduliga jo‘natishi lozim, fiskal modul o‘tkazmani ro‘yxatga olishni va imzolashni hisobotlar yuborilgunga qadar hamda kun yopilishigacha to‘xtatishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan operatsion talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta “Z-hisobot”da o‘tkazmalar soni, FMO jo‘natiladigan “Z-hisobot”lar soni va davriyligi, qayta ishlananadigan o‘tkazmalar va shu kabilar bo‘yicha talablar Qo‘mita talablariga binoan shakllantirilishi va ularga muvofiq bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xavfsizlik tizimiga qo‘yiladigan talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal modulni ishlab chiqarish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi hududida tasdiqlangan O‘z DSt ISO/IEC 27001:2009 standartiga mos keluvchi axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishni talab etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Fiskal modulni ishga tushirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Fiskal modulni ishga tushirish jarayonining umumiy tavsifi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal modulni ishga tushirishning zaruriy sharti mos amallarni bajarishni ta’minlovchi ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot — applet o‘rnatilgan bo‘lishidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishga tushirish jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) raqamli imzo kalitlarini yaratish va ochiq kalitni CSMga uzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) so‘rovlarga qabul qilingan javoblar keyingi identifikatsiya uchun kalitlarni CSM serveriga yozish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ishga tushirilgan fiskal modullar hisobi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti bilan ma’lumotlarni almashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xavfsizlik tizimiga qo‘yiladigan talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal modulni ishga tushirish jarayoni xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan ma’lumotlarni himoyalash usul va vositalari qo‘llanilishi yordamida amalga oshirilishi, shuningdek, fizik himoyani tartibga soladigan vositalar (videokuzatuv kamerasi, fizik ruxsatning cheklanganligi va shu kabilar) qo‘llanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vositalar va harakatlarni qo‘llash quyidagilarning oldini olish uchun zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fiskal modul dasturiy ta’minotining (appletining) soxtalashtirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy kalitlarning tarqalishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fiskal modulni aktivlashtirish jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan fiskal modul haqidagi ma’lumotlarning yo‘qotilishi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2019-y., 09/19/150/2646-son)