1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xo‘jaligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-sonli “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qarori ijrosini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishda, ayniqsa paxta yetishtirishda suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning hosildorligini yanada oshirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-aprelga qadar kelgusi yilda paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha aniq ro‘yxatni shakllantirib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim qilib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish parametrlariga asosan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘larni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yilda — hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘lari hisobidan ajratib bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusi yillarda — subsidiya ajratish uchun budjet parametrlarini shakllantirishda ko‘zda tutib borilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yilda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish tajribasi yakunlarini o‘rganib chiqib zarur hollarda 2020-yil 1-aprelga qadar paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplash tartibini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev va Qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 6-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 103-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning umumiy summasidan qat’i nazar, paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan maydonning har bir gektari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bir martalik 8 mln. so‘m subsidiya ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga, shu jumladan ushbu maqsadga jalb etilgan kredit bo‘yicha qarzdorliklarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning murojaatlarini o‘rganib har yili 1-aprelga qadar kelgusi yilda paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha aniq ro‘yxatni shakllantirib kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kalendar yilning 1-mayiga qadar kelgusi yilda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish parametrlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida tasdiqlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil budjet parametrlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish parametrlariga asosan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratishni ko‘zda tutib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiya oluvchi paxta xomashyosi yetishtiruvchilar ro‘yxatini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Har bir tumanda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish uchun tuman hokimining tegishli qarori bilan quyidagi tarkibda qabul komissiyasi tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — komissiya raisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i — komissiya raisining o‘rinbosari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman Moliya bo‘lim boshlig‘i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman Suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman Elektr tarmoqlari bo‘limi boshlig‘i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining tuman uchastkasi boshlig‘i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi meliorativ ekspeditsiya tuman uchastkasi boshlig‘i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmasi rahbari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha pudrat tashkiloti rahbari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosini yetishtiruvchi tashkilot rahbari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda qabul komissiya talabiga ko‘ra boshqa ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga subsidiya oluvchi paxta xomashyosi yetishtiruvchilari ro‘yxatiga kirish uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchilar Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhning (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb ataladi) ishchi organiga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) quyidagi hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha loyiha va “Biznes-reja”ning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sug‘orish texnologiyasining butlovchi qismlarini xarid qilish va qurish bo‘yicha pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarning nusxasi (agar tomchilatib sug‘orish texnologiyasini paxta xomashyosi yetishtiruvchi o‘z imkoniyatlari bilan qurgan bo‘lsa boshqa tegishli hujjatlar taqdim etiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ishchi organ 1 kun muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni mazkur Nizom 4-bandiga muvofiq shakllantiriladigan ro‘yxatda bor yoki yo‘qligini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta xomashyosi yetishtiruvchilar mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq shakllantirilgan ro‘yxatda bor bo‘lgan taqdirda, ular tomonidan taqdim qilingan barcha hujjatlarni birma-bir ko‘rib chiqib qabul qilib oladi va alohida daftarda qayd qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim qilingan hujjatlar to‘plamida tegishli ma’lumotlar yetishmagan taqdirda ularni to‘liq holda taqdim qilish uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga qaytarib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar to‘plamini to‘liq taqdim etgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar bo‘yicha ishchi guruh rahbariga axborot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishchi guruh rahbari tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning murojaati asosida ishchi guruh a’zolari tomonidan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning yer maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini uch kun muddatda joyida o‘rganib chiqilishini va mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli xulosa tayyorlanishini tashkil etadi va xulosani tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish yakuni bo‘yicha ishchi guruhning ijobiy xulosasini olgan hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olishga da’vogar paxta xomashyosi yetishtiruvchilar ro‘yxati xar o‘n kunda ishchi organ tomonidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ishchi organ tomonidan shakllantirilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya olishga da’vogar paxta xomashyosi yetishtiruvchilar ro‘yxati ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlangan subsidiya olishga da’vogar paxta xomashyosi yetishtiruvchilar ro‘yxati ishchi organ tomonidan ikki ish kuni davomida subsidiya ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga hamda uning nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat Moliya Bosh boshqarmalariga rasmiy ravishda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishchi guruh paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish bo‘yicha mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq shakllantirilgan ro‘yxatga yil davomida haqiqiy holatdan kelib chiqib tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishchi guruhlar tomonidan rasmiy ravishda taqdim etilgan ro‘yxat asosida paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha uch kun muddatda tegishli mahalliy budjetlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar Moliya Bosh boshqarmalari bir kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘lariga tegishli budjet mablag‘larini o‘tkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, moliyaviy yil yakuni bo‘yicha mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar ikki ish kuni ichida tegishliligi bo‘yicha tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamlariga o‘tkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushgan subsidiya mablag‘lariga paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning mavjud kreditor qarzlarini qoplash uchun inkasso topshiriqnomalari qo‘yilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq shakllantirilgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan yer maydonidan ortiq bo‘lgan qismiga qilingan xarajatlar paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘shimcha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni kelgusi yilda qoplash uchun Davlat budjetidan qoplash uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi belgilangan tartibda ishchi guruhga murojaat qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilariga tomchilatib sug‘orish tizimlarini ko‘rish, rekonstruksiya qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qisman qoplash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun bir gektarga 20 mln. so‘mdan oshmaydigan qismiga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ikki kun muddatda paxta xomashyosi yetishtiruvchining kredit majburiyatlari bo‘yicha foiz xarajatlarining 10 foizli punkt miqdorini qoplash bo‘yicha budjet mablag‘lari ajratish to‘g‘risidagi talabnomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining talabnomalarini ko‘rib chiqadi va ikki kun muddatda tegishli budjet mablag‘larini ilgari ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish holatini inobatga olgan holda ajratadi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qo‘shimcha asoslantiruvchi hisob-kitob ma’lumotlari (tijorat banklari tomonidan kredit resurslarining necha yilga ajratilganligi, o‘tgan moliya yilida ajratilgan mablag‘lar bilan qancha qismi qoplab berilganligi va rejalashtirilayotgan moliya yilida qolgan qismi uchun qancha mablag‘ talab qilinishi hamda olinadigan kredit resurslari bo‘yicha prognoz) talab qilib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bir gektarga 20 mln. so‘mdan oshgan qismi (kompensatsiya qilinmaydigan qismi) alohida tijorat krediti bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalari amalga oshirilgan yer maydonlari bo‘yicha keyingi yillarda amalga oshiriladigan loyihalari kredit majburiyatlarining bir qismini qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan shartnomaviy majburiyatlar bo‘yicha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlari hamda tegishli kredit foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi

Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tasdiqlayman” ___________viloyat hokimi (Qoraqalpog‘iston Respublikasn Vazirlar Kengashi Raisi) ― ishchi guruh rahbari ______________________________ (imzo, muhr)________________ (F.I.O.) 20__ yil “____” ___________
___________ viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)da suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruh
XULOSASI
______________ viloyati (Qoraqalpog‘iston Rsspublikasi)da suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruh __________ tumandagi tomchilatib sug‘orish texnolgiyasini joriy qilgan paxta xomashyosini egishtiruvchi _____________ (fermer xo‘jaligi, klaster nomi)ning 20__ yil ________dagi murojaatini joyida o‘rganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:
____tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosini yetishtiruvchi ____________ (fermer xo‘jaligi, klaster nomi) 20__ yilda _______ ga maydonda (jumladan, _____ kontur bo‘yicha ______ ga, ....) paxta xomashyosin� yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha jami qiymati _________ so‘m bo‘lgan loyiha va biznes-reja ishlab chiqqan hamda _________ pudrat tashkiloti bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun jami qiymati __________ so‘m bo‘lgan shartnoma tuzgan;
_____________ tijorat banki bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish (butlovchi qismlar xarid kilish) uchun _________ so‘mga _____ foizli kredit sharnomasini tuzgan hamda amalda __________ kredit olgan;
____20__ yilda _______ ga maydonda (jumladan, _______ kontur bo‘yicha ______ ga, ....) paxta xomashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan va ishga tushirgan.
XULOSA:
_______________ paxta xomashyosini yetipggiruvchi _____________ (fermer xo‘jaligi, klaster nomi)ga jami _________ so‘m miqtsorida davlat budjetidan subsidiya hamda tijorat bankining kreditlari bo‘yicha 10 foizli punkt miqdorida ____________ so‘m mablag‘ to‘lash maqsadga muvofiq.
Ishchi guruh a’zolari:
T/r
f.i.o.
imzo
Lavozimi
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, ishchi guruh rahbarining o‘r�nbosari
2.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i
3.
Qorahalpog‘iston Respublnkasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i
4.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i
5.
Qoraqalpogiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i
6.
Yer resurslari va davlat kadastri bo‘yicha hududiy boshqarma boshlig‘i
7.
hududiy elektr tarmokdari korxonasi direktori
8.
“O‘zkimyosanoat” AJ vakili
9.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakili
10.
viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi vakili
11.
viloyat “Agrobank”ATB boshqaruvchisi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/103/2585-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)