1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar | |||
|
1. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish: aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning maqsadlari, tartibi, davri va muddatlari; ilgʻor xorij amaliyotida qabul qilingan zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish; aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ishtiroki, ularning vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini koʻrsatish; aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazishda jismoniy hamda yuridik shaxslarning ishtiroki, ular mehnatiga haq toʻlashning aniq mexanizmlari va manbalarini belgilash; aholini roʻyxatga olishning yakuniy natijalarini amalga oshirish uchun tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar. |
2019-yil 1-iyulga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
2. |
Aholini roʻyxatga olishni tashkil etish, oʻtkazish tamoyillari, uslubiy asoslari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. |
2022-yil 1-oktabrga qadar |
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), IIV (D. Nazarmuhamedov), Adliya vazirligi (M. Istamov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), vazirlik va idoralar |
|
3. |
Aholini roʻyxatga olish dasturlarini, roʻyxatga olish varaqalari blanklarini, aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish, uning natijalarini olish va eʼlon qilish uslubiyatini ishlab chiqish. |
2022-yil 1-oktabrga qadar |
Respublika komissiyasi, Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat statistika qoʻmitasi) shtatdan tashqari xodimlari, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga jalb etilgan vaqtinchalik xodimlar mehnatiga haq toʻlash shartlari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish. |
2022-yil 1-oktabrga qadar |
Respublika komissiyasi, Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
|
II. Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish | |||
|
5. |
Davlat statistika qoʻmitasi mutaxassislari uchun aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish yuzasidan xorijiy mamlakatlarga, shu jumladan ushbu masalalar yuzasidan tajribaga ega boʻlgan MDH davlatlariga xizmat safarlarini tashkil etish. |
2022-yil 1-sentabrga qadar |
Respublika Komissiyasi, Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), TIV (A. Kamilov), BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Toshkentdagi vakolatxonasi, xalqaro tashkilotlar |
|
6. |
Maʼmuriy-hududiy birliklar roʻyxati va chegaralarini aniqlashtirish, shahar va qishloq aholi punktlari nomlari, koʻchalar nomlari, xonadon va uylar raqamlari koʻrsatilgan koʻrsatkichlarning mavjudligini taʼminlash. |
2021-yil 1-aprelga qadar |
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), tuman va shahar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari |
|
7. |
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ishtirokchilarni kartografik materiallar (sxematik reja va xarita) bilan taʼminlash. |
2022-yil 1-iyulga qadar |
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev) |
|
8. |
Sinov tariqasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va materiallarni qayta ishlash, xususan: sinov tariqasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish uchun hududlarni tanlash; sinov tariqasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish uchun xodimlarni jalb qilish; xodimlarni oʻqitish; xodimlarni roʻyxatga olish hujjatlari bilan taʼminlash; sinov tariqasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish; dasturiy taʼminotni ishlab chiqish; sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish materiallarini qayta ishlash va tahlil qilish. |
2021-yil 1-iyulga qadar |
Respublika komissiyasi, Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari |
|
9. |
Registratorlarni davlat statistikasi organlari va uy-joy fondidan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlari orasidan jalb qilish, bino va uylar roʻyxatini tuzish tartibini oʻqitish, shahar va qishloq aholi punktlaridagi uylar roʻyxatini tuzish, registratorlar xavfsizligini taʼminlash. |
2021-yil 1-dekabrga qadar |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), IIV (D. Nazarmuhamedov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar darajasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning tashkiliy rejalarini tuzish: tumanlar kesimida roʻyxatga olish (har bir aholi punktini roʻyxatga olish, instruktorlik va hisob uchastka hududlariga boʻlish); har bir vaqtinchalik xodimlar toifalari boʻyicha talabni hisob-kitob qilish; vaqtinchalik xodimlarni tanlash va oʻqitish jadvalini ishlab chiqish; roʻyxatga olish va instruktorlik uchastkalarini joylashtirish uchun yetarli miqdordagi binolarni aniqlash. |
2022-yil 1-iyunga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari |
|
11. |
Quyidagilarni: aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish bilan shugʻullanuvchi shaxslarni oʻqitish; vaqtinchalik jalb etilgan xodimlar bilan ishlash; aholini roʻyxatga olish materiallarini qayta ishlash; aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish uchun ajratilgan moddiy-texnika vositalarini saqlash; roʻyxatga olish va boshqa hujjatlarni saqlash uchun binolar bilan taʼminlash. |
2023-yil 1-mayga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari |
|
12. |
Tumanlar (shaharlar) roʻyxatga olish boʻlimlari, roʻyxatga olish va instruktorlik uchastkalarini transport vositalari bilan taʼminlash. |
2023-yil 1-mayga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari |
|
13. |
Davlat statistika qoʻmitasi soʻroviga asosan tumanlar (shaharlar) roʻyxatga olish boʻlimlari, roʻyxatga olish va instruktorlik uchastkalarini belgilangan tartibda aloqa vositalari bilan taʼminlash. |
2023-yil 1-mayga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari |
|
14. |
Roʻyxatga olish hujjatlarini chop etish. |
2022-yil 1-iyulga qadar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
15. |
Roʻyxatga olish hujjatlarini tumanlar (shaharlar) roʻyxatga olish boʻlimlari, roʻyxatga olish va instruktorlik uchastkalariga yetkazib berish. |
2022-yil 1-sentabrga qadar |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A. Shukurov), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (U. Xusanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari |
|
16. |
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari boʻyicha: Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy statistika boshqarmalari xodimlarini; tuman (shahar)lar statistika boʻlimlari xodimlarini oʻqitish. |
2022-yil 1-sentabrga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
17. |
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik jalb etilgan xodimlarning soni va shaxsiy tarkibini tanlash va tarkibini tasdiqlash. |
2022-yil 1-avgustga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari |
|
18. |
Aholini roʻyxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni oʻqitishni tashkillashtirish. |
2022-yil 1-noyabrga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
19. |
Aholini roʻyxatga olish boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini oʻtkazish, xususan respublika va hududiy ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, bosma nashrlarda) reklama kompaniyalarini oʻtkazish, tashqi ijtimoiy reklamalarni joylashtirish, koʻrgazmali tashviqot vositalarini, aholini roʻyxatga olishning logotipi va shiorini, aholini roʻyxatga olishning boshqa qismlarini tayyorlash. |
2024-yil 1-dekabrga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
20. |
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyaviy taʼminlash, jumladan xarajatlar smetasini tayyorlash, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni sotib olishni amalga oshirish. |
2024-yil 1-dekabrga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), vazirlik va idoralar |
|
21. |
Quyidagilarga imkon beruvchi “Aholini roʻyxatga olish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish: roʻyxatga olish varaqalaridagi maʼlumotlarni kiritish, toʻplash va saqlash; maʼlumotlarni qayta ishlash, almashish jarayonlarini va ushbu jarayonni uslubiy qoʻllab-quvvatlashni monitoring qilish; manzillar, maʼlumotnomalar va tasniflagichlar reyestrida mavjud maʼlumotlarni aktual holatda saqlash; registratorlar ishi uchun kartografik materiallarni shakllantirish; aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy reja tuzishni avtomatlashtirish; aholini roʻyxatga olishning shaxsiy maʼlumotlarini avtomatik qayta ishlashni; shaxsiy maʼlumotlarni ruxsatsiz kirish, oʻgʻirlash, buzish yoki yoʻqotishlardan himoya qilishni taʼminlash; maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash sharti bilan qoʻshimcha soʻrovlarni shakllantirish uchun shaxsiy boʻlmagan maʼlumotlar bazasiga ayrim tadqiqotchilarning belgilangan tartibda kirishi; aholini roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlaridan foydalanishni boshqarish. |
2024-yil 1-dekabrga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
22. |
Roʻyxatga oluvchilar tomonidan aholi oʻrtasida soʻrov oʻtkazish va javoblarni roʻyxatga olish varaqalarida qayd etish. |
2022-yil noyabr-dekabr |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), IIV (P. Bobojonov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), DXX (I. Abdullayev), FVV (T. Xudaybergenov), Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari |
|
23. |
Roʻyxatga oluvchilarning xavfsizligini taʼminlash. |
2022-yil noyabr-dekabr |
IIV (P. Bobojonov) |
|
III. Aholini roʻyxatga olish yakuniy natijalarini chiqarish | |||
|
24. |
Tumanlar va shaharlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, butun respublika boʻyicha aholini roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlarini tayyorlash. |
2023-yil 1-martga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
25. |
Maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash uchun tayyorlash, aholini roʻyxatga olish birlamchi maʼlumotlarini kodlash, kiritish, nazorat qilish va tahrirlash, aholini roʻyxatga olish maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
2023-yil 1-dekabrga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
26. |
Aholini roʻyxatga olishning respublika va hududlar darajasida yakuniy natijalarini olish. |
2024-yil 1-dekabrga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
27. |
Aholini roʻyxatga olish natijalarini rasmiy chop etish, tarqatish, axborot bilan taʼminlash va eʼlon qilish, aholini roʻyxatga olishning dastlabki va yakuniy maʼlumotlarini arxivda saqlashga tayyorlash. |
2024-yil 1-dekabrga qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
3-ILOVA
|
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
|
A.J. Ramatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari |
|
B.A. Begalov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari |
|
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri |
|
T.K. Narbayeva |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
|
I.B. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi |
|
B.X. Tashmatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni |
|
A.A. Azizov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri |
|
P.R. Bobojonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
|
T.A. Xudaybergenov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi |
|
B.A. Xodjayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri |
|
A.H. Kamilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri |
|
R.K. Davletov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri |
|
Sh.M. Sadikov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
|
A.K. Shadmanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri |
|
Sh.M. Kudbiyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
|
B.S. Sayfullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
|
I.U. Madjidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
Sh.X. Shermatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
|
M.B. Azimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
A.A. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi |
|
M.X. Saliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri |
|
S.X. Bekenov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalarva tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
Sh.S. Javlonov |
— |
“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi |
|
B.I. Xakimov |
— |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi |
|
N.S. Turaxodjayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori |
|
U.B. Aʼlamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori |
|
A.K. Kuchimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
|
A.J. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi |
|
D.G. Tashmuxammedova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori |
|
D.Q. Axmedov |
— |
TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish muammolari va ilmiy asoslari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
4-ILOVA
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, Komissiya raisining oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari, Komissiya raisining oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi raislari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arxivi boshligʻi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxivlari boshliqlari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar teleradiokompaniyalari boshliqlari |