1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro etish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlarini uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik rag‘batlantirish tartibini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
- |
Madaniyat vazirligi, |
|
2. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rasmiy veb-saytini yaratish, musiqa va raqs san’atining rivojlanishi tarixi, uning yo‘nalishlari, afishalar, konsert dasturlari, musiqa va raqs jamoalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda aks ettirib borish. Shuningdek, veb-saytdagi ma’lumotlarni doimiy yangilab borish, chiptalarning onlayn buyurtma berish va xarid qilish tizimi va chiptalar hisobini yuritishning elektron dasturini yaratish. |
2019-yil |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, |
|
3. |
O‘zbekiston davlat fi�armoniyasi rahbarlari va ijodiy xodimlarining malaka toifalari va lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
- |
Madaniyat vazirligi, |
|
4. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalarining namunaviy shtat jadvallarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
- |
Madaniyat vazirligi, |
|
5. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va hududiy bo‘linmalarning ijodiy jamoalarni musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlash me’yorlarini va ularning davlat standartlarini ishlab chiqish. |
2019-yil |
- |
Madaniyat vazirligi, |
|
II. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash | ||||
|
6. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish uchun bo‘sh turgan binolarni ajratish va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish. |
2019-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, |
|
7. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va jihozlash (musiqa asboblari, tovush-chiroqli apparatura, sahna kiyim-kechaklari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqalar). |
2019-yil |
Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, |
|
8. |
“Turkiston” san’at saroyiga tutash hududda zamonaviy texnik vositalaridan keng foydalanilgan holda reklama lavhalari, panno va bannerlar o‘rnatish. |
doimiy |
Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi |
|
9. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan tashkil etiladigan konsert tomoshalariga aholini jalb etish maqsadida konsert dasturlari namoyishini ikki hafta oldin quyidagilar orqali keng yoritish: Internet veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali zarur ma’lumotlarni (konsert tomoshalarining rejissori, xonandalari, repertuari, konsert tomoshalarga kirish narxlari va boshqa ma’lumotlarni) joylashtirish; Viloyat va shahar (tuman)larning markaziy ko‘chalarida reklama bannerlarini joylashtirish. |
doimiy |
Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
10. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Do‘stlik klubi”ni tashkil etish, bunda tashkil etiladigan klub doirasida besh yillik aniq chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
2019-yil |
Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
11. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida sahna liboslari, mashg‘ulot liboslari va maxsus anjomlar, jihozlar (ayollar taqinchoqlari, maxsus raqs poyabzallari) tayyorlaydigan sex faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
2019-yil |
Budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari tushumlar, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, |
|
III. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi ijodiy jamoalar faoliyatini takomillashtirish | ||||
|
12. |
O‘zbek milliy mumtoz va raqs san’atini hamda klassik san’atni aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan jamoalar har oyda |
doimiy |
Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
13. |
Hududlardagi musiqiy auditoriyani maqsadli kengaytirish hamda aholining musiqiy estetik talabini shakllantirish va qondirish yo‘lida har bir jamoa tomonidan yuqori badiiy saviyadagi turli janrlardagi yiliga kamida 4 ta yangi repertuarni yaratish. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish: jamoalarning kadrlar salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish; uzoq muddatli repertuar siyosatini shakllantirish; ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish. |
doimiy |
Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
14. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi badiiy jamoalarini yangi musiqa asarlari, jumladan, milliy mumtoz va jahon klassik san’atiga doir asarlar bilan ta’minlash. |
doimiy |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
15. |
O‘zbek milliy mumtoz va raqs san’atini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi badiiy jamoalarni xorij davlatlariga gastrol safarlariga yuborish. |
doimiy, tasdiqlangan reja asosida |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
16. |
Respublikaning chekka hududlarida tasdiqlangan reja asosida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tarkibidagi ansambllarning gastrol-konsert tomoshalarini tashkil etish |
doimiy, tasdiqlangan reja asosida |
Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
17. |
Ustoz san’atkorlar xizmatini qadrlash, shoir, bastakor va xonandalarning yosh ijrochi va san’atkorlar bilan ijodiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali “Ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish va shu asosda: yosh iste’dodli san’atkorlarni aniqlash; yosh ijrochi va san’atkorlar tomonidan yaratilgan yangi va eng yaxshi asarlar mualliflari hamda san’atkor ijrochilarni moddiy rag‘batlantirish; yosh iste’dodlar tomonidan yaratilgan musiqiy asarlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish; yosh ijrochi va san’atkorlarning ijodiy yutuqlarini, el yurtimizga manzur bo‘ladigan asarlarini davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini tashkil etish. |
2019-yil |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
18. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalarning ijodiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida, teleradiokanallarda keng yoritish va targ‘ibot qilish. |
doimiy |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
19. |
Bugungi globallashuv jarayonida jamiyat hayotida o‘zbek milliy musiqa va raqs, jahon klassik san’atining o‘rni va ta’sirini kuchaytirish maqsadida konsert tomoshalarga tomoshabinlar tashriflarini uyushtirish bo‘yicha reja ishlab chiqish. |
doimiy |
- |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, |
|
20. |
Respublika hududlarida mashhur ijrochilar ishtirokida konsert-tomosha tadbirlari va ijodiy kechalarni tashkil qilish. |
doimiy |
Konsert faoliyatidan tushumlar, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, |
|
21. |
Ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali “Bahor nafasi” Xalqaro san’at festivalini o‘tkazish. |
har yili |
Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
22. |
Respublikada faoliyat yuritayotgan ijodiy jamoalar (xodimlar) o‘rtasida turli yo‘nalishlarda musiqa, ashula va raqs tanlovlarini o‘tkazish |
har yili, tasdiqlangan reja asosida |
Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
23. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmalari hamda uning tarkibida faoliyat yuritayotgan ansambllar faoliyatini monitoringini amalga oshirish va Filarmoniyaning Badiiy kengashida muhokama etish. |
har chorakda |
- |
Madaniyat vazirligi, |
|
IV. Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini baholash hamda rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, sohada ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish | ||||
|
24 |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish. |
2019-yil |
- |
Madaniyat vazirligi, |
|
25. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tarkibidagi ijodiy jamoalar rahbar va xodimlarini Rossiya va Yevropa davlatlarida malaka oshirishlarini tashkil etish. |
2019-yil |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
26. |
Filarmoniya yo‘nalishidagi xorijiy tajribadan jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida: boshqa mamlakatlardagi filarmoniyalar bilan hamkorlikda mahorat darslarini va “master klass”larni o‘tkazish; xorijda t�jriba almashish va malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro miqyosdagi turli tanlov va festivallarda sohaning yetuk mutaxassislari va jamoalarini ishtirokini ta’minlash. |
2019 ― 2028-yillar |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
27. |
Filarmoniya va uning hududiy bo‘linmalarini malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik holatni chuqur o‘rganish, shuningdek ularning istiqbolli talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash yuzasidan taklif kiritish. |
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab |
- |
Madaniyat vazirligi, |
2-ILOVA
|
№ |
Naimenovaniye doljnostey |
Razmeri bazovix doljnostnix okladov, sum |
||||
|
I gruppa |
II gruppa |
III gruppa |
IV gruppa |
|||
|
1. |
Generalniy direktor, direktor |
2 087 964 |
1 828 149 |
1 568 718 |
1 426 107 |
|
|
2. |
Glavniy xranitel fondov, zamestiteli direktora, glavniy iijener |
1 898 149 |
1 725 590 |
1 426 107 |
1 296 461 |
|
|
3. |
Glavniy: buxgalter, energetik |
1 568 107 |
1 426 107 |
1 178 601 |
1 071 455 |
|
|
4. |
Zaveduyuщiy: filialom, otdelom, bibliotekoy, sektorom, restavratsionnoy masterskoy, ucheniy sekretar |
1 725 590 |
1 568 107 |
1 296 461 |
1 178 601 |
”. |