Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2024 01.02.2019 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 290-sonli “Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, tamaki va tamaki mahsulotlarining xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament va uni joriy etish sxemasi 1* va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtgach amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilishi munosabati bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida ixtiyoriylik kasb etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzstandart” agentligi davlat vakolatli organlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab tamaki va tamaki mahsulotlarini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini taʼminlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga hamda “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi T.A. Jalilov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 09/19/74/2556-son; 26.12.2019-y., 09/19/1034/4225-son)