Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 11.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1187
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori, 11.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1187
Дата вступления в силу
21.11.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 11-noyabrda 1187-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarda mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror kuchga kirgandan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 1998-yil 12-yanvarda 12-04-14/13-son bilan tasdiqlangan “Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, barcha tipdagi maktab-internatlar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga bir martalik nafaqalar berish haqida Nizom” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamizda qoldiramiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq ta’limi vaziri R. JO‘RAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01/30-93-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri S. G‘ULOMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
301-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2002-yil 21-oktabrdagi
86, 119, 01/30-93, 301-son qarori bilan
TASDIQLANGAN

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 2-son, 22-modda) muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida belgilangan tartibda vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanib, tegishli ta’lim muassasalariga joylashtirilgan ota-onasi vafot etgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ota-onalik huquqi cheklangan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal bo‘lgan, uzoq muddat bo‘lmagan, bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan, shu jumladan tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolasini olishdan bosh tortgan ota-onalarning bolalari, shuningdek, boshqa hollarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga barcha turdagi umumta’lim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar 2002-yilda — eng kam oylik ish haqining 80 baravarigacha, 2003-yildan — 100 baravarigacha miqdorida beriladi, shuningdek 2002-yilda eng kam oylik ish haqi miqdorining 3 baravarigacha va 2003-yildan 5 baravarigacha miqdorda pul nafaqasi ham beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu nafaqalar ta’lim muassasalarining bitiruvchisiga bir marta, ya’ni ta’lim muassasasini bitirib, ishga joylashayotganida beriladi. Agar ushbu muassasalarning tarbiyalanuvchisi 9-sinfni bitirib, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini bitirib, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirsa, unda bitiruvchi har ikki nafaqani ushbu ta’lim muassasasida o‘qishni tugatgandan so‘ng, shu muassasalardan oladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar barcha turdagi umumta’lim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olishi uchun to‘lanadigan nafaqalar va pul nafaqalari uchun qilinadigan xarajatlar miqdori ular tarbiyalanayotgan ta’lim muassasalarning yoki o‘qishni davom ettirayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining xarajatlar smetasida budjet xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli moddasi bo‘yicha ko‘zda tutiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bitiruvchiga yangi kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun to‘lanadigan nafaqa miqdoriga teng pul mablag‘i bitiruvchining bank muassasasida ochilgan omonat hisob-varag‘iga o‘tkaziladi, pul nafaqasi esa naqd pul bilan beriladi. Bitiruvchilarning shaxsiy omonat hisobvarag‘iga pul mablag‘ini o‘tkazish va ularga naqd pul nafaqasini berish har yili 1-sentabrgacha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ta’lim muassasalarining rahbarlari bitiruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘dan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olishda ularga ko‘maklashadilar. Istisno tariqasida, ruhiy jihatdan rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bitiruvchilarning talabi bilan ta’lim muassasalarning rahbarlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan muassasa bitiruvchisiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun to‘lanadigan nafaqani pul bilan emas, balki shu nafaqa miqdorida muassasa tomonidan olib beriladigan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sifatida berilishini tashkil etishlari mumkin. Biroq, bu holda bitiruvchini nafaqa shaklini tanlashga majbur etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Pul nafaqasini berishda hamda bitiruvchiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar uchun to‘lanadigan nafaqalarni buyum sifatida berishda, muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tarkibi muassasa ma’muriyati va pedagogik jamoa a’zolari, shu muassasa tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari yoki talabalaridan iborat bo‘lgan komissiya tuziladi va pul nafaqasi hamda buyumlar shu komissiya ishtirokida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Komissiya tomonidan pul nafaqasi va buyumlarning berilgan sanasi, ularni olgan bitiruvchining familiyasi, ismi, sharifi to‘liq ko‘rsatilgan, shaxsiy imzosi qo‘yilgan 2 tadan nusxada tarqatish qaydnomasi (vedomosti) va shaxsiy hisob varaqasi, bitiruvchiga pul nafaqasi berilgani hamda unga berilgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni hisobdan chiqarish haqida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarning bir nusxasi hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalteriya mazkur hujjatlar va bitiruvchilarga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olingan bo‘lsa, tegishli savdo tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar yuk varaqasi, chek hamda ishonchnoma asosida hisobot tuzib, uni amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan shaklda va muddatlarda tegishli ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bitiruvchilarga beriladigan pul nafaqasi, kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar to‘lashga ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi bo‘yicha javobgarlik bitiruvchiga nafaqalarni berayotgan muassasa rahbari, buni nazorat qilish esa ta’limni boshqaruv bo‘yicha vakolatli davlat organlari va ularni moliyalashtiruvchi organlar zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bitiruvchining istagiga muvofiq bitiruvchiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar beriladigan bo‘lsa, bitiruvchi ta’lim muassasasi rahbari nomiga o‘zi uchun zarur bo‘lgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Bunda bitiruvchi kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni tanlashda mazkur Nizom ilovasidagi ro‘yxatdan foydalanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bitiruvchining talabiga ko‘ra kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni sotib olish uchun to‘lanadigan nafaqalar unga buyum sifatida beriladigan bo‘lsa, muassasalar rahbarlari ularni savdo tashkilotlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan xarid qiladilar va bitiruvchilarga berilgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar bo‘yicha hisobotni tegishli savdo tashkilotlari tomonidan berilgan tasdiqlovchi hujjatlar — yuk varaqasi, chek hamda ishonchnoma asosida tuzib, amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan hisobot shaklida va belgilangan muddatlarda tegishli ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mehribonlik uylari va maktab-internatlarda tarbiyalanayotgan, umumta’lim maktablari, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qiyotgan to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar o‘qiydigan ta’lim muassasasi yashash joyidan 3 kilometrdan ziyod masofada joylashgan bo‘lsa, ular jamoat transporti va o‘quvchilar uchun transportda imtiyozli yurish kartochkalari muomalada bo‘lgan shahar va aholi punktlarida imtiyozli transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlanadilar, agar shaharda yoki aholi punktida bu turdagi kartochka tizimi bo‘lmasa, u holda o‘quvchilarga ushbu shaharda yoki aholi punktida transportda imtiyozli yurish huquqini beruvchi boshqa turdagi kartochka beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Transportda yurish kartochkalari budjet mablag‘laridan ta’lim muassasalari xarajatlar smetasida ularni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan sotib olinadi va budjet xarajatlari hisobotlarida budjet xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli moddasida aks ettiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Transportda yurish kartochkalariga haq to‘lash, ta’lim muassasalari tomonidan ushbu kartochkalarni muomalaga chiqargan tashkilot yoki o‘quvchilar qatnaydigan yo‘nalishda transport vositalari (taksidan tashqari) qatnovini yo‘lga qo‘ygan avtokorxona bilan tuzilgan shartnomaga binoan naqd pulsiz, shu tashkilot yoki korxona hisobiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Transportda yurish kartochkalari har oyning yakunida, ya’ni shu oyning tugashiga 2 kun qolganida tarbiyalanuvchilarga tarqatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Transportda yurish kartochkalarini berish uchun ta’lim muassasalari rahbarlari o‘quv yili boshlanishidan oldin o‘quv muassasasi yashash joyidan uzoq masofada joylashgan bolalarning ro‘yxatini tayyorlab, uni tasdiqlaydilar. Mazkur ro‘yxat bolalarga bunday kartochkalarni berish uchun asos bo‘ladi. Transportda yurish kartochkalari faqat o‘qish davri uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agar bolaning yashash joyi yoki ta’lim muassasasining joylashgan joyi o‘zgarib, o‘quv muassasasining yashash joyidan uzoqligi 3 kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, bunday o‘quvchilar yangi yashash joyida ham transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlanadilar. Avval yashagan muassasasida bu bolaga ushbu maqsad uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan mablag‘ xarajati o‘quvchi muassasadan ko‘chirilgan kundan e’tiboran to‘xtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ta’lim muassasalarni mablag‘ bilan ta’minlovchi moliya idoralari to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarga va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga imtiyozli transportda yurish kartochkalari berilishi uchun budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlaydilar hamda ushbu maqsadda ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi ustidan qat’iy nazorat olib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Transportda yurish kartochkalarini sotib olishga ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularni to‘g‘ri taqsimlanishi yuzasidan javobgarlik ta’lim muassasalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur nizomning to‘liq matni muassasaning hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyiga osib qo‘yilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga beriladigan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Kiyim-bosh, poyabzal

va anjomlar nomi

O‘lchov birligi

Bir nafar bolaga
beriladigan norma

o‘g‘il bolalar uchun

qiz bolalar uchun

Kiyim-kechaklar

1.

Qishki palto, kurtka

dona

1

1

2.

Mavsumbop palto, kurtka

dona

1

1

3.

Qishki bosh kiyim

dona

1

1

4.

Kuzgi bosh kiyim

dona

1

1

5.

Issiq sharf

dona

1

1

6.

Qo‘lqop

juft

1

1

7.

Kuzgi poyabzal

juft

1

1

8.

Yozgi poyabzal

juft

1

1

9.

Qishki poyabzal

juft

1

1

10.

Shippaklar

juft

1

1

11.

O‘g‘il bolalar ichki kiyimi

to‘plam

2

-

12.

Qiz bolalar ichki kiyimi

dona

-

2

13.

Tungi ko‘ylak

dona

-

1

14.

Siynaband

dona

-

2

15.

Kolgotka

dona

-

2

16.

Triko

dona

-

2

17.

Bayram kostyumi yoki ko‘ylagi

dona

1

1

18.

Sport kostyumi (yarim jun)

dona

1

1

19.

Shoyi bluzka

dona

1

1

20.

Erkaklarning bayram ko‘ylagi

dona

1

-

21.

Jun sarafan yoki yubka

dona

-

1

22.

Jun shim

dona

1

-

23.

Ip gazlama ko‘ylak (bluza)

dona

1

1

24.

Ip gazlama ko‘ylak yoki kostyum

dona

1

1

25.

Jaket yoki jemper

dona

1

1

26.

Ro‘molchalar

dona

2

2

27.

Paypoq, golf

juft

2

2

28.

Portfel, sumka

dona

1

1

29.

Chamadon

dona

1

1

Anjomlar

1.

Yuz sochiq (paxta yoki zig‘ir tolasidan to‘qilgan)

dona

1

1

2.

Paxmoq sochiq (hammom uchun)

dona

1

1

3.

Yostiqning ichki jildi

dona

1

1

4.

Yostiqning tashqi jildi

dona

2

2

5.

Jun adyol

dona

1

1

6.

Choyshab

dona

2

2

7.

Ko‘rpa jildi

dona

2

2

8.

O‘rin yoping‘ichi

dona

1

1

9.

Paxtali to‘shak

dona

1

1

10.

Yostiq

dona

1

1

11.

Karavot

dona

1

1

12.

Tumbochka

dona

1

1

13.

Stol

dona

1

1

14.

Stul

dona

2

2

15.

Darparda

dona

2

2

Idish tovoqlar

1.

Oshxona idishlari

to‘plam

1

1

2.

Choy va ovqat idishlari

to‘plam

1

1

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 42-son, 567-modda)