10.01.2019 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3958-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy va yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targʻib qilishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindiston Respublikasining Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati oʻrtasida Hindistonning ilgʻor tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini (keyingi oʻrinlarda Texnopark deb ataladi) tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark rezidentlarini oʻz faoliyatini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan yuqori texnologik infratuzilma va zamonaviy laboratoriyalar bilan taʼminlash, ularga moliyaviy, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, biznes-akselerator xizmatlari koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezidentlarga loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirish orqali koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish tarmogʻini amalga oshirish uchun ilmiy, taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integratsiyalashga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni oʻqitishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar ishtirokida axborot texnologiyalari sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, Texnoparkning faoliyatini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xoʻjalik shartnomalari asosida Texnoparkning faoliyati ixtisosligiga tegishli ishlar bajarilishidan olingan mablagʻlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlaridan ajratilgan grantlar va kreditlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnoparkni moliyalashtirishning yetishmayotgan qismi yuzasidan — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablagʻlari Texnoparkning faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bogʻliq choralarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Texnopark rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan istiqbolli startap-loyihalar ular belgilangan tartibda tanlab olingandan keyin Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son Farmoni bilan berilgan imtiyozlarning amal qilishi Texnopark rezidentlariga ham tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/589/3431-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi Texnoparkka tutash hududlarni obodonlashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Texnoparkni tashkil etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga istisno tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark binolari va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda bir vaqtda loyihalash va moliyalashtirish shartlari asosida bajarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark faoliyatini tashkil etish uchun loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, asbob-uskunalar, kompyuter va boshqa texnika, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, dasturiy mahsulotlar, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslarini yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda Texnopark rezidentlarini roʻyxatga olish, istiqbolli startap-loyihalarni tanlash va moliyalashtirish tartibini nazarda tutadigan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 09/19/17/2456-son, 16.07.2019-y., 09/19/589/3431-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)