Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 09.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3116
Дата вступления в силу
09.01.2019
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 09.01.2019 sanasi holatiga | Hujjat 09.02.2021 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining |
buyrugʻi | buyrugʻi |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3116] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3116] |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. | 2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. |
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin. | 3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin. |
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. | 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. |
Vazir R. DAVLETOV | Vazir R. DAVLETOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 9-yanvar, | 2019-yil 9-yanvar, |
8-mh-son | 8-mh-son |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 8-mh-son buyrugʻiga ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 8-mh-son buyrugʻiga ILOVA |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi |
NIZOM | nizom |
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ‒3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlar (keyingi oʻrinlarda yuridik kollejlar deb yuritiladi) oʻquvchilari (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb yuritiladi) tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni tashkil etish va oʻtash tartibini belgilaydi. | Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi va 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari (keyingi oʻrinlarda yuridik texnikumlar deb yuritiladi) oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni tashkil etish va oʻtash tartibini belgilaydi. |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1. Mazkur nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: | 1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: |
qabul qiluvchi tashkilot — oʻquvchilar tomonidan amaliyot oʻtalayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, moliya-bank va boshqa muassasalar hamda ularning yuridik xizmati; | qabul qiluvchi tashkilot — oʻquvchilar tomonidan amaliyot oʻtalayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, moliya-bank va boshqa muassasalar hamda ularning yuridik xizmati; |
amaliyot — nazariy taʼlim berish jarayonida oʻquvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik boʻyicha zarur layoqatga, koʻnikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega boʻlish uchun oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining tarkibiy bir qismi; | amaliyot — nazariy taʼlim berish jarayonida oʻquvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik boʻyicha zarur layoqatga, koʻnikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega boʻlish uchun oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining tarkibiy qismi; |
oʻquv amaliyoti — yuridik kollejlarning birinchi kurs oʻquvchilari tomonidan kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlangʻich maʼlumotlarni olish va egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash, tanlangan mutaxassislik boʻyicha amaliy kasb layoqati va koʻnikmalarini egallash maqsadida oʻtaladigan amaliyot turi; | tanishtiruv amaliyoti — yuridik texnikumlarning birinchi kurs oʻquvchilari tomonidan kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlangʻich maʼlumotlarni olish va egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash, tanlangan mutaxassislik boʻyicha amaliy kasb layoqati va koʻnikmalarini egallash maqsadida oʻtaladigan amaliyot turi; |
malakaviy amaliyot — yuridik kollejlarni bitiruvchi kurs oʻquvchilarini oʻqitishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi va ularning boshlangʻich kasb tajribasiga hamda malakaga ega boʻlishi, oʻquvchilarning mustaqil ravishdagi mehnat faoliyatiga kasb boʻyicha tayyorligini tekshirish, maxsus fanlarni oʻrganishda olingan bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish, tizimlashtirish maqsadida oʻtkaziladigan amaliyot turi; | malakaviy amaliyot — yuridik texnikumlarni bitiruvchi kurs oʻquvchilarini oʻqitishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi va ularning boshlangʻich kasb tajribasiga hamda malakaga ega boʻlishi, oʻquvchilarning mustaqil ravishdagi mehnat faoliyatiga kasb boʻyicha tayyorligini tekshirish, maxsus fanlarni oʻrganishda olingan bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish, tizimlashtirish maqsadida oʻtkaziladigan amaliyot turi; |
kollejdan amaliyot rahbari — oʻquv yuklamasiga amaliyot kiritilgan yuridik kollej pedagog xodimi; | texnikumdan amaliyot rahbari — oʻquv yuklamasiga amaliyot kiritilgan yuridik texnikum pedagog xodimi; |
qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari — oʻquvchilarni amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish masʼuliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi; | qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari — oʻquvchilarni amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish masʼuliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi; |
amaliyotni oʻtash dasturi — oʻquv rejalarini hisobga olgan holda yuridik kollejlar tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dastur. | amaliyotni oʻtash dasturi — oʻquv rejalarini hisobga olgan holda yuridik texnikumlar tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dastur. |
2. Amaliyotni oʻtash muddati va joyi amaliyotni oʻtash dasturi va oʻquv rejalari bilan nazariy tayyorgarlik hamda tanlangan mutaxassislikni inobatga olgan xolda belgilanadi. | 2. Amaliyotni oʻtash muddati va joyi amaliyotni oʻtash dasturi va oʻquv rejalari bilan nazariy tayyorgarlik hamda tanlangan mutaxassislikni inobatga olgan xolda belgilanadi. |
3. Amaliyot uzluksiz hamda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotning barcha turlari oʻquv dasturida nazarda tutilgan muddatlarda oʻtkaziladi. | 3. Amaliyot uzluksiz hamda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotning barcha turlari oʻquv rejasida nazarda tutilgan muddatlarda oʻtkaziladi. |
4. Oʻquv amaliyoti oʻquvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlarni chuqur oʻzlashtirishlari, tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha dastlabki malaka va koʻnikmalarni egallashlari uchun oʻtkaziladi. | 4. Tanishtiruv amaliyoti oʻquvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlarni chuqur oʻzlashtirishlari, tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha dastlabki malaka va koʻnikmalarni egallashlari uchun oʻtkaziladi. |
Oʻquv amaliyoti birinchi kurs yakunidan soʻng oʻtkaziladi, alohida hollarda esa oʻquv rejada koʻrsatilib oʻqish bilan bir vaqtda uzviy tashkil etilishi mumkin. | Tanishtiruv amaliyoti birinchi kurs yakunidan soʻng yoki oʻquv yili mobaynida oʻtkaziladi, alohida hollarda esa oʻquv rejada koʻrsatilib oʻqish bilan bir vaqtda uzviy tashkil etilishi mumkin. |
5. Malakaviy amaliyot oʻquvchining tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, oʻquvchi tomonidan kasbiy faoliyatni egallashning uzluksiz va izchil jarayonini taʼminlashga qaratilgan. | 5. Malakaviy amaliyot oʻquvchining tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, oʻquvchi tomonidan kasbiy faoliyatni egallashning uzluksiz va izchil jarayonini taʼminlashga qaratilgan. |
Malakaviy amaliyot yuridik kollejning ikkinchi kurs oʻquvchilari uchun 4-semestr davomida oʻtkaziladi. | Malakaviy amaliyot yuridik texnikumning ikkinchi kurs oʻquvchilari uchun 4-semestr davomida yoki oʻquv yili mobaynida oʻtkaziladi. |
Amaliyot oʻtash joyi oʻquvchilar uchun yuridik kollej tomonidan tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi yoki tanlangan mutaxassislik boʻyicha tashkilotlarning kelishuv xatlariga muvofiq kelgusida ishga joylasha oladigan korxona, muassasa va tashkilotlardan biri tanlanadi. | Yuridik texnikum tomonidan amaliyot oʻtash joyi tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi yoki tanlangan mutaxassislik boʻyicha tashkilotlarning kelishuv xatlariga muvofiq kelgusida oʻquvchilar ishga joylasha oladigan korxona, muassasa va tashkilotlardan biri tanlanadi. |
6. Amaliyotni oʻtashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | 6. Amaliyotni oʻtashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
7. Amaliyot oʻtash yakunlangach, oʻquvchi tomonidan amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi. | 7. Amaliyot oʻtash yakunlangach, oʻquvchi tomonidan amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi. |
Hisobotda bajarilgan ish, oʻrganilgan huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va koʻnikmalar aks ettiriladi. Hisobot oʻquvchi tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. | Hisobotda bajarilgan ish, oʻrganilgan huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va koʻnikmalar aks ettiriladi. Hisobot oʻquvchi tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. |
Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbarlari amaliyot oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotga oʻquvchining ijobiy va salbiy fazilatlarini, uning oʻzlashtiruvchanligi va boshqa maʼlumotlarni yorituvchi yozuvlarni kiritish huquqiga ega. | Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbarlari amaliyot oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotga oʻquvchining ijobiy va salbiy fazilatlarini, uning oʻzlashtiruvchanligi va boshqa maʼlumotlarni yorituvchi yozuvlarni kiritish huquqiga ega. |
8. Hisobotning titul varagʻida oʻquvchining amaliyot oʻtash joyi, muddati, uning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi. | 8. Hisobotning titul varagʻida oʻquvchining amaliyot oʻtash joyi, muddati, uning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi. |
9. Amaliyot oʻtashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi. | 9. Amaliyot oʻtashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi. |
2-bob. Amaliyotni oʻtashning bosqichlari | 2-bob. Amaliyotni oʻtashning bosqichlari |
10. Amaliyot uch bosqichga boʻlinadi: | 10. Amaliyot uch bosqichga boʻlinadi: |
tayyorlov; | tayyorlov; |
asosiy; | asosiy; |
amaliyot boʻyicha imtihon. | amaliyot boʻyicha imtihon. |
11. Tayyorlov bosqichida oʻquv rejaga asosan amaliyot oʻtashning birinchi kunida yuridik kollej va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan yigʻilish oʻtkaziladi. Yigʻilishda oʻquvchilar amaliyotni oʻtash dasturi bilan tanishadi, uning maqsad va vazifalariga taalluqli koʻrsatmalar, ularni bajarish boʻyicha qoʻllanmalarni oladi, amaliyot oʻtash va amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobot tuzish tartibi haqida xabardor qilinadi. | 11. Tayyorlov bosqichida oʻquv rejaga asosan amaliyot oʻtashning birinchi kunida yuridik texnikum va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan yigʻilish oʻtkaziladi. Yigʻilishda oʻquvchilar amaliyotni oʻtash dasturi bilan tanishadi, uning maqsad va vazifalariga taalluqli koʻrsatmalar, ularni bajarish boʻyicha qoʻllanmalarni oladi, amaliyot oʻtash va amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobot tuzish tartibi haqida xabardor qilinadi. |
Amaliyotni oʻtashning boshida oʻquvchilar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari, oʻziga xosligi bilan tanishadi hamda yuridik kollej va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyotni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadi. | Amaliyotni oʻtashning boshida oʻquvchilar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari, oʻziga xosligi bilan tanishadi hamda yuridik texnikum va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyotni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadi. |
12. Amaliyot oʻtashning asosiy bosqichida oʻquvchi bevosita qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalida koʻrsatib oʻtilgan ishni bajaradi. | 12. Amaliyot oʻtashning asosiy bosqichida oʻquvchi bevosita qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalida koʻrsatib oʻtilgan ishni bajaradi. |
13. Amaliyot boʻyicha imtihon amaliyotning yakuniy bosqichi hisoblanib, unda oʻquvchilar tomonidan amaliyotni oʻtash jarayonida bajarilgan ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi. Amaliyot boʻyicha imtihon yuridik kollej vakillari orasidan tuzilgan komissiya tomonidan yuridik kollejda, qoida tariqasida, yozma ravishda oʻtkaziladi. | 13. Amaliyot boʻyicha imtihon amaliyotning yakuniy bosqichi hisoblanib, unda oʻquvchilar tomonidan amaliyotni oʻtash jarayonida bajarilgan ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi. Amaliyot boʻyicha imtihon yuridik texnikum vakillari orasidan tuzilgan komissiya tomonidan yuridik texnikumda, qoida tariqasida, yozma ravishda oʻtkaziladi. |
14. Amaliyot boʻyicha imtihon quyidagi baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi: | 14. Amaliyot boʻyicha imtihon quyidagi baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi: |
amaliyotda egallangan nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari darajasi; | amaliyotda egallangan nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari darajasi; |
oʻquvchi tomonidan amaliyot davomida toʻplangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda uni oʻtash davomida oʻrganilgan masalalarning yoritib berilishi. | oʻquvchi tomonidan amaliyot davomida toʻplangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda uni oʻtash davomida oʻrganilgan masalalarning yoritib berilishi. |
3-bob. Amaliyotni oʻtashda oʻquvchiga qoʻyiladigan talablar | 3-bob. Amaliyotni oʻtashda oʻquvchiga qoʻyiladigan talablar |
15. Oʻquvchi: | 15. Oʻquvchi: |
amaliyot boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi va yuridik kollejdan amaliyot rahbarida yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi; | amaliyot boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi va yuridik texnikumdan amaliyot rahbarida yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi; |
amaliyotni tashkil etish va oʻtashni nazorat qilish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishi; | amaliyotni tashkil etish va oʻtashni nazorat qilish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishi; |
amaliyotni oʻtash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi; | amaliyotni oʻtash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi; |
yuridik kollejdan amaliyot rahbarining talabi bilan koʻrib chiqish uchun amaliyot oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotini taqdim qilishi; | yuridik texnikumdan amaliyot rahbarining talabi bilan koʻrib chiqish uchun amaliyot oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotini taqdim qilishi; |
keyingi oʻquv va amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin boʻlgan materiallar toʻplamini yuritishi; | keyingi oʻquv va amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin boʻlgan materiallar toʻplamini yuritishi; |
ichki mehnat tartib qoidalari va qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi hujjatlarga rioya qilishi shart. | ichki mehnat tartib qoidalari va qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi hujjatlarga rioya qilishi shart. |
16. Amaliyot tugaganidan keyin oʻquvchi amaliyot boʻyicha imtihonni oʻtkazish kuniga qadar yuridik kollejdagi amaliyot rahbariga amaliyot oʻtagani toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. | 16. Amaliyot tugaganidan keyin oʻquvchi amaliyot boʻyicha imtihonni oʻtkazish kuniga qadar yuridik texnikumdagi amaliyot rahbariga amaliyot oʻtagani toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. |
17. Oʻquvchi amaliyot yakunlanganidan soʻng yuridik kollejda amaliyot boʻyicha imtihon topshirishga majbur. | 17. Oʻquvchi amaliyot yakunlanganidan soʻng yuridik texnikumda amaliyot boʻyicha imtihon topshirishga majbur. |
4-bob. Amaliyotni tashkillashtirishning shartlari | 4-bob. Amaliyotni tashkillashtirishning shartlari |
18. Amaliyotni tashkil etish oʻquvchilar amaliyotni oʻtash dasturlari bilan belgilanadi. Amaliyotni barcha bosqichlarda tashkil etish oʻquvchilar tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim. | 18. Amaliyotni tashkil etish oʻquvchilar amaliyotni oʻtash dasturlari bilan belgilanadi. Amaliyotni barcha bosqichlarda tashkil etish oʻquvchilar tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim. |
19. Pedagog xodimning amaliyotdagi oʻquv yuklamasi oʻquv rejada koʻrsatilgan oʻquv pedagogik soatlar (haftalar)dan va amaliyotni oʻtash turidan kelib chiqib aniqlanadi. | 19. Pedagog xodimning amaliyotdagi oʻquv yuklamasi oʻquv rejada koʻrsatilgan oʻquv pedagogik soatlar (haftalar)dan va amaliyotni oʻtash turidan kelib chiqib aniqlanadi. |
20. Amaliyotni tashkil etish uchun, qoida tariqasida, amaliyot boshlanishidan bir oy oldin yuridik kollej direktori tomonidan buyruq qabul qilinadi. Buyruqda amaliyotlar turi, muddati va uni oʻtash joyi, moddiy taʼminot, yuridik kollejdan amaliyot rahbarlarini turar joy bilan taʼminlash, masʼul shaxslar va joʻnatilayotgan oʻquvchilar, yuridik kollejdan amaliyot rahbarlari tarkibining roʻyxati belgilanadi. | 20. Amaliyotni tashkil etish uchun, qoida tariqasida, amaliyot boshlanishidan bir oy oldin yuridik texnikum direktori tomonidan buyruq qabul qilinadi. Buyruqda amaliyot turi, muddati va uni oʻtash joyi, moddiy taʼminot, yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlarini turar joy bilan taʼminlash, masʼul shaxslar va joʻnatilayotgan oʻquvchilar, yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlari tarkibining roʻyxati belgilanadi. |
21. Yuridik kollej direktori amaliyotga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida mehnatni muhofaza qilish hamda faoliyat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilishini hamda oʻquvchilarni oʻz vaqtida amaliyot oʻtash joylariga taqsimlanishini taʼminlaydi. | 21. Yuridik texnikum direktori amaliyotga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida mehnatni muhofaza qilish hamda faoliyat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilishini hamda oʻquvchilarni oʻz vaqtida amaliyot oʻtash joylariga taqsimlanishini taʼminlaydi. |
22. Amaliyotni tayyorlash, taʼminlash va oʻtashni muvofiqlashtirishni yuridik kollejning amaliyotni tashkillashtiruvchi tarkibiy boʻlinmasi amalga oshiradi. | 22. Amaliyotni tayyorlash, taʼminlash va oʻtashni muvofiqlashtirishni yuridik texnikumning amaliyotni tashkillashtiruvchi tarkibiy boʻlinmasi amalga oshiradi. |
23. Yuridik kollejdagi amaliyot rahbari: | 23. Yuridik texnikumdagi amaliyot rahbari: |
amaliyotga ketayotgan oʻquvchilar bilan yoʻl-yoʻriqlar oʻtkazadi; | amaliyotga ketayotgan oʻquvchilar bilan yoʻl-yoʻriqlar oʻtkazadi; |
oʻquvchilarning amaliyot oʻtash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi; | oʻquvchilarning amaliyot oʻtash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi; |
qabul qiluvchi tashkilot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan aloqalar oʻrnatadi; | qabul qiluvchi tashkilot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan aloqalar oʻrnatadi; |
oʻquvchilarga amaliyotni oʻtash dasturini bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi; | oʻquvchilarga amaliyotni oʻtash dasturini bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi; |
amaliyotning butun davri uchun oʻquvchilarga individual reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi; | amaliyotning butun davri uchun oʻquvchilarga individual reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi; |
amaliyotni oʻtash joylariga oʻquvchilarni taqsimlashda ishtirok etadi; | amaliyotni oʻtash joylariga oʻquvchilarni taqsimlashda ishtirok etadi; |
amaliyot muddatlariga va uning tarkibiga rioya qilinishi, shuningdek amaliyotni oʻtash dasturi bajarilishining nazoratini amalga oshiradi (oʻquvchilarni amaliyot oʻtash joylariga koʻrishga borish yoʻli bilan); | amaliyot muddatlariga va uning tarkibiga rioya qilinishi, shuningdek amaliyotni oʻtash dasturi bajarilishining nazoratini amalga oshiradi (oʻquvchilarni amaliyot oʻtash joylariga koʻrishga borish yoʻli bilan); |
amaliyot boʻyicha imtihonda ishtirok etadi. | amaliyot boʻyicha imtihonda ishtirok etadi. |
24. Oʻquvchi tomonidan amaliyot boshqa viloyatda oʻtalayotganda hamda yuridik kollejdan amaliyot rahbarini tayinlashning imkoni boʻlmagan hollarda, amaliyotni nazorat qilish uchun tegishli viloyat adliya organi rahbari bilan kelishib, shahar va tuman adliya boʻlimlari xodimlari amaliyot rahbari etib belgilanishi mumkin. | 24. Oʻquvchi tomonidan amaliyot boshqa viloyatda oʻtalayotganda hamda yuridik texnikumdan amaliyot rahbarini tayinlashning imkoni boʻlmagan hollarda, amaliyotni nazorat qilish uchun tegishli viloyat adliya organi rahbari bilan kelishib, shahar va tuman adliya boʻlimlari xodimlari amaliyot rahbari etib belgilanishi mumkin. |
25. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari: | 25. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari: |
yuridik kollejlar bilan amaliyotni oʻtash haqida shartnomalar tuzadi; | yuridik texnikumlar bilan amaliyotni oʻtash haqida shartnomalar tuzadi; |
qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni tashkil etish toʻgʻrisida buyruqlar chiqaradi; | qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni tashkil etish toʻgʻrisida buyruqlar chiqaradi; |
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan qabul qiluvchi tashkilotda amaliyot oʻtash uchun masʼul shaxslarni tayinlaydi, shuningdek ularning orasidan amaliyot oʻtashni tashkil etish va nazorat qilish uchun ishchi guruh tuzadi; | malakali va tajribali mutaxassislar orasidan qabul qiluvchi tashkilotda amaliyot oʻtash uchun masʼul shaxslarni tayinlaydi, shuningdek ularning orasidan amaliyot oʻtashni tashkil etish va nazorat qilish uchun ishchi guruh tuzadi; |
amaliyotni oʻtash dasturiga muvofiq amaliyot oʻtash uchun sharoitlar yaratadi. | amaliyotni oʻtash dasturiga muvofiq amaliyot oʻtash uchun sharoitlar yaratadi. |
26. Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari: | 26. Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari: |
oʻquvchilarga texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari boʻyicha tushuntirish oʻtkazadi; | oʻquvchilarga texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari boʻyicha tushuntirish oʻtkazadi; |
qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan obyektlari boʻyicha oʻquvchilarni taqsimlaydi, uning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari va oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi; | qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan obyektlari boʻyicha oʻquvchilarni taqsimlaydi, uning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari va oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi; |
oʻquvchilarni amaliyotni oʻtash dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi; | oʻquvchilarni amaliyotni oʻtash dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi; |
oʻquvchilar tomonidan amaliyotni oʻtash dasturining bajarilishi uchun zarur sharoitlar yaratadi; | oʻquvchilar tomonidan amaliyotni oʻtash dasturining bajarilishi uchun zarur sharoitlar yaratadi; |
oʻquvchilarga ishlab chiqarish masalalari boʻyicha maslahatlar beradi; | oʻquvchilarga ishlab chiqarish masalalari boʻyicha maslahatlar beradi; |
bajarilayotgan ish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi; | bajarilayotgan ish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi; |
oʻquvchi ish kunining belgilangan davomiyligiga rioya etilishini hamda ish vaqtidan samarali foydalanishini taʼminlaydi; | oʻquvchi ish kunining belgilangan davomiyligiga rioya etilishini hamda ish vaqtidan samarali foydalanishini taʼminlaydi; |
amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobotni tasdiqlaydi; | amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobotni tasdiqlaydi; |
yuridik kollejdan amaliyot rahbarini oʻquvchi tomonidan amaliyot oʻtash dasturi bajarilmayotganligi hamda barcha mehnat intizomi buzilish holatlari haqida xabardor qiladi; | yuridik texnikumdan amaliyot rahbarini oʻquvchi tomonidan amaliyot oʻtash dasturi bajarilmayotganligi hamda barcha mehnat intizomi buzilish holatlari haqida xabardor qiladi; |
yuridik kollejdan amaliyot rahbari bilan aloqani ushlab turadi. | yuridik texnikumdan amaliyot rahbari bilan aloqani ushlab turadi. |
Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbariga oʻquvchiga amaliyot oʻtash dasturi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni bajarish topshirigʻini berish taqiqlanadi. | Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbariga oʻquvchiga amaliyot oʻtash dasturi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni bajarish topshirigʻini berish taqiqlanadi. |
27. Amaliyot yuridik kollej bilan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasidagi qabul qiluvchi tashkilotning amaliyot oʻtash uchun joy ajratish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. | 27. Amaliyot yuridik texnikum bilan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasidagi qabul qiluvchi tashkilotning amaliyot oʻtash uchun joy ajratish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. |
Yuridik kollej va qabul qiluvchi tashkilot amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shartnomada shartnoma predmetini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, amaliyotni tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi. | Yuridik texnikum va qabul qiluvchi tashkilot amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shartnomada shartnoma predmetini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, amaliyotni tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi. |
28. Amaliyot boshlanishi vaqtidan boshlab oʻquvchilarga qabul qiluvchi tashkilotda belgilangan tartibda tanishtirilishi shart boʻlgan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalari hamda qabul qiluvchi tashkilotda amalda boʻlgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi. | 28. Amaliyot boshlanishi vaqtidan boshlab oʻquvchilarga qabul qiluvchi tashkilotda belgilangan tartibda tanishtirilishi shart boʻlgan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalari hamda qabul qiluvchi tashkilotda amalda boʻlgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi. |
29. Amaliyot boʻyicha baho taʼlim boʻyicha baholarga tenglashtiriladi va oʻquvchilar umumiy oʻzlashtirishining yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi. | 29. Amaliyot boʻyicha baho taʼlim boʻyicha baholarga tenglashtiriladi va oʻquvchilar umumiy oʻzlashtirishining yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi. |
30. Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi oʻquvchini akademik qarzdor sifatida tegishli oʻquv kursida qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. | 30. Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi oʻquvchini akademik qarzdor sifatida tegishli oʻquv kursida qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. |
Uzrli sabablarsiz amaliyotga kelmaslik oʻquv intizomini buzish sifatida oʻquvchini belgilangan tartibda yuridik kollej oʻquvchilari safidan chetlashtirilishiga asos boʻlib xizmat qiladi. | Uzrli sabablarsiz amaliyotga kelmaslik oʻquv intizomini buzish sifatida oʻquvchini belgilangan tartibda yuridik texnikum oʻquvchilari safidan chetlashtirilishiga asos boʻlib xizmat qiladi. |
5-bob. Yakuniy qoidalar | 5-bob. Yakuniy qoidalar |
31. Yuridik kollejdan amaliyot rahbarlarining yuridik kollej joylashgan joydan amaliyotni oʻtash joyigacha borish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan yashash va sutkalik xarajatlar, oʻrnatilgan tartibda yuridik kollejning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi. | 31. Yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlarining yuridik texnikum joylashgan joydan amaliyotni oʻtash joyigacha borish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan yashash va sutkalik xarajatlar, oʻrnatilgan tartibda yuridik texnikumning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi. |
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan. | 32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan. |
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV | Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV |
2019-yil 8-yanvar | 2019-yil 8-yanvar |