09.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3115
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 9-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 7-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Adliya vazirligining yuridik kollejlarida (keyingi oʻrinlarda yuridik kollej deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiyasi — oʻquvchilarning bilim, malaka va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash orqali oʻquvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasi va ularga yuridik kollejni tugatganligi toʻgʻrisida diplomni berish masalasini hal etuvchi taʼlim sifatini nazorat qilishning turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (komissiya) — tegishli mutaxassisliklar va kasblar boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish uchun yuridik kollej xodimlari, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti, ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu tashkilotlarning vakillaridan iborat komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (attestatsiya sinovlari) — yuridik kollejning oʻquv rejasidagi mutaxassislik va xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz) fanlarining majmui;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar yakuniy davlat attestatsiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning tegishli fanlar boʻyicha bilim va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini Davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan bilimlarni amaliyotga qoʻllash koʻnikmalarini va kasbiy malakalarni shakllanganlik darajasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya yakuni boʻyicha yuridik kollejni tugatganligi toʻgʻrisida oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya aʼzolari tarkibi kamida 5 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda komissiya vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolari tarkibining kamida 70 foizini ish beruvchi tashkilotlar xodimlari va boshqa mutaxassislar tashkil etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiya raisi yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin adliya vazirining, komissiya aʼzolari esa yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiya raisi yuridik kollejda ishlamayotgan mutaxassislardan boʻlishi lozim. Bir shaxs ketma-ket bir yuridik kollejda ikki martadan ortiq komissiya raisi boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Komissiya raisligiga nomzodlar yuridik kollejlar tomonidan tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda, Adliya vazirligiga yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonun hujjatlariga tayangan holda olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yakuniy davlat attestatsiyasida fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Komissiya har yili yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuridik kollej direktori va uning oʻrinbosarlari yakuniy davlat attestatsiyasini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda komissiyaning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Attestatsiya sinovlarini topshirishga tavsiya etiladigan fanlar roʻyxati va oʻtkazish shakllari Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb yuritiladi) Kengashi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mutaxassislik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddatlari oʻquv rejada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvali yuridik kollej direktori tomonidan, qoida tariqasida, yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning Davlat taʼlim standartiga muvofiq oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Attestatsiya sinovlarini oʻtkazish shakli toʻgʻrisidagi maʼlumot yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan 6 oy oldin oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi. Oʻquvchilarga tayyorgarlik koʻrish hamda konsultatsiyalar berish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Attestatsiya sinovlarining savollari oʻquv dasturlar mazmunini toʻliq qamrab olgan holda yuridik kollejning tegishli kafedralari tomonidan shakllantiriladi. Savollar attestatsiya sinovlaridan 6 oy oldin ekspertizadan oʻtkazish uchun TDYUga taqdim etiladi. TDYU tomonidan savollar 20 ish kuni davomida ekspertizadan oʻtkaziladi va tegishli ekspertiza xulosalari yuridik kollejga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Attestatsiya sinovlarining savollari fan dasturlari doirasida tuzilishi hamda yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida 1 oy oldin oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib attestatsiya sinovlarining savollari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jarayoni videotasvirga olish orqali amalga oshiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasining yuqori darajada ochiqlik va shaffofligini taʼminlash maqsadida ushbu jarayon videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, oʻquvchilarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoni yaratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yakuniy davlat attestatsiyasiga mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitoblar, lugʻat, shpargalkalar va boshqa materiallar olib kirgan, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida ulardan foydalangan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibni buzgan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtiriladi hamda komissiya aʼzolari tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan attestatsiya sinovlari natijalariga koʻra topshiriqlarning 86 — 100 foizi toʻgʻri bajarilgan boʻlsa “aʼlo”, 71 — 85 foizi toʻgʻri bajarilsa “yaxshi”, 56 — 70 foizi toʻgʻri bajarilsa “qoniqarli” baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha oʻquvchi 55 va undan kam ball toʻplagan hollarda “qoniqarsiz” baholangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, yigʻilishda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi va komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻquvchi attestatsiya sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga tegishli kasbni egallagani, yuridik kollejni tamomlagani va kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 4/5 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining har biri boʻyicha kamida 86 ball oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan oʻquvchilarga “imtiyozli” diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Attestatsiya sinovlarining biridan “qoniqarsiz” baholangan yoki uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida ishtirok etmagan oʻquvchi boshqa attestatsiya sinovlarini topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida qatnasha olmagan oʻquvchilar yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan komissiya ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan attestatsiya sinovlariga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Yuridik kollejning belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki unda “qoniqarsiz” baholangan oʻquvchilar oʻqish muddati tugagandan soʻng, 3 yil ichida arizasiga muvofiq tegishli sinovni qayta topshirish huquqiga ega. Bunda yuridik kollej direktori shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirishga qoʻyish haqida buyruq chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli harbiy xizmatda boʻlgan vaqt, 3 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan taʼtil vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish muddatida attestatsiya sinovlaridan uchinchi marta ham oʻta olmagan yoki attestatsiya sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilmagan shaxsga akademik maʼlumotnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Yakuniy davlat attestatsiyasida olgan balliga eʼtiroz bildirgan oʻquvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun mazkur nizomning 3 — 9-bandlariga muvofiq apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya sinovlarida oʻquvchining bergan javoblarini aks etgan videotasvirlarni qayta koʻrish orqali qayta tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan oʻquvchini qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchining arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchining apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Apellyatsiya komissiyasi oʻz xulosasini oʻquvchiga shu kunning oʻzida maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Komissiyaning ishi boʻyicha yillik hisobot yuridik kollejning kengashida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 8-yanvar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish haqidagi
‎DALOLATNOMA

‎‎______________sh.

“___”‎‎ _________20___yil

‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, oʻquvchi

________________________________________________________________________________________________
‎‎‎(F.I.Sh.)

‎‎quyidagi sabablarga koʻra yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirildi:

‎‎
‎‎taqiqlangan vositalardan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob, shpargalka) foydalangan;
‎‎

‎‎
‎‎taqiqlangan vositalarni (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob, shpargalka) olib kirgan.

‎________________________________________________________________________________________________
‎‎‎(nizomda koʻzda tutilgan boshqa holatlar)

‎‎Oʻquvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _____ bandi talablari buzilgan.
‎‎1. Komissiya raisi

‎‎2. Komissiya aʼzosi

‎‎3. Komissiya aʼzosi

_________________________________
‎‎(F.I.Sh.)
‎_________________________________
‎ ‎‎(F.I.Sh.)
‎_________________________________
‎ ‎‎(F.I.Sh.)

__________________
‎‎‎(imzo)
‎__________________‎‎‎(imzo)
‎__________________ ‎‎‎(imzo)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: ushbu dalolatnoma yakuniy davlat attestatsiyasi hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.