04.01.2019 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida uy-joy kommunal xizmatlari koʻrsatish sifatini, davlat-xususiy sheriklik asosida soha korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Toshkent shahrining uy-joy kommunal sohasini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash sohasidagi bozor mexanizmlarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bosqichma-bosqich joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bozorining jozibadorligini oshirish, shuningdek, narx belgilashning raqobat mexanizmlariga oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimiga energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek, uy-joy kommunal xoʻjalik obyektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish va isteʼmolchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobraqamini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining 2019-yilda Toshkent shahrining Yunusobod va Chilonzor tumanlarida koʻp kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda boshqaruv kompaniyalari deb ataladi) tomonidan boshqarish boʻyicha tajriba oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 486-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/486/3278-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishning “Yoʻl xarita”si 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tajriba doirasida quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan koʻp kvartirali uylardagi turar-joylar mulkdorlarining ishonchli shaxslari bilan birgalikda oʻtkaziladigan tanlov asosida tanlab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uy-joy fondining umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash boshqaruv kompaniyasi tomonidan koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra, koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari yoki ularning ishonchli shaxslari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish koʻp kvartirali uydagi turar-joylarning barcha mulkdorlari uchun majburiy hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining majburiy badallari va noturar-joylar mulkdorlarining toʻlovlari miqdori koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishida tuman xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdordan past boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari shartnomaga muvofiq umumiy foydalanishdagi mulkni saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash boʻyicha majburiy badallarni har oy toʻlashi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv kompaniyasi oʻz faoliyatini turar-joylar mulkdorlari oldida hisobdorlik va oshkoralik asosida amalga oshiradi hamda har chorakda hisobot berib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv kompaniyasi mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkilotlarga mulkdorlar nomidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati va yetkazib berish masalalari boʻyicha murojaat etishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uyda turar-joylarni sotib oluvchi shaxslar mulkdorlik huquqi yuzaga kelgan vaqtdan boshlab, umumiy mulkni saqlash xarajatlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv kompaniyasi turar-joylar mulkdorlaridan umumiy mulkni saqlash boʻyicha oʻz vaqtida toʻlanmagan majburiy badallarni belgilangan tartibda undirish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkdorning unga tegishli boʻlgan turar-joydan foydalanmasligi yoki umumiy mulkdan foydalanishni rad etishi uni majburiy toʻlovlarni toʻliq yoki qisman toʻlashdan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-apreliga qadar yongʻin xavfsizligi, shaharsozlik va sanitariya normalarini taʼminlash shartlaridan kelib chiqqan holda, koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkalarining oʻlchamlari hamda chegaralari normativlarini belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent shahar hokimligi 2019-yilning 31-yanvarigacha boʻlgan muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash uchun boshqaruv kompaniyasini aniqlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovga qoʻyiladigan koʻp kvartirali uy-joy fondi lotlarining roʻyxatini aniqlasin va ushbu roʻyxatni ochiq holda, shu jumladan Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash uchun boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnoma ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Toshkent shahar hokimligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda koʻp kvartirali uyni va uning oldidagi uchastkalarni saqlash hamda ulardan foydalanish talablarini uch oy muddatda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasida Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy kommunal sohani rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 517-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xayriya mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini banklardagi depozitlarda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasidagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini ikki oy muddatda tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Toshkent shahar hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv kompaniyalarining buyurtmanomalariga asosan ularni joylashtirish va samarali faoliyat yuritishini tashkil etish uchun binolar yoki belgilangan tartibda qurilish uchun yer uchastkalari ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda tajriba natijalari asosida 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham ushbu tajribani joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Boshqaruv kompaniyalarining shartnoma doirasida koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash uchun olingan daromadlari qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻidan ozod etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Toshkent shahar hokimligi tijorat banklari va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda tajriba doirasida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining kreditlarini ikki oy muddatda boshqaruv kompaniyalariga qayta rasmiylashtirsin hamda debitorlik qarzlar va kreditlar boʻyicha qarzlarni belgilangan tartibda oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavkalar boʻyicha boshqaruv kompaniyalariga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Toshkent shahar hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Toshkent shahrining suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti, obodonlashtirish va sanitar tozalash tizimini, zarur hollarda xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, modernizatsiya qilish hamda boshqarishga doir loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish boʻyicha 2019-yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda 2020 — 2022-yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar oʻrnatish dasturini 2019-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tegishli maqolalar, tele va radio dasturlar tayyorlash orqali uy-joy kommunal sohada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida aholi va tadbirkorlar oʻrtasida keng tushuntirish ishlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 4-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-yanvardagi 5-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-yanvardagi 5-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITA”si
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼullar

1.

Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda boshqaruv kompaniyasi deb ataladi) aniqlash uchun tanlov oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

Koʻp kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash boʻyicha tanlov oʻtkazish hamda boshqaruv kompaniyasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

2019-yil 31-yanvargacha

Toshkent shahar hokimligi

2.

Boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish.

Koʻp kvartirali uyni taʼmirlash, foydalanish va saqlash uchun boshqaruv kompaniyasi bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish.

2019-yil 31-yanvargacha

Toshkent shahar hokimligi

3.

Koʻp kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari tomonidan toʻlanadigan majburiy badallarning eng kam miqdorini tasdiqlash.

Yunusobod tumani xalq deputatlari Kengashining qarori.

2019-yil 31-yanvargacha

Toshkent shahar hokimligi

4.

Koʻp kvartirali uyni saqlash va undan foydalanish talablarini ishlab chiqish.

Koʻp kvartirali uyni va uning oldidagi uchastkalarni saqlash hamda ulardan foydalanish talablarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2019-yil 1-aprelgacha

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Toshkent shahar hokimligi, loyiha institutlari

5.

Koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkalarining hajmlari va chegaralari normativlarini belgilash.

1. Yongʻin xavfsizligi, shaharsozlik va sanitariya normalarini taʼminlash shartlaridan kelib chiqqan holda, koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkalarining hajmlari hamda chegaralari normativlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkasini koʻrsatgan holda, har bir koʻp kvartirali uyga kadastr hujjatlarini berish.

2019-yil 1-aprelgacha





2019-yil mobaynida

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Davergeodezkadastr, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi

6.

Xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Uy-joy kommunal soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.

3. Uy-joy kommunal soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

2019-yil 20-yanvargacha


2019-yil 1-fevralgacha


doimiy

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlim markazi

7.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalarini tanlov asosida tanlash.

1. Tanlovga qoʻyiladigan koʻp kvartirali uy-joy fondi lotlarining roʻyxatini aniqlash.

2. Tanlov shartlarini ochiq holda, shu jumladan Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.

3. Tanlov oʻtkazish va boshqaruv kompaniyalarini tanlash.

2019-yil 31-yanvargacha


2019-yil
31-yanvargacha


2019-yil 15-fevralgacha

Toshkent shahar hokimligi

8.

Koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mulkini saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash uchun shartnoma tuzish.

Boshqaruv kompaniyasi va koʻp kvartirali uy-joy fondining turar-joylari mulkdorlari yoki ularning ishonchli shaxsi bilan koʻp kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish
va taʼmirlash uchun shartnoma tuzish.

2019-yil 1-martgacha

Toshkent shahar hokimligi, boshqaruv kompaniyalari

9.

Tuzilgan shartnoma doirasida koʻp kvartirali uyni saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish.

1. Amaldagi shaharsozlik qoidalari va normalariga qatʼiy muvofiq holda ishlarni tashkil etish.

2. Bajarilgan ish toʻgʻrisida turar-joylar mulkdorlariga muntazam hisobotlar berish.

2019-yil mobaynida

Yunusobod tumani hokimligi, boshqaruv kompaniyalari

10.

Boshqaruv kompaniyalarini binolar va yer uchastkalari bilan taʼminlash.

Boshqaruv kompaniyalarining asoslantirilgan buyurtmanomalari boʻyicha binolar, inshootlar va yer uchastkalari ajratish.

Boshqaruv kompaniyalarining buyurtmanomalari boʻyicha

Toshkent shahar hokimligi

11.

Toshkent shahrining suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti, obodonlashtirish va sanitar tozalash tizimini, zarur hollarda xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, modernizatsiya qilish hamda boshqarishga doir loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish.

1. Vazirlar Mahkamasiga kommunal obyektlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida topshirish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga va qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritish.

2. Kommunal tizimning har bir obyektidan texnik foydalanish shartlarini aniqlash.

2019-yil 1-aprelgacha

Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligi, “Suvsoz” DUK, “Toshissiqquvvati” DUK, “Maxsustrans” DUK

12.

Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish va isteʼmolchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobraqamini joriy etish.

1. Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq ishlab chiqish.

2. Yagona billing tizimini yaratish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2019-yil 1-aprelgacha

Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi

13.

Kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar oʻrnatish dasturini ishlab chiqish.

1. Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun texnik talablar ishlab chiqish va topshiriq belgilash.

2. 2020 — 2022-yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar oʻrnatish dasturini 2019-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-aprelgacha

Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ.

14.

Uy-joy kommunal sohaga davlat-huquqiy sheriklik joriy qilish toʻgʻrisida aholi va tadbirkorlar oʻrtasida soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida keng tushuntirish ishlarini oʻtkazish.

1. Boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish va ularning faoliyati toʻgʻrisida tegishli maqolalar, tele, radiodasturlar, roliklar tayyorlash.

2. Toshkent shahar hokimligining veb-saytida boshqaruv kompaniyalari faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirish.

2019-yil mobaynida

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 09/19/5/2425-son; 12.06.2019-y., 09/19/486/3278-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)