Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021 30.11.2018 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 15-sonli “Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellatsiya tartibida kurish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi qabul qilinishi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, maʼmuriy ishni apellatsiya va kassatsiya tartibida qayta koʻrish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatini qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish huquqini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 200, 224-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillari, davlat boshqaruvi organining shikoyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokurorning protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek MSIYutK 200-moddasining birinchi qismi, 224-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati boʻyicha ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida koʻrsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek taraflar, uchinchi shaxslar yoki qonuniy vakilning huquqiy vorislari ham ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning qatnashayotgan vakili, shu jumladan, advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (MSIYutK 62-moddasining ikkinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonunga muvofiq apellatsiya shikoyati (protesti) sudning hal qiluv qarori ustidan u qabul qilingan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida, kassatsiya shikoyati (protesti) esa, u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) muddati oʻtishining boshlanishi, tegishlicha sudning hal qiluv qarori qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kunning ertasidan hisoblanadi (MSIYutK 116-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan MSIYutK 203, 227-moddalari qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoki rad qilish haqida sudning shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish yoki shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan MSIYutK 209-moddasining toʻrtinchi qismi, 233-moddasining uchinchi qismiga koʻra shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilganda, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb topganda, sudning apellatsiya (kassatsiya) shikoyatini (protestni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun ishni shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etgan sudga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. MSIYutK 202, 226-moddalariga koʻra, apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga, kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga yoʻllanadi, ammo hal qiluv qarori qabul qilgan sudga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir shikoyat (protest) kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydigan ajrimlar ustidan (masalan, arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimlar, birinchi instansiya sudi muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimlar) apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qonunga muvofiq shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqi boʻlganligini inobatga olib, ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi ishning apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. MSIYutK 216, 240-moddalari talablariga koʻra, apellatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatdan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror esa, protestni chaqirib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish)ni qabul qilish masalasi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyat (protest)ni koʻrish uchun tayinlangan sud majlisida hal qilinadi va bunda shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish) vakolati tekshirilishi zarur. MSIYutK 62-moddasi mazmuniga koʻra, ishonchnomada birinchi instansiya sudining hujjati ustidan shikoyat qilish vakolatining vakilga berilganligi, unga apellatsiya shikoyatidan voz kechish huquqini bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shikoyatdan voz kechish qonunga zid boʻlmasa yoki boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi uni qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi toʻgʻrisida, shuningdek protest chaqirib olinganda ajrim chiqaradi va, agar tegishli sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya shikoyatidan voz kechilganligi (protest qaytarib olinganligi) munosabati bilan apellatsiya tartibida ish yuritish tugatilganda, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ishni shikoyat yoki protest boʻyicha apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinishi majburiy ekanligi qonunda belgilanganligi sababli bu talablarni bajarmaslik MSIYutK 215, 239-moddalariga muvofiq ishni koʻrishni keyinga qoldirishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda ham, ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasining kelmaganlik sababini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganlik sabablari uzrsiz deb topilgan taqdirda, shuningdek kelmaganlik sabablari va bu sabablarni uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmaganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga haqli, bundan prokuror arizasi asosida qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha uning kelmaganligi mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi va h.k.) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi protsessual huquqiy vorislik MSIYutK 43-moddasiga koʻra, maʼmuriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, bunday shaxslar ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyadi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sudlarning eʼtibori ishlarni apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrishda MSIYutK 218, 242-moddalarida belgilangan muddatga rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) boʻyicha tushgan ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish muddatlari qonunda (MSIYutK 218, 242-moddalarida) belgilangan muddat doirasida ish oʻta murakkab boʻlgan yoki boshqa alohida hollarda uzaytirilishi mumkin (masalan, bir ish yurituvida bir nechta talablarning birlashtirilishi, sud protsessi ishtirokchilarining koʻpligi, qoʻshimcha dalillar talab qilib olish va tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurati va h.k.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qonunga koʻra ish apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq tekshirgan-tekshirmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlangan-isbotlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hal qiluv qarori, ajrimi (qarori)da bayon qilingan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular toʻgʻri qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari qonun talablariga muvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi MSIYutK 217, 241-moddalariga muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi va asoslantirilganligini toʻliq hajmda tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) vajlaridan qatʼi nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirish deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlanganligini, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshirishni tushunmoq lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning koʻrilishi kollegial tarzda, uch nafar sudyadan iborat tarkibda MSIYutKning 26, 27-boblarida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi. Bunda dastlab shikoyat bergan shaxs va uning vakilining tushuntirishlari tinglanadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, birinchi boʻlib arizachi va uning vakili soʻzga chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlarining tushuntirishlarida shikoyat (protest)da koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonun apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har qanday dalillarni tekshirish huquqini, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida boʻlganligidan va yangidan taqdim etilganligidan qatʼi nazar, cheklamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi taqdim qilingan dalillarni tekshirishni rad qilishni qarorda asoslantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza oʻtkazish, dalillarni taʼminlash va talab qilib olish, guvohlarni soʻroq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan tartib boʻyicha tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish MSIYutK 9-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni koʻrish natijalari yuzasidan qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining eʼtibori shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani qarorda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni inobatga olish lozimki, asoslantirilgan qaror tuzilishi keyinga qoldirilgan va sud majlisida uning xulosa qismi eʼlon qilinganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan qaror bilan qachon tanishishlari mumkinligini tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida MSIYutK 219, 243-moddalarida belgilangan vakolatlar doirasida ishni shikoyat (protest) boʻyicha koʻrish natijalari toʻgʻrisida xulosalar, zarur hollarda esa, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. MSIYutK 220, 244-moddalariga koʻra, sud hujjatini apellatsiya, kassatsiya tartibida bekor qilishga yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga koʻra, mazmunan toʻgʻri boʻlgan sud hujjati faqat rasmiy, yaʼni ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatli boʻlmagan asoslar (masalan, sud muzokaralarini oʻtkazish tartibi buzilganligi va h.k.) boʻyicha bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik rasmiy ekanligi toʻgʻrisidagi masala apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan har bir muayyan holda, ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilmaganligi yoki qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilganligi, qonunning yoki boshqa qonun hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarini buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi faqat ishni notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. MSIYutK 219, 243-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va toʻliq aniqlab, qonuniy, asosli hamda adolatli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarorini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldiradi. Bunda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorida shikoyat yoki protest vajlari notoʻgʻri va sud hujjatining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga asos boʻlmaydi deb topilganligi sabablari koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Shuni nazarda tutish lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga, agar faqat birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda MSIYutK 220-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandi, 244-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan protsessual huquq normalarining buzilishiga yoki notoʻgʻri qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilgan deb topsa, hal qiluv qarorini bekor qiladi va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish deganda, jumladan, hal qiluv qarorining xulosa qismiga oʻzgartirishlar kiritilishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi hal qiluv qarori deganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sudning asosiy xulosasini jiddiy oʻzgartiradigan qaror qabul qilinishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi MSIYutK 106 va 108-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga, ish yuritishni tugatishga yoki arizani koʻrmasdan qoldirishga, agar apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab boʻluvchi holatlar aniqlangan boʻlsa, haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmaganligi yoki notoʻgʻri hal etilishi, oʻz-oʻzidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini MSIYutK 115-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda (MSIYutK 163 va 164-moddalari) quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarorni tushuntirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi ushbu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. MSIYutK 173, 223, 247-moddalari talablariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga, shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) qonunda nazarda tutilgan, shuningdek sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida berilgan xususiy shikoyat (protest) berish va koʻrish sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. MSIYutK 223, 247-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrimni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni) koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza birinchi instansiya sudining ish yuritishga qabul qilingandan soʻng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va h.k.), apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni kelgusida mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi bekor qilingan boshqa hollarda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ustidan shikoyat (protest) berilgan ajrim chiqarilishiga sabab boʻlgan (masalan, arizani qaytarish yoki arizani qabul qilishni rad qilishning qonuniy yoxud noqonuniyligi toʻgʻrisidagi) protsessual masalani oʻzi mazmunan hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi faktlari boʻyicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼi nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy ajrim sud majlisida eʼlon qilinadi va bayonnomada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish boʻyicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik boʻlganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. MSIYutK 175-moddasi talablariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har bir sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakat haqida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan sud hujjatini oʻqib eshittirganidan soʻng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Shikoyat apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish boshqa shikoyatlar boʻyicha koʻrilgandan soʻng kelib tushganda, apellatsiya, kassatsiya shikoyatini bergan shaxsga sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Maʼmuriy ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.KAMILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 30-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-son