04.12.2018 yildagi PQ-4049-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatimizda sud-tibbiy xizmat faoliyatini sifat jihatdan yaxshilash, sud-tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika uskunalari va reagentlar bilan jihozlash, sud-tibbiy ekspertizalar o‘tkazish sifati hamda ishonchliligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mazkur soha bo‘yicha joylardagi haqiqiy ahvol tahlili sud-tibbiy xizmatning samarali faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, sud-tibbiy xizmatni boshqarish tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi va bu hududiy byurolarni boshqarishda katta qiyinchiliklarga hamda moliyaviy manbalarning nomutanosib taqsimlanishiga sabab bo‘lmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, fundamental va amaliy gen-molekulyar, shu jumladan shaxsni biologik material asosida identifikatsiyalash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish uchun zarur uskunalar mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, sud-tibbiy xizmat bo‘linmalari marhumlar jasadini ular ilk topilgan joydan sud-tibbiy xizmat binosiga olib kelish uchun maxsus avtotransport vositasi bilan ta’minlanmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchidan, sud-tibbiy xizmat muassasalari ilmiy salohiyatining past darajasi sud ekspertizasi sohasidagi fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlar rivojiga to‘sqinlik qilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, ekspertlik faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish lozim darajada amalga oshirilmayapti, ekspert laboratoriyalarni zamonaviy ekspert uskunalari bilan jihozlashda texnologik oqsoqlik mavjud;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, sud-tibbiy ekspertizalarning bugungi holati sifat menejmenti va standartlashtirishning xalqaro talablariga javob bermaydi va bu tadqiqotlarning sifatini oshirish hamda ekspert xatolarining oldini olishga yordam bermayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavjud muammo va kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyati ustidan nazorat yetarli emasligiga vazirlik rahbariyatining e’tibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning amaldagi shtatlar sonini uning ta’minoti uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida maqbullashtirish hisobiga Markazning Toshkent shahar filialini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va uning hududiy filiallarini zamonaviy tibbiy jihozlar va sarflash materiallari bilan ta’minlash, shuningdek, hududiy filiallarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlar natijalarini sud-ekspertiza faoliyatiga tatbiq qilish, sud ekspertizalarini o‘tkazish uslublarini takomillashtirish, sud-ekspertiza muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa muassasalarning kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy-ma’rifiy faoliyatini tashkil etishda metodik ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiy ekspertiza faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz davlat muassasasi maqomidagi yuridik shaxs bo‘lib, o‘z nomi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertizalari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi va o‘z faoliyatida Markazga bo‘ysunadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning hududiy filiallari boshliqlari Markaz direktori taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili Davlat budjetidan “Sog‘liqni saqlash” sohasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz va uning hududiy filiallari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat va narxlar bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan tushgan mablag‘larning 50 foizigacha bo‘lgan qismini Markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
marhumlar jasadini tashish funksiyasini Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallaridan marhumlar jasadini tashish bo‘yicha sanitarlar shtat birliklari bilan birga Markaz va uning hududiy filiallariga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda Markaz hududiy filiallari binolarining namunaviy loyihalarini sud-tibbiy ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markazning Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy filiallari binosini namunaviy loyiha asosida qurish, shuningdek, Markazning boshqa hududiy filiallari binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi etib tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Markazning umumiy shtat birliklari va uning ta’minoti uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida Olmazor, Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlarini ochish va faoliyatini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Markazning ustavi, nizomi va tuzilmasini, hududiy filiallarning namunaviy tuzilmasi va nizomini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda sud-tibbiy ekspertiza xizmati muassasalarining shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markaz va uning hududiy filiallarini zamonaviy uskunalar va inventarlar, shu jumladan 1-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda marhumlar jasadini tashish uchun avtotransport vositalari bilan ta’minlash uchun xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va xorijiy donor-mamlakatlarning mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Markaz va uning hududiy filiallariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan ularni eng yangi kompyuter texnikasi bilan jihozlash, ekspert muassasalari va sud-tergov organlari o‘rtasida elektron hujjat aylanish tizimini shakllantirish, shuningdek, uning axborot xavfsizligini ta’minlash, sud-tibbiy xizmat faoliyati sohasida elektron ma’lumotlar bazasini yaratishni ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Markaz hamda uning hududiy filiallari kadrlar tarkibini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, vazirlik va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikda belgilangan tartibda Markaz va uning hududiy filiallari maydonini idoraviy qo‘riqlash bilan ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Markaz va uning hududiy filiallari mutaxassislarini ushbu sohaga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy markazlar va muassasalarda tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shuningdek, yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar va mahorat darslari tashkil etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Sog‘liqni saqlash” sohasi bo‘yicha ko‘zda tutiladigan mablag‘lar doirasida ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimovga — ushbu qarorga muvofiq yuklatiladigan vazifalarni to‘liq va lozim darajada bajarilishi bo‘yicha vazirlik va idoralar ishini samarali muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanovga — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan barcha tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan o‘z vaqtida, to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi ustidan samarali nazorat o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Markaz va uning Toshkent shahar filiali Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 2-7 M-uyi manziliga joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 4-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4049-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4049-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Marhumlar jasadini tashish uchun maxsus avtotransport vositalari taqsimoti*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Filial nomi

Soni

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali

4

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali

5

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro filiali

3

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali

3

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy filiali

4

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Namangan filiali

5

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali

5

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali

3

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo filiali

4

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent viloyati filiali

5

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Farg‘ona filiali

6

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Xorazm filiali

3

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qashqadaryo filiali

6

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali

5

Jami

61

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Marhumlar jasadini tashish uchun maxsus avtotransport vositalari har 500 ming kishilik aholiga, shuningdek, hududlarning maydoniga qarab 1 tadan hisoblangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4049-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

1.

Sud-tibbiy xizmatning moddiy-texnik jihozlanish holatini tanqidiy tahlil qilish.

2018-yil dekabr

SSV (A. Shadmanov)

2.

“TIKA”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Markaz va uning hududiy filiallari uchun zarur bo‘lgan inventarlar, shu jumladan DNK-uskuna va marhumlar jasadini tashish uchun avtotransport vositalari xarid qilish bo‘yicha loyihalarni tayyorlash va kiritish.

2019-yil yanvar

SSV (A. Shadmanov), manfaatdor vazirliklar

3.

Olmazor, Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlarini ochish va faoliyatini tashkil etish (tarkibiy tuzilmasida tanatologiya bo‘limi va jonli yuzlarni ekspertiza qilish bo‘limini ko‘zda tutgan holda).

2019-yil yanvar

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi

SSV (A. Shadmanov), manfaatdor vazirliklar

4.

Markazning Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy filiallari binosini namunaviy loyiha asosida qurish, shuningdek, boshqa hududiy filiallar binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2019-yil mart

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi

Qurilish vazirligi

(A. To‘xtayev),
SSV (A. Shadmanov), Moliya vazirligi

(A. Haydarov), tegishli viloyat hokimliklari

5.

Markaz va uning hududiy filiallarini marhumlar jasadini tashish uchun maxsus avtotransport vositalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

2019-2020-yillar davomida

XMI va donor-mamlakatlar mablag‘lari, budjet mablag‘lari

SSV (A. Shadmanov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Xolmurodov),
Moliya vazirligi

(A. Haydarov)

6.

Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Markazning Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy filiallari binosini qurish, shuningdek, boshqa hududiy filiallar binosini rekonstruksiya qilish ishlarini Davlat rivojlanish dasturlariga bosqichma-bosqich kiritish.

2019 — 2021-yillar davomida

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi

SSV (A. Shadmanov), Moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Qurilish vazirligi

(A. To‘xtayev), tegishli viloyat hokimliklari

7.

Markaz va uning hududiy filiallariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ekspert muassasalari va sud-tergov organlari o‘rtasida elektron hujjat aylanish tizimini yaratish asosida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2018-2019-yillar davomida

Budjet mablag‘lari,
XMI va donor-mamlakatlar mablag‘lari, AKTni rivojlantirish jamg‘armasi

SSV (A. Shadmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

8.

Tanatologiya bo‘limlari (morglar) va laboratoriya bo‘linmalarida sud-tibbiy va kriminalistik tadqiqotlarni ISO 9001 va 17025 xalqaro mezonlariga muvofiq o‘tkazish uchun ularni sovutkichli kameralar, seksiyali to‘plamlar, zamonaviy jihozlar, uskunalar, butlovchi qismlar va reaktiv moddalar bilan ta’minlash.

2019 — 2021-yillar davomida

XMI mablag‘lari, budjet mablag‘lari

SSV (A. Shadmanov),
Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Xolmurodov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

9.

Markaz va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallarini gen-molekulyar tadqiqotlar o‘tkazish jihozlari bilan ta’minlash.

2019-2020-yillar davomida

Budjet mablag‘lari,
XMI mablag‘lari

SSV (A. Shadmanov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Xolmurodov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat hokimliklari

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4049/2268-son)