29.11.2018 yildagi 971-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek, boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi yoʻnalishida kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga (keyingi oʻrinlarda akademik litsey deb ataladi) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar akademik litseyning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq sifatli oʻqitishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy musiqa boʻyicha bilimlarning boshlangʻich asoslarini oʻrgatish hamda damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi yoʻnalishida yetuk kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning maʼnaviy va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning isteʼdodini va madaniy saviyasini har tomonlama yuksaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy va jahon musiqasining yuksak namunalaridan va oʻzbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan oʻquvchilarning bahramand boʻlishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) akademik litseyda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha taʼlim beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
musiqa taʼlimi va oʻquv jarayonining uzluksizligini taʼminlash maqsadida istisno tariqasida, mavjud umumiy oʻrta taʼlim sinflari saqlab qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitish umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standartlarining oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yilgi qabul kvotasi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 4-sinfini bitirgan 78 nafar oʻquvchini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) akademik litsey faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, moliyalashtirish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻquv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga metodik yordam koʻrsatish, darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar, multimedia ilovalari, sinf jurnallari, oʻquvchilarning reyting daftarchalari va boshqa hujjatlar bilan taʼminlash, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) akademik litseyni saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 16-dekabrdagi 335-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 51-son, 543-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, akademik litsey Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va sanʼat akademik litseyining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseyning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseyga ajratilgan mablagʻlar va amaldagi xodimlar soni doirasida xarajatlar smetasini hamda shtat jadvallarini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 29-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
971-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 971-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining (keyingi oʻrinlarda akademik litsey deb ataladi) 5-sinfiga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 4-sinfini bitirgan oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda nomzod deb ataladi) tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nomzodning bilim saviyasi, kasbiy (ijodiy) va intellektual qobiliyati, dunyoqarashi va psixologik jihatlarini aniqlash tanlab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanlab olishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar akademik litseyga belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi bilan ishlash, kirish imtihonlarini oʻtkazish, zarur materiallar va hisobotlarni tayyorlash, ota-onalar murojaatlarini koʻrib chiqish va boshqa tashkiliy ishlarni bajarish uchun litseyda qabul komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qabul komissiyasi tarkibi har yili 25-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasi tarkibi 7 nafardan kam boʻlmagan toq sonda tashkil etilib, uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti (keyingi oʻrinlarda Harbiy-texnik institut deb ataladi) vakillari, akademik litsey rahbar va pedagog xodimlari kiritilishi mumkin. Akademik litsey direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish teng huquqlilik va odillik tamoyillari asosida, mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nomzodlarni tanlab olish jarayonida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Akademik litsey rahbariyati tanlab olishni sifatli va oshkora oʻtkazish maqsadida har yili 1-aprelga qadar, ommaviy axborot vositalari orqali akademik litseyga nomzodlar tanlab olinishi haqida tashviqot tadbirlarini tashkil etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qabul komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini 1 — 20-iyun kunlari qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tanlab olishda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan akademik litsey direktori nomiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan soʻrovnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning tibbiy daftarchasi (063 shakl);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6 dona 3x4 sm oʻlchamli rangli fotosurat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning oʻqish joyidan baholar tabelining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning ota-onasining (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) pasportlari nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kirish imtihonlari 20 — 30-iyun kunlari oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qabul komissiyasi faoliyati davomida murojaat etuvchi fuqarolarga maslahatlar berib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Akademik litseyga nomzodlar kirish imtihonlarini oʻtkazish orqali tanlab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kirish imtihonlarini oʻtkazish uchun materiallar akademik litsey hamda Harbiy-texnik institutning yetakchi pedagog va psixologlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kirish imtihonlari davlat, rus va qoraqalpoq tillarida qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Nomzodlar bilan quyidagi kirish imtihonlari oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ona tili (diktant);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
matematika (nazorat ishi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqish;

psixologik sinov (test);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijodiy imtihon (musiqa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kirish imtihonlariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ona tili boʻyicha diktant matnining hajmi 110 — 120 soʻzdan iborat boʻladi, diktantni yozish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
matematika boʻyicha nazorat ishini oʻtkazish uchun nomzodlarga 4 ta topshiriq (2 ta misol va 2 ta vazifa) beriladi, ularni yechish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqish boʻyicha imtihonni oʻtkazish uchun nomzodga matn taqdim etiladi, oʻqish tezligi bir daqiqaga 70 soʻzdan kam boʻlmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
psixologik sinov uchun nomzodlarga 20 ta test savollari beriladi, ularni yechish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijodiy imtihonni oʻtkazish davomida nomzodning ijro etish usuli, xotira, eshitish qobiliyati va mustaqil tayyorlangan chiqishi baholanadi. Ijodiy imtihonni oʻtkazish uchun har bir nomzodga 15 — 20 daqiqa vaqt ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Nomzodlarga ijodiy sinovlar oʻtkaziladigan binoga oʻzi bilan musiqa asbobi, ijodiy ishni bajarish uchun zarur anjom olib kirishlariga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Nomzodlar barcha sinovlarning umumiy natijasi ketma-ketligi boʻyicha belgilangan kvotaga muvofiq oʻqishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Bir nechta nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan holatlarda, ular akademik litseyga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kirish imtihonlari 100 ballik tizimda mazkur Nizomning 4-ilovasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Imtihonlarga kelmagan nomzodlar bilan takroriy imtihonlar oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻtkazilgan imtihonlar natijalariga muvofiq tegishli qaydnomalar, yigʻilish bayonnomasi, qabul qilingan oʻquvchilarning roʻyxatlari rasmiylashtiriladi, ular qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va akademik litsey muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Akademik litsey direktori 3-iyulga qadar Qabul komissiyasi yigʻilishining bayonnomasi asosida nomzodlarni akademik litseyga oʻquvchilar safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari akademik litsey qabul komissiyasi tomonidan 5-iyulgacha eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kirish imtihonlari natijasidan norozi boʻlgan nomzodlarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) akademik litsey direktori buyrugʻi bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda apellyatsiya komissiyasi deb ataladi) natija eʼlon qilingan kundan boshlab 3 kun davomida apellyatsiya berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya 3 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan akademik litsey xodimlari orasidan komissiya raisi va toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nomzodning apellyatsiyasini koʻrib chiqishda nomzod va uning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Apellyatsiya komissiyasi nomzodning apellyatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni qabul komissiyasiga va nomzodga yetkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oʻquvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyidan chetlatish mazkur Nizomning 5-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Oʻquvchi akademik litseydan quyidagi sabablarga koʻra chetlatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻligʻi tufayli (tibbiy komissiyaning xulosasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tashabbusiga koʻra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fanlarni oʻzlashtirmaslik, birinchi yoki ikkinchi yarim yillikda (76 soat) uzrli sabablarsiz dars mashgʻulotlarida qatnashmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litsey ustavida belgilangan ichki tartib qoidalarini qoʻpol ravishda buzish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻquvchilar akademik litseydan akademik litsey Pedagogik kengashining qaroriga muvofiq akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan chetlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Akademik litsey Pedagogik kengashi qarori asosida oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar avval oʻqigan maktabiga, oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda esa, mazkur hududdagi boshqa maktabga qaytarib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Uzrli sabablarsiz dars mashgʻulotlarida qatnashmaganligi va akademik litsey ustavida belgilangan ichki tartib qoidalarini qoʻpol ravishda buzganligi uchun oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot ularni oʻqishdan chetlatish toʻgʻrisida buyruq chiqqan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

_________________________________ga

(direktorning F.I.O.)‎‎

‎‎_________________________________da

‎‎(nomzodning ota-onasi yashash joyi)

‎‎yashovchi _________________________________dan

(nomzodning ota-onasi F.I.O.)

A R I Z A

‎‎Menga farzandim ___________________________________ning hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻqishga kirish uchun rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Akademik litseyda taʼlim olish sharoitlari bilan tanishdim.
‎‎Farzandim imtihonlarni __________________________ tilida topshiradi.

‎‎(oʻzbek, rus, qoraqalpoq)

‎‎Akademik litseyning ichki tartib qoidalari va belgilangan barcha talablarini bajarishiga vaʼda beraman.
‎‎_________________________________ _____________

(nomzodning ota-onasi F.I.O.)

(imzo)

20___ yil “____” _____________‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA

S Oʻ R O V N O M A‎‎

Nomzodning F.I.O. _______________________________________________

‎‎‏
‏3x4 sm oʻlchamli
‎ rangli fotosurat

‎‎‏
‎‎‏

____________________________________________________‎‎
‎‎____________________________________________________
‎‎Tugʻilgan sanasi __________________________________________________
Tugʻilgan joyi ___________________________________________________
Millati ________________________________________________________
Uy manzili ______________________________________________________
‎‎____________________________________________________
Telefon raqami __________________________________________________
‎‎Maktab raqami va manzili __________________________________________

Yaqin qarindoshlar haqida maʼlumotlar

Yaqin qarindoshlar

F.I.O.‎‎

Tugʻilgan joyi va sanasi‎‎

Ish joyi va lavozimi

Yashash joyi‎‎

Izoh

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎____________________________ ‎‎___________

(nomzodning ota-onasi F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

20___ yil “____” _____________‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Topshiriqlarni bajarish

Maksimal ball

1.

Ona tili (diktant):

15

1.1

mutlaqo xatosiz yozilgan diktant, bitta orfografik yoki bitta punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan

13 — 15

1.2

diktant ikkita orfografik va ikkita punktuatsion xatolar bilan yozilgan, xatolar nisbati oʻzgarganda ularning umumiy miqdori toʻrttadan oshmasligi lozim

10 — 12

1.3

diktant toʻrtta orfografik va toʻrtta punktuatsion xatolar bilan yozilgan, xatolar nisbati oʻzgarganda ularning umumiy miqdori sakkiztadan, ammo orfografik xatolarning miqdori oltitadan oshmasligi lozim

7 — 9

1.4

diktant yettita orfografik va yettita punktuatsion xatolar bilan yozilgan

4 — 6

1.5

diktant toʻqqizta orfografik va toʻqqizta punktuatsion xatolar bilan yozilgan

1 — 3

1.6

diktant oʻnta va undan ortiq orfografik hamda oʻnta va undan ortiq punktuatsion xatolar bilan yozilgan

0

2.

Matematika (nazorat ishi):

15

2.1

barcha vazifalar va misollar xatosiz bajarilgan, 1 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

13 — 15

2.2

2 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

10 — 12

2.3

3 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

7 — 9

2.4

bitta vazifani bajarishda xatolarga yoki 4 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

4 — 6

2.5

ikkita vazifani bajarishda xatolarga yoki 5 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

1 — 3

2.6

barcha vazifalar va misollar bajarilmagan

0

3.

Oʻqish:

10

3.1

bir daqiqada 70 ta va undan ortiq soʻz

10

3.2

bir daqiqada 60 — 65 soʻz

7 — 9

3.3

bir daqiqada 50 — 55 soʻz

4 — 6

3.4

bir daqiqada 40 — 45 soʻz

1 — 3

3.5

bir daqiqada 40 soʻzdan kam

0

4.

Psixologik test:

20

4.1

Har bir toʻgʻri javob uchun

1

5.

Ijodiy imtihon (musiqa):

40

5.1

Ijro etish usuli (ritm):

10

5.1.1

usulni berilgan tempda aniq darajada takrorlash

8 10

5.1.2

usulni berilgan tempda yetarli darajada takrorlash

5 7

5.1.3

usulni berilgan tempda noaniq darajada takrorlash

1 4

5.1.4

usulni berilgan tempda takrorlay olmaslik

0

5.2

Xotira:

10

5.2.1

uzun va qisqa musiqa boʻlaklarini aniq takrorlash

8 10

5.2.2

uzun va qisqa musiqa boʻlaklarini yetarlicha takrorlash

5 7

5.2.3

uzun va qisqa musiqa boʻlaklarini noaniq takrorlash

1 — 4

5.2.4

uzun va qisqa musiqa boʻlaklarini takrorlay olmaslik

0

5.3

Eshitish qobiliyati:

10

5.3.1

fortepianoda ijro etilgan tovushni va tovush sonini aniq darajada topish

8 10

5.3.2

fortepianoda ijro etilgan tovushni va tovush sonini yetarli darajada topish

5 7

5.3.3

fortepianoda ijro etilgan tovushni va tovush sonini noaniq topish

1 4

5.3.4

fortepianoda ijro etilgan tovushni va tovush sonini topa olmaslik

0

5.4

Mustaqil tayyorlangan chiqish:

10

5.4.1

qoʻshiqni sof va aniq ohangda kuylash

8 10

5.4.2

qoʻshiqni yetarli ohangda kuylash

5 7

5.4.3

qoʻshiqni noaniq ohangda kuylash

1 4

5.4.4

qoʻshiqni kuylay olmaslik

0

Jami:

100

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyidan chetlatish