O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda suv xo‘jaligi obyektlarining holatini yaxshilash, suvdan oqilona foydalanish, shuningdek, uning hududiy ta’minotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda mavjud suv xo‘jaligi obyektlarining miqdori, kanallar uzunligi va suv resurslarini taqsimlash maydonlari suv resurslarini oqilona boshqarishga alohida yondashuvni shakllantirishni talab qiladi.
Shu bilan birga, hozirda mavjud vaziyat suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ustidan tezkor nazorat tizimini yaratish, ularni o‘z vaqtida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shuningdek, mazkur sohada loyiha va qurilish-montaj ishlarini yaxshilash bo‘yicha choralar qabul qilinishini taqozo etadi.
Suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlari holatini yaxshilashda ta’sirchan tizimni yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga berilsin.
Belgilansinki, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mavjud shtat birligi va moddiy-texnika bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi saqlangan holda o‘tkaziladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida umumiy shtat birligi doirasida quyidagi boshqarmalar tashkil etilsin:
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Surxondaryo” magistral tizimi;
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Suv xo‘jaligi vazirligini davlat nomidan “O‘zGIP” MChJ ishtirokchisi funksiyalarini amalga oshiruvchi organ qilib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomning yangilangan loyihasini;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-noyabr,
PQ-4039-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PQ-4039-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3672-son qarorining:
a) 1-bandida:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar irrigatsiya bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, irrigatsiya tizim boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5 — 5d ilovalarga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasi 6a-ilovaga muvofiq”;
yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining
TAShKILIY TUZILMASI
TAShKILIY TUZILMASI
v) quyidagi tahrirdagi 5g va 5d ilovalari bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga
5g-ILOVA
5g-ILOVA
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi magistral kanallar (tizimlar) boshqarmasi apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Surxondaryo” magistral tizimi boshqarmasi — 10 birlik;
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali boshqarmasi — 6 birlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga
5d-ILOVA
5d-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimi boshqarmalari apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Kattagar-Bo‘zatov” (6 birlik), “Quarishjarma” (8 birlik), “Qizketken-Kegeyli” (10 birlik), “Paxtaarna-Nayman” (11 birlik), “Suyenli” (14 birlik) va Orol bo‘yi delta boshqarmasi (4 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Andijonsoy” (6 birlik), “Qoradaryo-Maylisoy” (5 birlik), “Savay-Oqburasoy” (5 birlik), “Ulug‘nor-Mazgilsoy”(7 birlik), “Shahrixonsoy” (7 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Amu-Qorako‘l” (9 birlik), “Toshrabot-Jilvon” (7 birlik), “Xarxur-Duoba” (8 birlik), “Shoxrud-Do‘stlik” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Zomin” (8 birlik), “Tuyatortar-Qli” (5 birlik), “Uchtom” (6 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Qarshi magistral kanali” (18 birlik), “Mirishkor” (12 birlik), “Oqsuv” (9 birlik), “Eski anhor” (9 birlik), “Yakkabog‘-G‘uzor” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Quyi-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Karmana-Konimex” (6 birlik), “Toshrabot-O‘rtacho‘l” (6 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Zardaryo” (8 birlik); “Norin-Haqqulobod” (6 birlik), “Podshoota-Chodak” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Oq-Qoradaryo” (9 birlik), “Darg‘om” (12 birlik), “Miankal-Tos” (5 birlik), “Mirza-Pay” (10 birlik), “Narpay” (9 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Amu-Zang” (12 birlik), “Surxon-Sherobod” (10 birlik), “To‘palang-Qoratog‘” (12 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Boyovut” (15 birlik), “Sho‘ro‘zak-Sirdaryo” (12 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Ohangaron-Dalvarzin” (13 birlik), “Bo‘zsuv” (11 birlik), “Parkent-Qorasuv” (14 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Isfayram-Shohimardon” (10 birlik), “Isfara-Sirdaryo” (8 birlik), “Norin-Farg‘ona” (10 birlik), “So‘x-Oqtepa” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Qaramazi-Qilichbay” (6 birlik), “Polvon-G‘azovat” (9 birlik), “Toshsaqa” (9 birlik), “Shovot-Qulovat” (11 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari”;
g) quyidagi mazmundagi 6a-ilova bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga
6a-ILOVA
6a-ILOVA
Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
TUZILMASI
TUZILMASI
Umumiy cheklangan soni — 51 birlik, shundan boshqaruv xodimlari soni — 24 birlik”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 07/18/4039/2244-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)