Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019 19.02.2018 yildagi PQ-3542-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining faoliyatini, xalqaro moliya institutlari, donorlar va boshqa manbalar hisobidan rivojlantirishga doir davlat dasturlari va boshqa investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli hamda “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-dekabrdagi PQ-3439-sonli qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita deb yuritiladi) zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlantirish davlat dasturlarini tarmoqlararo va mintaqaviy rivojlantirishga doir uzoq muddatli konsepsiyalarni ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan markazlashgan hamkorlik qilish bo‘yicha vakolatli organ funksiyalari yuklatildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kuyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘mitaning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 189 nafardan iborat yangilangan tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 1* va 2-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasining yangilangan tuzilmalari, viloyatlarning investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmalari namunaviy tuzilmalari hamda Toshkent shahar Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasining tuzilmasi 3*, 3a* va 3b-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar va shaharlar investitsiyalar bo‘yicha bo‘limlarining xodimlari cheklangan soni 4* va 4a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 4-ilovalar rus tili matnida berilga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘mita raisiga, zarur xollarda, markaziy apparat tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘mita markaziy apparati boshqaruv xodimlarining 25 nafari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga kiritilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar va shaharlarning investitsiyalar bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan bo‘limlarining yangi kiritilayotgan shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks boshqarish hududiy boshqarmalarining hamda ularning tuman (shahar) bo‘limlarining, shuningdek, moliya, soliq organlari va statistika organlarining shtat birliklarini qisman qisqartirish hisobiga kiritilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmalarining, tumanlar va shaharlar investitsiyalar bo‘yicha bo‘limlarining joriy ta’minoti hamda faoliyatini moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining yangilangan shtat jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq shtat birliklarini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qo‘mitaga uning markaziy apparatini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmalarining, tumanlar va shaharlar investitsiyalar bo‘yicha bo‘limlarining apparatlarini zarur anjomlar, tashkiliy texnika bilan jihozlash, zarur miqdorda xizmat avtotransport vositalarini, ularni saqlash uchun tegishli limitlarni olish uchun, asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha, Qo‘mita tuzilmasining tegishli o‘zgarishlarini hisobga olgan holda mablag‘lar, shuningdek, xorijda O‘zbekiston Respublikasining reklama kampaniyalari, biznes-forumlari, konferensiyalari va ko‘rgazmalarini o‘tkazish uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PF-5586-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘mita ta’minoti va Qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish (ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa pul mukofotlari to‘lash) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari, Qo‘mitaning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining “Germaniya Federativ Respublikasining kredit muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga beriladigan kreditlardan foydalanish to‘g‘risida” 1994-yil 25-noyabrdagi 570-sonli qaroriga muvofiq bir joyga to‘planadigan vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari va qarz mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlar, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan tushgan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qo‘mita xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Qo‘mita hay’ati tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PF-5586-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PF-5586-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 06/18/5586/2230-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “O‘ztreyd” AJ, “O‘zsanoateksport” AJ va “O‘rta Osiyo Trans” AJning Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temir ko‘chasi, 107-uy, manzilida joylashgan “EKSPO” MChJ QK ustavi kapitalidagi o‘z ulushini balans qiymati bo‘yicha “O‘zekspomarkaz” MKK AJga ularning ustav kapitallaridagi davlat ulushini tegishli ravishda kamaytirib, davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’kullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ, “O‘zekspomarkaz” MKK AJ va “Interservis” respublika xo‘jalik hisobidagi tashki iqtisodiy birlashmasi — davlat korxonasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida olib kiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalarni, materiallarni va boshqa tovar-moddiy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 1-fevral holatiga ko‘ra soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni o‘chirgan xolda 10 yil muddatga yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, shuningdek, qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qo‘mitaga, “Xalqaro hamkorlik markazi” AJga, “O‘zekspomarkaz” MKK AJga va “Interservis” respublika xo‘jalik hisobidagi tashki iqtisodiy birlashmasi — davlat korxonasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tijorat ko‘chmas mulkini boshqarish masalalarida tajribaga ega bo‘lgan nufuzli xalqaro konsalting kompaniyalarini hamda maslahatchilarni eng yaxshi takliflarni saralab olish asosida (tender o‘tkazmay) jalb qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilariga ustunlik bergan holda eng yaxshi takliflarni tanlash asosida O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdolar vositasida tadbirkorlik subyektlaridan materiallar, asbob-uskunalar va texnika, xizmat transport vositalari, ofis jihozlari va anjomlar, kompyuter va tashkiliy texnika, shu jumladan ularning dasturiy ta’minoti xaridini tender o‘tkazmay va (yoki) eng zarur tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Xalqaro savdo-ko‘rgazma kompleksi hududida jamoat tartibini va obyektlar xavfsizligini qo‘riqlashni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 10-maydagi 231-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3326-sonli qaroridan 1-bandning uchinchi xatboshi va 3-bandi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalarining yangilangan nizomlarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 19-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3542-son