27.11.2018 yildagi 962-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi PF-5466-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, yoshlarni biznes bilan shugʻullanishga faol jalb qilish hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasining ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 27-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
962-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-son qaroriga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sherigi — tuman (shahar) hokimliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etishdagi oʻzaro samarali hamkorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va (yoki) “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish boʻyicha investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — davlat sherigi va xususiy sherikning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari — Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar tadbirkorligi subyektlari (18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar), 50 foiz va undan koʻproq muassislari yoshlardan iborat boʻlgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, yaratiladigan ish oʻrinlarining 70 foizidan kam boʻlmagan qismini 5 yil davomida yoshlarni ish bilan taʼminlash uchun taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari (keyingi oʻrinlarda kovorking markazlari deb ataladi) — yoshlar tadbirkorligi subyektlariga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha koʻmak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini koʻrsatish, forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etishga moʻljallangan majmua;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar mehnat guzari” komplekslari (keyingi oʻrinlarda mehnat guzarlari deb ataladi) — chakana savdo va maishiy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratish orqali yoshlarni ish bilan taʼminlashga moʻljallangan majmua.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat sherigi va xususiy sherikning kovorking markazi va (yoki) mehnat guzarini oʻzaro manfaatdorlikda tashkil etish boʻyicha takliflari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi. Mazkur bitim namunasi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizom tasdiqlangunga qadar kovorking markazlari va mehnat guzarlari tashkil etish maqsadida boʻsh turgan yer uchastkalarini va boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlik subyektlari bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) oʻz muassisligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyekti tomonidan kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun Jamgʻarma mablagʻlari bilan toʻliq moliyalashtirgan holda ishtirok etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar xususiy sherikning soliq solinadigan bazasidan chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kovorking markazlari yoki mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) istagini bildirgan xususiy sherik tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, jismoniy shaxslar uchun — pasport nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish (joylashtirish) uchun rejalashtirilayotgan yer uchastkasi yoki davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yer uchastkasiga (binoga) boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma (agar kovorking markazi yoki mehnat guzari xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) zaruratga koʻra, kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish uchun eskiz loyihaviy taklif hujjatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklariga tushgan arizalar ikki ish kunida quyidagilarga asosan koʻrib chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi hisob-kitoblarining asoslanganligi hamda iqtisodiy samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherikning moliyaviy holati, xususan oʻz mablagʻlari va (yoki) u tomonidan jalb etilgan kreditlar va boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishining taʼminlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazlari tuman (shahar) markazida, mehnat guzarlari esa ishsiz yoshlar soni koʻp boʻlgan aholi punktlarida tashkil etilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ariza ushbu Nizomning 8-bandi talablari buzilgan holda berilgan boʻlsa yoki uni koʻrib chiqish vaqtida 9-band talablariga javob bermagan taqdirda, hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi bildirishnoma yozma shaklda, shu jumladan, elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka yetkaziladi (joʻnatiladi). Bildirishnomada qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik koʻrsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni tuman (shahar) hokimligiga takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy sherik talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab uch ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamchiliklar bartaraf etilib takror taqdim etilgan ariza qabul qilingan kundan boshlab ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tuman (shahar) hokimligi kovorking markazi yoki mehnat guzari qurilishi uchun yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni ikki ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi deb ataladi) hududiy organlariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlari oʻn besh kun mobaynida yer uchastkasini ajratishga doir materiallarni tayyorlaydi va qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi hamda ushbu materiallarni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tuman (shahar) hokimligi yer uchastkasini ajratishga doir materiallar tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish maqsadida yer uchastkasini xususiy sherikka doimiy foydalanish uchun ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qarorni “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga yuboradi hamda xususiy sherikni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiali tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan boshlab ikki ish kunida taqdim etilgan materiallar asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shuningdek, xususiy sherikka yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yer uchastkasini ajratishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xususiy sherikka ajratilgan yer uchastkasi negizida barpo etilgan bino va inshootlar mulk huquqi asosida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlarni “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish uchun davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlar (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni mobaynida kovorking markazi yoki mehnat guzari qurilishi uchun obyektni xususiy sherikka “nol” xarid qiymati boʻyicha berishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) hududiy boʻlinmasiga tegishli materiallarni yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi tegishli materiallarni olgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida obyektni balansda saqlovchiga (keyingi oʻrinlarda balansda saqlovchi deb ataladi) mulkni Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma talabni yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Balansda saqlovchi oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda obyekt boʻyicha inventarizatsiya oʻtkazadi va Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boʻlinmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventarizatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventarizatsiya komissiyasi majlislarining bayonnomalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan obyektni inventarizatsiya qilish hujjatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr hujjatlari, shu jumladan, kadastr xaritasi (rejasi) va huquqni oʻrnatuvchi boshqa hujjatlarni (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga, erosti boyliklariga va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
balansda saqlovchining jamiyat roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha soliq organi tomonidan tasdiqlangan balansini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha obyektning pasportini, fotosuratlarni (kamida toʻrtta) ilova qilgan holda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Inventarizatsiya balansda saqlovchi tomonidan oraliq balans tuzilgan sanada oʻtkaziladi, bunda balansning har bir qatori tegishli inventar roʻyxatlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Inventarizatsiya hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartib asosida tuziladi, inventarizatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Balansda saqlovchi va xususiy sherik oʻrtasida inventarizatsiya hujjati tuzilgach, ikki ish kuni mobaynida obyektni topshirish-qabul qilish hujjati uning balansi qiymati koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Obyektni topshirish-qabul qilish hujjati imzolangach va xususiy sherik tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach besh ish kuni mobaynida Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi xususiy sherikka “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan egalik qilish huquqi uchun davlat orderini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bitimning amal qilish muddati tugagandan soʻng xususiy sherik oʻz majburiyatlarini va bitim shartlarini bajargan taqdirda, davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan maʼlumot boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi xususiy sherik tomonidan egalik qilish huquqi uchun davlat orderining asl nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qabul qiluvchi komissiyaning hujjati, shuningdek, audit xulosasi asosida “tasarruf etish huquqi bilan” belgisini qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Xususiy sherik oʻz majburiyatlarini va bitim shartlarini bajargan taqdirda obyekt xususiy sherikka mulk huquqi asosida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish boʻyicha bitimni tuzish, oʻzgartirish, bekor qilish, shuningdek, amal qilishini toʻxtatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bitim qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilingan holda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bitimda u amalga oshirilishi shakliga qarab quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning amal qilish muddati va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazlari yoki mehnat guzarlari foydalanishga topshiriladigan va ishga tushiriladigan muddatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, qurilishni moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, qurilishning borishi ustidan texnik nazorat qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi va u qay darajada bajarilganligiga berilgan baho;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim tuzish bilan bogʻliq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan obyektga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazlari yoki mehnat guzarlaridan foydalanish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, taʼmirlash, modernizatsiyalash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim shartlariga rioya qilinmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini toʻldirish yoki qoplash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun sanksiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agar zarurat boʻlsa, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim qoidalarini kelishib olish maqsadida muzokaralar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri tuman (shahar) hokimliklari tomonidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Bitim oʻttiz yilgacha boʻlgan muddatga imzolanadi. Bitim, agar unda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Bitimga quyidagi hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

davlat sherigining talabi boʻyicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir kovorking markazlari va (yoki) mehnat guzarlarini qurishni (joylashtirishni) tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning hal qiluv qarori boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherik bankrot boʻlsa yoki tugatilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sherigining talabi boʻyicha — xususiy sherik oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherikning talabi boʻyicha — davlat sherigi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud orqali bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Bitimning amal qilishi uning muddati tugaganidan keyin toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimning amal qilish muddati tugashi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Davlat sherigi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherikdan bitim shartlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida bitimda belgilangan muddatlarda hisobot olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini baholashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan obyekt boʻyicha zararlar qoplanishini talab qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimning sud tartibida bekor qilinishini talab qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishini moliyalashtirishda ishtirok etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sherigi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Davlat sherigi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherikka kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish uchun yer uchastkasini bepul asosda yoki davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektni “nol” xarid qiymatida belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazlari va mehnat guzarlarini muhandislik kommunikatsiyalariga, jumladan, elektr, gaz va suv taʼminoti tarmoqlariga ulash va ulashni tuman (shahar)lar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan kovorking markazlari va mehnat guzarlarining mavjud imtiyozlardan foydalanishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherikga soliq imtiyozlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa preferensiyalar taqdim etilishida koʻmaklashishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) uchun qurilish qiymatining 30 foizigacha boʻlgan qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda koʻmaklashishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherikning xoʻjalik faoliyatini olib borishiga aralashmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sherigi zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Xususiy sherik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasini taqdim qilish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurish (joylashtirish) uchun zamonaviy qurilish mahsulotlarini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olish hamda zarur hollarda belgilangan tartibda qurilish qiymatining 30 foizigacha boʻlgan qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish uchun murojaat qilishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foyda olish va uni erkin tasarruf etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim amal qiladigan muddatga yer uchastkasini bepul asosda yoki davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektni “nol” xarid qiymatida olish hamda ulardan foydalanishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Xususiy sherik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurilishini moliyalashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar va talablarga muvofiq kelishilgan muddatlarda qurilishi va foydalanishga topshirilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Jamgʻarmaning tuman (shahar) filiallarini joylashtirish uchun kovorking markazlaridan bepul foydalanish huquqi asosida, biroq band etilgan umumiy maydonga nisbati hisoblangan kommunal toʻlovlarni toʻlash sharti bilan xonalar taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) kovorking markazlari va mehnat guzarlarini saqlab turish xarajatlarini oʻz mablagʻlari hisobiga qoplashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) bitim amal qiladigan butun muddat davomida obyekt faoliyatining ixtisosligini saqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kovorking markazlari va mehnat guzarlariga ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 70 foizi miqdorida band boʻlmagan yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) kovorking markazlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar tadbirkorligi subyektlariga, tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda ofis xonalari va texnika, sarflash materiallarini ijaraga berishi, ularni Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha tarzda koʻmaklashishi, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya xizmatlari va boshqa xizmat turlarini koʻrsatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyatiga oid boʻlgan forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) mehnat guzarlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga chakana savdo va maishiy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
band boʻlmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga oʻrgatishi hamda ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy sherik zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Bitim amal qiladigan muddat tugamay turib xususiy sherik mulki boʻlgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq almashtirilishi mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurilishida Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etish uchun davlat-xususiy sheriklik loyihalarini koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurishda qurilish qiymatining 30 foizigacha boʻlgan qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik loyihalarini koʻrib chiqish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan xususiy sherik kovorking markazi yoki mehnat guzari qurilishi qiymatining 30 foizgacha boʻlgan qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni soʻrab har oyning 5-kuniga qadar Jamgʻarmaning tuman (shahar) filialiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma filiali deb ataladi) ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq taqdim etilgan arizaga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun Jamgʻarma mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj va moliyalashtirish miqdori asoslangan tushuntirish xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherikning moliyaviy holati, xususan, oʻz mablagʻlari va (yoki) u tomonidan jalb etilgan kreditlar va boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishini tasdiqlovchi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishning loyiha-smeta hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazi yoki mehnat guzarini qurish maqsadida yer uchastkasini xususiy sherikka taqdim etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimligining qaroridan koʻchirma (agar yer uchastkasi ajratilgan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kovorking markazi yoki mehnat guzarini joylashtirish maqsadida davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyekt xususiy sherikka taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatdan koʻchirma (agar davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyekt ajratilgan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga yoki binoga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida tuzilgan bitimdan nusxa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Jamgʻarma filiali hujjatlar toʻplami toʻliq taqdim etilgan kundan boshlab har oyning 10-kunigacha ularning ushbu Nizomning 8, 9 va 44-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ushbu Nizomning 8, 9 va 44-bandlari talablari buzilgan holda taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilmasdan har oyning 12-kunigacha xususiy sherikka qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi bildirishnoma yozma shaklda, shu jumladan, elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka yetkaziladi (joʻnatiladi). Bildirishnomada qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik koʻrsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni Jamgʻarma filialiga takror koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy sherik talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takror koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamchiliklar bartaraf etilib takror taqdim etilgan ariza belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Xususiy sherik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Jamgʻarma filiali tomonidan har oyning 12-kuniga qadar Jamgʻarmaga beriladi, ularga hujjatlar toʻplamining, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihasi hujjatlarining ushbu Nizomning 8, 9 va 44-bandlari talablariga muvofiqligi yuzasidan Jamgʻarma filiali rahbari imzolagan tegishli xulosa ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Jamgʻarma taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasini har oyning 18-kuniga qadar quyidagi asosda koʻrib chiqadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasining faoliyati sohasi Jamgʻarmaning asosiy vazifalariga va ushbu Nizom talablariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sherikning yetarlicha moliyaviy quvvatga egaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etiladigan korxonaning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining 70 foizidan kam boʻlmagan qismini yoshlar bilan toʻldirishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma davlat-xususiy sheriklik loyihasini Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etishning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa talablari asosida ham koʻrib chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Jamgʻarma davlat-xususiy sheriklik loyihalarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etish yuzasidan taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasini Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kuzatuv kengashi deb ataladi) koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) aniq va asoslantirilgan taklif hamda eʼtirozlarni koʻrsatgan holda taqdim etilgan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish zarurligi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ushbu Nizomning 49-bandi “b” kichik bandiga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihalari Jamgʻarmaga qayta koʻrib chiqish uchun takroran kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasini ushbu Nizomning 49-bandi “v” kichik bandiga muvofiq Kuzatuv kengashiga kiritish rad etilgan taqdirda, Jamgʻarma filiali orqali xususiy sherikka ariza asoslantirilgan holda rad etilganligi toʻgʻrisida har oyning 20-kuniga qadar yozma shaklda maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Jamgʻarma tomonidan maʼqullangan istiqbolli davlat-xususiy sheriklik loyihalari har oyning 20-kuniga qadar Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Kuzatuv kengashi har oyning 25-kuniga qadar davlat-xususiy sheriklik loyihalarini budjet parametrlari doirasida koʻrib chiqadi va quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etish toʻgʻrisida (qarorda ajratiladigan mablagʻ miqdori koʻrsatilishi hamda uning miqdori kovorking markazi yoki mehnat guzari qurilishi qiymatining 30 foizidan koʻp boʻlmasligi lozim);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etishni rad etish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi ushbu Nizomning 53-bandi “b” kichik bandiga muvofiq rad etilgan taqdirda, Jamgʻarma filiali orqali xususiy sherikka ariza asoslantirilgan holda rad etilganligi toʻgʻrisida har oyning 28-kunidan kech boʻlmagan muddatda yozma shaklda maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Kuzatuv kengashining davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha ijobiy qarori Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda Jamgʻarma filiali va xususiy sherik oʻrtasida “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat (keyingi oʻrinlarda jamiyat deb ataladi) taʼsis shartnomasini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasida quyidagilar qayd etilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻ miqdori, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) foiz ulushi, usullari va muddatlari;

taʼsis shartnomasini imzolash muddati;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa alohida shartlar.

57. Kuzatuv kengashi majlisi bayonnomasining nusxasi uni Kuzatuv kengashi tasdiqlagan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Jamgʻarma tomonidan uning filiali orqali xususiy sherikka yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Jamgʻarma filiali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarma mablagʻlarini moliyalashtirish davriga qadar boʻlgan muddatda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim bekor qilinganda, shuningdek, xususiy sherik tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etishni rad etib yozma ravishda murojaat qilinganda taʼsis shartnomasini imzolamaydi va bu haqda Jamgʻarmaga axborot kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etiladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasida belgilangan muddatda xususiy sherik bilan taʼsis shartnomasi tuzadi va jamiyat ustavini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Jamiyat yuridik shaxs sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taʼsis shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatni yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash xususiy sherik tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Jamiyat yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin xususiy sherik tomonidan Jamgʻarma filialiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

jamiyat ustavining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik loyihasidan kelib chiqib Jamgʻarmaning filiali xususiy sherikdan qoʻshimcha maʼlumot va (yoki) hujjatlar soʻrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish va ushbu mablagʻlarni jamiyat ustav jamgʻarmasiga (ustav kapitaliga) keyinchalik kapitallashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Jamiyat yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng Jamgʻarma oʻzining filiali soʻroviga asosan taʼsis shartnomasida belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaning filiali orqali xususiy sherikka belgilangan tartibda mablagʻlarni ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari qiymati ikki milliard soʻmdan yuqori boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ijobiy xulosasi olingandan soʻng moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) Jamgʻarma ulushi pul (milliy valyuta) yoki mol-mulk tarzida kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurilishi uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlari jamiyatning taʼsis shartnomasida belgilangan muddatlarda jamiyatning ustav jamgʻarmasiga (ustav kapitaliga) kapitallashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Kovorking markazlari va mehnat guzarlari qurilishi uchun Jamgʻarma mablagʻlari ajratilgan jamiyatni tashkil etish va boshqarish bilan bogʻliq munosabatlar “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish hamda faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurishda qurilish qiymatining 30 foizigacha boʻlgan qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik loyihalarini koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasining ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) ishtirok etishi tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ushbu loyihalar qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda mablagʻlar ajratish, keyinchalik Jamgʻarma ulushini 5 yil mobaynida realizatsiya qilish yoʻli bilan ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlari — Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar tadbirkorligi subyektlari (18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar), 50 foiz va undan koʻproq muassislari yoshlardan iborat boʻlgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, yaratiladigan ish oʻrinlarining 70 foizidan kam boʻlmagan qismini 5 yil mobaynida yoshlarni ish bilan taʼminlash uchun taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik loyihasi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) — tadbirkorlik subyekti tomonidan Davlat dasturi doirasida tegishli tuman (shahar)da amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlari (ulushi) bilan ishtirok etish uchun loyihalarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ishtirok etish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma mablagʻlari (ulushi) quyidagi maqsadlarga ajratilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining oldin olingan kreditlari yoki boshqa har qanday qarzlarini qaytarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari, shuningdek, chilim va elektron sigaretalar ishlab chiqarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, jumladan, xizmat avtomobillari taʼminotiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalarni tashkil etishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni qaytarish majburiyatlari boʻyicha taʼminot sifatida Jamgʻarma kafilligi berilgan loyihalarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish uchun jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilgan loyihalarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyiha tashabbuskori loyiha amalga oshiriladigan hududdagi Jamgʻarmaning tuman (shahar) filialiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma filiali deb ataladi) loyihani amalga oshirishda Jamgʻarma mablagʻlari (ulushi) bilan ishtirok etishni soʻrab ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznes-reja;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi va jamiyatning taʼsis shartnomasidan koʻchirma, jismoniy shaxslar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan infratuzilma va muhandislik inshootlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma filiali taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqlik yuzasidan har oyning 10-kuniga qadar koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha yoʻnalishidan kelib chiqib loyiha tashabbuskoridan loyiha boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot va (yoki) hujjatlar soʻrab olinishi mumkin. Bu holda soʻrab olingan qoʻshimcha maʼlumot va (yoki) hujjatlar hujjat taqdim etilgan oyning 10-kunidan kechikmay Jamgʻarma filiali tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ariza ushbu Nizomning 5 va 6-bandlari talablari buzilgan holda berilgan boʻlsa, hujjatlar ariza beruvchiga har oyning 12-kuniga qadar qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi bildirishnoma yozma shaklda, shu jumladan, elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka yetkaziladi (joʻnatiladi). Bildirishnomada qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik koʻrsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni Jamgʻarma filialiga takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha tashabbuskori talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamchiliklar bartaraf etilib takror taqdim etilgan ariza qabul qilingan kundan boshlab ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Jamgʻarma filiali tomonidan har oyning 12-kuniga qadar Jamgʻarmaga beriladi, ularga hujjatlar toʻplami, shu jumladan, loyiha hujjatlarining ushbu Nizomning 5 va 6-bandlari talablariga muvofiqligi yuzasidan Jamgʻarma filiali rahbari imzolagan tegishli xulosa ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarma taklif etilayotgan loyihani har oyning 18-kuniga qadar quyidagilarga asosan koʻrib chiqadi hamda uni Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kuzatuv kengashi deb ataladi) kiritish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilayotgan loyihaning faoliyat sohasi Jamgʻarmaning asosiy vazifalariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada yuqori texnologiyali uskunalar va texnologiyalarni qoʻllagan holda yangi zamonaviy ishlab chiqarish tashkil etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning talab katta boʻlgan import oʻrnini bosadigan va eksportga moʻljallangan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorining moliyaviy quvvatga egaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning umumiy iqtisodiy samaradorligi va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi (ishlab chiqarish quvvatlarining maqbul joylashtirilishi, tashkil etiladigan ish oʻrinlari, zarur xomashyo, materiallar va infratuzilmaning mavjudligi va hokazolar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish orqali ishlab chiqarilgan (yetishtirilgan) tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotish imkoniyati va istiqbollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etiladigan korxonada ishchilar (xodimlar) umumiy sonining 70 foizidan kam boʻlmagan qismini 5 yil mobaynida yoshlar bilan toʻldirish majburiyati olinishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma loyihani Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etishning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa talablari asosida ham koʻrib chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamgʻarma loyihani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etish yuzasidan taklif etilayotgan loyihani Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) aniq va asoslangan mulohazalar hamda kamchiliklarni koʻrsatgan holda taqdim etilgan hujjatlarni qayta ishlash zarurligi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) loyihani amalga oshirishda Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizomning 11-bandi “b” kichik bandiga muvofiq qayta ishlangan loyiha Jamgʻarmaga koʻrib chiqish uchun takroran kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Taklif etilayotgan loyihani ushbu Nizomning 11-bandi “v” kichik bandiga muvofiq Kuzatuv kengashiga kiritish rad etilgan taqdirda, Jamgʻarma filiali orqali loyiha tashabbuskoriga ariza asoslantirilgan holda rad etilganligi toʻgʻrisida har oyning 20-kuniga qadar yozma shaklda maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jamgʻarma tomonidan maʼqullangan istiqbolli loyiha har oyning 20-kuniga qadar Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kuzatuv kengashi har oyning 25-kuniga qadar loyihani budjet parametrlari doirasida koʻrib chiqadi va quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Jamgʻarma mablagʻlari bilan ishtirok etishni rad etish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Taklif etilayotgan loyiha ushbu Nizomning 15-bandi “b” kichik bandiga muvofiq rad etilgan taqdirda, Jamgʻarma filiali orqali loyiha tashabbuskoriga ariza asoslantirilgan holda rad etilganligi toʻgʻrisida har oyning 28-kunidan kech boʻlmagan muddatda yozma shaklda maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kuzatuv kengashining loyiha boʻyicha ijobiy qarori Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda Jamgʻarma filiali va loyiha tashabbuskori oʻrtasida “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat (keyingi oʻrinlarda jamiyat deb ataladi) taʼsis shartnomasini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Loyiha boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasida quyidagilar qayd etilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻ miqdori, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) foiz ulushi, usullari va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼsis shartnomasini imzolash muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshiriladigan faoliyat turi yoki turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish jadvallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa alohida shartlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kuzatuv kengashi majlisi bayonnomasining nusxasi bayonnomani Kuzatuv kengash tasdiqlagan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida Jamgʻarma tomonidan uning filiali orqali loyiha tashabbuskoriga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jamgʻarma filiali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarma mablagʻlarini moliyalashtirish davriga qadar boʻlgan muddatda loyiha tashabbuskori tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari (ulushi) bilan ishtirok etishni rad etib yozma ravishda murojaat qilinganda, shuningdek, Kuzatuv kengashi majlisi bayonnomasida belgilangan tadbirkorlik faoliyati turi yoki turlari oʻzgartirilganda taʼsis shartnomasini imzolamaydi va bu haqda Jamgʻarmaga axborot kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarma mablagʻlari (ulushi) bilan ishtirok etiladigan loyihalarni amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasida belgilangan muddatda loyiha tashabbuskori bilan taʼsis shartnomasini tuzadi va jamiyat ustavini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jamiyat yuridik shaxs sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taʼsis shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatni yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash loyiha tashabbuskori tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jamiyat yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin loyiha tashabbuskori tomonidan Jamgʻarma filialiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyat ustavining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha amalga oshiriladigan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha yoʻnalishidan kelib chiqib Jamgʻarmaning filiali loyiha tashabbuskoridan loyiha boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot va (yoki) hujjatlarni soʻrab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma ulushini ajratish va uni realizatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Jamiyat yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng Jamgʻarma uning filiali soʻroviga asosan taʼsis shartnomasida belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaning filiali orqali jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) belgilangan Jamgʻarma ulushini ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ulushi qiymati ikki milliard soʻmdan yuqori boʻlgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ijobiy xulosasi olingandan soʻng ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) Jamgʻarma ulushi pul (milliy valyuta) yoki mol-mulk tarzida kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Jamgʻarma Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarda ushbu Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ishtirok etilgan ulushni realizatsiya qilishda ulush qiymatining birinchi navbatda loyiha tashabbuskori va (yoki) jamiyatning boshqa ishtirokchilari tomonidan sotib olinishiga ustuvorlik beriladi. Loyiha tashabbuskori (yoki) jamiyatning boshqa ishtirokchilari tomonidan Jamgʻarma ulushini sotib olish rad etilgan taqdirda, Jamgʻarma ulushi boshqa tashabbuskor tadbirkorlarga sotilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Jamgʻarma mablagʻlari (ulushi) bilan ishtirok etgan loyihalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz ulushlarini sotuvga chiqaradi. Ulushlar ushbu ulushlarning haqiqiy bahosidan kelib chiqib sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulushlarning haqiqiy bahosi mustaqil baholovchi tashkilot yoki fond birjasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari bilan ishtirok etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida Jamgʻarma mablagʻlari (ulushi) bilan ishtirok etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bandning uchinchi xatboshiga “shuningdek, Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini tezkorlik bilan koʻrib chiqish maqsadida ichki komissiya tuzishi mumkin” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“26. Jamgʻarma tomonidan manzilli roʻyxatga muvofiq tijorat bankining murojaati asosida ajratilgan resurs mablagʻlariga, ushbu mablagʻ tegishli tijorat bankiga oʻtkazilgan kundan boshlab foiz hisoblanadi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga berilgan kredit va mol-mulk lizingi boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarning qaytarilishidan qatʼi nazar, tijorat banki tomonidan Jamgʻarmaga resurs va unga hisoblangan foiz toʻlovlari belgilangan muddatda qaytarilishi shart.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish hamda tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“26. Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga imtiyozli kreditlar tadbirkorlik subyektlariga 18 oy muddatgacha ajratiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)