14.11.2018 yildagi PQ-4017-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi munosabati bilan mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni taqdirlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida topshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 14-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4017-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi PQ-4017-son qaroriga
1-ILOVA

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom

1. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi (keyingi o‘rinlarda Maslahat kengashi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Maslahat kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan hududlar miqyosida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar ko‘rib chiqilib, har yili 15-noyabrgacha Maslahat kengashiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish va taqdirlash uchun nomzodlarni tanlab olish tartibi Maslahat kengashi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maslahat kengashi yig‘ilishida ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan takliflar ko‘rib chiqiladi va taqdirlash haqida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror tegishli matbuot nashrlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi 8-dekabr — Konstitutsiya kuni bayrami arafasida Maslahat kengashi rahbari (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan, qoidaga ko‘ra, bir marta mukofotlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi PQ-4017-son qaroriga
2-ILOVA

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsifi

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘krak nishonining old tomoni markaziy qismida doira shaklda to‘q sariq rangda 5 nafar odam (bosh va yelka qismlari) siluetining birlashmasi hamda uning ikki yonida dafna yaproqlari aks ettirilgan. Dafna yaproqlarining yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz joylashgan, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nishonning tashqi aylanasining pastki qismida uchta yulduz va tashqi aylananing atrofi bo‘ylab “FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISNGA QO‘SNGAN NISSASI UCNUN” so‘zlari yozilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston xaritasi tasviri tushirilgan globus ustida ko‘kka parvoz qilishga intilayotgan uchta turna tasviri aks etgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘krak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetr. Qadag‘ich eni 22 millimetrli ko‘k rangli shoyi lenta bilan qoplangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi PQ-4017-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni guvohnomasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsifi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni guvohnomasi 160 x 110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q yashil rangli hoshiya bilan o‘ralgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli to‘rt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “FUQAROLIK JAMIYATINI” ikkinchi va uchinchi satrda “RIVOJLANTIRISNGA QO‘SNGAN NISSASI UCNUN”, to‘rtinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar to‘q yashil rangda aks ettirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“GUVONNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti”, ikkinchi satrda “huzuridagi Fuqarolik jamiyatini”, uchinchi satrda “rivojlantirish bo‘yicha maslahat”, to‘rtinchi satrda “kengashining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 5 millimetrli to‘rt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “FUQAROLIK JAMIYATINI” ikkinchi va uchinchi satrlarda “RIVOJLANTIRISNGA QO‘SNGAN NISSASI UCNUN” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), to‘rtinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Maslahat kengashi”, ikkinchi satrda “rahbari” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni guvohnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2018-y., 07/18/4017/2188-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)