07.11.2018 yildagi PQ-4007-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, sog‘liqni saqlash davlat tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga qaratilgan sog‘liqni saqlashni isloh qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlashning milliy tizimini jadal rivojlantirish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish uchun umumiy amaliyot vrachlarining, patronaj tibbiyot hamshiralarining, qishloq vrachlik punktlari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining lavozim maoshlari oshirildi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida mehnatni rag‘batlantirishning bozor usullari belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot xodimlari mehnatini baholashning hamda ular oladigan ish haqi va mukofotning bajariladigan ishning murakkabligi va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatiga aniq va bevosita bog‘liqligini ta’minlashning ilg‘or mexanizmlari joriy etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish zarur bo‘lgan sharoitda tibbiyot sohasini boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni davom ettirish, ularning kasbiy darajasini oshirish uchun munosib shart-sharoitlar va rag‘batlantiruvchi omillar yaratish masalalari davlatning diqqat markazida turibdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish, samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, yuksak professional kadrlar salohiyatini shakllantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 2018-yil 1-dekabrdan 1,2 baravar va 2019-yil 1-apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda xalqaro tajribani o‘rganish asosida 2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining lavozimiga va malakasiga, ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning murakkabligi va javobgarligiga, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari ixtisosligiga qarab bazaviy lavozim maoshlarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlari faoliyatini va mehnati unumdorligini baholashning zamonaviy usullarini joriy etish, shu jumladan, davolangan kasallar elektron statistikasini bosqichma-bosqich tatbiq etish va bemorlar o‘rtasida onlayn so‘rovlar o‘tkazish orqali joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ular bajaradigan ishlar sifati, erishiladigan natijalar va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarga jamoatchilik tomonidan berilgan baholarga qarab ularga haq to‘lanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot muassasalari rahbarlariga alohida o‘rnak ko‘rsatgan vrachlarga Tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori oshirilishi munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalarining qo‘shimcha xarajatlari moliyalashtirilishini, 2019-yilda va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan zarur mablag‘lar nazarda tutilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yildan boshlab Tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmlari bosqichma-bosqich oshirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi miqdorlarda ajratiladigan ajratmalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar, shu jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari xizmatlari uchun tushumlar miqdorining 2 foizi sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy qilingan hududlarda tashkil etilgan tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tasarrufidagi tibbiyot muassasalari bundan mustasno;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallari, Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi va uning hududiy bo‘linmalarining klinik ordinatura, malaka oshirish, mavzuli o‘qish, qayta tayyorlash va baholash bo‘yicha pulli tushumlari miqdorining 5 foizi;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farmatsevtika va tibbiyot faoliyati bilan shug‘ullanish, shu jumladan, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish huquqiga litsenziyalar olish uchun talabgorlar tomonidan to‘lanadigan davlat bojlari tizimidagi tushumlar miqdorining 20 foizi shuningdek, tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun undiriladigan yig‘imlar;
(5-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining barcha turdagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashtirish bilan bog‘liq ko‘rsatiladigan xizmatlar tushumlari miqdorining 10 foizi.
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-noyabrdagi PQ-408-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi barcha budjetdan tashqari jamg‘armalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jamg‘armaning mablag‘laridan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini mukofotlar, moddiy yordam, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning boshqa turlari tarzida moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek, ularga sanatoriy-kurort, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va davolanish xarajatlariga haq to‘lash;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy bilan ta’minlashni yaxshilashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlari va tashkilotlari tibbiyot xodimlari uchun uy-joylar qurishni tashkil etish orqali moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini o‘qitish, ularning malakasini oshirish va amaliyot o‘tkazishini tashkil etish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, O‘zbekiston hududidan tashqarida o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini, xizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar xarid qilish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini saqlab turish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda konsalting tashkilotlarini jalb qilish;
(6-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy va o‘rta tibbiyot ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiyalar to‘lashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
(6-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli davlat tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlari uchun tushumlar miqdoridan Jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘larning 70 foizi tegishligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining budjetdan tashqari hisob raqamiga yo‘naltiriladi hamda ushbu mablag‘lardan mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan tadbirlar uchun foydalaniladi.
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan foizlar tarzida olingan daromadlar soliqlarning barcha turlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lovlardan 2021-yil 1-noyabrgacha ozod qilinsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimovning — tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha takliflarni tayyorlashda mas’ul vazirliklar va idoralar ishi amalda muvofiqlashtirilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanovning — Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, ushbu qarorga muvofiq sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarining ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlarini takomillashtirish uchun shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin, shu jumladan, Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning aniq va shaffof tartibini, uning daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobot berish masalalarini nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajaruvchi oliy ma’lumotli mutaxassislar lavozimlari nomenklaturasini qayta ko‘rib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Abduxakimov va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 7-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4007-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2018-y., 07/18/4007/2167-son; 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)