1-ILOVA
|
Tadbir nomi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish | |||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik vakillari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, saylov huquqi sohasidagi olim va mutaxassislar, xorijiy ekspertlar ishtirokida keng muhokamadan oʻtkazish, shuningdek, loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish. |
2018-yil 15-noyabrgacha |
Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), siyosiy partiyalar, QR MSK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OAV |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi jarayonida uning matni boʻyicha kelib tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtirish hamda Kodeks matnini takomillashtirish. |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), MSK (M. Abdusalomov) |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini qabul qilish. |
2018-yil noyabr-dekabr |
Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov) |
|
4. |
Markaziy saylov komissiyasining normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish. |
2019-yil yanvar-fevral |
MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida zarur miqdorda chop etish. |
2019-yil 1-martgacha |
MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov) |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida Markaziy saylov komissiyasining qoidalarini, shu jumladan, saylovlarni moliyalashtirishning aniq tartibi, saylov komissiyalari faoliyatining xavfsizligini taʼminlash va boshqa jihatlarini ochib beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish. |
2019-yil 1-martgacha |
MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
II. Saylov komissiyalari faoliyatining samaradorligini oshirish | |||
|
7. |
Saylov komissiyalari vakillarini saylov qonunchiligiga muvofiq saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari bilan ishlash, shuningdek, SYAER tizimidan foydalanish tartiblari boʻyicha oʻqitishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2018-2019 yy. |
MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Fuqarolarning saylovlarda ishtirok etishlari uchun imkon qadar qulay sharoitlar yaratish maqsadida saylov komissiyalari joylashtiriladigan bino va inshootlarning elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
2018-yil 1-dekabrgacha |
MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
9. |
Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazini saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlash. |
2019-yil 1-fevralgacha |
MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishda jamiyat hayotining turli soha vakillari, ayollar, avvalgi saylovlarda saylov komissiyalari tarkibida faoliyat koʻrsatgan, huquqiy va kompyuter savodxonligiga ega boʻlgan shaxslarni jalb etish boʻyicha Markaziy saylov komissiyasining tavsiyalarini qabul qilish. |
2019-yil 1-fevralgacha |
MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
11. |
Markaziy saylov komissiyasi tavsiyalari asosida saylov komissiyalari aʼzolarining yagona elektron roʻyxatini, shuningdek, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga kadrlar zaxirasini shakllantirish. |
2019-yil 15-fevralgacha |
MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
12. |
Saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, saylovchilarga interaktiv xizmatlar koʻrsatish imkoniyatini kengaytirish, shu jumladan, ularni SYAERdagi saylovchilar roʻyxati bilan tanishtirish, muddatidan oldin va saylov kuni ovoz berish tartibi boʻyicha uslubiy va video materiallar tayyorlash va hokazolarni hisobga olgan holda, MSK www.elections.uz veb-saytini modernizatsiya qilish. |
2019-yil 1-iyungacha |
MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
III. Saylov jarayoni ishtirokchilarining elektoral madaniyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar | |||
|
13. |
Jamoatchilikni saylov qonunchiligi yangiliklari bilan keng tanishtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mohiyati va ahamiyati, fuqarolar, jamoat tashkilotlarining saylov huquqlarini, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonlarini yoritish kafolatlarini taʼminlashni nazarda tutuvchi aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish. |
2019-yil mart — |
MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), OʻzA (A. Kuchimov), MTRK (A. Xadjayev) va boshqa OAV |
|
14. |
Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov instituti muhimligi, jamiyatda fikrlar plyuralizmi, koʻp partiyaviylikni rivojlantirish, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirish, davlat va jamiyat boshqaruvida har bir saylovchining shaxsan ishtiroki muhimligini tushuntirishga bagʻishlangan hududiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish. |
2019-yil mart — dekabr |
MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), DBA (R. Qosimov), OʻzA (A. Kuchimov), MTRK (A. Xadjayev) boshqa OAV |
|
15. |
Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov kampaniyasining asosiy bosqichlarini yorituvchi, jumladan, saylovchilar va saylov tashkilotchilari uchun SYAER boʻyicha oʻquv video materiallar ssenariysini tayyorlash. |
2019-yil 1-maygacha |
MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni yoritish masalalari hamda saylovoldi targʻibot-tashviqoti va boshqa saylov jarayonlarida ularning ishtiroki boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish. |
2019-yil davomida |
MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
17. |
Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishning roli va ahamiyatini tushuntirish, fuqarolarni saylov kampaniyasining borishi va ovoz berish tartib-qoidalari bilan tanishish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar toʻgʻrisida xabardor qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish. |
2019-yil davomida |
MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Yergeodezkadastr qoʻmitasi (A. Abdullayev), MTRK (A. Xadjayev) |
|
18. |
SYAER axborot tizimi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish. |
2019-yil davomida |
MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), DBA (R. Qosimov) |
|
IV. Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash | |||
|
19. |
Saylov kodeksi loyihasining muhokamasiga, shuningdek, saylov jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish. |
2018-yil 1-dekabr |
MSK (M. Abdusalomov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
20. |
Markaziy saylov komissiyasining xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash. |
2018-2019 yy. |
MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov) |
|
21. |
Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini xalqaro oʻquv kurslarda xalqaro kuzatuvchilarni tayyorlash va saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha oʻqitish bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish. |
2018-2019 yy. |
MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov) |
|
22. |
Saylov qonunchiligi sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida xalqaro hamjamiyatga yetkazish. |
2018-2019 yy. |
MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov) |
|
23. |
Janubiy Koreya bilan hamkorlikda saylov jarayoniga zamonaviy AKTni joriy etish loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish. |
2019-yil davomida |
MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov) |
2-ILOVA
|
Lavozimlar nomi |
Ish haqi razryadlari |
|
Rais |
21 |
|
Rais oʻrinbosari |
19 |
|
Komissiya kotibi |
19 — 3% |
|
Komissiya aʼzosi |
18 |
|
Kotibiyat rahbari |
18 |
|
Rais maslahatchisi, Matbuot kotibi |
18 — 3% |
|
Boʻlim boshligʻi, oʻquv markazi direktori, bosh buxgalter |
17 |
|
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, oʻquv markazi direktori oʻrinbosari |
17 — 3% |
|
Bosh maslahatchi |
16 |
|
Yetakchi maslahatchi, rais yordamchisi, buxgalter |
15 |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son qaroriga
3-ILOVA
Lavozimlar nomi | Ish haqi razryadlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari raisi oʻrinbosarlari | 14 |
Komissiya kotibi | 12 |