31.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3084
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻi, 31.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3084
Дата вступления в силу
01.11.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 31-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3084]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-martdagi 41-son “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3084-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/3084-1/0879-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir D. NABIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-sentabr,

14-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 28-sentabrdagi 14-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga (bundan buyon matnda maktab-internat deb yuritiladi) oʻquvchilarni tanlab olish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3084-1, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/3084-1/0879-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maktab-internatga har yili tanlov asosida 20 nafar qobiliyatli oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Maktab-internatga tanlab olish va qabul qilishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻquvchilarni maktab-internatga tanlab olishni tashkil etish maqsadida hujjatlar qabul qilinishi boshlanishidan ikki oy oldin maktab-internat tomonidan tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun maktab-internatda har yili Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining buyrugʻi bilan 7 kishidan iborat (komissiya raisi, kotibi va aʼzolari) tarkibda qabul komissiyasi tuziladi.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 20 fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qabul komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi masʼul xodimlari hamda maktab-internat psixologi va tibbiyot xodimi kiritiladi. Maktab-internat direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar va oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) hamda jamoatchilik oʻrtasida maktab-internatga qabul qilish tartibi, shuningdek maktab-internatning faoliyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar va ota-onalar uchun maslahatlar berilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish va rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul jarayoni yakunlarini umumlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻquvchilarning hujjatlarini saqlash uchun qabul komissiyasi raisi va kotibi masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ota-onalar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi (16 yoshga toʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjati) nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida hujjatning asl nusxasi koʻrsatiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida baholar (oʻzlashtirish) tabelining asl nusxasi koʻrsatiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar, agar mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining sport pasporti nusxasi, agar mavjud boʻlsa (hujjatlarni topshirish vaqtida sport pasportining asl nusxasi koʻrsatiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qabul komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hujjatlar har yili 25-iyundan 25-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hujjat topshirgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar maktab-internat tomonidan 1-avgustga qadar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga yuboriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tanlovni oʻtkazish uchun qabul komissiyasi raisi tomonidan 5 kishidan iborat tarkibda Tanlov sinovlarini oʻtkazish hayʼati (bundan buyon matnda Hayʼat deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻquvchilar maktab-internatga kirish uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonlarini (sinovlarini) topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ixtisoslik imtihonlarini topshirishdan oldin oʻquvchilar 1 — 5-avgust kunlari hududiy sogʻliqni saqlash muassasasida tashkil etilgan tibbiy komissiya tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy komissiya tarkibiga maktab-internatning trener-oʻqituvchilari ham kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda oʻquvchining antropometrik koʻrsatkichlari (tana vazni, boʻyining uzunligi va koʻkrak qafasi aylanasi), funksional imkoniyatlari va sogʻligʻidagi mavjud nuqsonlari aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra sogʻlom deb topilgan oʻquvchilar ixtisoslik imtihonlarini topshirishga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ixtisoslik imtihonlari har yili 6 — 10-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonlari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish metodikasi asosida, maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonlari esa, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish metodikasi asosida oʻtkaziladi hamda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻquvchilarning ixtisoslik imtihonlari natijalari ixtisoslik imtihonlari tugagan vaqtdan boshlab 3 soat ichida qaydnomaga kiritiladi va oʻquvchilarga eʼlon qilinadi hamda Hayʼat aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ixtisoslik imtihonlari boʻyicha umumiy ball umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisiga koʻra aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ixtisoslik imtihonlari natijalari ular oʻtkazilgandan soʻng 1 kun ichida eʼlon qilinadi. Ixtisoslik imtihonlari natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan 20 nafar oʻquvchi oʻqishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ixtisoslik imtihonlari natijalariga koʻra oʻquvchilarning oʻtish ballari teng boʻlib qolgan taqdirda, sport musobaqalarida erishgan natijalari yuqori boʻlgan oʻquvchilar maktab-internatga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar qabul komissiyasining bayonnomasi bilan tasdiqlanadi. Qabul komissiyasining bayonnomasi asosida maktab-internat direktori tomonidan 20-avgustga qadar oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻquvchi oʻqishga qabul qilinganda, maktab-internat direktori tomonidan oʻquv yili boshlangunga qadar oʻquvchini maktab-internatga yaqin masofada joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻtkazish choralari koʻriladi, oʻquvchi maktab-internatga yaqin masofada joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan hollar bundan mustasno. Oʻquvchini umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻtkazish Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tanlov natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tanlov natijalari boʻyicha berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish uchun 5-avgustga qadar viloyat sport boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan maktab-internatda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi va 3 kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Apellyatsiya komissiyasi qabul komissiyasi va Hayʼat tarkibida boʻlmagan soha mutaxassislaridan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tanlov natijasi boʻyicha murojaatlar oʻquvchining ota-onalari yoki ulardan biri tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Murojaatlar ular kelib tushgan paytdan boshlab 24 soat ichida apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Murojaatni koʻrib chiqish vaqtida murojaat qilgan shaxs apellyatsiya komissiyasi ishida oʻzining iltimosiga asosan ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qabul qilingan qaror natijasi boʻyicha murojaat qilgan shaxsga 1 ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasi tomonidan yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Apellyatsiya komissiyasi murojaatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra tanlov natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Apellyatsiya komissiyasining murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tanlovning qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun maktab-internat direktori javobgar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq taʼlimi vaziri Sh. SHERMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktoriga

‎‎________________________________
‎‎
(yashash manzili)

‎‎_________________da yashovchi fuqaro

‎‎_____________________________ dan
(ariza beruvchi shaxsning F.I.O.)

‎‎‎ARIZA

___Mening farzandim _____________________________________________________________ga
(oʻquvchining F.I.O.)

‎‎Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan tanlov sinovlarida qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.

_________________________________________________________________________________
‎______________
(ariza beruvchi shaxsning F.I.O.)______________________ (imzo) ______________________(sana)
_________________________________________________________________________________ ‎____________(arizani qabul qilgan shaxsning F.I.O.)___________________ (imzo) ______________________(sana) ‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻqishga kirish uchun hujjatlari topshirilgan nomzodlar haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼLUMOT

T/r

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Taʼlim olayotgan muassasasi

Yashash manzili

Hujjat topshirilgan sana

1.

2.

3.

...

____Qabul komissiyasi raisi

(imzo)

M.Oʻ.

(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI

1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihoniga qoʻyiladigan eng yuqori ball — 30 ballni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonida oʻquvchi mazkur metodikaning ilovasida koʻrsatilgan normativlarni bajaradi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30 metrga yugurish — mashq past startda belgilangan chiziqdan “Startga!”, “Diqqat!”, “Yugur!” buyruqlari bilan bajariladi. Mashq “start”dan “marra” chizigʻigacha boʻlgan masofa boʻylab yugurish orqali bajariladi. Ushbu mashq uch urinishda bajariladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Natija 0,1 soniyagacha aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1000 metrga yugurish — mashq yuqori startda belgilangan chiziqdan “Startga!”, “Diqqat!”, “Yugur!” buyruqlari bilan bajariladi. Mashq “start”dan “marra” chizigʻigacha boʻlgan masofa boʻylab yugurish orqali bajariladi. Ushbu mashq bir urinishda bajariladi va natija hisobga olinadi. Natija 0,1 soniyagacha aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mokisimon” yugurish (4 x 10 metr) — mashq yuqori startda belgilangan chiziqdan “Startga!”, “Diqqat!”, “Yugur!” buyruqlari bilan oraligʻi 120 sm boʻlgan ikki tomonidan chizilgan, 10 metr masofali yoʻlakcha ichida zigzag (ilon izi) shaklida yugurish orqali bajariladi. Yugurish jarayonida burilishlarda oyoq uchlari chiziqdan tashqariga chiqmagan holda bajarilgan mashq hisobga olinmaydi. Ushbu mashq uch urinishda bajariladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Natija 0,1 soniyagacha aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turnikda tortilish — mashq turnikka ikki qoʻlda toʻgʻri osilib turgan hamda oyoqlar yerga tegmagan holatda, iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllarni bukish orqali bajariladi. Mashq bajarish jarayonida oyoqlarni kerish yoki bukish, tanani harakatsiz holatda egish, oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish hamda iyak turnik poyasidan oʻtmagunga qadar tortilish orqali bajarilmagan harakatlar hisobga olinmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yugurib kelib uzunlikka sakrash — mashq yugurib kelib belgilangan chiziqdan depsinib sakrash orqali bajariladi. Depsinish jarayonida oyoq uchlari belgilangan chiziqdan oʻtib ketishi orqali bajarilgan sakrash hisobga olinmaydi. Ushbu mashq uch urinishda bajariladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Natija depsinish chizigʻidan to tananing birorta aʼzosi yerga tekkan joygacha boʻlgan masofani oʻlchash orqali aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyidan uzunlikka sakrash — mashq oyoqlar yelka kengligida turgan holatda, belgilangan sakrash chizigʻidan qoʻllarni oldinga-yuqoriga siltab, ikki oyoqda oldinga depsinib sakrash orqali bajariladi. Ushbu mashq uch urinishda bajariladi va eng yaxshi natija hisobga olinadi. Natija depsinish chizigʻidan to oyoq tovoni yerga tekkan joygacha boʻlgan masofani oʻlchash orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish metodikasiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NORMATIVLAR

Normativlar

Baholash

5 ball

4 ball

3 ball

2 ball

0 ball

1.

30 metrga yugurish

5,3 soniya

5,8 soniya

6,5 soniya

6,8 soniya

6,9 soniya va undan yuqori

2.

1000 metrga yugurish

5,30 daqiqa

6 daqiqa

6,30 daqiqa

7 daqiqa

7 daqiqa 1 soniya va undan yuqori

3.

“Mokisimon” yugurish (4 x 10 metr)

11 soniya

11,5 soniya

12 soniya

12,5 soniya

12,6 soniya va undan yuqori

4.

Turnikda tortilish

5-marta

4-marta

3-marta

2-marta

2-martadan kam

5.

Yugurib kelib uzunlikka sakrash

3 metr

2,60 metr

2,30 metr

2 metr

2 metrdan kam

6.

Joyidan uzunlikka sakrash

1,60 metr

1,40 metr

1,20 metr

1 metr

1 metrdan kam

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihoniga qoʻyiladigan eng yuqori ball — 70 ballni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ixtisoslik imtihonida oʻquvchi mazkur metodikaning ilovasida koʻrsatilgan normativlarni bajaradi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“koʻprik” holatida boshda aylanish — mashq “koʻprik” holatida boshni kurash gilamiga qoʻyib, bir nuqta boʻylab aylanish orqali bajariladi. Mashqni bajarish uchun qoʻllar tepaga koʻtarilgan, oyoqlar yelka kengligida tik turgan holatda oyoqlar tizzadan bukilib, tovonlar kurash gilamiga tayanadi hamda bosh orqaga tashlanadi. Beldan orqa tomonga egilgan holda qoʻllar kurash gilamiga tayanib, “koʻprik” holatiga tushiladi. Bosh kurash gilamiga qoʻyilib, qoʻllar yordamisiz nuqta boʻylab oʻng yoki chap tomonga aylaniladi. Oʻng yoki chap tomonga aylanish oʻquvchining xohishiga koʻra tanlanadi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“koʻprik” holatida qoʻlda aylanish — mashq “koʻprik” holatida qoʻllar bilan kurash gilamiga tayanib, oʻng va chap tomonga oyoq harakatlari bilan aylanish orqali bajariladi. Mashqni bajarish uchun qoʻllar tepaga koʻtarilgan, oyoqlar yelka kengligida tik turgan holatda oyoqlar tizzadan bukilib, tovonlar kurash gilamiga tayanadi hamda bosh orqaga tashlanadi. Beldan orqa tomonga egilgan holda qoʻllar kurash gilamiga tayanib, “koʻprik” holatiga tushiladi. Qoʻllar kurash gilamiga qoʻyilib, tananing qoʻldan boshqa aʼzolari kurash gilamiga tegmagan holda doirasimon shaklda oʻng va chap tomonlarga aylaniladi. Oʻng yoki chap tomonga aylanish oʻquvchining xohishiga koʻra tanlanadi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“koʻprik” holatida tik turish — mashq “koʻprik” holatida qoʻllar bilan kurash gilamiga tayanib, muvozanatni saqlagan holda qayta tik turish orqali bajariladi. Mashqni bajarish uchun qoʻllar tepaga koʻtarilgan, oyoqlar yelka kengligida tik turgan holatda oyoqlar tizzadan bukilib, tovonlar kurash gilamiga tayanadi hamda bosh orqaga tashlanadi. Beldan orqa tomonga egilgan holda qoʻllar kurash gilamiga tayanib, “koʻprik” holatiga tushiladi. 2-3 soniya muvozanat ushlab turilgandan soʻng qayta tik turish holatiga qaytiladi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“koʻprik” holatida oyoqlarni old va orqaga tashlash — mashq “koʻprik” holatida qoʻllarga tayanib, oyoqlarni old va orqa tomonga tashlash orqali bajariladi. Mashqni bajarish uchun qoʻllar tepaga koʻtarilgan, oyoqlar yelka kengligida tik turgan holatda oyoqlar tizzadan bukilib, tovonlar kurash gilamiga tayanadi hamda bosh orqaga tashlanadi. Beldan orqa tomonga egilgan holda qoʻllar kurash gilamiga tayanib, “koʻprik” holatiga tushiladi. Qoʻllar kurash gilamiga qoʻyilib, old va orqa tomonga tananing qoʻldan boshqa aʼzolari gilamga tegmagan holda umbaloq oshiladi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qoʻshsha” usulini bajarish — mashq bir qoʻl bilan raqibning oʻng yoki chap tirsagi tag qismidan, ikkinchi qoʻl bilan raqib yoqasining orqa qismidan ushlagan holda raqibni oʻng yoki chap yon tomondan oshirib gilamga yiqitish orqali bajariladi. Mashqni bajarish davomida raqibning ikki oyogʻini birdaniga yon tomondan oʻtkazmasdan bajarilgan mashq hisobga olinmaydi. Mashqni oʻng yoki chap tomondan boshlab bajarish oʻquvchining xohishiga koʻra tanlanadi. Natija mashq harakatlarining soni va sifat koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bellashuv — sportning milliy kurash turi boʻyicha musobaqa qoidalariga binoan ikki raqib oʻrtasida 4 daqiqa davomida oʻtkaziladi. Bunda “halol” bahosi uchun 45 ball, “yonbosh” bahosi uchun 30 ball, “chala” bahosi uchun 15 ball beriladi. Belgilangan vaqt mobaynida koʻproq ball toʻplagan yoki ogohlantirish (“tanbeh”, “dakki”) olmagan yoxud nisbatan kam olgan oʻquvchi gʻolib boʻlgan hisoblanadi. 4 daqiqa davomida gʻolib aniqlanmasa, raqiblardan biri ijobiy natija koʻrsatgunga qadar musobaqa davom ettiriladi. Natija oʻquvchilarning toʻplagan ballari asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha normativlarni bajarish metodikasiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NORMATIVLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Normativlar

Baholash

1.

“Koʻprik” holatida boshda aylanish

6-marta ― 5 ball

5-marta ― 4 ball

4-marta ― 3 ball

3-0-marta ― 0 ball

2.

“Koʻprik” holatida qoʻlda aylanish

6-marta ― 5 ball

5-marta ― 4 ball

2-marta ― 3 ball

1-0-marta ― 0 ball

3.

“Koʻprik” holatida tik turish

6-marta ― 5 ball

5-marta ― 4 ball

2-marta ― 3 ball

1-0-marta ― 0 ball

4.

“Koʻprik” holatida oyoqlarni old va orqaga tashlash

6-marta ― 5 ball

5-marta ― 4 ball

2-marta ― 3 ball

1-0-marta ― 0 ball

5.

“Qoʻshsha” usulini bajarish

8-marta ― 5 ball

6-marta ― 4 ball

3-marta ― 3 ball

2-0-marta ― 0 ball

6.

Bellashuv

“halol” bahosi — 45 ball

“yonbosh” bahosi — 30 ball

“chala” bahosi — 15 ball

0

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3084/2145-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 23.11.2023-y., 10/23/3084-1/0879-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)