29.10.2018 yildagi 886-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 29-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
886-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 886-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining 12-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Turistik vaucherni yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatini Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etish talabini bekor qilish koʻzda tutilgan turistik vizalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga murojaat qilmasdan, Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kungacha muddatga bir martalik kirish uchun elektron viza olishga “E-VISA.UZ” tizimining “e-visa.gov.uz” portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron vizani rasmiylashtirish va berishga doir murojaatni koʻrib chiqish muddati murojaat berilgan kundan tashqari ikki ish kunini tashkil etadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishlari qoidalarining 5-bandiga quyidagi mazmundagi “g” kichik band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga passajirlar toʻgʻrisida oldindan oʻz vaqtida maʼlumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatga aviabileti mavjud boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3836-son qaroriga 2-ilovada koʻrsatilgan davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tranzit orqali oʻtadigan fuqarolariga besh sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/886/2130-son)