Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1863-6]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (roʻyxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-sentabr,
30/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning birinchi xatboshisi “yakka tartibdagi tadbirkorlarga” degan soʻzlardan keyin “hamda jismoniy shaxslarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “3” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (keyingi oʻrinlarda — JShShIR) mavjud boʻlgan jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan “80000001” dan “99999999” gacha boʻlgan oraliqda, JShShIR boʻyicha xoslikni saqlagan holda xos raqamlar beriladi.
JShShIR mavjud boʻlmagan jismoniy shaxslarga xos raqamlar BDMAB tomonidan beriladi.”.
3. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari BDMABda roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, bankning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
Mazkur Nizomning yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bogʻliq normalari jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
4. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxslarning BDMABga yuboradigan soʻrov turlari ushbu Nizomning 12-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashkil topadi.
BDMABdagi maʼlumotlarni shakllantirishda “Elektron hukumat” hamda maʼlumotlar bazasini yuritadigan davlat organlarining elektron axborot tizimlaridagi maʼlumotlardan foydalanilishi mumkin.”.
5. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“191. BDMAB jismoniy shaxslar boʻyicha banklarga quyidagi soʻrov turlari boʻyicha xizmat koʻrsatadi hamda ushbu soʻrov turlarini shakllantirishda 12-ilovada keltirilgan maʼlumotlardan foydalaniladi:
jismoniy shaxsni identifikatsiyalash;
jismoniy shaxsga xos raqam berish;
jismoniy shaxsning hisobvaragʻini roʻyxatdan oʻtkazish;
jismoniy shaxsning BDMABdagi maʼlumotlarini oʻzgartirish;
jismoniy shaxsning BDMABdagi xos raqami faolligini tugatish.”.
6. Quyidagi mazmundagi 5-paragraf bilan toʻldirilsin:
“5-§. Jismoniy shaxslar va ularning hisobvaraqlarini BDMABda roʻyxatga olish va yuritish xususiyatlari
64. Jismoniy shaxslar BDMABda JShShIR va shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari asosida identifikatsiyalanadi.
65. JShShIR mavjud boʻlgan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat oʻzgarganda, ularning xos raqamlari oʻzgarmaydi.
66. JShShIR mavjud boʻlmagan, xos raqamga ega jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat oʻzgarganda, ularning xos raqami oʻzgaradi.
67. Jismoniy shaxslarning xos raqamlarini bekor qilinishi quyidagi hollarda roʻyxatdan oʻtkaziladi:
jismoniy shaxs vafot etganda;
JShShIR mavjud boʻlmagan jismoniy shaxs JShShIR olganda;
JShShIR mavjud boʻlgan jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda.”.
7. 1-ilova quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“23” belgi — Surishtiruvchi yoki tergovchining qarori boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarni vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari xatlanganda BDMAB orqali barcha hisobvaraq ochgan banklarga xabar uzatiladi.
“24” belgi — Surishtiruv yoki tergov organlarining qarori asosida xatlangan asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari boʻyicha hatlov bekor qilinganda BDMAB orqali barcha hisobvaraq ochgan banklarga xabar uzatiladi.”.
8. 5-ilovaning izohi “21” raqamidan keyin “23” raqami bilan toʻldirilsin.
9. 6-ilovaning izohi “22” raqamidan keyin “24” raqami bilan toʻldirilsin.
10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq 12-ilova bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
12-ILOVA
BDMABda maʼlumotlarni shakllantirishda va soʻrovlarni bajarishda jismoniy shaxslarning maʼlumotlari roʻyxati
|
T/r |
Koʻrsatkichlar |
JShShIR mavjud jismoniy shaxslar |
JShShIR mavjud boʻlmagan jismoniy shaxslar | ||||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 | ||
|
1. |
BDMABdagi xos raqami |
– |
+ |
– |
+ |
+ |
– |
– |
– |
+ |
+ |
|
2. |
JShShIR |
+ |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
– |
– |
– |
– |
|
3. |
Familiyasi |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
+ |
– |
+ |
– |
|
4. |
Ismi |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
+ |
– |
+ |
– |
|
5. |
Otasining ismi |
– |
– |
– |
– / + |
– |
– |
– / + |
– |
– / + |
– |
|
6. |
Jinsi |
– |
+ |
– |
+ |
– |
– |
+ |
+ |
– |
+ |
|
7. |
Tugʻilgan sanasi |
– |
+ |
– |
+ |
– |
+ |
+ |
+ |
– |
+ |
|
8. |
Fuqarolik mamlakati kodi |
– |
– |
– |
– |
– |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
|
9. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi kodi |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
|
10. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
+ |
+ |
– |
+ |
– |
|
11. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat berilgan sana |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
+ |
– |
+ |
– |
|
12. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddatini tugashi sanasi |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
+ |
– |
+ |
– |
|
13. |
Oʻlim haqida guvohnoma sanasi, seriya va nomeri |
– |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
– |
– |
+ |
|
14. |
Bank filiali kodi |
– |
– |
+ |
– |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
|
15. |
Hisob varagʻi |
– |
– |
+ |
– |
– |
– |
– |
+ |
– |
– |
Izoh. “+” — soʻrov (javob) tarkibiga kiradi;
“–” — soʻrov (javob) tarkibiga kirmaydi;
“– / +” — soʻrov tarkibiga kirishi yoki kirmasligi mumkin;
1-ustunda — Jismoniy shaxsning BDMABda identifikatsiyalashda foydalaniladigan koʻrsatkichlar;
2-ustunda — Jismoniy shaxsning BDMABda xos raqamini roʻyxatdan oʻtkazishda foydalaniladigan koʻrsatkichlar;
3-ustunda — Jismoniy shaxsning hisob varagʻini BDMABda roʻyxatdan oʻtkazishda foydalaniladigan koʻrsatkichlar;
4-ustunda — Jismoniy shaxsning BDMABda maʼlumotlarini oʻzgarganini roʻyxatdan oʻtkazishda foydalaniladigan koʻrsatkichlar;
5-ustunda — Jismoniy shaxs xos raqamining bekor qilinishini BDMABda roʻyxatdan oʻtkazishda foydalaniladigan koʻrsatkichlar keltirilgan.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/1863-6/2118-son)