23.10.2018 yildagi 854-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organlarining qonun hujjatlarini buzayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Adliya organlarining qonun hujjatlarini buzayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 23-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
854-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 854-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organlarining qonun hujjatlarini buzayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb ataladi) qonun hujjatlarini buzayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, diniy tashkilotlar, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va filiallarini (keyingi o‘rinlarda nodavlat notijorat tashkilotlar deb ataladi) aniqlash bo‘yicha boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy ta’lim muassasalari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va shu kabilar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zaro hamkorlik qonuniylik, obyektivlik va javobgarlik, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Adliya organlarining boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya organlari bilan idoralararo hamkorlikni ta’minlash doirasida, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining qonuniyligin ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining buzilishi, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan pul mablag‘larining maqsadli sarflanishi bo‘yicha talablarga rioya etilmasligi va ular tomonidan pul mablag‘laridan va boshqa mol-mulkdan, ularni moliyalashtirishning noqonuniy manbalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida adliya organlarini xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlarining so‘rovlari bo‘yicha hujjatlarni va (yoki) ma’lumotlarni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlarining so‘rovlari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarini belgilangan tartibda tugatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining so‘rovlari bo‘yicha chet el fuqarolari bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha materiallarni o‘rganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkdan ularning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq oqilona va maqsadli foydalanilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini o‘rganishda adliya organlariga ko‘maklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ularning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga zid xatti-harakatlar amalga oshirilgan hollarda adliya organlariga va (yoki) prokuraturaga nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari tomonidan sodir etilgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining buzilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, ularning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan birgalikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Nizom doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) adliya organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlarga oid fikr-mulohazalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan va o‘tkazilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yig‘ilishlar va shu kabilar) yakunlari bo‘yicha tahlilni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlariga taqdim etilgan mablag‘lar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslarning ishlatilishi bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga oid ma’lumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarolari bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish bo‘yicha materiallarni o‘rganish yakunlari yuzasidan fikr-mulohazalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga daxldor bo‘lgan tarmoq, hududiy gumanitar dasturlarni amalga oshirishga jalb qilish bo‘yicha takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, ustav faoliyati va ta’sis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlariga xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallariga ularning takliflariga ko‘ra tashrif buyurayotgan chet el fuqarolariga oid ma’lumotlarni so‘rab olishga haqlidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagi so‘rovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini xabardor qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan xalqaro shartnomalar/bitimlar to‘g‘risida, yoxud xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritishi uchun asos bo‘lgan bitimlar bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va xorijiy nohukumat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarining bosh ofisi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va xorijiy nohukumat notijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari va filiallarining taklifiga ko‘ra chet el fuqarolariga berilgan vizalar to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bojxona va soliq organlari o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarining noqonuniy faoliyatni amalga oshirganlik holati aniqlanganligi hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmaganlik to‘g‘risida u aniqlangan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilganligi, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ularning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga zid xatti-harakatlarning sodir etilganligi ushbu holat aniqlanganidan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan pul mablag‘larini maqsadli sarflash va ular tomonidan boshqa mol-mulkdan foydalanish talablariga rioya etmaslik, shuningdek, noqonuniy moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida ushbu holat aniqlanganidan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlarini belgilangan tartibda xabardor qilmasdan o‘tkazilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yig‘ilishlar va shu kabilar) to‘g‘risida ushbu holat aniqlanganidan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari va xodimlari haqida ular javobgarlikka tortilgan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy xizmatchilar va diniy tashkilotlarning a’zolari tomonidan maxsus bolalar va o‘smirlar yig‘ilishlarini, shuningdek, diniy marosimlarga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot to‘garaklari va boshqa to‘garaklar va guruhlarni tashkil etganligi va o‘tkazilganligi holatlari to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari orqali O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida missionerlik va boshqa huquqqa xilof faoliyat amalga oshirganligining aniqlangan holati to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan diniy adovat, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish, fuqarolarni qirg‘in qilish yoki zo‘rlik bilan ko‘chirishga chaqirish, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otish yoxud diniy-ekstremistik, terroristik tashkilotlarning belgilari va ramzlarini namoyish qilishga oid materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish maqsadida tayyorlaganlik, saqlaganlik, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik yoki tarqatganlikning aniqlangan holatlari haqida ushbu holatlar aniqlangan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to‘sqinlik qilish, shu jumladan, dindorlardan majburiy yig‘im undirish, diniy ibodatlarda, diniy rasm-rusm va marosimlarda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslikka majburlash bilan bog‘liq bo‘lgan noqonuniy faoliyatining aniqlangan holatlari to‘g‘risida ushbu holatlar aniqlangan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari tomonidan sodir etilgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzganlik holatlari to‘g‘risida ushbu holatlar aniqlangan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va boshqa moddiy qimmatliklar, shu jumladan, transport vositalari olib kirilganligi yoki olib chiqilganligi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan bojxona haqidagi qonunlar buzilganligi holatlari to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yoxud soliq haqidagi qonunlar buzilganligi munosabati bilan javobgarlikka tortilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari va xodimlari to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligining aniqlangan holatlari to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro‘yxatga oluvchi organ bilan kelishmagan holda xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, xorijiy davlatlarning fuqarolaridan yoxud ularning topshiriqlari bilan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinganligi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinmagan ramzlardan foydalanganligi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh ofisi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ularning xodimlarini ushbu vakolatxonalar va filiallarning ustavidagi maqsadlar va vazifalariga javob bermaydigan har qanday siyosiy va boshqa faoliyatda ishtirok etishi, ular tomonidan siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar o‘tkazadigan aksiyalar va tadbirlarning moliyalashtirilishi, shuningdek, shunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqqanligi va qo‘llab-quvvatlaganligi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yig‘ilishlari yoki namoyishlari, shu jumladan, diniy yig‘ilishlar va boshqa marosimlarni tashkil etish yoki o‘tkazish tartibi buzilganligi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda diniy ta’lim berish tartibi buzilganligi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
so‘rovlarga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida adliya organlarini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bojxona va soliq organlari chet el fuqarolari bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish bo‘yicha materiallarni o‘rganadi hamda adliya organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, ularning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan birgalikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiyalar faoliyati to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarining noqonuniy faoliyati, shu jumladan, tashkilot rahbarlarining ustavni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganligi to‘g‘risida zudlik bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta manzilini o‘zgartirgan va bu haqda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilmagan nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida ushbu holat aniqlangan kundan boshlab uch kun mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan faoliyatda ishtirok etishi, shuningdek, noqonuniy tashkilotlarni tashkil etish tashabbusi bilan chiqqanligi yoki qo‘llab-quvvatlaganligi to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlarini belgilangan tartibda xabardor qilmagan holda tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yig‘ilishlar va shu kabilar) o‘tkazilganligi to‘g‘risida ular o‘tkazilganidan boshlab uch kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilgan holda bosma, audiovizual va boshqa materiallar tarqatilganligi to‘g‘risida zudlik bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy xizmatchilar va diniy tashkilotlarning a’zolari tomonidan maxsus bolalar va o‘smirlar yig‘ilishlari, shuningdek, diniy marosimlarga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot to‘garaklari va boshqa to‘garaklar va guruhlar tashkil etilganligi va o‘tkazilganligi holatlari to‘g‘risida zudlik bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan aholi orasida vahimani keltirib chiqarishga qaratilgan aholini qirg‘in qilish yoki zo‘rlik bilan ko‘chirishga chaqirishga oid materiallar tarqatilganligi holatlari to‘g‘risida zudlik bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilganligi holatlari to‘g‘risida adliya organlarini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar to‘g‘risidagi xabarlar va ma’lumotlar mas’ul organlarga ular aniqlangan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar adliya organlari bilan hamkorlik doirasida ma’lumotlarni ham yozma, ham elektron axborot almashinuvi yo‘li bilan yuboradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Adliya organlari tushgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablari, ustav faoliyati va ta’sis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/854/2089-son)