20.10.2018 yildagi 841-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2022
 LexUZ sharhi
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)

Milliy maqsadlar*

Milliy vazifalar

Mas’ul ijrochilar

1-maqsad. Barcha joylarda aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish.

1.1-vazifa. 2030-yilgacha fuqarolarning o‘ta qashshoqlik shaklini bartaraf etish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.2-vazifa. 2030-yilgacha kam ta’minlangan erkaklar, xotin-qizlar va barcha yoshdagi bolalarning ulushini kam ta’minlanishning barcha ko‘rinishlarida ikki barobarga qisqartirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Markaziy bank, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

1.3-vazifa. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish, ijtimoiy himoya qilish xizmatlari sifatini oshirish, ijtimoiy himoya qilish choralari doirasiga muhtojlarning barchasi to‘liq qamrab olinishiga erishish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Markaziy bank, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha
Respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.4-vazifa. 2030-yilgacha butun aholining, jumladan kam ta’minlan�an va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bazaviy zaxiralar (yer uchastkalari, yangi texnologiyalar, bank kreditlari va b.)dan foydalanishlari uchun qulay iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlar, yangi texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar, shu jumladan mikromoliyalashtirish bilan ta’minlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaziy bank,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.5-vazifa. 2030-yilgacha aholining ijtimoiy zaif qatlamlarining yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning iqlim o‘zgarishi yuzaga keltirgan kutilmagan holatlar va boshqa iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik larzalar va musibatlar oldidagi himoyalanmaganligi va zaifligini kamaytirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

1.a-vazifa. Aholining kam ta’minlanganligini uning barcha shakllarida tugatish bo‘yicha dasturlar va strategiyalarni amalga oshirishga yetarli va prognoz qilinadigan mablag‘ni ta’minlash uchun turli manbalardagi, jumladan, rivojlanish maqsadida hamkorlikni faollashtirish asosidagi salmoqli zaxiralarning safarbar etilishiga erishish.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

1.b-vazifa. Aholining kam ta’minlanganligini tugatish bo‘yicha tadbirlarga tezkor sarmoya kiritilishiga ko‘maklashish uchun kam ta’minlangan fuqarolarning manfaatlarini hamda gender jihatlarni inobatga oladigan rivojlanish, monitoring va baholashni strategik prognozlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi

2-maqsad. Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.

2.1-vazifa. 2030-yilgacha zarur hajmda ovqatlanishning yuqori sifati va balanslashganligini ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, go‘daklar bilan bir qatorda, ijtimoiy zaif �ishilarning hayot uchun muhim va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan yil bo‘yi erkin foydalanishlariga erishish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.2-vazifa. 2030-yilgacha to‘yib ovqat yemaslikning barcha shakllariga barham berish, jumladan, 2025-yilgacha besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘sishi va vaznidagi kechikishga qarshi kurashishga oid xalqaro darajada kelishilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda o‘smir qizlar, homilador va emizuvchi xotin-qizlar, keksa odamlarning ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.3-vazifa. 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha samaradorligini hamda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat yetishtiruvchilarining daromadini ancha oshirish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Markaziy bank,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.4-vazifa. 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror tizimlari yaratilishini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish imkonini beradigan qishloq xo‘jaligini yuritish usullarini joriy qilish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi

2.5-vazifa. Urug‘ va madaniylashtirilgan ekinlarning, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlarining hamda ularning tegishli yovvoyi turlarining genetik rangbarangligi saqlanishini, jumladan urug‘ va ekinlarning turli-tuman zaxiralarini tegishli tarzda saqlash orqali, ta’minlash.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2.a-vazifa. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa�ishi sohasidagi salohiyatni mustahkamlash maqsadida qishloq infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va agrotashviqot, texnologiyalarni rivojlantirish hamda o‘simlik va hayvonlarning genetik zaxiralarini yaratishga sarmoya kiritilishini, jumladan, xalqaro hamkorlikni faollashtirish yo‘li bilan, ko‘paytirish.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi

2.b-vazifa. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozorlarida savdo cheklovlari kiritilishi va xatolar yuzaga kelishini bartaraf etish hamda bunga yo‘l qo‘ymaslik.

Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2.c-vazifa. Oziq-ovqat mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlari bozorlarining tegishli tarzda faoliyat yuritishini ta’minlash choralarini ko‘rish, oziq-ovqat narxlarining keskin o‘zgarishini cheklashga yordam berish maqsadida bozor ma’lumotlaridan, jumladan oziq-ovqat zaxiralari haqidagi ma’lumotdan o‘z vaqtida foydalanishga ko‘maklashish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Markaziy bank

3-maqsad. Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish

3.1-vazifa. 2030-yilgacha onalar o‘limi ko‘rsatkichini uchdan bir baravarga qisqartirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xotin-qizlar qo‘mitasi,

3.2-vazifa. 2030-yilgacha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasidagi o‘limni ikki baravarga kamaytirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.3-vazifa. Aholining tuberkulyoz va OIV bilan zararlanish darajasini kamaytirish hamda suv orqali yuqadigan gepatit va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.4-vazifa. 2030-yilgacha aholi o‘rtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt o‘limni 30 foizga qisqartirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.5-vazifa. Ruhiy faollashtiruvchi moddalarga qaramlik, shu jumladan, giyohvand moddalar va alkogolli ichimliklarni suiiste’mol qilishning profilaktikasi va davolanishini yaxshilab borish (alkogolning zararli iste’mol qilinishini 10 foizga kamaytirish).

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.6-vazifa. 2025-yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish.

Ichki ishlar vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

3.7-vazifa. 2030-yilgacha jinsiy va reproduktiv salomatlikni asrash bo‘yicha xizmatlardan, shu jumladan, oilani rejalashtirish va o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun nikoh yoshini uzaytirish xizmatlaridan umumiy foydalanishni hamda milliy strategiya va dasturlarda reproduktiv salomatlikni asrash masalalarining hisobga olinishini ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi,

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

3.8-vazifa. Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrab olishni, shu jumladan, sog‘liqni saqlashga sarflanayotgan katta xarajatlar tufayli himoyalashni, asosiy sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish va barcha uchun xavfsiz, samarali, sifatli va arzon asosiy dorivor va emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

3.9-vazifa. Xavfli kimyoviy moddalarning ta’siri, havo va suvning ifloslanishi natijasida, jumladan kimyoviy ishlab chiqarish hamda zararli moddalar ko‘milgan joylarda, o‘lim va kasallanish holatlarini qisqartirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

3.a-vazifa. Zaruratga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurash Hadli konvensiyasi (2003-yil may oyida qabul qilingan xalqaro bitim) amalga oshirilishini faollashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.b-vazifa. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolash uchun emlash va dorivor vositalar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarga ko‘maklashish; Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha bitimining aholi salomatligini asrash maqsadida moslashishini namoyon etish va, xususan, barcha uchun dorivor vositalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha qoidalardan rivojlanayotgan mamlakatlarning to‘liq hajmda foydalanishi ko‘zda tutilgan “TRIPS bo‘yi�a bitim va jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash” Doxa deklaratsiyasiga (Jahon savdo tashkiloti (JST) homiyligidagi muzokaralar turkumiga) muvofiq, arzon asosiy dorivor hamda emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Intellektual mulk agentligi

3.c-vazifa. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni izchil oshirish, kadrlarni tayyorlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, munosib ish haqi bilan ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3.d-vazifa. Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (XTSQ JSTning bazaviy hujjati, qoidalarning hozirgi tahriri Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 2005-yil 25-maydagi 58 sessiyasida qabul qilingan) joriy qilinishi hamda umumiy sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarda chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlikni ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

4-maqsad.Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish.

4.1-vazifa. 2030-yilgacha boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’limni, umumiy qamrovni saqlab qolgan holda, o‘qitishning dolzarb va samarali natijalariga erishishni ta’minlaydigan yangi sifat bosqichiga ko‘tarish.

Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat test markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

4.2-vazifa. 2030-yilgacha barcha o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha o‘qitishning sifatli tizimlaridan ular boshlang‘ich ta’limni olishga tayyor bo‘lishlari maqsadida bemalol foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

4.3-vazifa. 2030-yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklar uchun arzon va sifatli o‘rta maxsus, oliy, kasb-hunar hamda qo‘shimcha ta’limdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat test markazi

4.4-vazifa. 2030-yilgacha ishga joylashish, munosib ishga ega bo‘lish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ko‘nikmalarga, shu jumladan, kasbiy-texnik ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

4.5-vazifa. Ta’lim muassasalari sharoitlarini imkoniyati cheklangan bol�larning manfaatlarini hisobga oladigan darajada yaxshilash bilan nogironlar uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini, barcha uchun xavfsiz va samarali o‘qitish muhitini ta’minlash.

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Nogironlar jamiyati

4.7-vazifa. 2030-yilgacha barcha o‘quvchilar va talabalarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashlarini ta’minlash.

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.a-vazifa. O‘quv muassasalarining barcha uchun xavfsiz va samarali o‘quv muhitini ta’minlaydigan shart-sharoitlarini yaxshilash.

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

4.b-vazifa. 2020-yilgacha oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun kreditlar va grantlar, shu jumladan xalqaro miqdorini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

4.c-vazifa. 2030-yilgacha malakali o‘qituvchilarning sonini, jumladan o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali, jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

5-maqsad. Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.

5.1-vazifa. Hamma joyda barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat qo‘mitalari va idoralar

5.2-vazifa. Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini, shu jumladan, odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya hamda ekspluatatsiyaning boshqa shakllarini tugatish.

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi,
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

5.3-vazifa. Erta nikohlar va zo‘rlab nikohlashni tugatish.

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

5.4-vazifa. Kommunal xizmatlar, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimlarini taqdim etish orqali parvarishlash va uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha haq to‘lanmaydigan mehnatni tan olish va qadrlash, milliy sharoitlarni hisobga olgan holda oilada xo‘jalik yuritish uchun umumiy mas’uliyat tamoyilini rag‘batlantirish.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.5-vazifa. Xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida har tomonlama ishtirok etishlarini hamda qaror qabul qilishda yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.6-vazifa. Reproduktiv salomatlikni asrash sohasida umumqamrovli tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish uchun sog‘liqni saqlash xizmatlaridan umumiy foydalanishni ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.a-vazifa. Xotin-qizlarni ularning h�quq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishlarida qo‘llab-quvvatlaydigan dasturlarni kengaytirish.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

5.b-vazifa. Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish maqsadida yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faolroq foydalanish.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.c-vazifa. Gender tenglik tamoyillarini boshqaruvning turli bosqichlarida davlat dasturlarini qabul qilish jarayoniga to‘la singdirish.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi

6-maqsad. Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.

6.1-vazifa. 2030-yilgacha barcha uchun toza ichimlik suvidan umumiy va teng huquqli foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.2-vazifa. 2030-yilgacha tegishli sanitariya-gigiyena vositalaridan umumiy va teng huquqli foydalanish imkoniyatini ta’minlash, aholining ijtimoiy zaif qatlami ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.3-vazifa. 2030-yilgacha suv muhitining har qanday, jumladan, quruqlikdagi faoliyat natijasida ifloslanishini sezilarli ravishda kamaytirish hamda oqova suvlarni xavfsiz tarzda qayta ishlatish hajmini oshirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.4-vazifa. 2030-yilgacha iqtisodiyotning barcha sektorlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli oshirish.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.5-vazifa. 2030-yilgacha barcha darajalarda suv resurslarining kompleks, shu jumladan, zaruratga ko‘ra trans-chegaraviy hamkorlik asosida boshqarilishini ta’minlash.

Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazi

6.6-vazifa. 2030-yilgacha suv bilan bog‘liq ekotizimlar, shu jumladan, tog‘lar, o‘rmonlar, suvli-botqoqli hududlar, daryolar, suvli qatlamlar va ko‘llarning qo‘riqlanishi va tiklanishini ta’minlash.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.b-vazifa. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining suv xo‘jaligi va sanitariyani yaxshilash ishidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi

7-maqsad. Arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan barcha uchun umumfoydalanish imkoniyatini ta’minlash.

7.1-vazifa. 2030-yilgacha arzon, ishonchli va zamonaviy energiya ta’minotidan umumiy foydalanishni ta’minlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qis�artirish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ,

“O‘zbekneftgaz” AJ,

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ

7.2-vazifa. 2030-yilgacha jahon energetika muvozanatida tiklanuvchan manbalardan olinadigan energiya ulushini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ

7.3-vazifa. 2030-yilgacha energiya samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatkichni ikki baravar oshirish.

“O‘zbekenergo” AJ, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar

7.b-vazifa. 2030-yilgacha zamonaviy va barqaror energiya bilan ta’minlash uchun infratuzilmani kengaytirish va texnologiyalarni modernizatsiya qilish.

“O‘zbekenergo” AJ, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar

8-maqsad. Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish.

8.1-vazifa. 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmining aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda ikki baravar o‘sishini ta’minlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Markaziy bank

8.2-vazifa. Diversifikatsiya, texnik modernizatsiyalash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish vositasida iqtisodiyotda samaradorlikning o‘sishiga erishish, bunda yuqori qo‘shilgan qiymat va mehnat talab sektorlarga alohida e’tibor qaratish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

xo‘jalik boshqaruvi organlari

8.3-vazifa. Mehnat bozorida faol va sust chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususiy mulkni muhofaza qilish, kichik va yirik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va tezkor rivojlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali aholini, ayniqsa, yoshlar, nogironlarni munosib ish bilan ta’minlash va samarali bandlikni kengaytirishga yo‘naltirilgan qulay shart-sharoit yaratish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

8.4-vazifa. 2030-yilning oxirigacha bo‘lgan butun muddat davomida iste’mol qilish va ishlab chiqarish tizimlarida resurslardan foydalanishning global samaradorligini asta-sekin oshirib borish hamda Iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellaridan foydalanishga o‘tish bo‘yicha o‘n yillik harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilganidek, iqtisodiy o‘sish atrof-muhit holatining yomonlashuvi bilan birga kechmasligiga intilish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

8.5-vazifa. 2030-yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklarni, shu jumladan, yoshlar va nogironlarni barqaror va samarali bandlik hamda munosib ish bilan, shuningdek, teng qiymatli mehnat uchun teng ish haqi to‘lanishini ta’minlash.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Nogironlar jamiyati

8.6-vazifa. 2020-yilgacha ishlamayotgan, o‘qimayotgan va kasbiy malakalarni egallamayotgan yoshlarning ulushini jiddiy ravishda qisqartirish.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.7-vazifa. Bolalar mehnati hamda majburiy mehnatning eng yomon shakllariga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat va monitoring qilishni kuchaytirish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

vazirlik va idoralar

8.8-vazifa. Ishchi xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ular uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

8.9-vazifa. 2030-yilgacha yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy mahsulotga bo‘lgan talabni kuchaytirishga ko‘maklashuvchi turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlash.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

8.10-vazifa. Milliy moliyaviy muassasalarning barchaning bank, sug‘urta va moliyaviy xizmatlardan bemalol foydalanishini rag‘batlantirish va kengaytirish qobiliyatini mustahkamlash.

Markaziy bank, Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

8.b-vazifa. 2020-yilgacha yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha global strategiyani ishlab chiqish va amalga kiritish hamda Xalqaro mehnat tashkilotining ish o‘rinlari haqidagi Global paktini (2009-yil 19-iyulda Xalqaro mehnat konferensiyasida qabul qilingan) amalga oshirish.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

9-maqsad. Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish.

9.1-vazifa. Iqtisodiy rivojlanish va odamlar farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, shu jumladan, hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda barcha uchun arzo� va teng huquqli foydalanishni ta’minlash.

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

“O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ

9.2-vazifa. Umumqamrovli va barqaror sanoatlashuvga ko‘maklashish va ishlov beruvchi tarmoqlarning jadal rivojlanishi, resurs tejovchi i ekologik xavfsiz texnologiyalarni keng qo‘llash orqali mavjud korxonalarni modernizatsiyalash hamda yangilarini tashkil etish yo‘li bilan 2030-yilgacha sanoat ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 40 foizga yetkazish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ,

“O‘zto‘kimachiliksanoat” uyushmasi,

“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ,

xo‘jalik boshqaruvi organlari

9.3-vazifa. Mayda sanoat korxonalari va kichik korxonalarning moliyaviy xizmatlardan, shu jumladan arzon kreditlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda ishlab chiqarish-sotish bosqichlarida qo‘shilgan qiymatni hosil qilish va bozorlarga integratsiyalashuvni kuchaytirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

9.4-vazifa. 2030-yilgacha infratuzilmani modernizatsiyalash va sanoat korxonalarini qayta jihozlash, resurslardan foydalanish hamda sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlaridan keng foydalanish hisobiga ularni barqaror qilish, bunda barcha manfaatdor mamlakatlarning ularning individual imkoniyatlariga muvofiq ishtirokini ta’minlash.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, xo‘jalik boshqaruvi organlari

9.5-vazifa. Iqtisodiyot tarmoqlarining texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni, jumladan innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoit yaratish va ilmiy tadqiqot hamda konstruktorlik sohasidagi xodimlar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish orqali jonlantirish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qurilish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

9.b-vazifa. Mahalliy texnologiyalar sohasidagi ishlanmalar, tadqiqotlar va innovatsiyalarni, jumladan sanoatning diversifikatsiyasi uchun qulay bo‘lgan siyosiy iqlimni yaratish va xomashyo sohalarida qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish orqali qo‘llab-quvvatlash.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

9.c-vazifa. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini jiddiy ravishda kengaytirish hamda Internet tarmog‘idan umumiy va arzon foydalanishni ta’minlash.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10-maqsad. Mamlakat ichida tengsizlikni uning barcha ko‘rinishlarida qisqartirish.

10.1-vazifa. 2030-yilgacha aholining eng kam ta’minlangan 40 foizi daromadlarining mamlakat bo‘yicha o‘rtacha darajadan oshishiga erishish va daromadlari o‘sishini qo‘llab-quvvatlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.2-vazifa. Barcha odamlarning, ularning yoshi, jinsi, nogironligi mavjudligi, millati, dini va ijtimoiy maqomidan qat’i nazar, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishini qonunchilik yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlis palatalari (kelishilgan holda), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.3-vazifa. Qonunchilikning kamsitishga qarshi me’yor va qoidalarining amalda, ayniqsa aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga nisbatan to‘liq va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Bosh prokuratura

10.4-vazifa. Tegishli siyosatni, ayniqsa, budjet-soliq siyosatini hamda ish haqi va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha siyosatni qabul qilish, asta-sekin ko‘proq tenglik ta’minlanishiga erishish.

Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

10.7-vazifa. Tartibga solingan, xavfsiz, boshqariladigan mehnat migratsiyasi va samarali migratsiya siyosatiga ko‘maklashish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

11-maqsad. Shaharlar va aholi yashash punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash.

11.1-vazifa. 2030-yilgacha barcha uchun turar joy va uy-joy kommunal xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.2-vazifa. 2030-yilgacha yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, xususan, jamoat transportidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish asosida barchaga xavfsiz, arzon, qulay va ekologik barqaror transport vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, bunda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratish.

Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zavtotrans” agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazi�ligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.3-vazifa. 2030-yilgacha barchaga ochiq bo‘lgan va ekologik barqaror urbanizatsiya ko‘lamini hamda aholi yashash punktlarini kompleks va barqaror rejalashtirish hamda ularni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish.

Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.4-vazifa. Madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda saqlash bo‘yicha xatti-harakatlarni jonlashtirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.5-vazifa. 2030-yilgacha falokatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar, ayniqsa xotin-qizlar va bolalar sonini jiddiy ravishda qisqartirish hamda falokatlar natijasida kelib chiqadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy zararni sezilarli tarzda qisqartirish, bunda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari himoyasiga alohida e’tibor qaratish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.6-vazifa. 2030-yilgacha shaharlar ekologiyasining aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish, bunda havoning sifatiga hamda shahar chiqindilari va boshqa chiqindilarning chiqarib tashlanishiga alohida e’tibor qaratish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.7-vazifa. 2030-yilgacha shaharlar va aholi yashash punktlarida yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar uchun o‘yin maydonchalari maydonini kengaytirish, bunda nogironlarning dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.

Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12-maqsad. Iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o‘tishni ta’minlash.

12.1-vazifa. Iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellaridan foydalanishga o‘tish bo‘yicha O‘n yillik harakatlar strategiyasini amalga oshirish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

12.4-vazifa. 2030-yilgacha, kelishilgan xalqaro tamoyillarga muvofiq, kimyoviy moddalar va barcha chiqindilardan ularning butun hayotiy sikli davomida ekologik jihatdan oqilona foydalanishga erishish hamda ularning odamlarga va atrof-muhitga salbiy ta’sirini eng kam darajaga yetkazish uchun havoga, suvga va tuproqqa tushishini jiddiy ravishda qisqartirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ

12.5-vazifa. 2030-yilgacha chiqindilar hosil bo‘lishining oldini olish, qayta ishlash va takroriy foydalanish bo‘yicha choralarni qabul qilish orqali ularning hajmini jiddiy ravishda qisqartirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.6-vazifa. Korxonalarga, ayniqsa yirik korxonalarga, ishlab chiqarishning barqaror usullarini qo‘llash va o‘z hisobotlarida resurslardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirishni tavsiya qilish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Davlat statistika qo‘mitasi

12.7-vazifa. Davlat xaridlarini amalga oshirish davomida ekologik standartlarning qo‘llanishini kengaytirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

12.8-vazifa. 2030-yilgacha aholini barqaror rivojlanish va tabiat bilan uyg‘un turmush tarzi haqida tegishli ma’lumot bilan ta’minlash.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

12.b-vazifa. Ish o‘rinlarini tashkil etish, mahalliy madaniyat va mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi barqaror turizm tomonidan barqaror rivojlanishga ko‘rsatiladigan ta’sir monitoringining vositalarini ishlab chiqish va joriy etish.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

12.c-vazifa. Qazilma yoqilg‘ining behuda sarflanishiga olib keladigan samarasiz foydalanishga subsidiyalar ajratishni — milliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda bozor nomutanosibliklarini, jumladan soliqqa tortish tizimini isloh qilish orqali bartaraf etish va ular mavjud bo‘lgan joylarda zararli subsidiyalardan asta-sekin voz kechish, bunda ularning ekologik oqibatlari hisobini yuritish, ayni paytda aholining muhtoj va ijtimoiy zaif qatlamlari manfaatlarini himoya qilish uchun ular rivojlanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni eng kam darajaga keltirish orqali optimallashtirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi

13-maqsad. Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni qabul qilish.

13.2-vazifa. Iqlim o‘zgarishiga aks-ta’sir choralarini milliy darajada siyosatga, strategiyaga va rejalashtirishga kiritish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

13.3-vazifa. Odamlar va muassasalar, tashkilot va korxonalarning iqlim o‘zgarishi oqibatlarining oldini olish, ularga moslashish va xavfli iqlim hodisalarining tavakkalchiligidan erta ogohlantirish bo‘yicha xabardorligi, ma’lumotlarning tarqatilishini hamda imkoniyatlarini yaxshilash.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

OAV

15-maqsad. Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to‘xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi jarayonini to‘xtatish.

15.1-vazifa. Xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq, yer usti va ichki chuchuk suvli ekotizimlar, jumladan o‘rmonlar, suvli-botqoqli hududlar, tog‘lar va qurg‘oqchil yerlarni saqlash, tiklash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.2-vazifa. O‘rmonlarning barcha turlaridan oqilona foydalanish usullarini joriy etishga ko‘maklashish, o‘rmonlarning yo‘qolib ketishini to‘xtatish, yemirilgan o‘rmonlarni tiklash hamda o‘rmonzorlar va o‘rmonlarni tiklash ko‘lamini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

O‘rmon xo‘jaligi dav�at qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

15.3-vazifa. 2030-yilgacha sahrolanishga qarshi kurash, yemirilgan yerlar va tuproqlarni, shu jumladan, sahrolanish, qurg‘oqchilik va suv toshqiniga uchragan yerlarni tiklash va yerlarning yemirilishining neytral balansiga erishish.

Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.4-vazifa. 2030-yilgacha tog‘ ekotizimlarining, shu jumladan ularning bioxilmaxilligi, saqlanishini barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ne’matlarni yaratish salohiyatini kuchaytirish maqsadida ta’minlash.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

15.5-vazifa. Hayvonlarning tabiiy yashash muhiti yemirilishini cheklovchi jiddiy choralarni ko‘rish, yo‘qolib ketish xavfi ostida tu�gan biologik turlarning sonini kamaytirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi

15.7-vazifa. Brakonyerlik hamda flora va faunaning qo‘riqlanadigan turlarining kontrabanda savdosini tugatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish, jonli tabiatning noqonuniy mahsulotlariga talab, shuningdek, ularni taklif qilishga oid muammolarni hal qilish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

15.8-vazifa. Begona invaziv turlar kirib kelishining oldini olish va ularning yer usti va suv ekotizimlariga ta’sirini jiddiy qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ustuvor turlar miqdorining qisqarishi yoki yo‘q qilinishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.9-vazifa. Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda ekotizim va biologik xilmaxillik qimmatining hisobga olinishini ta’minlash.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.a-vazifa. Biologik xilmaxillik va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida moliyaviy resurslarning barcha manbalarini safarbar etish va jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

16-maqsad. Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish.

16.1-vazifa. Zo‘ravonlikning barcha turlari tarqalishini qisqartirish va ushbu hodisa sababli o‘lish ko‘rsatkichlarini kamaytirish.

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

16.2-vazifa. Bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha turlarini tugatish.

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

16.3-vazifa. Qonun ustuvorligiga ko‘maklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyatlarni ta’minlash.

Oliy sud, Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi

16.4-vazifa. 2030-yilgacha noqonuniy pul va qurol-yarog‘ oqimlarini jiddiy ravishda qisqartirish, o‘g‘irlangan aktivlarni izlab topish va qaytarish bo‘yicha ishlarni jonlantirish, uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga qarshi kurash olib borish.

Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi

16.5-vazifa. Korrupsiya, ekstremizm va poraxo‘rlik ko‘lamlarini ularning barcha shakllarida jiddiy ravishda qisqartirish.

Korrupsiya qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi

16.6-vazifa. Boshqaruvning barcha bosqichlarida davlat organlarining samaradorligi, hisobdorligi va shaffofligini oshirish.

Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oliy sud, Bosh prokuratura

16.7-vazifa. Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish.

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.10-vazifa. Fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqini amalga oshirishlari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot oshkoraligini kuchaytirish hamda fuqarolarning asosiy erkinliklari himoyasini ta’minlash.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar

16.a-vazifa. Zo‘ravonlikning oldini olish, terrorchilik, ekstremizm va jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish ishida milliy va xalqaro darajalarda hamkorlikni kengaytirish orqali tegishli milliy muassasalarni mustahkamlash.

Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Bosh prokuratura, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar

17-maqsad. Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishlarni faollashtirish.

17.1-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning talab qilinadigan darajasini ta’minlash uchun ichki va tashqi manbalar resurslarining safarbar etilishini kuchaytirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar

17.3-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Markaziy bank

17.4-vazifa. Davlat qarzdorligi darajasini mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy holati barqarorligini ta’minlaydigan darajada ushlab turish.

Moliya vazirligi, Markaziy bank,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

17.6-vazifa. Fan, texnika va innovatsiyalar sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tuzilmalar islohotlarini kuchaytirish manfaati yo‘lida o‘zaro bilim almashinuvini rag‘batlantirish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Intellektual mulk agentligi

17.8-vazifa. 2019-yilgacha texnologiyalar banki va fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish mexanizmining to‘liq ko‘lamda amal qilishini ta’minlash hamda yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar

17.13-vazifa. Global makroiqtisodiy barqarorlikni, jumladan, siyosatni muvofiqlashtirish va siyosatning izchilligini ta’minlash orqali, kuchaytirish

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

17.14-vazifa. Qabul qilinayotgan qarorlar, ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan strategiyalar hamda dasturlarga barqaror rivojlanish tamoyillarini integratsiya qilishning uzoq muddatli mexanizmlarini shakllantirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.17-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda davlat bilan xususiy sektor o‘rtasida, fuqarolik jamiyati tashkilotlari o‘rtasidagi samarali sheriklikni rag‘batlantirish.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Xususiyla�tirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi

17.18-vazifa. 2020-yilgacha daromadlar darajasi, jinsi, yoshi, irqi, millati, fuqaroligi, ijtimoiy maqomi, geografik joylashuvi va milliy sharoitlarni hisobga olgan holda ahamiyatli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari bo‘yicha taqsimlangan yuqori sifatli, dolzarb va ishonchli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

17.19-vazifa. Hozirgi tashabbuslarga asoslangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichiga qo‘shimcha tarzda barqaror rivojlanish sohasida taraqqiyotni o‘lchash bo‘yicha boshqa o‘lchov ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, statistika sohasidagi salohiyatni oshirish.

Davlat statistika qo‘mitasi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari

T.A. Ishmetov

Moliya vaziri

A.K. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vaziri

Sh.D. Kudbiyev

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

Sh.X. Shermatov

Xalq ta’limi vaziri

I.U. Majidov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

D.X. Nabiyev

Jismoniy tarbiya va sport vaziri

A.V. Shin

Maktabgacha ta’lim vaziri

lavozimi bo‘yicha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

B.T. Kuchkarov

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

B.A. Begalov

Davlat statistika qo‘mitasining raisi

K.M. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

kelishilgan holda

Bosh prokurorning o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

A.Y. Xaydarov

Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

B.K. Ro‘zibayev

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

S.S. Xodjayev

Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

M.Sh. Istamov

Adliya vazirining o‘rinbosari

Z.B. Maxkamova

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Sh.S. Javlonov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatinimuvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash mas’ul kotibi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli/mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish

1.

BRMni amalga oshirishda uyg‘unlashgan yondashuvni sektorlararo muvofiqlashtirishni ta’minlash uchun “Iqtisodiy barqarorlik”, “Ijtimoiy himoya”, “Sog‘liqni saqlash”, “Ta’lim”, “Atrof muhit”, “Samarali boshqaruv” yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert guruhlar tarkiblarini shakllantirish

Yo‘nalishlar bo‘yicha ekspert guruhlarni tuzish

2018-yil dekabr

Muvofiqlashtiruvchi kengash

2.

2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarining har biri bo‘yicha rivojlanish konsepsiyasini hamda maqsadlarning har birini amalga oshirish yuzasidan yillik rejalarni ishlab chiqish va Muvofiqlashtirish kengashiga kiritish

Rivojlanish konsepsiyasi

Tadbirlar rejalari

2019-yil may

Ekspert guruhlar rahbarlari

3.

Milliy BRM veb-saytini yaratish

Veb-sayt yaratish

2019-yil fevral

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. BRMga erishish mezon ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish

4.

Barqaror rivojlanishning milliy ko‘rsatkichlari bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tarkibini shakllantirish

Idoralararo ishchi guruhni tuzish

2018-yil dekabr

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi

5.

Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish holatini kuzatish uchun mezon ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqish

Tadbirlar rejasi

2019-yil fevral

Milliy BRMga erishi� mezon ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh

6.

Inson huquqlarini himoya qilish, sud-huquq islohotlari va davlat boshqaruvi sohalarida Milliy BRMga tegishli idoraviy statistik ma’lumotlarning hajmi va turlarini belgilash

Idoraviy statistik ma’lumot ro‘yxati

2018-yil dekabr

“Samarali boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha ekspert guruhi

7.

Milliy BRMni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish, xalqaro moliya institutlari, investitsiyalar, xususiy sektorni jalb etish

Loyihalar portfelini shakllantirish, BRMni xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik dasturlariga kiritish

Aniq loyihalarni amalga oshirish doirasida TITga muvofiq bajariladi

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

8.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasini tayyorlash va ko‘rib chiqishda Milliy BRMni hisobga olish va unda aks ettirishni ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlariga BRMni kiritish

Davlat budjetini ishlab chiqish va tasdiqlash doirasida

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot vazirligi

III.Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish monitoringi va hisobdorlik

9.

Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan O‘zbekistonning yillik Milliy hisobotini tayyorlash va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hamda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga kiritish

Milliy hisobotni tayyorlash

2019-yildan boshlab

Muvofiqlashtiruvchi kengash,

Iqtisodiyot vazirligi, Ekspert guruhlari rahbarlari

10.

Jarayonga jalb qilingan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Muvofiqlashtiruvchi kengashning Milliy BRMga erishish yuzasidan yillik majlislarini o‘tkazish

Parlamentda ko‘rish uchun alohida BRMga erishish natijalari bo‘yicha material tayyorlash

Zaruriyatga ko‘ra

Iqtisodiyot vazirligi

Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari bilan hamkorlikda (kelishilgan holda)

11.

Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish mezon ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plashni davlat statistika ishlariga qo‘shish va ularni Milliy BRM veb-portalida nashr etishni ta’minlash

Statistik ishlarning yangilangan dasturi

2019-yil fevral

Davlat statistika qo‘mitasi

12.

Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha yillik to‘plamlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etish, ularni Milliy BRM veb-portaliga joylashtirish

Milliy BRMga erishish statistik ko‘rsatkichlari to‘plami

2019-yilning

IV choragidan boshlab

Davlat statistika qo‘mitasi

13.

BMTning Statistika komissiyasi hamda boshqa tuzilmalari bilan tajriba almashish, xalqaro ekspertlarni taklif etish, Milliy BRM mezon ko‘rsatkichlari metodologiyasini ishlab chiqish, BMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari asosida statistik va BRMga erishish yuzasidan boshqa mavzuli hisobotlarni tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish

Chora-tadbirlar majmuasi

Alohida jadval bo‘yicha

Iqtisodiyot vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi

14.

Xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini qo‘llashga bag‘ishlangan seminar va anjumanlarni tashkil etish (BMT, donor-mamlakatlar bilan hamkorlikda)

Seminarlarni o‘tkazish jadvali

Jadval bo‘yicha

Iqtisodiyot vazirligi

yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikda

15.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali Milliy BRMga erishish jarayonini yoritish hamda aholining ushbu masala yuzasidan xabardorligini muntazam oshirib borish tadbirlarini o‘tkazish

Tadbirlar rejasi

Jadval bo‘yicha

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi