07.03.1992 yildagi 108-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHET EL DIPLOMATIK VAKOLATXONALARINI JOYLASHTIRISH UCHUN MAʼMURIY BINOLARNI TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGI IXTIYORIGA BERISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Toshkentda ishbilarmonlar uchrashuvini oʻtkazish yakunlari toʻgʻrisida” 1991-yil 10-oktabrdagi 254-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida chet el diplomatik vakolatxonalari uchun binolar qurish va ajratish, ularning faoliyatini zarur sharoitlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 1992-yil 11-yanvardagi R-122-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar chet el diplomatik vakolatxonalarini joylashtirish uchun maʼmuriy binolarni shahar hokimligi bilan 1-ilovaga* muvofiq kelishilgan muddatlarda Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Koʻchirilayotgan tashkilotlar, vazirliklar, idoralarning apparatlarini joylashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq yotoqxonalar binosi, V.I. Lenin nomidagi ToshDUning falsafa, tarix fakultetlari va malaka oshirish institutining binosi Amir Temur koʻchasi, 60-a uydagi yotoqxona bilan birga, shuningdek, Rus tili va adabiyoti institutining Furqat koʻchasida qurilayotgan binosi Toshkent shahar hokimligi balansiga berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-iyundagi 294-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Toshkentboshqurilish”, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarni ularni zichlashtirish hisobiga joylashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻrta Osiyo Tibbiyot fanlari akademiyasining apparatlari Rus tili va adabiyoti institutining Furqat koʻchasida qurilayotgan binosiga joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. ToshDU falsafa, tarix fakultetlari va malaka oshirish instituti kontingenti bilan Oliy oʻquv yurtlari shaharchasida Sharqshunoslik instituti binolarida joylashtirilsin, Amir Temur koʻchasi, 60-a uydagi shu munosabat bilan boʻshab qolgan joylarga Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik hisobidagi “Sayyoh-Intur” birlashmasi va “Vatanparvar” MKT Markaziy Kengashining apparatlari joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi respublika uslubiyat markazining Lohutiy koʻchasida qurilayotgan binosiga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti joylashtirilsin.
(4 va 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-iyundagi 294-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-iyundagi 294-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (oʻrtoq Juravlev) “Mineral” ilmiy-tadqiqot institutining 60 kishilik xodimlarini joylashtirish uchun shahar hokimligi bilan kelishilgan muddatlarda, xonalar ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Buyurtmachilar: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzradioelektrotexasbob” konserni Oʻzbekiston hisoblash texnikasi va informatika ishlab chiqarish birlashmasi, bosh pudratchi tashkilot – “Toshkentboshqurilish” Rus tili va adabiyot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining uslubiyat markazi, Oʻzbekiston hisoblash texnikasi va informatika ishlab chiqarish birlashmasining texnik xizmat koʻrsatish markazi binolari qurilishini 1992-yil iyun oyida tugallashni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qayd qilingan inshootlar qurilishini tugallash uchun respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga qoʻshimcha ravishda 26,0 mln. soʻm va Oʻzbekiston hisoblash texnikasi va informatika ishlab chiqarish birlashmasiga 3,5 mln. soʻm ajratsin”.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-iyundagi 294-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Toshkent shahar hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovada sanab oʻtilgan barcha korxonalar va tashkilotlarning boshqaruv apparatlarini (3, 4, 5, 6 va 7-bandlarda nazarda tutilganlardan tashqari) 2-ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligiga berilayotgan yotoqxonalar binosiga joylashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishilgan muddatlarda respublika qurilish tashkilotlarining kuchlari bilan boʻshayotgan binolarni qayta qurish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirishga doir ishlarning bajarilishini va ularni 3-ilovaga* muvofiq chet el vakolatxonalarini joylashtirish uchun berishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchib oʻtilgandan keyin bir oy muddat ichida vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar bilan shartnomalar tuzsin, binolarni ijaraga olish uchun tegishli orderlar bersin va maʼmuriy binolardan foydalanish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tarmoq komplekslariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 7-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108-son