Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI YANADA ERKINLAShTIRISh VA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1995 YIL 25 IYuLDAGI 287-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 20-martdagi PF-1410-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 7-ilovaning 4 va 5-bandlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻzlarining normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar va koʻrsatib oʻtilgan oʻzgartirishlarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga yetkazsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-mart,
110-son
Eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar
| № | Qisqacha nomi | Tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi |
| 4 | Chorva mollari, parranda | 0101—0106 |
| 5 | Goʻsht va qoʻshimcha goʻsht mahsulotlari | 0201—0210 |