Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

×
 ×
Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

ILOVA
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish ChORA-TADBIRLARI REJASI

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning 4-bandiga muvofiq uyma-uy yurib o‘rganish natijasida to‘plangan axborotni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasiga kiritish uchun kompyuter uskunalari bilan jihozlangan zarur xonalar va xodimlarni ajratsin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining talabnomalariga ko‘ra ushbu qarorning 4-bandiga muvofiq uyma-uy yurib o‘rganish natijasida to‘plangan axborotni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasiga kiritish uchun ajratilgan xonalarning belgilangan tartibda ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin;
xonalarni ushbu qarorning 4 va 7-bandlariga muvofiq ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

SYERni shakllantirish va undan foydalanish tartibini ko‘zda tutadigan normalarni ishlab chiqish va Saylov kodeksi loyihasiga kiritish.

Kodeks loyihasi

2018-yil

1-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari �azirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Saylovchilarning elektron ro‘yxatini tuzish, aniqlashtirish va O‘zbekiston Respublikasida saylovlarda undan foydalanish.

MSK qarori

2019-yil

1-yanvargacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

3.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirishda idoralararo o‘zaro hamkorlik reglamentlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zaro hamkorlik qilish reglamentlari

2019-yil

1-martgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), DPM (N. Turaxodjayev), IIV (P. Bobojonov), Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), TIV (A. Kamilov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy sud (K. Kamilov)

II. Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi infratuzilmasini rivojlantirish

4.

Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq dolzarblashtirish hamda Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini shakllantirish maqsadida fuqarolarni uyma-uy yurib o‘rganish grafigini tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2018-yil

1-dekabrgacha

IIV (P. Bobojonov), Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Bosh prokuratura (O. Murodov), DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq dolzarblashtirish hamda uni Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestriga muvofiq holga keltirish tartibi to‘g‘risidagi idoralararo hujjatni tayyorlash.

Idoralararo hujjat

2018-yil

1-noyabrgacha

IIV (P. Bobojonov), Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Bosh prokuratura (O. Murodov), DSQ (B. Musayev), DPM (N. Turaxodjayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

6.

Uyma-uy yurib o‘rganish natijalari bo‘yicha axborotni Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasiga kiritish uchun kompyuter uskunasi bilan jihozlangan zarur bo‘lgan xonalarni, xodimlarni ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

1-noyabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, IIV (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), MSK (M. Abdusalomov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Ma’muriy-hududiy chegaralarni belgilagan holda Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini yaratish va shakllantirish, shu jumladan:

Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
25-noyabrgacha

Vazirlar Mahkamasi (Z. Mirzayev)

tumanlar (shaharlar)ning aholi punktlaridagi ko‘chalarni va ko‘chmas mulk obyektlarini inventarizatsiya qilish ishlarini tez va sifatli o‘tkazish maqsadida mobil g�oaxborot ilovasini ishlab chiqish;

2018-yil
25-noyabrgacha

tumanlar (shaharlar)ning aholi punktlaridagi ko‘chalarni va ko‘chmas mulk obyektlarini inventarizatsiyasini o‘tkazish va ularga manzillar (geokodlar)ni berish;

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-aprelgacha

Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini yaratish va shakllantirish hamda ularni geoaxborot portalida aks ettirish;

2019-yil
1-aprelgacha

Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini yaratish va shakllantirish hamda uni respublika toponimik reyestriga integratsiyalash.

2019-yil
1-aprelgacha

8.

SYER bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini to‘ldirish, shu jumladan foydalanuvchi interfeysini takomillashtirish va uning mobil versiyasini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-iyulgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), MSK (M. Abdusalomov)

9.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimining apparat-dasturiy ta’minotini modernizatsiyalash, shu jumladan uning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha server uskunasini xarid qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

15-iyulgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), MSK (M. Abdusalomov)

10.

Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev)

III. Saylov uchastkalarini jihozlashni tashkil qilish

11.

Saylovlarni o‘tkazish uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini joylashtirish uchun belgilangan binolar va xonalarning ma’lumotlar bazalarini shakllantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

15-noyabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

SYERdan foydalanish uchun saylov uchastkalarini texnik uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2018-yil

1-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

13.

Saylovchilarning elektron ro‘yxatlarini shakllantirish va aniqlashtirish uchun saylov komissiyalariga zarur bo‘ladigan kompyuterlar, tashkiliy texnika (printer, skaner, nusxa ko‘chirish apparati), aloqa vositalari (telefon, faks, internet)ning talab qilinadigan miqdorini aniqlash ishlarini tashkil qilish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-maygacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Viloyat, tuman (shahar), okrug va uchastka saylov komissiyalarini zamonaviy kompyuterlar, tashkiliy texnika (printer, skaner, nusxa ko‘chirish apparati), aloqa vositalari (telefon, faks) bilan jihozlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-noyabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Viloyat, tuman (shahar), okrug va uchastka saylov komissiyalarining ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulanishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrdan 2020-yil 1-fevralgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov)

16.

Saylov kampaniyasi davrida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining ishlashini qo‘llab-quvvatlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrdan 2020-yil

1-fevralgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Saylov komissiyalarining a’zolarini Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish

17.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalanishga o‘qitish uchun viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislarni (trenyerlarni) belgilash.

Idoraviy hujjat

2018-yil

1-dekabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, MSK (M. Abdusalomov)

18.

Saylov komissiyalari (saylov komissiyalarining vakillari) tarkibida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlash uchun nomzodlarning elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

15-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Hududiy trenyerlar, tumanlar va shaharlar trenyerlarini, shuningdek, saylov komissiyalari vakillarini Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish grafigini tasdiqlash.

Qo‘shma idoraviy hujjat

2019-yil

1-yanvargacha

MSK (M. Abdusalomov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

Uslubiy qo‘llanmalar

2019-yil

15-yanvargacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Ma�idov)

21.

Hududiy trenyerlarni keyinchalik ular tumanlar va shaharlar trenyerlarini o‘qitishi uchun Toshkent shahrida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish.

O‘qitish grafigi

2019-yil

1-aprelgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Hududiy trenyerlar tomonidan tumanlar va shaharlar trenyerlarini viloyat markazlari va Toshkent shahrida keyinchalik ular saylov komissiyalari vakillarini o‘qitishi uchun Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish.

O‘qitish grafigi

2019-yil

1-avgustgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Tumanlar va shaharlar trenyerlari tomonidan saylov komissiyalarining vakillarini Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish.

O‘qitish grafigi

2019-yil

1-oktabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

O‘zbekistonda SYERdan foydalanish imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida olimlar, mutaxassislar va ekspertlar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi “davra suhbatlari”, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

MSK (M. Abdusalomov), MTRK (A. Xadjayev), O‘zA (A. Ko‘chimov), EOAVMA (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi