25.09.2018 yildagi 762-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish samaradorligini ta’minlash, ularni rasmiylashtirishdagi bojxona tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1057-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 09/20/1057/4261-son — 2020-yil 2-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar ma’lumotlarning haqqoniyligi va ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda bojxona organlariga taqdim etilishiga javobgar hisoblanadilar.
Dastlabki axborotni taqdim etish mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi. Ushbu dastlabki axborotdan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi doirasida foydalanishlari mumkin.
Ushbu Nizomga 2 — 5-ilovalar talablariga muvofiq bo‘lmagan tarzda taqdim etilgan dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimida avtomatik tarzda rad etilib, taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlarda dastlabki axborotni taqdim etmaslik;
taqdim etilgan dastlabki axborot rad etilganda, mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda hamda 2 — 5-ilovalarga muvofiqlashtirgan holda qayta taqdim etish;

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Taqdim etish muddatlari

Ijro muddati


1-bosqich

Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar dastlabki axborotni taqdim etish dasturida ro‘yxatdan o‘tadilar

temir yo‘l transportida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yoki jamiyat tomonidan belgilangan mas’ul shaxslar;

avtomobil transportida — bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini amalda olib o‘tuvchi shaxslar (haydovchi);

havo transportida — bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan havo transporti tegishli bo‘lgan aviakompaniya yoki ular tomonidan belgilangan mas’ul shaxslar;

Dastlabki axborotni taqdim etish mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi.

Temir yo‘l va xavo transportida olib kirishga mo‘ljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risida dastlabki axborot alohida tashkil etilgan telekommunikatsiya tarmoqlar orqali taqdim etilishi mumkin.

Avto:

bojxona chegarasi orqali o‘tishidan bir soat oldin

Tovar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari amalda kirib kelgunga qadar

Temir yo‘l:

bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin

Havo transporti: uzoq yoki o‘rta magistral parvozni amalga oshirishda — havo transportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin; yaqin magistral parvozlarni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida.


2-bosqich

Davlat bojxona xizmati organi

Tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni avtomatik ravishda Internet tarmog‘i orqali qabul qilinishini ta’minlaydi.

Bojxona organiga taqdim etilgan dastlabki axborot DBQ YaAATdagi real vaqt rejimida format-mantiqiy nazoratdan ijobiy o‘tgandan so‘ng avtomatik tarzda axborot taqdim etuvchi shaxslarga identifikatsion kod bergan holda ruyxatdan o‘tkaziladi.

Taqdim etilgan dastlabki axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

a) bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi rejalashtirilgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari va bagajlari to‘g‘risida ma’lumot olish va tahlil qilish;

b) xavflarni boshqarish tizimini qo‘llashda;

v) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari bojxona hududiga kirib kelgunga qadar bojxona nazorati shakllari, ularning qo‘llanilish hajmini tanlash hamda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha dastlabki qarorlarni qabul qilishda;

g) bojxona operatsiyalari amalga oshirilishini tezlashtirish va bojxona nazorati o‘tkazilishini optimallashtirishda;

d) yukni yetkazib berish nazorat hujjatlarini elektron shakllantirishda.

Dastlabki axborot Internettarmoqlari orqali bojxona axborot tizimiga kelib tushganda

(1 va 2-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-sonli qaroriga asosan ilova bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son)