ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish uchun mas’ullar | |
|
I. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatadigan axborot-kutubxona muassasalarini (keyingi o‘rinlarda maxsus axborot-kutubxona muassasalari deb ataladi) jihozlash, adabiyotlar va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil |
— |
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Respublikadagi barcha turdagi axborot-kutubxona muassasalarida, shu jumladan, ko‘zi ojizlar kutubxonalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil |
— |
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Ko‘zi ojizlar kutubxonalari to‘g‘risida yangilangan namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil |
— |
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Respublikadagi barcha turdagi axborot-kutubxona muassasalari, shu jumladan, ko‘zi ojizlar kutubxonalari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, “Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini, nogironlar ehtiyojini va aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan holda loyihalash” talablariga rioya etish. |
2019-yil |
— |
Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, |
|
5. |
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2018-yil |
— |
Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
II. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish | ||||
|
6. |
Respublikadagi barcha turdagi axborot-kutubxona muassasalari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash. Bunda, axborot-kutubxona muassasalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga zarur sharoitlar va qulayliklar yaratish, ularning axborotga bo‘lgan talabini to‘laqonli qondirish hamda bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish. |
reja ishlab chiqish — bir |
Ijrochilar mablag‘lari |
Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, |
|
7. |
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari tomonidan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish uchun no�ironligi bo‘lgan shaxslar to‘liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida respublikadagi 1, 2 va 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish, ro‘yxatni har uch yilda yangilab borish. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida 250 nafar ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan tuman (shahar)larda yangi ko‘zi ojizlar kutubxonasi filiallarini tashkil etish choralarini ko‘rish. |
2018-yildan har yil yakunida |
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
8. |
Ko‘zi ojizlar kutubxonalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha maxsus to‘garaklar tashkil etish va ularning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish. |
2018 — 2022-yillar mobaynida |
Ijrochilar mablag‘lari, grantlar, |
Madaniyat vazirligi, |
|
9. |
Nogironligi bo‘lgan kitobxonlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon”, “Brayl yozuvida tez va ifodali o‘quvchi kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon oila” kabi ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish uchun tanlov nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Mazkur ko‘rik-tanlovlarni tasdiqlangan nizom asosida muntazam va bosqichma-bosqich o‘tkazib borish. |
2019-yil mart belgilangan muddatlarda |
Ijrochilar mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
III. Maxsus axborot-kutubxona muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, kitob fondlarini boyitish va yangilab borish | ||||
|
10. |
Ko‘zi ojizlar kutubxonalari va ularning filiallari fondining saqlanishi, ularni harorat, namlik va yorug‘likning ta’sirini muntazam nazorat qilib boradigan jihozlar bilan ta’minlash. Ko‘zi ojizlar kutubxonalari va ularning filiallarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv moslamalari, signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish. |
2018 — 2022-yillar |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, |
|
11. |
Axborot-kutubxona muassasalariga kelishga imkoniyati bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentidagi elektron kutubxona veb-resurslarini tashkil etish. |
2018 — 2022-yillarda reja asosida |
Ijrochilar mablag‘lari, grantlar, |
Matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari Madaniyat vazirligi, |
|
12. |
Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida Brayl yozuvida adabiyotlar chop etish uchun tipografiya hamda audio kitoblar yaratish maqsadida ovoz yozish studiyasini tashkil etish. |
2019-yil |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, |
|
13. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ko‘zi ojizlar kutubxonalari tomonidan tuman (shahar) kutubxonalarini kitoblar bilan o‘z vaqtida ta’minlash hamda ko‘chma kutubxonalar tashkil etish maqsadida ulardagi mavjud avtotransport vositalarini belgilangan tartibda sotish va sotishdan tushgan tushumning yetmagan qismini qoplash hisobiga ularni15 ta yangi “Damas” avtomashinasi bilan ta’minlash. |
2019-yil iyul |
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi |
Matbuot va axborot agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, |
|
14. |
Ko‘zi ojizlar kutubxonalari fondining maxsus elektron katalogini yaratish va muntazam ravishda yangilab borish uchun zamonaviy kompyuter texnikasi, yuqori aniqlikdagi maxsus skaner va boshqa texnik jihozlar bilan ta’minlash. |
2020-yil iyul |
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari |
Matbuot va axborot agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
15. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘zi ojizlar kutubxonasida qoraqalpoq tiliga ixtisoslashtirilgan Brayl yozuvida adabiyotlar chop etish uchun mini tipografiya hamda audio kitoblar yaratish maqsadida ovoz yozish studiyasini tashkil etish. |
2020-yil |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, |
|
IV. Maxsus axborot-kutubxona muassasalarining kadrlar va kasbiy salohiyatini mustahkamlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rag‘batlantirish | ||||
|
16. |
Maxsus axborot-kutubxona muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab- quvvatlash, ularning shart-sharoitlarini yaxshilash maqsadida joylarda imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga uy-joylar ajratish. |
2018 — 2022-yillar mobaynida |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi |
|
17. |
Maxsus axborot-kutubxona muassasalarining kadrlar bilan ta’minlanganligi holatini chuqur o‘rganish, shuningdek, ularning istiqbolli talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va oliy ta’lim muassasalarida kutubxonachilik sohasi bo‘yicha sirtqi bo‘lim ochish yuzasidan taklif kiritish. |
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab har yili |
— |
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vaz�rliklar va idoralar |
|
18. |
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish. Shu jumladan, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, ularning malaka va bilimini baholash. |
2019-yil |
— |
Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
19. |
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini zamonaviy fan yutuqlaridan, xorijiy tajribadan xabardor qilib borish maqsadida: jahondagi mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi kutubxonalar bilan hamkorlikda respublikada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar va �ahorat darslarini o‘tkazish; xorijda tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalarda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokini ta’minlash; xalqaro aloqalarni kuchaytirish. |
muntazam ravishda |
Ijrochilar mablag‘lari, grantlar, |
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
20. |
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari xodimlari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi kutubxonachisi” respublika ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish hamda g‘oliblarni munosib taqdirlash. |
har yili |
Ijrochilar mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, |