18.09.2018 yildagi 740-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrining Olmazor tumani mahallalarida “Tadbirkorlik markazlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda tizimli amaliy yordam ko‘rsatish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildai:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent shahar hokimligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan dastlab, ilovadagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tajriba tariqasida “Tadbirkorlik markazlari” (keyingi o‘rinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar biznes-inkubator shaklida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yig‘inlarining raislari Markazlarga rahbarlik qiladi, ularning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar faoliyatiga, zarur hollarda, tegishli hududdagi tajribali tadbirkorlar, hunarmandlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining malakali mutaxassislari hamda fuqarolar yig‘ini raisining maslahatchilari jamoatchilik asosida jalb qilinishi mumkin;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar faoliyati bilan bog‘lik xarajatlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘lari, Olmazor tumani mahalliy budjeti daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan tushadigan daromadlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Olmazor tumani hokimi har chorak yakunida xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga hisobot berib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir mahalladagi xonadonlarni uyma-uy yurib o‘rganish va buning asosida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ularga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashish va ularni Markazlarga keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning o‘z biznesini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalari, jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa tortishning turli rejimlarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, biznes yuritishning huquqiy asoslari, moliyaviy menejment va buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar o‘z ishini yo‘lga qo‘ygunga qadar ularga Markazlar binosidan, shu jumladan yoshlar tadbirkorlik klasterlari binolaridan belgilangan tartibda joy ajratishga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlarga va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholiga o‘z biznesini tashkil etishda biznes-rejalar ishlab chiqish, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, soliqqa tortish, ishchilar yollash, statistika, moliya, soliq va boshqa hisobotlarni topshirish, bank xizmatlari, bino va inshootlarni ijaraga olish, davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha maslahatlar va amaliy yordam berish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishda minitexnologiyalar hamda uskunalar sotib olishda ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi rasmiy faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan hunarmandlarga ro‘yxatdan o‘tish, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish orqali soliqlar va boshqa turdagi belgilangan imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla yoshlarining, avvalo, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilishi va yuritishiga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, bank, lizing, sug‘urta, auditorlik, konsalting, baholash, rieltorlik va bozor infratuzilmasi subyektlarining boshqa xizmatlari haqida ma’lumotlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatiga doir buzilgan o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli davlat organlariga murojaat etishda maslahatlar berish hamda aholini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda ko‘maklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, shuningdek, Markazlar xodimlarining bilim va malakasini oshirish bo‘yicha zamonaviy interaktiv o‘quv uslublarini qo‘llagan holda bir yilda ikki marta (sentabr va mart oylarida) o‘quv-seminarlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda tegishli hududda yashovchi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va startaplar tashkil etish uchun ularga belgilangan tartibda yoshlar tadbirkorlik klasterlari hududidan maydonlar ajratish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi buyurtmanomasiga binoan Markazlarni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek, ular uchun Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toshkent shahar hokimligi, Olmazor tumani hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bilan birgalikda Markazlarni ilovaga muvofiq Olmazor tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida joylashtirilishini hamda zarur mebel, jihozlar va tashkiliy texnika vositalari bilan to‘liq jihozlash hamda Markazlarga samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib berilishini ta’minlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar Markazlar faoliyatining samaradorligi natijalarini tahlil qilgan holda, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi boshqa mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham Markazlar tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Toshkent shahar hokimligi, Olmazor tumani hokimligi rahbarlari zimmasiga Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 18-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
740-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-sentabrdagi 740-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrining Olmazor tumanida tajriba tariqasida “Tadbirkorlik markazlari” tashkil etiladigan mahalla fuqarolar yig‘inlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Mahalla fuqarolar yig‘inlarining nomi

1-sektor

1.

Moyariq mahalla fuqarolar yig‘ini

2.

Olimpiya mahalla fuqarolar yig‘ini

3.

Yangi Toshkent mahalla fuqarolar yig‘ini

2-sektor

4.

Chuqursoy mahalla fuqarolar yig‘ini

5.

Gulzor mahalla fuqarolar yig‘ini

3-sektor

6.

Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini

7.

Eski shahar mahalla fuqarolar yig‘ini

4-sektor

8.

Chimboy mahalla fuqarolar yig‘ini

9.

Chig‘atoy Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini

10.

Universitet mahalla fukarolar yig‘ini

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 09/18/740/1893-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)