1-ILOVA
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼullar | |
|
1. |
Talabalar oʻrtasida “Yil talabasi” tanlovini joriy etish va uning har yili oʻtkazib borilishini yoʻlga qoʻyish. |
1. “Yil talabasi” tanlovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish. 2. “Yil talabasi” tanlovining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tanlovni oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazib borish. |
2018-yil sentyabr
sentyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
2. |
Sogʻlom oila qurish, sogʻlom farzandni dunyoga keltirish, sogʻlom turmush tarzini yuritish (toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shugʻullanish va boshqalar) asoslarini talaba va oʻquvchi qizlar oʻrtasida manzilli targʻib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish. |
1. Tadbirlarni oʻtkazib borish boʻyicha ishchi guruhni tuzish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. |
2018-yil sentyabr
sentyabr
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
3. |
Talaba va oʻquvchi qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirkor, hunarmand ayollar ishtirokida oʻquv-treninglar tashkil etish. |
1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻquv-treninglar rejasini ishlab chiqish. 3. Oʻquv-treninglarni yuqori saviyada oʻtkazish. |
2018-yil sentyabr
sentyabr
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, |
|
4. |
Talaba va oʻquvchi qizlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish hamda ularning boqimandalik kayfiyatiga berilishining oldini olishga qaratilgan koʻrsatuv va eshittirishlarni tashkil etish. |
1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda koʻrsatuvlar media-rejasini ishlab chiqish. 3. Koʻrsatuvlarni yuqori saviyada tashkil etish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
|
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, |
|
5. |
“Buyuklarni tarbiyalagan onajonlar” ruknida atoqli olimlar, taniqli arboblarning oilasi, avvalo, ularni tarbiyalagan onalar haqida turkum maqolalar va koʻrsatuvlar tashkil etish. “Farzandlar tarbiyasida kitobning oʻrni” mavzusiga oid maqolalarni muntazam ravishda tayyorlash va chop etib borish. |
1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ish rejasini ishlab chiqish. 3. Maqolalarni tayyorlash va chop etib borish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
|
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, |
|
6. |
Talabalarning ijtimoiy-psixologik holatini yanada yaxshilash maqsadida har bir oliy taʼlim muassasasida mutaxassislardan iborat Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhini tashkil etib, taʼlim muassasasi rahbariga mazkur guruh aʼzolarini har oyda belgilangan tartib asosida moddiy ragʻbatlantirib borish vakolatini berish. |
1. Belgilangan tartibda har bir oliy taʼlim muassasasida mutaxassislardan iborat Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhini tashkil etish. 2. Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhi faoliyatini monitoring qilib borish. |
2018-yil sentyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
7. |
Talaba va oʻquvchi qizlarga shart-sharoitlar yaratish, ularga boʻlgan yuksak eʼtibor sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida davra suhbatlarini tashkil etish. |
1. Talaba va oʻquvchi qizlarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tadbirlar oʻtkazadigan ijodiy guruh tuzish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlash. 3. Reja-jadval asosida tadbirlarni tashkil etish. |
2018-yil sentyabr
noyabr
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, |
|
8. |
Talabalar turar joylarida taʼlim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, talabalar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarga ega boʻlgan hunarmandchilik va ilm-fanga doir toʻgaraklar hamda oʻquv kurslari tashkil etish. |
1. Har bir talabalar turar joyidagi toʻgarak yoki oʻquv kursi uchun mos boʻlgan joylarni aniqlab, roʻyxatini shakllantirish. 2. Talabalar turar joylarida hunarmandchilik va ilm-fanga doir toʻgaraklar hamda oʻquv kurslarini tashkil etish. |
2018-yil sentyabr
noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
9. |
Taʼlim muassasalarida “Prezident asarlari bilimdoni”, “Tafakkur sinovlari”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyalari”, “Yosh kitobxonlar”, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” kabi respublika miqyosida oʻtkazilayotgan tanlovlar hamda sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ularni oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tizimini takomillashtirish. |
1. Oliy taʼlim muassasalarining yillik xarajatlar smetasiga oʻtkazilayotgan tanlovlar hamda sport musobaqalarini oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish bandini kiritish. 2. Tanlovlar hamda sport musobaqalarining har bir oliy taʼlim muassasasida yuqori saviyada tashkil etilishini taʼminlash. 3. Oʻtkazilgan tadbirlar natijasini monitoring qilish. |
har yili
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
10. |
Taʼlim muassasalari oʻrtasida respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish, musobaqalar oʻtkaziladigan sport turlarini kengaytirish, taʼlim muassasalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazib borilishini yoʻlga qoʻyish. |
1. Taʼlim muassasalarida tashkil etilayotgan sport musobaqalari turlarini qayta koʻrib chiqish. 2. Taʼlim muassasalari oʻrtasida respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish va musobaqa oʻtkaziladigan sport turlarini kengaytirish choralarini belgilash. 3. Taʼlim muassasalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari rejasini ishlab chiqish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
11. |
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi toʻgaraklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va barcha toʻgaraklarning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida toʻgarak rahbarlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. |
1. Toʻgarak rahbarlariga ish haqi miqdorining 25 foizigacha boʻlgan miqdorda ustama haq belgilash boʻyicha namunaviy tartib ishlab chiqish. 2. Talaba va oʻquvchilarni oʻz qiziqishidan kelib chiqqan holda toʻgaraklarga keng qamrab olinishini taʼminlash. 3. Talabalar tomonidan toʻgaraklar davomida yaratilgan mahsulotlar realizatsiyasini va koʻrgazmalarini yoʻlga qoʻyish. |
2018-yil sentyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
12. |
Talabalar turar joyidagi tarbiyachi-pedagoglarning pedagogik mahorati va yoshlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar boʻyicha malakasini oshirish choralarini koʻrish hamda ular uchun sayyor seminar-treninglar oʻtkazib borish mexanizmini joriy etish. |
1. Tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish yuzasidan taklif ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 2. Tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish va ular uchun seminar-treninglar oʻtkazib borish boʻyicha taklif ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan taklif asosida tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish mexanizmini joriy qilish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
13. |
Talabalarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida guruhlar, fakultetlar va taʼlim muassasalararo (onlayn, videokonferensiya tarzida) adabiy uchrashuvlar, sheʼriyat kechalari, adabiy oʻqishlar, navoiyxonlik, boburxonlik kabi tadbirlarni tashkil etish. |
1. Tadbirlarning manzilli rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etib borish. 3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarning monitoringini yuritish. |
2018-yil sentyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar |
|
14. |
Har bir taʼlim muassasasida notiqlik mahoratiga ega boʻlgan talaba (yoki oʻquvchi)lardan iborat “Yosh targʻibotchilar klubi”ni hamda “IQ-SNOU” nomli teletanlovni tashkil etish. |
1. Klubning namunaviy nizomini ishlab chiqish. 2. Klublarning taʼlim muassasalararo safarlarini uyushtirish. |
2018-yil sentyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar |
|
15. |
Talaba va oʻquvchilarni yangi axborotlar bilan muntazam taʼminlab borish maqsadida talabalar turar joylaridagi Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan taʼminlangan xona va Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan (maʼlumotlar bazasiga ulangan) xonani tashkil etish. |
1. Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan taʼminlangan xona va Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan (maʼlumotlar bazasiga ulangan) xonaga ega boʻlmagan talabalar turar joylari roʻyxatini shakllantirish. 2. Talabalar turar joylaridagi Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan taʼminlangan xona va Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan (maʼlumotlar bazasiga ulangan) xonani tashkil etish. 3. Xonalardan foydalanish boʻyicha doimiy nazorat olib borish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
16. |
Talaba va oʻquvchilar oʻrtasida diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik gʻoyalarini keng targʻib qilish maqsadida tizimli ravishda diniy ulamolar bilan uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uyushtirish. |
1. Tadbirlarning manzilli rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etib borish. 3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarning monitoringini yuritish. |
2018-yil sentyabr reja asosida
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, |
|
17. |
Mutaxassislarni jalb etgan holda, talaba (oʻquvchi)lar oʻrtasida badiiy jamoalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularning oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi hamda yaqin hududlardagi mahallalarda badiiy-ijodiy chiqishlarini tashkil etib borish. |
1. Badiiy jamoalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Badiiy jamoalarning badiiy-ijodiy chiqishi boʻyicha manzilli reja ishlab chiqish. 3. Oʻtkazilayotgan badiiy-ijodiy chiqishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar |
|
18. |
Talaba va oʻquvchilar ishtirokida respublika ommaviy axborot vositalarida talabalar va oʻquvchilarning chiqishlari boʻyicha tanlovlar eʼlon qilish. |
1. Tanlovlar nizomini ishlab chiqish. 2. Tanlovlar dasturini ishlab chiqish. 3. Oʻtkazilayotgan tanlovlarning monitoringini yuritish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Talabalarning maʼnaviyat, tarix, sanʼat sohasida hamda milliy qadriyatlar va anʼanalar, madaniy merosimiz toʻgʻrisidagi bilimlarini boyitish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini yuksaltirish, ularni tarixiy-maʼnaviy merosimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalash choralarini yanada kuchaytirish hamda natijadorligini taʼminlash. |
1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2. Dastur asosida tadbirlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. 3. “Vatanim — mening baxtim” shiori ostida boy tarixiy-maʼnaviy merosimiz, urf-odat va anʼanalarimizni targʻib etish. |
2018-yil noyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, oliy taʼlim muassasalari rektorlari |
|
20. |
“Oʻquv dargohimizni yuksak maʼnaviyat va maʼrifat maskaniga aylantiramiz” mavzusida ijtimoiy aksiyalar tashkil etish. |
1. Ijtimoiy aksiyalar oʻtkazishning namunaviy dasturini ishlab chiqish. 2. Har bir taʼlim muassasasida dastur asosida ijtimoiy aksiyalar oʻtkazish. 3. Ijtimoiy aksiyalar yakuni boʻyicha respublika forumini oʻtkazish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr — noyabr
noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
21. |
Oliy taʼlim muassasalarining Talabalar teatr studiyasi va “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining hududdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻylab maxsus reja-jadval asosidagi ijodiy safarlarini tashkil etish. |
1. Ijodiy safarlarning reja-jadvalini ishlab chiqish. 2. Har bir taʼlim muassasasida reja-jadval asosida ijodiy safarlar uyushtirish. 3. Oʻtkazilayotgan ijodiy safarlar monitoringini olib borish. |
2018-yil sentyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
22. |
Talaba va oʻquvchi qizlar oʻrtasida “Qiz bola — boʻlgʻusi oila bekasi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish. |
1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2. Dastur asosida mutaxassis targʻibotchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Har bir taʼlim muassasasida uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
|
Xotin-qizlar qoʻmitasi, |
|
23. |
“Talaba yoshlar maʼnaviy-axloqiy ongini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. |
1. Konferensiyani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish. 2. Konferensiyani eʼlon qilish va uning axborot xatini tarqatish. 3. Konferensiya maqolalarini yigʻib olish. 4. Konferensiyani oʻtkazish. 5. Konferensiya materiallari asosida xulosa takliflari tayyorlash. |
2018-yil sentyabr
oktyabr
sentyabr — oktyabr
noyabr
noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
24. |
Talabalar va oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir ishlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun eʼlon qilingan grant tanlovlari natijasiga koʻra ilmiy grantlar ajratish choralarini koʻrish. |
1. Ilmiy grantlar mavzularini aniqlash boʻyicha ekspert komissiyasini tuzish. 2. Ilmiy grantlar mavzularini eʼlon qilish. 3. Grantlarda eʼlon qilingan mavzular boʻyicha tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrish. |
2018-yil sentyabr
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
|
25. |
Taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega akademik va professor-oʻqituvchilarning onlayn tarzdagi videodarslarini tashkil etish tizimini joriy qilish. |
1. Mazkur masala boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish. 2. Reja-jadval asosida akademik va professor-oʻqituvchilar roʻyxatini shakllantirish va dars jadvalini ishlab chiqish. 3. Har bir yoʻnalish boʻyicha akademik va professor-oʻqituvchilarning onlayn videodarslarini oʻtkazib borish. |
2018-yil sentyabr
sentyabr
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
26. |
Taʼlim muassasalarida “Oila — maʼnaviyat qoʻrgʻoni”, “Shukronalik — ulugʻ neʼmat”, “Obodlik koʻngildan boshlanadi” mavzularida mutaxassislar ishtirokidagi uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish. |
1. Mazkur masala boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2. Dastur asosida mutaxassis targʻibotchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Har bir taʼlim muassasasida uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish. |
2018-yil sentyabr
sentyabr
avgust — dekabr |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, |
|
27 |
Talabalar va oʻquvchilarda shukronalik hissini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Ezgu ishlarga daxldorlik — ulugʻ fazilat”, “Loqaydlik — jamiyat kushandasi” mavzusida ilmiy-ijodiy tanlovlar tashkil etish. |
1. Tanlovlar nizomini ishlab chiqish. 2. Nizom asosida tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish. |
2018-yil sentyabr
|
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, |
3-ILOVA
|
Lavozimlar nomi |
Mehnatga haq toʻlash razryadlari | |
|
1. |
Direktor |
|
|
2. |
Tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari |
|
|
3. |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, madaniy dam olishni tashkil etish va jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari |
|
|
4. |
Boʻlim boshligʻi |
16 |
|
5. |
Psixolog |
15 |
|
6. |
Uslubchi |
14 |
|
7. |
Bosh buxgalter |
14 |
|
8. |
Bosh yuriskonsult |
12 |
|
9. |
Jurnalist-muharrir |
12 |
|
10. |
Bosh dasturlovchi |
12 |
|
11. |
Tarjimon |
12 |
|
12. |
Bosh ijtimoiy xodim |
12 |
|
13 |
Axborot xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassis |
12 |
|
14. |
Video-foto tasvir boʻyicha bosh mutaxassis |
12 |
|
15. |
Video montaj boʻyicha bosh mutaxassis |
12 |
|
16. |
Audio montaj boʻyicha bosh mutaxassis |
12 |
|
17. |
Veb-dizayner |
12 |
|
18. |
Texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi mudiri |
10 |
|
19. |
Iqtisodchi |
8 |
|
20. |
Devonxona va arxiv boʻlimi mudiri |
7 |
|
21. |
Kadrlar boʻyicha inspektor |
6 |
|
22. |
Arxivarius |
4 |
|
23. |
Gʻaznachi |
4 |
4-ILOVA