23.08.2018 yildagi PQ-3919-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Ko‘chirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish, ularning quyi bo‘g‘inlarini aholiga yanada yaqinlashtirgan holda mustahkamlash, barcha darajadagi tuzilmalarning vazifalari va funksiyalarini aniq belgilash, zamonaviy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda kuch va vositalarni oqilona taqsimlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar ichki ishlar organlari rolini oshirish, ularni har bir xodim tomonidan o‘z xizmat burchi — “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni so‘zsiz bajaradigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini tashkil etishda qator tizimli kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular, kuch va vositalar boshqaruvining yetarli darajada muvofiqlashmaganligi, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar va ularning kasb mahorati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning maqsadli nazorat-tahlilini ta’minlash holatining past darajadaligi namoyon bo‘lmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari faoliyatiga samarali boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlash tizimini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, vujudga kelayotgan real tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirgan tarzda taqsimlash va boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tahliliy ishlarni aniqlanayotgan amaliy muammolarni tizimli tahlil qilish va kriminogen vaziyatni prognozlashga yo‘naltirish maqsadida tubdan qayta ko‘rib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, lavozimlarni yuqori ma’naviy-axloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega nomzodlar bilan jamlashni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi, soddalashtirilgan tartibini o‘rnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchidan, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali tizimini joriy etish, shu jumladan ilmiy-psixologik uslublarni maqsadli qo‘llash orqali ularning xizmat va oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, qonuniylikni so‘zsiz ta’minlash, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish va xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlashga qaratilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ta’sirchan idoraviy nazoratni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, ish yuritish mexanizmi va hujjatlar aylanishi tartibini takomillashtirish, ichki ishlar organlari tizimining barcha bo‘g‘inlarida normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida, bir xilda va to‘liq bajarilishini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi, yuridik ta’minlash boshqarmasi, jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi negizida Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Departament bosh boshqarmaga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining devonini tashkil etib, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada kriminogen vaziyatni tizimli tahlil va prognoz qilish, undagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ichki ishlar organlari faoliyatini jinoyatchilik holati va unga qarshi kurashish natijalarini o‘rganish asosida rejalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash, ularni kompleks tekshirish va nazorat qilish, amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan ish natijadorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish sohasidagi qarorlarini o‘z vaqtida, bir xilda va to‘liq bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining huquqni qo‘llash amaliyotida yagona huquqiy siyosat va nazoratni tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari tizimida maxfiylik rejimiga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, samarali ish yuritish va hujjatlar aylanishini hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ichki ishlar organlarining hududiy, harbiy va sohaviy tuzilmalari, shuningdek, idoraviy oliy ta’lim muassasalaridagi o‘z xavfsizlik bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilsin, ularning budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan birliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining shtatlar jadvaliga kiritilib, tegishlicha hududiy, harbiy va sohaviy ichki ishlar organlari, shuningdek, idoraviy oliy ta’lim muassasalariga maqsadli biriktirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Barcha darajadagi ichki ishlar organlari boshliqlari bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar, shuningdek, ularning oilaviy-maishiy muammolarini doimiy o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlar samaradorligi uchun shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini mustaqil o‘rganish, rahbar xodimlariga baho berish hamda ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim muassasalarini a’lo baholar bilan tamomlagan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati va kasbiy o‘sishiga nisbatan Departament tomonidan nazorat o‘rnatilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti tomonidan tizimli monitoring olib boriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik ta’minlash bo‘linmalariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar, istisno tariqasida, qabulning dastlabki tanlov imtihonlaridan ozod etiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining qabul va attestatsiya, shu jumladan maxsus unvonlarni berish bo‘yicha komissiyalari faoliyatida psixolog-mutaxassislar ishtirok etadi va ular individual suhbat o‘tkazish natijasi bo‘yicha har bir nomzod va xodim bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ichki ishlar organlari faoliyatiga oid muammolarni oldindan o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atining sayyor va tezkor majlislarini o‘tkazish va ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha maqsadli qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ichki ishlar organlarini har uch yilda kamida bir marotaba tekshirish hamda u o‘tkazilganidan so‘ng bir yil ichida ular faoliyatini nazorat tartibida o‘rganish amaliyoti joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash bo‘limi, modellashtirish va simulyatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Malaka oshirish instituti) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka oshirish instituti boshlig‘iga boshqa oliy ta’lim muassasalari va davlat organlari, shu jumladan xorijiy malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka oshirish yig‘inlariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tajribali amaliyotchi xodimlari hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari jalb etilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining barcha akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallari (auditoriyalari) tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagogik kadrlar tayyorlash kursi funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining o‘quv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ichki ishlar organlari boshqaruvi, nazorati va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Malaka oshirish instituti va uning joylardagi filiallarini joylashtirish, jihozlash, shuningdek, ular faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun boshqa tashkiliy masalalarni hal etishni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, ushbu ko‘krak nishoni bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, shaxslarni qidirish va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan ichki ishlar organlari, shu jumladan xorijiy politsiya tuzilmalari xodimlari va harbiy xizmatchilari mukofotlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddat ichida ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti hamda “Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro standartlarni hamda fuqarolar ongida ichki ishlar organlari to‘g‘risida ijobiy tasavvurni shakllantirish zaruratini hisobga olgan holda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma xodimlarining mutlaqo yangi maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilarini joriy etish to‘g‘risida taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda Malaka oshirish institutining tuzilmasi va nizomini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z xavfsizligi boshqarmasining yangilangan shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, rotatsiya va yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishni tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni o‘rnatilgan tartib-taomillarni tubdan soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda tanlov muddatlarini qisqartirishni hisobga olgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha psixologlar guruhini, birinchi navbatda xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash va shakllantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ichki ishlar organlari kadrlar bo‘linmalari faoliyatiga kadrlar zaxirasini hisobga olish, kadrlar siljishini monitoring qilish, xodimlar rotatsiyasi va xizmatda ko‘tarilishini tahlil qilishni nazarda tutuvchi “e-Kadr” markazlashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Departamentni ustuvor ravishda tahliliy va tashkiliy qobiliyatga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan jamlanishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiquvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 23-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3919-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari boshqaruvi, nazorati va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi tartibini o‘rnatish, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, qonuniylikni ta’minlash va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish

1.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilishga nomzodlarni saralab olishning adolatli va shaffof tizimini yaratib, o‘rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini hisobga olgan holda quyidagilar nazarda tutiladi:

xizmatga va o‘qishga qabul qilishning amaldagi qoidalari va tartib-taomillari talablarini bir vaqtda qabul qilish (rad etish) to‘g‘risidagi yakuniy qaror muddatini saralashning barcha bosqichlari boshlanishidan 30 ― 40 kungacha qisqartirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish;

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda malakali mutaxassislar va iqtidorli yoshlarni jalb qilish maqsadida xizmatga qabul qilish talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish mexanizmi;

tanlovning saralash bosqichlari, shu jumladan imtihonlar topshirish jarayonining jamoat nazoratini o‘rnatish orqali shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish;

ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik ta’minlash bo‘linmalariga xizmatga birinchi bor qabul qilinayotgan nomzodlarni dastlabki saralash tanlovlaridan ozod qilish;

jalb qilish bo‘yicha faol choralarni qabul qilish va respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi-a’lochilarini qabul qilishda imtiyozlar o‘rnatish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

2.

Ichki ishlar organlarida xizmatni ado etishda psixologik jihatdan ta’minlashni takomillashtirish choralarini ko‘rish, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

qabul va attestatsiya komissiyalari, shu jumladan maxsus unvonlarni berish bo‘yicha komissiya faoliyatida psixolog-mutaxassislarning ishtirok etishi individual suhbat o‘tkazish natijasiga ko‘ra har bir nomzod bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xulosa tuzish majburiyligi;

maqsadli tayyorlovni, birinchi galda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkillashtirish va ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha keyinchalik barcha hududiy va sohaviy tuzilmalarda “assessment markazlarini” (psixologik vaziyatni baholash markazlari) ochgan holda psixologlar guruhini shakllantirish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr


2018-yil 20-sentabrda tasdiqlash




Tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirish

IIV (R. Xatamov, R. Ergashev)

3.

Toshkent shahar IIBBda nomzodlarni ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishda ko‘rgazmalar ro‘yxati, info-kiosk, hujjatlarning o‘zgarib turish bosqichini elektron tablodagi monitoringi, kutish inventari va h.k. bilan jihozlangan namunaviy markazini sinov tarzida barpo etish va faoliyatini tashkillashtirish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil 5-sentabrda tasdiqlash


2018-yil 1-noyabrgacha amalga oshirish

IIV (R. Djurayev, R. Xatamov, R. Ergashev)

4.

Shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:

tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini tashkil etish;

shaxsiy tarkibni burchga sodiqlik, qonuniylik va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash bo‘yicha tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda barcha darajalardagi rahbarlarni baholash mezonlarini aniqlash;

shaxsiy tarkibning xizmat va oilaviy-maishiy muammolarini ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar hisobini yuritgan holda barcha darajadagi rahbarlar tomonidan muntazam o‘rganish tartibini o‘rnatish;

kadrlar va o‘z xavfsizligi bo‘linmalari xodimlarning huquqbuzarliklarini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish mexanizmini o‘rnatish;

tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini nazorat qilish va hisobot berishi tartibini joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

5.

Ichki ishlar organlarining tashqi tarmoq xizmatlari faoliyatiga yo‘llarda, ko‘chalarda, maydonlarda va h.k. xizmatni olib borishda unga qat’iy rioya qilish majburiyati va nazorat qilish mexanizmini o‘rnatgan holda “hulq-atvor va muomala madaniyati kodeksi”ni ishlab chiqish va joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 1-oktabr

IIV (T. Aripov, R. Xatamov)

6.

Ichki ishlar organlari o‘z xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy ko‘rib chiqish:

hududiy va tarmoq ichki ishlar organlarining o‘z xavfsizlik bo‘linmalari birliklarini markaziy apparatning shtat jadvaliga topshirish;

nomzodlarni o‘z xavfsizlik boshqarmasiga saralash parametrlari, ularni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish va boshqa tarmoq xizmatlariga o‘tkazish tartibi;

ichki ishlar vaziriga har chorakda takliflar kiritish bilan birga o‘z xavfsizlik bo‘linmalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari va tahlili mexanizmini joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 10-sentabr

IIV (R. Xatamov)

7.

O‘z xavfsizlik bo‘linmalari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini samarali amalga oshirishning batafsil mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda quyidagilarni inobatga olish zarur:

ichki ishlar organlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida tezkor pozitsiyalari yaratish darajasini oshirish;

xodimlar jinoyatlarining o‘z vaqtida oldini olish va aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini amalga oshirish usularini takomillashtirish;

xodimlar shaxsiy xavfsizligini ta’minlashning samarali amaliyotini tatbiq etish, shaxsiy tarkibning jamiyatga qarshi qo‘pol hulqiga chek qo‘yish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 24-oktabr

IIV (D. Nazarmuxamedov)

8.

Ishdagi yangi talablarni hisobga olgan holda vazifalarni samarali bajarishga qodir, ichki ishlar organlarining tezkor va tergov bo‘linmalaridan malakali xodimlar bilan to‘ldirish maqsadida kamida yarmini yangilashni nazarda tutib, o‘z xavfsizlik bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish.

Reja-jadval

2018-yil 28-avgustda tasdiqlash


2018-yil 1-oktabrgacha amalga oshirish

IIV (P. Bobojonov)

9.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining samarali faoliyatini tashkil etish, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ichki ishlar organlari tizimida malaka oshirishning yagona siyosatini belgilash va amalga oshirish;

Ichki ishlar vazirligining o‘quv markazlari faoliyatini uslubiy muvofiqlashtirishni tashkil etish;

ichki ishlar organlari tizimida malaka oshirishning uzluksiz jarayonini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘tkazilayotgan islohotlarning mohiyatini xodimlarga o‘z vaqtida yetkazish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

10.

Quyidagilar bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rish:

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutini joylashtirish, obod qilish va moddiy-texnik jihozlash, shuningdek o‘ziga xos faoliyatni hisobga olgan holda to‘laqonli faoliyatini ta’minlash uchun boshqa masallarni hal etish.

O‘quv yig‘inlarini joylarda tashkillashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining barcha akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallarini (auditoriyalarini) yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 25-oktabr

IIV (R. Ergashev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Qisqa muddatli o‘quv yig‘inlarini tashkillashtirish tartibini joriy etish, u quyidagi tizimni o‘z ichiga oladi:

barcha darajalardagi rahbarlar tarkibini xizmat faoliyatidan ajralmagan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining joylardagi filialida bevosita qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

shaxsiy tarkibni masofaviy o‘qitish usullarini faol qo‘llash, ularga tizimdagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida yetkazish;

respublika hududlari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishning ilg‘or tajribalarini almashish maqsadida ichki ishlar organlari faoliyati yo‘nalishlari kesimida malaka oshirish o‘quv kurslarini o‘tkazish;

shartnoma asosida boshqa oliy ta’lim muassasalari va davlat organlaridan, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni malaka oshirishga jalb qilish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 1-noyabr

IIV (R. Xatamov)

II. Ichki ishlar organlarida ko‘p darajali kadrlar zaxirasini shakllantirish, samarali rotatsiya tizimini joriy etish

12.

Yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

yosh kadrlarni istiqbolli va amaldagi rahbarlar zaxirasiga kiritish tartibi va aniq mezonlarini nazorat mexanizmini o‘rnatgan holda belgilash;

Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalarining a’lochi-bitiruvchilar faoliyatini monitoring qilish va karyera jihatidan ko‘tarilishini nazorat qilish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov, Sh. Norgitov)

13.

Lavozimini 5 yildan ortiq vaqtdan buyon egallab turgan ichki ishlar organlarining rahbarlar tarkibi faoliyatini tanqidiy o‘rganish, zamonaviy talablarga javob bermaydigan rahbarlarni egallagan lavozimidan ozod qilish yoki lavozimini pasaytirish.

Reja-jadval

2018-yil 28-avgustda tasdiqlash


2018-yil 1-noyabrgacha amalga oshirish

IIV (R. Xatamov)

14.

Ichki ishlar organlari kadrlar bo‘linmalari uchun “e-Kadr” avtomatlashtirilgan markazlashgan axborot tizimini ishlab chiqish va uning faoliyatiga joriy etish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

hududlar va xizmatlar kesimida kadrlar tarkibi hisobi, elektron hisob-kitob va har kunlik tahlilini yuritish;

mazkur sohada har oylik hisobotni shakllantirish bilan birga xodimlar lavozimi o‘zgarishi, ularning rotatsiyasi va karyera jihatdan o‘sishi monitoringi;

shaxsiy tarkib to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ishlashning yagona mezonlarini belgilash;

ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashni tashkillashtirishni samaradorligini kompyuterlashgan nazoratini amalga oshirish.

Texnik vazifa, tashkiliy tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-noyabr

IIV (R. Ergashev, R. Xatamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

15.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tubdan yangicha formali kiyim, atributika va farqlash belgilarini xalqaro standartlarni va fuqarolar ongida ushbu huquqni muhofaza qilish tuzilmasining ijobiy imijini shakllantirish zaruriyatini hisobga olgan holda joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

Axborot xati namunalari bilan

2018-yil 20-sentabr

IIV (R. Ergashev, R. Xatamov),
Bosh prokuratura (E. Tadjiyev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

III. Ichki ishlar organlari faoliyatining boshqaruv va nazorat-tahliliy ta’minotini takomillashtirish

16.

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentining samarali faoliyatini tashkil etish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

haqiqiy tarkib topayotgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirilgan tarzda joy-joyiga qo‘yish hamda boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish;

jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tizimli tahliliy ishlarni amalga oshirish mexanizmlarini o‘rnatish;

tahliliy ishlarni ichki ishlar organlarida aniqlanayotgan amaliy muammolar va kriminogen vaziyatni prognozlashtirishni tizimli tahlil qilishga yo‘naltirish;

mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlarni amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan zimmadagi vazifalar ijrosining ta’sirchan idoraviy nazoratini amalga oshirish;

ichki ishlar organlarida ish yuritish mexanizmini va hujjat aylanish tartibini takomillashtirish;

ichki ishlar organlari tizimining barcha darajalarida normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida, bir xil va to‘liq ijrosini ta’minlash.

2018-yil 10-sentabr

IIV (D. Nazarmuxamedov, Sh. Norgitov)

17.

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentini tahliliy va boshqarish qobiliyatlari ustun bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 1-oktabr

IIV (R. Xatamov, Sh. Norgitov)

18.

Hududiy ichki ishlar organlarining samarali faoliyati ustidan ta’sirchan idoraviy nazoratni tashkillashtirish, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

hududiy ichki ishlar organlari faoliyatining muammolarini dastlabki tarzda o‘rganib, ular faoliyatida natijadorlikni oshirish bo‘yicha maqsadli qarorlar qabul qilgan holda Ichki ishlar vazirligi hay’atining sayyor va tezkor majlislarini o‘tkazish;

hududiy ichki ishlar organlarini har uch yilda kamida bir marotaba tekshirib, u o‘tkazilgandan keyin bir yil ichida faoliyatini nazorat tartibida o‘rganish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 10-sentabr

IIV (D. Nazarmuxamedov, Sh. Norgitov)

19.

“Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy ko‘krak nishonini ta’sis etish, quyidagi sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan ichki ishlar organlari, shu jumladan chet el politsiya tuzilmalari xodimlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarini taqdirlash nazarda tutiladi:

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish;

yashirinib yurgan shaxslar va o‘g‘irlangan moddiy boyliklarni qidirish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 10-sentabr

IIV (R. Xatamov)

20.

Ichki ishlar vazirligi faoliyati tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni keng yoritishga bag‘ishlangan tele-, radioeshittirishlar turkumi, bosma axborot va maqolalarni Internet tarmog‘i orqali tashkillashtirish va fuqarolar ongida ichki ishlar organlarining ijobiy imijini shakllantirish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil 5-sentabrda

Tadbirlar rejasini tasdiqlash

IIV (T. Aripov, K. Burxonov),

MTRK (A. Xodjayev),

UzMAA (L. Tangriyev)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli o‘zgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar uchun ko‘rsatib o‘tilgan eng oxirgi muddat ijro muddati etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-son qaroriga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3216-son qarorida 7-band to‘rtinchi xatboshisi “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlardan keyin “Malaka oshirish instituti bilan birgalikda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-band yettinchi xatboshisi “tashkilotlaridan xodimlar” degan so‘zlardan keyin “shuningdek, ichki ishlar organlarining katta amaliy ish tajribasiga ega pensionerlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik ta’minlash bo‘linmalariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar, istisno tariqasida, dastlabki tanlov imtihonlaridan ozod etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-band “xizmat intizomiga rioya etilishi” so‘zlaridan keyin “va tarbiyaviy ishlar samarali amalga oshirilishi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son; 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son; 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)