O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-15]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-iyul,
24/7-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 14-iyuldagi 24/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 8-bandda “ikki ish kuni mobaynida” degan so‘zlar “keyingi ish kunidan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning ikkinchi xatboshisi “tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari)” degan so‘zlardan keyin “, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxslarning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Banklarda mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq, mijozlarning hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitob kompyuterda dasturiy tarzda yoki qo‘lda yozilgan holda yuritilishi mumkin. Qo‘lda yoziladigan kitob raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, filial rahbari hamda bosh buxgalterining imzosi va filial muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.”.
4. 16-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Norezident yuridik shaxslar (immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:”;
quyidagi mazmundagi “d”, “e” va “j” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
“d) tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
e) tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
j) tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar norezident yuridik shaxslar va investitsion vositachi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.”.
5. 39-bandning ikkinchi xatboshisi “vakolatxonalari)” degan so‘zdan keyin “hamda tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslarning, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxslarning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/1948-15/1688-son)