Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.07.2018 yildagi O‘RQ-489-son
Дата вступления в силу
01.11.2018
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. (2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: ekstremizm — ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hokimiyatni zoʻrlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini oʻzlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi; ekstremistik faoliyat — quyidagilarga: Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishga; hokimiyat vakolatlarini egallashga yoki oʻzlashtirishga; qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzishga yoki ularda ishtirok etishga; terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga; zoʻrlik yoki zoʻrlik ishlatishga oshkora daʼvat qilish bilan bogʻliq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatishga; jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga, shuningdek ekstremistik tashkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga; biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishga; ushbu moddaning toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oshkora daʼvat qilishga qaratilgan harakatlarni rejalashtirishga, tashkil etishga, tayyorlashga yoki sodir etishga doir faoliyat; ekstremizmni moliyalashtirish — ekstremistik faoliyatning mavjud boʻlishini va faoliyat koʻrsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini taʼminlashga, ekstremistik tashkilotlarga yoxud ekstremistik faoliyatga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻlarni, resurslarni berishga yoxud yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat; ekstremist — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs; ekstremistik guruh — oldindan til biriktirib ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilayotgan ikki yoki undan ortiq shaxs; ekstremistik material — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora daʼvat qiladigan yoxud shunday faoliyatni amalga oshirish zarurligini asoslab beradigan yoki oshkora oqlaydigan, tarqatish uchun moʻljallangan hujjat yoki har qanday vositadagi boshqa axborot; ekstremistik tashkilot — ekstremistik faoliyatni amalga oshirganligi tufayli oʻziga nisbatan faoliyatini tugatish yoki taqiqlash toʻgʻrisida sudning qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarori qabul qilingan tashkilot. 4-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; oshkoralik; javobgarlikning muqarrarligi. 5-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash; ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik. 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatni taqiqlash Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlanadi: ekstremistik faoliyatning har qanday koʻrinishlari; yuridik shaxslar tashkil etilganda ularni ekstremistik tashkilotlarning nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash boʻlgan belgilarni oʻz ichiga olgan nomlardan foydalanish. 2-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari 7-modda. Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirish chiqarish; yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish; ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash; ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash; yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish; tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish. Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. (7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 8-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: tushuntirish ishlarini olib borish; huquqiy tarbiya va taʼlimni tashkil etish; ekstremizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish; madaniy anʼanalarni, maʼnaviy, axloqiy va vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani mustahkamlash; ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish; ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini takomillashtirish. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. (8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 9-modda. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi rasmiy ogohlantirish Ekstremistik faoliyat belgilarini oʻz ichiga olgan, tayyorlanayotgan gʻayriqonuniy harakatlar toʻgʻrisida yetarlicha va avvaldan tasdiqlangan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hamda javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining mansabdor shaxsi ekstremizmning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga va jismoniy shaxslarga bunday faoliyatga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yozma shaklda rasmiy ogohlantirish chiqaradi, ogohlantirishda uni chiqarishning aniq asoslari koʻrsatiladi. Rasmiy ogohlantirish eʼlon qilingan shaxs undan norozi boʻlgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tegishli davlat organining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu ogohlantirish ustidan shikoyat qilishga haqli. 10-modda. Yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi taqdimnoma Yuridik shaxs tomonidan uning faoliyatida ekstremizm belgilari mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi qonun buzilishi sodir etilgan taqdirda, prokuror yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining boshqa mansabdor shaxsi mazkur yuridik shaxsning mansabdor shaxsiga koʻrsatib oʻtilgan qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi va ularni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agar ushbu qonunbuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, shuningdek taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida ekstremizm belgilari mavjudligi haqida dalolat beruvchi yangi faktlar aniqlansa, prokurorning yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi boshqa mansabdor shaxsining taqdimnomasiga asosan yuridik shaxsning faoliyati olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanadi. Ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida oʻziga taqdimnoma kiritilgan shaxs undan norozi boʻlgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuqori turuvchi davlat organiga, uning mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu taqdimnoma ustidan shikoyat qilishga haqli. 11-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash Oʻzbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi. (11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ekstremistik materiallar, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari belgilangan tartibda yoʻq qilinishi yoki olib tashlanishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini yoʻq qilish yoki olib tashlash imkoni boʻlmaganda ulardan foydalanish cheklanadi. Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining ekstremistik materiallarni yoʻq qilish, olib tashlash yoki ulardan foydalanishni cheklash toʻgʻrisidagi talabining telekommunikatsiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmogʻiga kirish boʻyicha xizmatlar taqdim etuvchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi. (11-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 12-modda. Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremizmni moliyalashtirish taqiqlanadi. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ekstremizmni moliyalashtirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar nazoratini, ichki nazoratni amalga oshiradi hamda tegishli tarzda tekshirish choralarini koʻradi. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar zudlik bilan va oldindan xabardor qilmagan holda ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyasini, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisob raqamiga kelib tushgan pul mablagʻlarini oʻtkazishga doir operatsiyalar mustasno, toʻxtatib turishi va (yoki) pul mablagʻlarini yoxud boshqa mol-mulkini muzlatib qoʻyishi shart. Ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini muzlatib qoʻyish, shaxslarning operatsiyalarini tiklash, muzlatib qoʻyilgan pul mablagʻlaridan yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi. (12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son) 13-modda. Yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish Yuridik shaxs ekstremistik faoliyatga aloqador boʻlgan taqdirda, uning faoliyati ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining arizasiga koʻra sudning qarori bilan toʻxtatib turiladi. Sudning yuridik shaxs faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Siyosiy partiyalar faoliyatini toʻxtatib turish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati toʻxtatib turilgan yuridik shaxslarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. 14-modda. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish Oʻzbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. Tashkilot, agar uning tarkibiy tuzilmalaridan hech boʻlmasa bittasi (boʻlinmasi, filiali va vakolatxonasi) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan boʻlsa, ekstremistik tashkilot deb topiladi. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlsa, oʻsha tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim. 3-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish subyektlari 15-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa subyektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu moddada koʻrsatilgan davlat organlari ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonunchilikda berilgan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi. (15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 16-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda boshqa davlat organlarining, oʻzga subyektlarning ishtirok etishi Ushbu Qonunning 15-moddasida koʻrsatilmagan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda oʻz vakolatlari doirasida hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi. (16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4-bob. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik 17-modda. Jismoniy shaxslarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi. Shaxs ekstremistik faoliyatda ishtirok etishni oʻz ixtiyori bilan rad etgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining va ekstremistlarning maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etiladi. (17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 18-modda. Tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi Tashkilotlar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun tugatiladi, ularning faoliyati esa taqiqlanadi. Tashkilotni tugatish sudning qarori asosida amalga oshiriladi. Ekstremistik tashkilot deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara qilinadi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi. 19-modda. Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatga olingan mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremistik tashkilot deb topilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilotning (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyati taqiqlanadi hamda bu tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning boʻlinmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulk esa musodara qilinadi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi. Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotning (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyatini taqiqlash: belgilangan tartibda akkreditatsiyani bekor qilishga; chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mazkur tashkilot vakillari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishini taqiqlashga; Oʻzbekiston Respublikasi hududida har qanday moliya-xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni yuritishni taqiqlashga; ommaviy axborot vositalarida ushbu tashkilot nomidan har qanday materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida eʼlon qilishni taqiqlashga; taqiqlangan tashkilotning materiallarini, shuningdek uning materiallarini oʻz ichiga olgan axborot mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatishni taqiqlashga; ommaviy tadbirlar oʻtkazishni, shuningdek ularda taqiqlangan tashkilot vakillarining ishtirok etishini taqiqlashga sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotni (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasini) ekstremistik tashkilot deb topish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning faoliyatini taqiqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bunday tashkilotning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarori koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran tegishli chet davlatni bu haqda taqiq sabablari va taqiq bilan bogʻliq oqibatlarni koʻrsatgan holda diplomatik kanallar orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar 20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligi Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. (20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga belgilangan tartibda zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob berish, shuningdek boshqa hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega. 21-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. (21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 22-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. 23-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish (23-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. 24-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 30-iyul, OʻRQ-489-son (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 03/18/489/1593-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son) |
Закон Республики Узбекистан О противодействии экстремизму Принят Законодательной палатой 12 июня 2018 года Одобрен Сенатом 28 июня 2018 года Глава 1. Общие положения Статья 1. Цель настоящего Закона Целью настоящего Закона является регулирование отношений в области противодействия экстремизму. Статья 2. Законодательство о противодействии экстремизму Законодательство о противодействии экстремизму состоит из настоящего Закона и иных актов законодательства. Если международным договором Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые предусмотрены законодательством Республики Узбекистан о противодействии экстремизму, то применяются правила международного договора. Статья 3. Основные понятия В настоящем Законе применяются следующие основные понятия: экстремизм — выражение крайних форм действий, направленных на дестабилизацию общественно-политической обстановки, насильственное изменение конституционного строя Республики Узбекистан, насильственный захват власти и присвоение ее полномочий, возбуждение национальной, расовой, этнической или религиозной вражды; экстремистская деятельность — деятельность по планированию, организации, подготовке или совершению действий, направленных на: насильственное изменение основ конституционного строя, нарушение территориальной целостности и суверенитета Республики Узбекистан; захват или присвоение властных полномочий; создание незаконных вооруженных формирований или участие в них; осуществление террористической деятельности; возбуждение национальной, расовой, этнической или религиозной вражды, связанной с насилием или публичными призывами к насилию; изготовление, хранение, распространение или демонстрация материалов, содержащих угрозу общественной безопасности и общественному порядку, а также изготовление, хранение, распространение или демонстрация атрибутики или символики экстремистских организаций; осуществление массовых беспорядков по мотивам политической, идеологической, расовой, национальной, этнической или религиозной ненависти либо вражды в отношении какой-либо социальной группы; публичные призывы к осуществлению указанных в абзацах четвертом — десятом настоящей статьи действий; финансирование экстремизма — деятельность, направленная на обеспечение существования и функционирования экстремистской деятельности, выезда лиц за границу или передвижения через территорию Республики Узбекистан для участия в экстремистской деятельности, прямое или косвенное предоставление либо сбор любых средств, ресурсов, иных услуг экстремистским организациям или лицам, содействующим или участвующим в экстремистской деятельности; экстремист — лицо, участвующее в осуществлении экстремистской деятельности, а также осуществившее выезд за границу либо передвижение через территорию Республики Узбекистан для участия в экстремистской деятельности; экстремистская группа — два или более лиц, осуществляющие по предварительному сговору экстремистскую деятельность либо покушение на ее осуществление; экстремистский материал — предназначенный для распространения документ или иная информация на любом носителе, публично призывающая к осуществлению экстремистской деятельности либо обосновывающая или публично оправдывающая необходимость осуществления такой деятельности; экстремистская организация — организация, в отношении которой по основаниям, предусмотренным законом, принято вступившее в законную силу решение суда о ликвидации или запрете деятельности в связи с осуществлением экстремистской деятельности. Статья 4. Основные принципы противодействия экстремизму Основными принципами противодействия экстремизму являются: законность; приоритет прав, свобод и законных интересов человека; гласность; неотвратимость ответственности. Статья 5. Основные направления государственной политики в области противодействия экстремизму Основными направлениями государственной политики в области противодействия экстремизму являются: реализация мер по предупреждению экстремизма, в том числе повышение правового сознания и правовой культуры населения, формирование в обществе нетерпимого отношения к экстремизму, а также устранение причин и условий, способствующих его проявлениям; своевременное выявление и пресечение правонарушений в области экстремизма, устранение их последствий, а также обеспечение принципа неотвратимости ответственности; международное сотрудничество в области противодействия экстремизму. Статья 6. Запрещение экстремистской деятельности на территории Республики Узбекистан На территории Республики Узбекистан запрещается: экстремистская деятельность в любых ее проявлениях; использование при создании юридических лиц наименований, содержащих обозначения, тождественные или сходные до степени их смешения с наименованием экстремистских организаций. Глава 2. Меры противодействия экстремизму Статья 7. Меры по предупреждению экстремизма Мерами по предупреждению экстремизма являются: повышение правового сознания и правовой культуры населения, формирование в обществе нетерпимого отношения к экстремизму; вынесение официального предупреждения о недопустимости осуществления экстремистской деятельности; внесение представления о недопустимости осуществления экстремистской деятельности юридическим лицом; запрещение ввоза, изготовления, хранения, распространения и демонстрации экстремистских материалов; запрещение финансирования экстремизма; приостановление деятельности юридического лица; признание организации экстремистской. Меры по предупреждению экстремизма могут включать в себя и иные меры в соответствии с законодательством. Статья 8. Повышение правового сознания и правовой культуры населения, формирование в обществе нетерпимого отношения к экстремизму Повышение правового сознания и правовой культуры населения, формирование в обществе нетерпимого отношения к экстремизму осуществляется путем: проведения разъяснительной работы; организации правового воспитания и образования; разработки учебно-методической и научной литературы по вопросам противодействия экстремизму; укрепления культурных традиций, духовного, нравственного и патриотического воспитания; организации и проведения научно-практических мероприятий; совершенствования образовательных программ с учетом основных направлений государственной политики в области противодействия экстремизму. Повышение правового сознания и правовой культуры населения, формирование в обществе нетерпимого отношения к экстремизму может осуществляться и иными путями в соответствии с законодательством. Статья 9. Официальное предупреждение о недопустимости осуществления экстремистской деятельности При наличии достаточных и предварительно подтвержденных сведений о готовящихся противоправных действиях, содержащих признаки экстремистской деятельности, и при отсутствии оснований для привлечения к ответственности должностное лицо государственного органа, осуществляющего деятельность по противодействию экстремизму, выносит должностным лицам и физическим лицам, допускающим проявление экстремизма, официальное предупреждение в письменной форме о недопустимости такой деятельности с указанием конкретных оснований его вынесения. При несогласии с официальным предупреждением лицо, которому оно объявлено, вправе обжаловать его вышестоящему должностному лицу соответствующего государственного органа, осуществляющего деятельность по противодействию экстремизму, или в суд. Статья 10. Представление о недопустимости осуществления экстремистской деятельности юридическим лицом В случае нарушения закона юридическим лицом, свидетельствующего о наличии признаков экстремизма в его деятельности, прокурор либо другое должностное лицо государственного органа, осуществляющего деятельность по противодействию экстремизму, вносит его должностному лицу представление о недопустимости указанных нарушений и устанавливает срок для их устранения. Если в установленный срок эти нарушения не устраняются, а также в течение года со дня внесения представления выявлены новые факты, свидетельствующие о наличии признаков экстремизма, деятельность юридического лица на основании представления прокурора либо другого должностного лица государственного органа, осуществляющего деятельность по противодействию экстремизму, приостанавливается на срок до шести месяцев или запрещается решением Верховного суда Республики Узбекистан. При несогласии с представлением о недопустимости осуществления экстремистской деятельности лицо, которому оно внесено, вправе обжаловать его вышестоящему государственному органу, осуществляющему деятельность по противодействию экстремизму, его должностному лицу или в суд. Статья 11. Запрещение ввоза, изготовления, хранения, распространения и демонстрации экстремистских материалов На территории Республики Узбекистан запрещается ввоз, изготовление, хранение, распространение и демонстрация экстремистских материалов, атрибутики и символики экстремистских организаций, а также их распространение и демонстрация в средствах массовой информации либо сетях телекоммуникаций, в том числе во всемирной информационной сети Интернет. Материалы, ввозимые, изготовляемые, хранимые, распространяемые и демонстрируемые на территории Республики Узбекистан, а также в средствах массовой информации либо сетях телекоммуникаций, в том числе во всемирной информационной сети Интернет, признаются экстремистскими в порядке, установленном законодательством. Экстремистские материалы, атрибутика и символика экстремистских организаций в установленном порядке подлежат уничтожению или удалению. При невозможности уничтожения или удаления экстремистских материалов, атрибутики и символики экстремистских организаций, размещенных в средствах массовой информации либо сетях телекоммуникаций, в том числе во всемирной информационной сети Интернет, доступ к ним ограничивается. Невыполнение лицом, предоставляющим услуги по доступу к сетям телекоммуникаций и всемирной информационной сети Интернет, требования государственного органа, осуществляющего деятельность по противодействию экстремизму, об уничтожении, удалении экстремистских материалов или ограничении доступа к ним, влечет ответственность в порядке, установленном законодательством. Статья 12. Запрещение финансирования экстремизма Финансирование экстремизма на территории Республики Узбекистан запрещается. В целях недопущения финансирования экстремизма осуществляются контроль операций с денежными средствами или иным имуществом, внутренний контроль и принимаются меры по надлежащей проверке со стороны организаций, осуществляющих операции с денежными средствами или иным имуществом. Организации, осуществляющие операции с денежными средствами или иным имуществом, обязаны безотлагательно и без предварительного уведомления приостановить операцию, за исключением операций по зачислению денежных средств, поступивших на счет юридического или физического лица, и (или) заморозить денежные средства либо иное имущество лиц, причастных к экстремистской деятельности. Порядок приостановления операций, замораживания денежных средств или иного имущества, возобновления операций лиц, предоставления доступа к замороженным денежным средствам или иному имуществу лиц, причастных к экстремистской деятельности, устанавливается Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре Республики Узбекистан по согласованию с заинтересованными министерствами и ведомствами. (часть четвертая статьи 12 в редакции Закона Республики Узбекистан от 28 ноября 2023 года № ЗРУ-880 — Национальная база данных законодательства, 29.11.2023 г., № 03/23/880/0905) Статья 13. Приостановление деятельности юридического лица Деятельность юридического лица приостанавливается решением суда в случае его причастности к экстремистской деятельности по заявлению государственного органа, осуществляющего деятельность по противодействию экстремизму. Решение суда о приостановлении деятельности юридического лица может быть обжаловано в установленном порядке. Приостановление деятельности политических партий осуществляется в порядке, установленном законодательством. Перечень юридических лиц, деятельность которых приостановлена в связи с их причастностью к экстремистской деятельности, размещается на официальных веб-сайтах Министерства юстиции и Верховного суда Республики Узбекистан. Статья 14. Признание организации экстремистской В Республике Узбекистан признание организации экстремистской осуществляется в судебном порядке. Организация признается экстремистской, если хотя бы одно из ее структурных подразделений (отделение, филиал и представительство) осуществляет экстремистскую деятельность. Заявление о признании организации экстремистской подается в Верховный суд Республики Узбекистан Генеральным прокурором Республики Узбекистан. Перечень организаций, в отношении которых имеется вступившее в законную силу решение суда о признании их экстремистскими и запрете их деятельности на территории Республики Узбекистан, подлежит опубликованию на официальных веб-сайтах Министерства юстиции и Верховного суда Республики Узбекистан. Глава 3. Субъекты противодействия экстремизму Статья 15. Государственные органы, осуществляющие деятельность по противодействию экстремизму Государственными органами, осуществляющими деятельность по противодействию экстремизму, являются: Служба государственной безопасности Республики Узбекистан; Генеральная прокуратура Республики Узбекистан; Министерство внутренних дел Республики Узбекистан; Министерство юстиции Республики Узбекистан; Государственный таможенный комитет Республики Узбекистан; Департамент по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре Республики Узбекистан. Служба государственной безопасности Республики Узбекистан координирует деятельность государственных органов и иных субъектов, осуществляющих и участвующих в деятельности по противодействию экстремизму. Государственные органы, указанные в настоящей статье, осуществляют деятельность по противодействию экстремизму в пределах своих полномочий, предоставленных законодательством. Статья 16. Участие других государственных органов, иных субъектов в мероприятиях по противодействию экстремизму Государственные органы, не указанные в статье 15 настоящего Закона, иные организации и граждане в пределах своих полномочий и порядке, установленном законодательством, участвуют в мероприятиях по противодействию экстремизму. Глава 4. Ответственность за осуществление экстремистской деятельности Статья 17. Ответственность физических лиц за осуществление экстремистской деятельности За осуществление экстремистской деятельности граждане Республики Узбекистан, иностранные граждане и лица без гражданства несут ответственность в соответствии с законом. В случае добровольного отказа от участия в экстремистской деятельности, сообщения об этом соответствующим государственным органам и активного способствования предотвращению наступления тяжких последствий и реализации целей экстремистов лицо освобождается от ответственности в соответствии с законодательством. Статья 18. Ответственность организаций за осуществление экстремистской деятельности За осуществление экстремистской деятельности организации подлежат ликвидации, а их деятельность запрещению. Ликвидация организации осуществляется на основании решения суда. При ликвидации организации, признанной экстремистской, принадлежащее ей имущество конфискуется и обращается в собственность государства. Статья 19. Ответственность региональных, международных или зарубежных организаций за осуществление экстремистской деятельности В случае признания Верховным судом Республики Узбекистан региональной, международной или зарубежной организации (ее отделения, филиала, представительства), зарегистрированной за пределами Республики Узбекистан, экстремистской, деятельность данной организации (ее отделения, филиала, представительства) на территории Республики Узбекистан запрещается, и она (ее отделение, филиал, представительство) ликвидируется, а принадлежащее ей (ее отделению, филиалу, представительству) имущество, находящееся на территории Республики Узбекистан, конфискуется и обращается в собственность государства. Запрет деятельности региональной, международной или зарубежной организации (ее отделения, филиала, представительства) влечет за собой: аннулирование аккредитации в установленном порядке; запрет пребывания на территории Республики Узбекистан иностранных граждан и лиц без гражданства в качестве представителей данной организации; запрет на ведение любой финансово-хозяйственной и иной деятельности на территории Республики Узбекистан; запрет публикации в средствах массовой информации любых материалов от имени данной организации на территории Республики Узбекистан; запрет распространения на территории Республики Узбекистан материалов запрещенной организации, а также информационной продукции, содержащей ее материалы; запрет на проведение массовых мероприятий, а также участие в них представителей запрещенной организации. Министерство иностранных дел Республики Узбекистан со дня получения копии решения Верховного суда Республики Узбекистан о признании региональной, международной или зарубежной организации (ее отделения, филиала, представительства) экстремистской, запрещении ее деятельности на территории Республики Узбекистан, прекращении деятельности отделения, филиала, представительства такой организации, расположенной на территории Республики Узбекистан, в установленном порядке уведомляет об этом по дипломатическим каналам соответствующее иностранное государство с указанием причин запрета и последствий, связанных с запретом. Глава 5. Заключительные положения Статья 20. Международное сотрудничество Республики Узбекистан в области противодействия экстремизму Международное сотрудничество в области противодействия экстремизму осуществляется в соответствии с законодательством и международными договорами Республики Узбекистан. Государственные органы, осуществляющие деятельность по противодействию экстремизму, имеют право направлять в компетентные органы иностранных государств запросы о предоставлении необходимой информации и отвечать на их запросы, а также осуществлять иное взаимодействие в установленном порядке. Статья 21. Ответственность за нарушение законодательства о противодействии экстремизму Лица, виновные в нарушении законодательства о противодействии экстремизму, несут ответственность в установленном порядке. Статья 22. Обеспечение исполнения, доведения, разъяснения сути и значения настоящего Закона Государственным органам, осуществляющим деятельность по противодействию экстремизму, обеспечить исполнение, доведение до исполнителей и разъяснение среди населения сути и значения настоящего Закона. Статья 23. Приведение законодательства в соответствие с настоящим Законом Кабинету Министров Республики Узбекистан: привести решения правительства в соответствие с настоящим Законом; обеспечить пересмотр и отмену органами государственного управления их нормативно-правовых актов, противоречащих настоящему Закону. Статья 24. Вступление в силу настоящего Закона Настоящий Закон вступает в силу по истечении трех месяцев со дня его официального опубликования. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 30 июля 2018 г., № ЗРУ-489 (Национальная база данных законодательства, 31.07.2018 г., № 03/18/489/1593; 29.11.2023 г., № 03/23/880/0905) |