1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. “Samarkand city” turizm zonasini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish | |||
|
1. |
“Samarkand city” turizm zonasining batafsil rejalashtirish loyihasini shakllantirish, turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish rejalari va loyihaning texnik iqtisodiy asosini (loyiha-smeta hujjatlarini) ishlab chiqish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlanishini taʼminlash. |
2018-yil may |
TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov) |
|
2. |
“Samarkand city” turizm zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagini bildirgan xorijiy investorlar bilan belgilangan tartibda kelishuv ishlarini yakunlash. |
2018-yil iyun |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov), TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) |
|
3. |
“Samarkand city” turizm zonasida Xitoy, Indoneziya, Singapur, Malayziya, Turkiya, Osiyo va Yevropaning rivojlangan davlatlaridagi mavjud turistlar tashrif maskanlari qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi markazlarni barpo etish uchun alohida maydonlar ajratish. |
loyiha doirasida |
TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) |
|
4. |
“Samarkand city” turizm zonasi atrofida piyodalar uchun moʻljallangan yoʻllar va maydonlarni yaratish. |
loyiha doirasida |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov) |
|
5. |
Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, uning kotibiyati xamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti va “Ipak yoʻli ofisi” uchun maʼmuriy binoni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan “Samarkand city” turizm zonasida joylashtirish. |
loyiha doirasida |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
II. Samarqand viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish | |||
|
6. |
Samarqand viloyatida turizmni jadal rivojlantirish va turistlar uchun qulay shart-sharoit yaratish ishlari natijadorligi, turistlar sonini jadal oshirish koʻrsatkichlariga erishish uchun viloyat hokimligi rahbarlarining masʼuliyatini oshirish. |
doimiy |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
7. |
Turistlarning kechki vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular uchun doimiy namoyishni tashkil etish maqsadida Registon maydonidagi lazerli 3D shouni barcha uskunalari bilan birgalikda Samarqand shahar hokimligiga oʻtkazish masalasi boʻyicha asoslangan taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2018-yil mart |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) |
|
8. |
Samarqand viloyatidagi barcha madaniy meros obyektlari va muzeylarda “yagona chipta” va tashrif buyuruvchilarni elektron roʻyxatga olish tizimini joriy etish, audio va radiogidlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻrnatish. |
2018-yil dekabr |
Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
9. |
Wi-Fi ga bepul ulanish nuqtalari oʻrnatilishi lozim boʻlgan jamoatchilik joylari, shu jumladan avtobekatlar, aeroport, vokzal va turizm obyektlari roʻyxatini Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda shakllantirish va tasdiqlash. Jamoatchilik joylarining tasdiqlangan roʻyxatiga muvofiq Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish ishlari bosqichma-bosqich ravishda tashkil etish. |
2018-yil aprel
|
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjayev) |
|
10. |
Kafolatlangan yutuqqa ega lahzali lotoreyalarni tashkil qilish orqali moliyalashtirish manbasini shakllantirib, maqsadli foydalanish yoʻnalishlarini belgilagan holda Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida asoslangan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2018-yil may |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Moliya vazirligi (Xaydarov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
11. |
Samarqand shahri boʻylab turistlar uchun kuzatish-ekskursiya sayrlarini taqdim etadigan ikki qavatli avtobuslar va xalqaro aeroportlarni temir yoʻl vokzallari va avtovokzallari, shuningdek yirik mehmonxonalar bilan bogʻlaydigan maxsus avtobus (shuttle-bus) qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida Samarqand viloyati hokimi qarorini qabul qilish. |
bir hafta muddatda |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), tashabbuskorlar |
|
12. |
Viloyatda turistlar harakatlanadigan obyektlar, shu jumladan turizm obyektlari, infratuzilmalari, jamoat joylari, bino, inshoot va boshqa obyektlarda foto va video suratga olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Viloyat ichki ishlar boshqarmasi oʻz shaxsiy tarkiblari orasida tegishli tushuntirish ishlarini olib borish va bunda turistlarga foto va video suratlarni olishda taqiqlovchi harakatlarni amalga oshirmaslik yuzasidan koʻrsatmalar berish. Roʻyxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan xamda barcha turdagi suratga olishlar taqiqlanganligi haqidagi tegishli koʻrsatkichlar oʻrnatilgan obyektlar bundan mustasno. |
2018-yil mart oyidan boshlab doimiy |
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
13. |
Viloyatda turizm faoliyati subyektlari sonini oshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyat va qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, Samarqand viloyatida xorijiy va mahalliy sayyohlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini turizm faoliyati subyektlari oʻrtasida raqobatni kuchaytirish evaziga erishish maqsadida yangi turoperatorlik tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha aholi orasida keng targʻibot ishlarini olib borish. Bunda ayniqsa Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faollari, shuningdek boshqa vazirlik, idoralar va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan turoperatorlik tashkilotlariga har tomonlama koʻmaklashish nazarda tutiladi. |
2018-yil mart oyidan boshlab doimiy |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Oʻzbekiston xotin- qizlar qoʻmitasi (Narbayeva), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
14. |
Viloyatning tibbiy turizm imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida barcha tibbiyot maskanlari va sanatoriya-kurort muassasalarining roʻyxatini xatlov oʻtkazish orqali shakllantirish. Tibbiyot turizmini rivojlantirish, shu jumladan, sihatgoh, tabiiy sogʻlomlashtirish hududlari, davolanish maskanlarini targʻib qilish, ularga xorijiy va mahalliy turistlarning, xususan qoʻshni davlatlardan turistlarning tashrifini tashkil etish. |
2018-yil aprel |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) |
|
15. |
Korxona va texnologik jarayonlar tarixini aks ettiruvchi tegishli ekspozitsiyalarni yaratgan holda xorijiy va mahalliy turistlarni yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishtirishga yoʻnaltirilgan industrial turizm turlarini, shuningdek tashrif buyuruvchilarga esdalik sertifikatlarni taqdim etgan xolda alohida texnologik jarayonlarda ishtirok etishlarini tashkil qilish. Bunda, yirik sanoat korxonalarining roʻyxatini shakllantirish, korxonalar huzurida muzey, tomosha maydonlari va tegishli ekspozitsiyalarni tashkil etish hamda ular boʻylab harakatlanish rejasini (tur-marshrut) ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
2018-yil avgust |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
16. |
Quyidagi aholi qatlamlari uchun respublikadan Samarqand viloyati boʻylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etilishini koʻzda tutuvchi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturini rejalashtirish va tasdiqlash: taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun — taʼtil davri va dam olish kunlarida; aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, pensionerlar, urush va mehnat faxriylari uchun — saiatoriy-kurortlarda dam olishdan faol foydalangan holda yil davomida; keksalar, yosh oilalar, fuqarolar yigʻinlari faollari, xotin-qizlar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun — turizm mavsumi sust davrda. Bunda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilot va idoralar huzurida, shuningdek, xususiy turoperatorlik tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish nazarda tutiladi. |
2018-yil aprel oyidan boshlab |
Xalq taʼlimi vazirligi (Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (Rafikov), Oʻzbekiston xotin- qizlar qoʻmitasi (Narbayeva), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), vazirlik, idora va tashkilotlar |
|
III. Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish | |||
|
17. |
Samarqand xalqaro aeroportida, vokzalida, turizm namoyishi obyektlarida, turizm infratuzilmalarida, umumiy foydalanishdagi turistlar jamlanadigan boshqa obyekt va hududlarda: tunu-kun faoliyat yuritadigan turizm axborot markazlari faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish, Samarqand viloyatining va Samarqand shahrining turizm xaritasi, madaniy-koʻngilochar tadbirlar (teatr, ochiq tomosha, koʻrgazma, galereya, yarmarka va boshqalar) uchun chiptalar olish xamda tadbirlar taqvimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning bepul tarqatilishini taʼminlash; mobil aloqa operatorlarini jalb etgan xolda turistlar uchun internet sim kartalar sotish xamda mobil telefon apparatlarini ijaraga berishni tashkil etish; esdalik sovgʻalari sotiladigan shoxobchalarni tashkil etish, bunda har bir esdalik sovgʻalarida Oʻzbekiston turizm brendi tasvirlangan boʻlishi lozim; velosipedlarni ijaraga berish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. |
2018-yil avgust |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Xakimov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), mobil aloqa operatorlari |
|
18. |
Shahar va tumanlarning markaziy koʻchalarida, turistlar jamlanadigan joy va maydonlarda, Turizm namoyishi obyektlari va ularga yaqin joylarda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini namoyish va targʻib qiluvchi bannerlarni joylashtirish uchun alohida joylarni belgilash, bannerlarni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan dizayn asosida chop ettirish va belgilangan nuqtalarda joylashtirilishini taʼminlash. Bunda baniyerlarda tegishli turizm namoyish obyektlari va turistlar uchun moʻljallangan jamoat joylari haqida qoʻshimcha maʼlumotlar joylashtirilishi nazarda tutiladi. |
2018-yil iyun |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), vazirlik va idoralar |
|
19. |
Turli konsert dasturlari, teatrlashtirishlar tomoshalar va xorijiy va mahalliy turistlarning oʻzbek xalqining tarixi, madaniyati va anʼanalari bilan tanishtirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlar oʻtkazilishini koʻzda tutadigan “Turizm haftaligi” madaniy-maʼrifiy festivallar oʻtkazilishini taʼminlash. |
2018-yil aprel oyidan boshlab doimiy |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
20. |
Xorijiy va mahalliy turistlarning Samarqand viloyatida qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida Samarqand viloyatidagi turistlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, klublar, koʻngilochar va boshqa shunga oʻxshash muassasalarning soat 00:00 ga kadar faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. Xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan tegishli choralarni koʻrib (kuzatuv kameralarini oʻrnatish, xavfsizlikni taʼminlovchi xodimlar yollash), ovqatlanish shoxobchalari, klublar, koʻngilochar va boshqa shunga oʻxshash muassasalarning “Tourist friendly” talablariga rioya etgan holda uzluksiz faoliyat yuritishini tashkil etish hamda ularning tasdiqlangan tartibi va roʻyxatini Samarqand viloyati hokimligining rasmiy interiyet sahifasi va boshqa manbalarda joylashtirish. |
2018-yil mart |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
21. |
Samarqand viloyatining turizm salohiyatini namoyish etuvchi, viloyatda boʻladigan turistlarning sayohat qilishlari uchun barcha zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab olgan yagona veb-saytni yoʻlga qoʻyish va doimiy ravishda sahifani yangilab borish. |
2018-yil aprel |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakpmov), Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (Poʻlatov) |
|
22. |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor tomonlar taqd�m etadigan, Samarqand viloyatining turizm salohiyatini targʻib etishga qaratilgan videoroliklarni respublika va mahalliy telekanallar orqali namoyish etish hamda turkum koʻrsatuv va eshittirishlar tayyorlash, maqolalar chop etish. |
2018-2019 yillar |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (Kuchimov) |
|
23. |
“Samarqand — Sharq sivilizatsiyasi markazi” mavzusida oʻzbek, rus va ingliz tillarida tarixiy faktlarga asoslangan hujjatli videofilmlar yaratish hamda milliy va xorijiy telekanallarda namoyish etilishini taʼminlash. |
2018-yil dekabr |
“Oʻzbekkino” milliy agentligi (Zokirov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) |
|
24. |
Qadimiy sharq bozori anʼanalarini namoyish etish maqsadida Samarqand shahridagi I. Karimov koʻchasida “Silk Road Bazaar” haftalik festivalini tashkil etish. |
xar yili avgust oyida |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
25. |
Har yili anʼanaviy tarzda Qoʻshrabot tumanida yetishtirilgan uzum mahsulotlarini terish, ulardan mayiz mahsulotini tayyorlash jarayonlarini oʻz ichiga qamrab olgan “Kishmish” festivalini oʻtkazish. Bunda madaniy-koʻngilochar tadbirlar, uzumchilik anʼanalariga bagʻishlangan koʻrgazmalar, turli navdagi uzum, mayiz xamda milliy taomlar degustatsiyalari tashkil etishni nazarda tutish. |
har yili sentabr oyining birinchi oʻn kunligida |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullasv), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
26. |
Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalini yopilish marosimidan soʻng kamida 3 — 5 kun davomida mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun konsert dasturlarini tashkil etish. Bunda har bir konsert dasturidan keyin lazerli 3D shou namoyish etilishini taʼminlash. |
2019-yildan boshlab |
Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), “Sharq taronalari” XMF direksiyasi (Djurayev), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
27. |
Rossiya Federatsiyasidan turistlarni koʻpaytirish maqsadida, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari temir yoʻl muxtor vakillari kengashi yigʻilishlarida Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasi temir yoʻl tizimlari bilan kelishilgan qolda yangi qatnovlarni joriy etish. Mahalliy turistlarni Samarqand viloyatiga olib kelish boʻyicha muntazam harakatlanuvchi yoʻlovchi poyezdlarga qoʻshimcha yoʻlovchi vagonlarni ulashni tashkil etish amaliyotini keng qoʻllash. |
2018-yil doimiy ravishda |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) |
|
28. |
Samarqand shahrining “Gala Osiyo” mahallasi hududida Samarqand viloyati va respublikaning boshqa hududlarida tayyorlanadigan non mahsulotlarining tayyorlash jarayonlarini namoyish qilish xamda sotishga moʻljallangan “Non markazi”ni tashkil etish. |
2019-yil may |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), tadbirkorlik subyektlari |
|
29. |
Tayloq tumanida joylashgan vino zavodi va vinochilikka ixtisoslashgan uzumzorlarda sayyohlar tashriflarini uyushtirish, bunda turistlarga uzumzorlardagi ish jarayonlari, uzum yetishtirish hamda vino tayyorlash jarayonlarini namoyish etish, shuningdek vino mahsulotlari uchun degustatsiya zallarini tashkil etish. |
xar yili avgust oyida |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), tadbirkorlik subyektlari |
|
30. |
“Xalol”, “Kosher” va “Vegan” standarti talablariga muvofiq boʻlgan umumovqatlanish shoxobchalari, xususan, kafeteriy, restoran, choyxona va boshqa obyektlarning faoliyatini tashkil etish va targʻibot ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, tadbirkorlarga xorijiy turistlarni jalb qilishda koʻmaklashish. |
2018-yil sentabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Oʻzstandart” agentligi (Karimov), Turizmni rivojl�tirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
31. |
Xorijdagi doʻstlik jamiyatlari va Samarqanddagi xorij mamlakatlari diasporalari orqali targʻibot ishlarini, shu jumladan rejalashtirilayotgan tadbirlarning aniq muddatlarini koʻrsatgan qolda tarix, madaniyat, milliy anʼana va urf-odatlarni tartib qilishni faollashtirish boʻyicha 2018-2019-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha doimiy nazoratni oʻrnatish. |
2018-yil may |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (Ishanxodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (Kamplov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
32. |
Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan turizm mavsumi davomida oyda bir marta va qolgan davrda haftada bir marta mahalliy ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot tarqatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida matbuot anjumanlari va brefinglar tashkil etish. Bunda Samarqand viloyatiga tegishli barcha statistika maʼlumotlari, xususan, tashrif buyurgan turistlar soni, turistlarning tunab qolgan kunlari soni, mavjud mehmonxona, turizm faoliyati subyektlari, umumovqatlanish shoxobchalari, savdo va oʻyin-kulgi majmualari soni, turizm infratuzilmasini barpo etish uchun ajratilgan yer maydonlari, olib borilayotgan turizm obyektlari boʻyicha qurilish ishlari va yaqin kunlarda tashkil etilishi kutilayotgan yoki tashkil etilgan turizm namoyishi obyektlari hamda boshqa maʼlumotlar yuzasidan axborot berish nazarda tutiladi. |
2018-yil aprel oyidan boshlab doimiy |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy agentligi (Abduxaliqov) |
|
IV. Yangi infratuzilma obyektlarini barpo etish | |||
|
33. |
Viloyatda turistlarga shart-sharoit va qulayliklar yaratish maqsadida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va doimiy sanitariya talablariga javob berishini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan talablarni inobatga olingan holda viloyat hokimligi qarorini qabul qilish. |
2018-yil aprel |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
34. |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda joylashgan xamda muhandislik kommunikatsiyalar bilan taʼminlangan foydalanilmayotgan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish va ajratish hamda turizm sohasidagi loyihalarni (mehmonxonalar, mehmonxona uylari, kempinglar, motellar va boshqa joylashtirish vositalari, xiyobonlar, muzeylar, galereyalar va boshqa inshootlar qurish) amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari hamda salohiyatli investorlar uchun tegishli maʼlumotlarni, shu jumladan investitsiya kiritish majburiyatlari toʻgʻrisida Samarqand viloyati hokimligi xamda masʼul vazirlik va idoralarning rasmiy veb-sahifalariga joylashtirish. Bunda tegishli obyektlar qurilishi uchun turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda ajratiladigan yer maydonlari soni va hajmi quyidagicha taqsimotda belgilanishi nazarda tutiladi: tematik parklar uchun 3 ta 5 — 20 ga yer maydonlari; joylashtirish vositalari uchun kamida 20 ta 1 — 5 ga yer maydonlari, restoranlar uchun kamida 30 ta 0,1 — 0,3 ga yer maydonlari; kafeteriy, choyxona va tez tayyorlanadigan taomlar oshxonasi uchun 30 ta 0,01 — 0,05 ga yer maydonlari. Turizm namoyishi obyektlari, xususan, muzeylar, galereyalar, koʻrgazma zallari va boshqa obyektlar uchun 10 ta 0,1 — 0,3 ga yer maydonlari. |
2018-yil iyun |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
35. |
Viloyatda mehmon-uylarini tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli qurilish ishlari uchun zarur kredit mablagʻlarini ajratilishini taʼminlash. |
2018-yil mart oyidan boshlab doimiy |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Mikrokreditbank (Mamatkulov), tadbirkorlik subyektlari |
|
36. |
Samarqand xalqaro aeroporti quvvatini oshirish maqsadida: bir paytning oʻzida 4-5 aviaqatnovni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlgan uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish. Bunda, bagajlarni avtomatik tarzda tashish va tekshirish mumkin boʻlgan mexanizmlarni tashkil etishni inobatga olish; xorijiy investorlarni jalb etgan holda zarur texnik va texnologik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni taʼminlash; mahalliy va xorijiy turoperatorlarning talabnomasiga muvofiq Djakarta — Samarqand — Djakarta yoʻnalishida charter aviaqatnovlarini belgilangan tartibda tashkil etish va yil yakunida amalga oshirilgan charter reyslar natijasiga koʻra Djakarta — Samarqand — Djakarta yoʻnalishida doimiy aviaqatnovlarini joriy etish masalasini koʻrib chiqish. |
2018-2019-yillar
|
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Xakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) |
|
37. |
Samarqand shahrida, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasiga tutash hududlarda mehmonxonalarni (20 tadan ortiq) barpo etish uchun zarur miqdorda yer maydonlarini belgilab, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda zamonaviy mehmonxonalar qurish boʻyicha investitsiya takliflarini shakllantirish |
2018-yil mart |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev) |
|
38. |
Samarqand viloyatiga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy turistlarning sayohatlarini yanada qiziqarli boʻlishini tashkil etish, sayyohlarning hududda qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida Samarqand shahridagi: Alisher Navoiy koʻsasi va Universitet xiyobonida tarixiy binolar joylashganligi, koʻchalarning kengligi va shaharning asosiy koʻchalariga olib chiqishini inobatga olib, ushbu koʻcha va xiyobonni turistlar sayr qiluvchi koʻchaga; Pushkin koʻchasini Yevropa, va Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyuruvchi turistlar dam olishi uchun moʻljallangan maskanga aylantirish boʻyicha alohida chora-tadbirlar va koʻchalar loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2018-yil avgust |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), Samarqand shahar hokimligi (Raximov) |
|
39. |
Samarqand shahri yangi maʼmuriy markazining batafsil loyihalashtirish rejasini ishlab chiqishda xalqaro koʻrgazmalar, shu jumladan xalqaro turistik koʻrgazmalarni oʻtkazish imkoniyatiga ega zamonaviy “Ekspo markazi”ni tashkil etishni nazarda tutish. |
2018-yil dekabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev) |
|
40. |
Samarqand shahri yangi maʼmuriy markazida xalqaro turistik koʻrgazmalarni oʻtkazish imkoniyatiga ega zamonaviy “Ekspo markazi”ni barpo etish maqsadida investorlarni jalb etish choralarini koʻrish. |
2019-yil yanvar |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov) |
|
41. |
Samarqand shahrida usti yopiq, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik, kiyim-trikotaj, suvenir va boshqa mahsulotlar sotuvi uchun moʻljallangan, yangi mahsulotlar turini namoyish etish uchun “shou rum” (show room) zallarini ichida mujassam etgan, anʼanaviy sharqona meʼmorchilik uslubidagi savdo majmuasini barpo etish va ishga tushirilishini taʼminlash. |
2019-yil dekabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Xakimov) |
|
42. |
Xorijiy va mahalliy sayyohlarning tashrif kunlarini uzaytirish maqsadida Samarqand shahridagi qadimiy Amir Temur bogʻlaridan birining hududida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan xolda, mavzuga mos ravishda teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi tematik park barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini va ularning tarmoq jadvallarini tasdiqlash. |
2018-yil aprel |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), tijorat banklari |
|
43. |
Turkiyalik investor tomonidan qurilishi rejalashtirilgan 130 oʻringa moʻljallangan 4 yulduzli mehmonxona uchun yer maydoni ajratish ishlarini tezlashtirish. Smeta-loyiha hujjatlarini tezkor ishlab chiqish va aniqlangan yer maydonida qurilish ishlarini zudlik bilan boshlash |
2018-yil mart
|
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), xorijiy investor — tashabbuskor |
|
44. |
Samarqand shahar Boʻstonsaroy koʻchasida 100 oʻringa moʻljallangan toʻrt yulduzli mehmonxona tashkil etish. |
2019-yil noyabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), loyiha tashabbuskori |
|
45. |
Samarqand shahar eski shahar qismida 50 oʻringa moʻljallangan uch yulduzli milliy uslubdagi mehmonxona tashkil etish. |
2019-yil sentabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), loyiha tashabbuskori |
|
46. |
Samarqand viloyatining Urgut tumanida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida xar bir tumanda kamida 5 ta mehmon uylari tashkil etish. |
2018-yil dekabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov), “Asaka bank” ATB (Mullajonov), loyiha tashabbuskorlari |
|
47. |
Samarqand shahridagi Sattepo turizm kolleji hududida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari hisobidan 100 oʻrinli xostel tashkil etish. |
2019-yil aprel |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev) |
|
48. |
Buyuk allomalar Burxonpddin Margʻinoniy va Abu Lays Samarqandiylarning dafn qilingan maskanlari hududida ziyoratchilar uchun barcha shart-sharoitlarni nazarda tutuvchi kompleks loyihalarni ishlab chiqish, bunda tasdiqlangan loyihalar asosida olib boriladigan ishlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash. |
2018-yil aprel |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Yusupov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (Alimov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Zokirov), Moliya vazirligi (Xaydarov) |
|
49. |
Nurobod tumanidagi “Xazrati Dovud” ziyoratgohida majmua joylashgan tepalikka chiqishni yengillashtirish (1,2 kmdan ortiq) hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida funikuler (osma va relsli transport vositasi) qurish masalasini texnik jihatdan oʻrganib chiqish va uni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish |
2018-yil aprel |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” (Shukurov) |
|
50. |
Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi zinda majmuasi, Samarqand xalqaro aeroporti, temir yoʻl vokzali, yirik mehmonxonalar, restoranlar, istirohat bogʻlari kabi xorijiy turistlar koʻp tashrif buyuradigan va jamlanadigan obyektlarda xorijiy valyuta qabul qilish terminallari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va bankomatlarini (Visa Card, Master card, American Express va boshqalar) oʻrnatish va muntazam faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. |
2018-yil iyun |
Markaziy bank (Nurmuratov), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), tijorat banklari |
|
51. |
Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Uzbek Nouse” etnik-animatsion markazini tashkil etish. Bunda markazni Samarqand viloyatining Urgut tumani togʻli hududida 6 gektar yer maydonida (togʻli hududga tugash joylashgan joyda) qurishni nazarda tutish. Loyiha doirasida milliy koʻrinishdagi ovqatlanish kompleksi, XVI-XVIII asrlarni oʻzida mujassam etgan koʻrgazmali sahna, ustaxonalar, sahna atrofida joylashgan oʻtirish uchun oʻrindiqlar, maxsus animatsion dasturlar taqdimoti uchun qurilgan maydon, tomorqa, oshxona, sanitar xonalari, tajriba maydonchalari xamda tutash hududga mahsulotlarni yetishtirishga moʻljallangan kichik koʻrinishdagi issiqxona qurilishini nazarda tutish. |
2018-yil noyabr |
Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev), loyiha tashabbuskori |
2-ILOVA
|
|
(ming birlikda) |
||||||||||||||||||||
|
Davlatlar |
Davr (yil) |
Umumiy tashrif buyuruvchilar soni |
Shundan: | ||||||||||||||||||
|
Yanvar |
Fevral |
Mart |
Aprel |
May |
Iyun |
Iyul |
Avgust |
Sentabr |
Oktabr |
Nonbr |
Dekabr | ||||||||||
|
2018 |
342 375 |
28 290 |
43 560 |
44 040 |
31 510 |
26 060 |
31 875 |
43 560 |
42 360 |
28 835 |
22 285 | ||||||||||
|
2019 |
502 200 |
23 950 |
24 060 |
40 205 |
56 815 |
57 315 |
42 355 |
37 760 |
41 775 |
56 290 |
55 590 |
35 130 |
30 955 | ||||||||
|
Rossiya |
2018 |
102 500 |
8500 |
13000 |
13000 |
10500 |
8000 |
10500 |
13000 |
13000 |
8500 |
4500 | |||||||||
|
2019 |
153 000 |
8000 |
8000 |
13500 |
17000 |
17000 |
13500 |
12000 |
13500 |
17000 |
17000 |
8500 |
8000 | ||||||||
|
Turkiya |
2018 |
36 000 |
3500 |
4500 |
4500 |
3400 |
2500 |
3400 |
4500 |
4500 |
3200 |
2000 | |||||||||
|
2019 |
46 800 |
2100 |
2200 |
3600 |
5500 |
5500 |
4500 |
3600 |
3800 |
5500 |
5000 |
3300 |
2200 | ||||||||
|
Koreya |
2018 |
28 000 |
2500 |
3500 |
4000 |
2500 |
2000 |
2500 |
3500 |
2500 |
2500 |
2500 | |||||||||
|
2019 |
46 700 |
2300 |
2300 |
3500 |
5500 |
6000 |
3500 |
3100 |
3500 |
5000 |
5000 |
3500 |
3500 | ||||||||
|
Malayziya |
2018 |
18 500 |
1400 |
2500 |
2500 |
1400 |
1400 |
1400 |
2500 |
2500 |
1500 |
1400 | |||||||||
|
2019 |
27 500 |
1300 |
1300 |
1900 |
3400 |
3400 |
1900 |
1900 |
1900 |
3400 |
3400 |
1900 |
1800 | ||||||||
|
Yaponiya |
2018 |
17 800 |
1400 |
2400 |
2400 |
1400 |
1400 |
1400 |
2400 |
2400 |
1400 |
1200 | |||||||||
|
2019 |
28 500 |
1300 |
1300 |
2000 |
3500 |
3500 |
2000 |
2000 |
2000 |
3500 |
3500 |
2000 |
1900 | ||||||||
|
Hindiston |
2018 |
18 400 |
1600 |
2200 |
2200 |
1600 |
1600 |
1600 |
2200 |
2200 |
1600 |
1600 | |||||||||
|
2019 |
24 600 |
1300 |
1300 |
2000 |
2500 |
2500 |
2000 |
2000 |
2000 |
2500 |
2500 |
2000 |
2000 | ||||||||
|
Isroil |
2018 |
6 800 |
600 |
800 |
800 |
600 |
600 |
600 |
800 |
800 |
600 |
600 | |||||||||
|
2019 |
11 200 |
500 |
500 |
900 |
1200 |
1200 |
900 |
900 |
900 |
1200 |
1200 |
900 |
900 | ||||||||
|
Germaniya |
2018 |
8 100 |
700 |
1000 |
1000 |
800 |
700 |
700 |
1000 |
1000 |
600 |
600 | |||||||||
|
2019 |
9 700 |
500 |
500 |
900 |
1000 |
1000 |
900 |
800 |
900 |
1000 |
1000 |
700 |
500 | ||||||||
|
Xitoy |
2018 |
7 500 |
600 |
900 |
900 |
600 |
600 |
900 |
900 |
900 |
600 |
600 | |||||||||
|
2019 |
9 200 |
400 |
400 |
700 |
1000 |
1000 |
700 |
700 |
1000 |
1000 |
1000 |
700 |
600 | ||||||||
|
Fransiya |
2018 |
7 500 |
600 |
1000 |
1000 |
600 |
500 |
600 |
1000 |
1000 |
600 |
600 | |||||||||
|
2019 |
9 400 |
400 |
400 |
900 |
1100 |
1100 |
900 |
600 |
600 |
1100 |
1100 |
600 |
600 | ||||||||
|
Italiya |
2018 |
6 400 |
500 |
800 |
800 |
600 |
500 |
800 |
800 |
600 |
500 |
500 | |||||||||
|
2019 |
8 000 |
300 |
300 |
600 |
900 |
900 |
700 |
600 |
900 |
900 |
700 |
600 |
600 | ||||||||
|
Indoneziya |
2018 |
3 500 |
300 |
500 |
500 |
300 |
200 |
300 |
500 |
500 |
200 |
200 | |||||||||
|
2019 |
5 200 |
200 |
200 |
500 |
600 |
600 |
500 |
400 |
500 |
600 |
600 |
250 |
250 | ||||||||
|
Angliya |
2018 |
2 900 |
200 |
400 |
400 |
250 |
200 |
250 |
400 |
400 |
200 |
200 | |||||||||
|
2019 |
3 600 |
100 |
100 |
250 |
450 |
450 |
300 |
250 |
300 |
450 |
450 |
250 |
250 | ||||||||
|
AQSH |
2018 |
1 800 |
200 |
200 |
200 |
200 |
150 |
200 |
200 |
200 |
150 |
100 | |||||||||
|
2019 |
2 400 |
100 |
100 |
220 |
250 |
250 |
250 |
180 |
220 |
240 |
240 |
200 |
150 | ||||||||
|
Ispaniya |
2018 |
1 400 |
100 |
200 |
200 |
100 |
100 |
100 |
200 |
200 |
100 |
100 | |||||||||
|
2019 |
1 700 |
90 |
100 |
120 |
210 |
210 |
110 |
110 |
110 |
210 |
210 |
110 |
110 | ||||||||
|
Singapur |
2018 |
420 |
30 |
50 |
30 |
50 |
50 |
50 |
50 |
50 |
30 |
30 | |||||||||
|
2019 |
630 |
30 |
30 |
40 |
70 |
70 |
60 |
60 |
60 |
60 |
60 |
50 |
40 | ||||||||
|
Shveysariya |
2018 |
400 |
30 |
50 |
50 |
50 |
30 |
30 |
50 |
50 |
30 |
30 | |||||||||
|
2019 |
500 |
15 |
15 |
40 |
60 |
60 |
60 |
30 |
30 |
60 |
60 |
40 |
30 | ||||||||
|
Belgiya |
2018 |
170 |
15 |
20 |
20 |
20 |
15 |
20 |
20 |
20 |
10 |
10 | |||||||||
|
2019 |
210 |
5 |
5 |
15 |
25 |
25 |
25 |
15 |
25 |
25 |
25 |
10 |
10 | ||||||||
|
Avstriya |
2018 |
160 |
10 |
20 |
20 |
20 |
10 |
20 |
20 |
20 |
10 |
10 | |||||||||
|
2019 |
200 |
5 |
5 |
10 |
25 |
25 |
25 |
10 |
25 |
25 |
25 |
10 |
10 | ||||||||
|
Polsha |
2018 |
125 |
5 |
20 |
20 |
20 |
5 |
5 |
20 |
20 |
5 |
5 | |||||||||
|
2019 |
160 |
5 |
5 |
10 |
25 |
25 |
25 |
5 |
5 |
20 |
20 |
10 |
5 | ||||||||
|
Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston |
2018 |
55 000 |
4000 |
7000 |
7000 |
5000 |
4000 |
5000 |
7000 |
7000 |
5000 |
4000 | |||||||||
|
2019 |
80 000 |
3000 |
3000 |
6000 |
9000 |
9000 |
7000 |
6000 |
7000 |
9000 |
9000 |
7000 |
5000 | ||||||||
|
Boshqalar |
2018 |
19 000 |
1500 |
2500 |
2500 |
1500 |
1500 |
1500 |
2500 |
2500 |
1500 |
1500 | |||||||||
|
2019 |
33 000 |
2000 |
2000 |
2500 |
3500 |
3500 |
2500 |
2500 |
2500 |
3500 |
3500 |
2500 |
2500 | ||||||||
3-ILOVA
| Respublika hududlaridan Samarqand viloyatiga tashrif buyuradigan turistlar | Davr (yil) | Jami | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Andijon viloyati | Buxoro viloyati | Jizzax viloyati | Qashqadaryo viloyati | Navoiy viloyati | Namangan viloyati | Surxondaryo viloyati | Sirdaryo viloyati | Toshkent viloyati | Fargʻona viloyati | Xorazm viloyati | Toshkent shahri |
| Mahalliy sayyohlar soni (prognoz) | 2018 | 1 520,0 | 17,6 | 151,7 | 80,2 | 129,2 | 101,2 | 220,1 | 133,0 | 66,0 | 67,9 | 73,7 | 161,9 | 45,8 | 271,6 |
| 2019 | 2 000,0 | 23,2 | 199,6 | 105,5 | 170,0 | 133,2 | 289,6 | 175,0 | 86,9 | 89,3 | 96,9 | 213,1 | 60,3 | 357,3 | |
| Qoʻshimcha uyushtiriladigan tashriflardagi sayyohlar soni, shundan: | 2018 | 440,0 | 5,3 | 45,9 | 24,3 | 39,1 | 30,6 | 66,6 | 40,3 | 20,0 | 20,5 | 22,3 | 49,0 | 13,9 | 82,2 |
| 2019 | 586,5 | 7,0 | 60,6 | 32,0 | 51,6 | 40,4 | 87,9 | 53,1 | 26,4 | 27,1 | 29,4 | 64,7 | 18,3 | 108,5 | |
| Kasaba uyushmalari va yirik ish beruvchilar orqali vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar ishchi xodimlari tashrifi | 2018 | 160,0 | 1,9 | 16,0 | 8,4 | 13,6 | 10,7 | 23,2 | 14,0 | 7,0 | 7,1 | 7,8 | 17,0 | 4,8 | 28,6 |
| 2019 | 211,2 | 2,4 | 21,1 | 11,1 | 18,0 | 14,1 | 30,6 | 18,5 | 9,2 | 9,4 | 10,2 | 22,5 | 6,4 | 37,7 | |
| Oʻzbekiston Yeshlar ittifoqi orqali maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari tashrifi | 2018 | 98,0 | 1,1 | 9,8 | 5,2 | 8,3 | 6,5 | 14,2 | 8,6 | 4,3 | 4,4 | 4,8 | 10,4 | 3,0 | 17,5 |
| 2019 | 129,4 | 1,5 | 12,9 | 6,8 | 11,0 | 8,6 | 18,7 | p,z | 5,6 | 5,8 | 6,3 | 13,8 | 3,9 | 23,1 | |
| Oʻzbekiston Yeshlar ittifoqi orqali oliy taʼlim muassasalari talabalari tashrifi | 2018 | 45,0 | 0,5 | 4,5 | 1,4 | 3,5 | 2,3 | 7,2 | 3,7 | 1,8 | 1 | 1,2 | 4,9 | 1 | 12 |
| 2019 | 65,1 | 1 | 6,6 | 2,5 | 5,3 | 3,7 | 9,4 | 5,5 | 2,7 | 2 | 2,2 | 6,9 | 2 | 15,3 | |
| “Mahalla” jamgʻarmasi va Xotin-qizlar qoʻmitasi orqali yosh va namunali oilalar tashrifi | 2018 | 57,0 | 0,7 | 5,7 | 3,0 | 4,8 | 3,8 | 8,3 | 5,0 | 2,5 | 2,5 | 2,8 | 6,1 | 1,7 | 10,2 |
| 2019 | 75,2 | 0,9 | 7,5 | 4,0 | 6,4 | 5,0 | 10,9 | 6,6 | 3,3 | 3,4 | 3,6 | 8,0 | 2,3 | 13,4 | |
| Din ishlari boʻyicha qoʻmita orqali Haj va Umra ziyoratiga borishdan oldin Samarqand viloyatiga uyushtiriladigan tashriflar | 2018 | 10,0 | 0,1 | 1,0 | 0,5 | 0,9 | 0,7 | 1,4 | 0,9 | 0,4 | 0,4 | 0,5 | 1,1 | o,z | 1,8 |
| 2019 | 13,2 | 0,2 | 1,3 | 0,7 | 1,1 | 0,9 | 1,9 | 1,2 | 0,6 | 0,6 | 0,6 | 1,4 | 0,4 | 2,4 | |
| “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita orqali keksalar va nuroniylar tashriflari | 2018 | 45,0 | 0,5 | 4,5 | 2,4 | 3,8 | z,o | 6,5 | 3,9 | 2,0 | 2,0 | 2,2 | 4,8 | 1,4 | 8,0 |
| 2019 | 59,4 | 0,7 | 5,9 | 3,1 | 5,1 | 4,0 | 8,6 | 5,2 | 2,6 | 2,7 | 2,9 | 6,3 | 1,8 | 10,6 | |
| Hududlardagi tadbirkorlik subyektlari va boshqalar tashriflari | 2018 | 25,0 | 0,3 | 2,5 | 1,3 | 2,1 | 1,7 | 3,6 | 2,2 | 1,1 | 1,1 | 1,2 | 2,7 | 0,8 | 4,5 |
| 2019 | 33,0 | 0,4 | 3,3 | 1,7 | 2,8 | 2,2 | 4,8 | 2,9 | 1,4 | 1,5 | 1,6 | 3,5 | 1,0 | 5,9 | |