16.07.2018 yildagi 540-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Notarial harakatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojlari, gerb yigʻimi hamda notariuslar va FHDY organlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va adliya organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlarning toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash hamda tijorat banklari maxsus kassalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial xizmatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv axborot-kommunikatsiya vositalaridan, jumladan, bankomat, terminal, infokioska va mobil ilovalarni joriy qilish hamda ulardan keng foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notariuslar va FHDY organlari undiradigan hamda tijorat banklarining notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalari orqali tushayotgan davlat boji toʻlovlari summasining bir foizi miqdorida tijorat banklari mukofot olishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Notarial idoralar va FHDY organlar binosida maxsus kassalar va toʻlov punktlari ochilganligi uchun tijorat banklari va toʻlov punktlari agentlik tarmoqlari ijara toʻlovi, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar toʻlovlaridan ozod qilinsin, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar xarajatlari keyinchalik adliya organlari va mahalliy davlat xokimiyati organlari mablagʻlari hisobiga qoplansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalar ish rejimini tegishli ravishda notarial idoralar va FHDY organlari ish rejimi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek, ularni bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalarning yuqori tezlikdagi jahon Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 16-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
540-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/540/1520-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)