16.07.2018 yildagi 540-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarial harakatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojlari, gerb yig‘imi hamda notariuslar va FHDY organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va adliya organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘larning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash hamda tijorat banklari maxsus kassalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial xizmatlar va FHDY organlari xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda interaktiv axborot-kommunikatsiya vositalaridan, jumladan, bankomat, terminal, infokioska va mobil ilovalarni joriy qilish hamda ulardan keng foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notariuslar va FHDY organlari undiradigan hamda tijorat banklarining notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalari o‘rnatilgan bankomat, terminal va infokioskalari orqali tushayotgan davlat boji to‘lovlari qonunchilikka muvofiq taqsimlangunga qadar ular summasining bir foizi miqdorida tijorat banklari mukofot olish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Notarial idoralar va FHDY organlar binosida maxsus kassalar va to‘lov punktlari ochilganligi uchun tijorat banklari va to‘lov punktlari agentlik tarmoqlari ijara to‘lovi, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar to‘lovlaridan ozod qilinsin, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar xarajatlari keyinchalik adliya organlari va mahalliy davlat xokimiyati organlari mablag‘lari hisobiga qoplansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalar ish rejimini tegishli ravishda notarial idoralar va FHDY organlari ish rejimi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek, ularni bank plastik kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial idoralar va FHDY organlari binolari va xonalarida ochilgan maxsus kassalarning yuqori tezlikdagi jahon Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 16-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
540-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/540/1520-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)