16.07.2018 yildagi PQ-3857-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy bitimlar, qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar, loyiha bitimlari, subsidiar bitimlar, huquq va talablarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar, xat-bitimlar va boshqa bitimlarni (keyingi o‘rinlarda loyihalar bo‘yicha bitimlar deb yuritiladi) imzolagan vazirliklar va idoralar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ushbu qarorda belgilangan tartibda loyiha bo‘yicha bitimlarga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar va tuzatishlarni imzolash vakolatiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuchga kirishi uchun yuridik xulosalar berilishi shart bo‘lgan loyihalar yuzasidan imzolangan bitimlar, shuningdek, davlat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bitimlar va kafolatlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda XMI/XHMT deb yuritiladi) uchun maqbul shaklda Adliya vazirligi tomonidan beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalari olib qo‘yilganda, uylar, boshqa imoratlar, inshootlar buzilganda yoki daraxtlar kesilganda tovon to‘lash, agar bu loyihalar bo‘yicha bitimlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, XMI/XHMT talablariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalari bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i, davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar to‘lashdan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan 2021-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga ozod etiladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5717-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5717/3132-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI tomonidan pulli konsultativ xizmatlar ko‘rsatilgan xollarda, ushbu moliya institutlari mazkur xizmatlarni yagona yetkazib beruvchilar hisoblanadi va ular bilan maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklar talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddatini uzaytirish loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklar talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan davlat boji undirilmagan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishchi komissiya (B. Mavlonov) quyidagilarni nazarda tutsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish davrida va kafolat muddatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI/XHMT mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalarini bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar to‘lashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari, loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklarning o‘z mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalariga tatbiq etishni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtiyozlar berish natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan hissasi ekanligi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 16-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3857-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 07/18/3857/1514-son; 15.05.2019-y., 06/19/5717/3132-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son; 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)