Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.10.2000 yildagi 394-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HUDUDIY “MEVASABZaVOT” BIRLAShMALARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika mintaqalarida meva-sabzavot tarmogʻini boshqarishni yanada takomillashtirish, kam quvvatli boshqaruv boʻgʻinlarini tugatish, meva-sabzavot mahsulotlari bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 78-son qarori bilan tashkil etilgan maxsus idoralararo komissiyaning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi hududiy “Mevasabzavot” birlashmalarini tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari tugatilayotgan hududiy “Mevasabzavot” birlashmalariga kirgan korxona va xoʻjaliklar (1-ilova) faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha funksiyalarni, koʻrsatib oʻtilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining toʻliq iqtisodiy mustaqilligi saqlab qolingan holda, tegishli viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuklash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi meva-sabzavotchilik samaradorligini oshirish va meva-sabzavot mahsulotlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meva-sabzavot yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalarida iqtisodiy islohotlarni oʻtkazishda, ularda oilaviy pudrat, shartnomaviy munosabatlar, yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish, xarajatlarni hisobga olishning chek tizimini keng joriy qilishga koʻmaklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalarni tarmoqqa jalb etish, qoʻshma ishlab chiqarishlar tashkil qilish, ilgʻor agrotexnika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini sotishga koʻmaklashish maqsadida ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili sabzavot ekinlarining hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari xoʻjaliklarida, ularning ixtisoslashuvini va bozorda mahsulotga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda, oqilona joylashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sabzavot ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligining holati, meva-sabzavotchilik xoʻjaliklarini sabzavotlar hamda meva-rezavor ekinlarining serhosil va qimmatli navlari hamda turlari bilan taʼminlash masalalarini doimiy ravishda koʻrib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Hududiy “Mevasabzavot” birlashmasi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy “Mevasabzavot” birlashmasi raisi uning qatnashchilari umumiy yigʻilishida saylanadi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro etuvchi apparat taʼminoti oʻz xoʻjalik faoliyati hamda birlashmaga kiruvchi korxonalar bilan shartnoma asosidagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hududiy “Mevasabzavot” birlashmalariga qoʻshimcha ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning tarkibiga kiruvchi qishloq xoʻjaligi va qayta ishlash korxonalarida xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini joriy etishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy qishloq xoʻjaligi hamda qayta ishlash texnologiyalari, marketing, menejment va boshqa masalalar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish funksiyalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorining 10-bandi va qarorga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 11-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
394-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-oktabrdagi 394-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatilayotgan hududiy “Mevasabzavot” birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish tegishli viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga yuklanadigan korxonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Korxonalar nomi‎

Joylashgan oʻrni (tuman, shahar)‎

‎‎Buxoro viloyati

Rahmonov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Shofirkon ‎
“Osiyo” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Shofirkon ‎
“Gʻijduvon” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Gʻijduvon‎
“Jilvon-2” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Gʻijduvon‎
“Varaxsha” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Peshku ‎
“Toshkent” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Qorakoʻl‎
Odilov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Qorakoʻl‎
“Andijon” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Jondor ‎
Yodgorov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Buxoro ‎
“Sohibkor” qishloq xoʻjaligi korxonasi” ‎ Buxoro ‎
“Gʻijduvon” firmasi‎ Gʻijduvon‎
“Gʻijduvonkonserva” OTAJ‎ Gʻijduvon‎
“Omad” OTAJ‎ Jondor ‎
“Buxoro qovunlari” ixtisoslashgan firmasi‎ Buxoro ‎
“Sevinch” ITF‎ Buxoro ‎
“Buxoro” AJ‎ Buxoro ‎
Xoʻjalik hisobidagi savdo-tijorat korxonasi‎ Buxoro ‎
“Musallas” ITF‎ Kogon ‎
“Nurafshon” ITF‎ Gʻijduvon sh.‎
MTT bazasi‎ Gʻijduvon sh.‎
Aksiyadorlik avtokorxonasi‎ Buxoro ‎
Taʼmirlash-qurish boshqarmasi‎ Buxoro ‎

‎‎Navoiy viloyati

K.Musayev nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Navoiy‎
Jambul nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Navbahor‎
Poʻlkan shoir nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xatirchi‎
“Uchqora” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xatirchi‎
A.Ikromov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xatirchi‎
“Quyimozor” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Qiziltepa‎
“Quyimozor” birlamchi vino zavodi‎ Qiziltepa‎
“Lazzat” OTAJ‎ Navoiy sh.‎
“Zebo” OTAJ‎ Qiziltepa‎
“Tayorlovchi” AJ‎ Navoiy‎

‎‎Sirdaryo viloyati

H.Olimjon nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Sh.Rashidov‎
“Sohibkor” qishloq xoʻjaligi korxonasi”‎ Xovos ‎
J.Usmonov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xovos ‎
“Nihol” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xovos ‎
“Mustaqillik” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xovos ‎
“Bahor” qishloq xoʻjaligi korxonasi” ‎ Guliston sh.‎
Musamuhamedov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Oqoltin ‎
“Shirin” qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xovos ‎
M.Bobur nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xovos ‎
Rahimov nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Sirdaryo ‎
“Shirin” firmasi‎ Xovos ‎
“Shirin birlamchi vino zavodi” OTAJ‎ Xovos ‎
“Sirdaryo qovunlari” ixtisoslashgan firmasi‎ Guliston sh.‎
“Guliston konserva” OTAJ‎ Guliston sh.‎
“POK” AJ‎ Guliston sh.‎
“Shaharmevasabzavotsavdo” kombinati‎ Shirin sh.‎
Tijorat markazi MChJ‎ Guliston sh.‎
Avtotransport korxonasi‎ Mirobod ‎
“MPMK-13” OTAJ ‎ Sayxunobod‎

‎‎Xorazm viloyati

Gagarin nomidagi qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ Xazorasp‎
“Xorazm qovunlari” ixtisoslashgan firmasi‎ Urganch sh.‎
“Xorazm-agro” firmasi‎ Urganch sh.‎
“Navroʻz” savdo-xarid korxonasi‎ Urganch sh.‎
“Urganch” “Shaharmevasabzavotsavdo”‎ Urganch sh.‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-oktabrdagi 394-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mevasabzavot” Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat birlashmalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 116-modda)