Номер акта
PQ-3836
Орган
Президент Республики Узбекистан
Дата подписания
04.07.2018
Дата вступления в силу
06.07.2018
Дополнительная информация
Поделиться
Закрыть
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hozirgi vaqtda respublikaga xorijiy fuqarolarning kirishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini optimallashtirishga, milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga kirish turizmini transformatsiya qilish, madaniy-tarixiy merosni, tabiiy boyliklar va an’analarni, shuningdek respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyatini keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga passajirlar to‘g‘risida oldindan o‘z vaqtida ma’lumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatiga aviabilet mavjud bo‘lgan, 2-ilovaga* muvofiq davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidan tranzit orqali o‘tadigan fuqarolari uchun — 5 sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatda mamlakatning xalqaro aeroportlari o‘tkazish punktlari orqali vizasiz kirish, vaqtincha bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish;
* 1- va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.